Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


O’zgaruvchi (konversion) marketing



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175
O’zgaruvchi (konversion) marketing
– salbiy talabning mavjudligiga 
bog’liq bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmati inkor qiladi. shuning 
uchun mazkur holda o’zgaruvchi marketingning vazifasi bo’lib qandaydir 
mahsulotga nisbatan iste’molchilarning salbiy munosabatini ijobiy munosabatga 
yo’naltirish, narxni pasaytirish va uni samaraliroq siljitish yo’li bilan o’zgartirish 


280 
hisoblanadi. Xorijiy amaliyotda o’zgaruvchi marketingni tamaki firmalari 
qo’llaydilar, bunda davlatning sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta idoralari va 
qo’llaydilar, jamoatchilikning faol xatti-harakatlari natijasida chekuvchilarning soni 
keskin kamaymoqda. Mazkur holda marketingning vazifasi bo’lib talabning paydo 
bo’lishi va uni mahsulot taklifi darajasigacha ko’tarishga yordam beradigan rejani 
ishlab chiqish hisoblanadi. Tamaki firmalariga kelganda esa, ular yo’qotgan 
vaziyatlarini tiklash maqsadida tarkibida kanserogen moddalar kam bo’lgan 
sigaretalarning maxsus markalarini ishlab chiqish va chiqarish, bir vaqtning o’zida 
siljitish tizimini kuchaytirish bo’yicha ishlarni olib boradilar. 
 
Rag’batlantiruvchi marketing
muayyan tovar va xizmatlarga talabning 
yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda iste’molchilarning ushbu tovarga 
nisbatan befarqligi yoki qiziqishi yo’qligi haqida gap boradi.
 
15.3. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari, bozor kon’yukturasi
 
 
Bozor (market) – 
keng ma’noda muomala sohasi bo’lib, tovar ayriboshlash 
munosabatlari va jarayonlari majmuidir.Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari 
tovar ishlab chiqarish, tovar ayriboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida 
amalga oshadi. Ko’pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga 
ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan potensial 
iste’molchilarning majmui tushuniladi.
 
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo’lgan turli xil ob’ektlar bo’yicha tashkil 
etilishi mumkin.Msalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, 
mehnat bozori, kapital bozor va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning 
turiga qarab iste’mol bozori va korxonalar (tashkilot) bozoriga bo’linadi.
 
Iste’mol bozori – bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun 
sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bo’lib, ommaviy 
iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga 
ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
 
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o’z navbatida, ishlab chiqarish – texnik 
maqsadlarda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tovarlar va 


281 
xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxobchalarning majmui tushuniladi.
 
Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun 
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi davlat 
tashkilotlari tushuniladi.
 
Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori 
kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan 
xarakterlanadi.
 
Bozorda kim etaksilik qilishiga qarab bozorlar “sotuv bozori” va “xaridor 
bozori” ga bo’linadi.
 
“Sotuvchi bozori” – unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday 
bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo’lishiga 
to’g’ri keladi. Bunday holatda “pul tovar orqasigadan yuguradi”.
 
“Xaridor bozori” – bunday bozorday taklif talabdan ko’p shuning uchun 
xaridor (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan hohlaganini 
tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridor xaridorlar ustunlikka ega bo’lib, 
ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. 
Bunday holatda “tovar pul orasida yuguriladi”.
 
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi 
“muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta’minlashning asosiy 
yo’llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab ta’minlashning asosiy 
bozorni to’yintirish; etarli darajada mahsulot zahirasini barpo etish; xaridorgir 
mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo’lmagan 
mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.
 
Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor 
kon’yukturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi. 
 
Kon’yuktura deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujudga keladigan 
qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi kon’yukturaning 
o’zgarishiga olib keladi.
 
Marketing esa bozor kon’yukturasi deganda begilangan vaqtda maqsadli 
bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor 


282 
kon’yukturasini o’rganish zarurati, quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
 
A) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va ishlab qayishqoqligi o’zgarib 
boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim.
 
B) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o’tkazish sabali ularni alohida 
o’rganish tegishli samara bermaydi;
 
S) bozor to’g’risidagi ma’lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu 
sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
 
Bozor kon’yukturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan 
ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyuktura 
axborotnomasi, konyuktura tahlili va konyuutkra prognozi.
 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin