Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Xorijiy mamlakatlarda boshqaruv tajribalari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   175
12.5 Xorijiy mamlakatlarda boshqaruv tajribalari 
Xorijda boshqarish bo‘yicha yapon tajribasi sanoati rivojlangan barcha 
mamlakatlarda o‘rganilmoqda. 1945-yildan so‘ng qisqa davrda yapon 
boshqaruvchilarining katta yutuqlari ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortmoqda. Bu 
davrda yaponlar an’anaviy boshqarishning tashkiliy tizimini tubdan o‘zgartirdilar: 
unga ular maqsadga muvofiq Amerika menejmenti ekspertlarini kiritdilar. 


219 
Yapon biznesining bayroqdorlaridan biri Konosuke Matsusiti boshqarish 
samaradorligining zarurligiga jamoatchilikning e’tiborini jalb qilib, shunday degan 
edi: «Hozirgi tadbirkorlik tashkilotlari ijtimoiy hayotni qo‘llab-quvvatlashda muhim 
rolni bajarmoqda. Oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy sharoitlari taqsimot natijasida 
hammaga yetarli bo‘lmoqda. Bu ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun har bir 
korxona taraqqiyot va ishga qobiliyatli holatini saqlashi lozim. Biz boshqarish deb 
ataydigan faoliyat to‘la safarbarlikni talab qiladi, bunda insoniy tajriba va intellekt 
mujassamlashgan. O‘zini boshqarishga bag‘ishlagan odam, juda hurmatli bo‘lib 
to‘la safarbarlik va o‘z hayotini qurbon qilishgacha tayyorlikni talab qiluvchi 
mas’uliyatli lavozimni egallaydi». 
K. Matsusitining ijodiy izlanishlari o‘ziga xos bo‘lgan «Yapon boshqarish 
tizimi»ni yaratish bilan tugadiki, boshqarishning bunday yapon tizimini, amerika 
modeli ega bo‘lmagan bir qancha konsepsiyalar belgilaydi. Ulardan eng muhimi 
umrbod ishga qabul qilish jarayonidir. Shuningdek, boshqarishda rahnamo nazariy 
kuchli va amaliy qo‘llanadigan konsepsiyalarga ega bo‘lishi, jazolash va izza 
qilishga chek qo‘yish mojaroga yo‘l qo‘ymasligi, maqsadni aniq ko‘rish, erkinlik 
hissiga ega bo‘lishi kerak. Yaponiyada tashkil etilgan «Sifat to‘garaklari» ham 
ulardagi boshqarish uslubini boshqalardan ajratib turadi. Bu to‘garaklarda oddiy 
ishchidan tortib, korxona rahbarigacha ijodiy g‘oyalar bilan qatnashishi, izlanish va 
tashabbuskorlik, kerak bo‘lsa o‘zini qurbon qilishi bilan boshqa xorijiy, an’anaviy 
boshqarishlardan ajralib turadi. Xorijiy tajribalardan Shved modeliga nazar 
tashlasak, bu modelga xos xususiyatlarning bir qancha milliy tomonlarini ko‘rish 
mumkin: bular ratsionalizm, tadbirkorlik, muammolarni inqiloblarsiz, katta 
sakrashlarsiz tinch yo‘l bilan hal eta bilish. 
Shved modeli shunga asoslanadiki, davlat firmalarning ishlab chiqarish 
faoliyatiga aralashmaydi, mehnat bozoridagi faol siyosat bozor ijtimoiy-iqtisodiy 
chiqimlarini iloji boricha minimum miqdorda saqlashi lozim. Modelning yana bir 
muhim tomoni shundaki, xususiy sektor ishlab chiqarishni maksimal o‘stirish, 
xalqning turmush darajasini yaxshilash, soliqlar tizimi orqali davlat tomonidan 
olingan foydani iloji boricha ko‘proq qismini aholiga bo‘lib berishni nazorat qiladi. 


220 
Biroq bunda ishlab chiqarish asoslariga ta’sir ko‘rsatmaslik kerak (erkin sohibkorlik, 
raqobat, talab va taklif). Bunda asosan jamoa pul jamg‘armalari va infrastruktura 
elementlariga ko‘proq yon bosiladi. Bu esa o‘z navbatida soliqlar va davlat 
xarajatlari orqali milliy daromadni bo‘linishi, iste’mol qilinishi va qayta bo‘lib 
berilishida davlat roli tobora oshib boradi. Shved modelining ahamiyat kasb etuvchi 
tomonlari uning yuqori darajada institutlashtirish (qonun kuchi) davlatning 
inqirozlarga qarshi siyosatining faolligidir.
Ko‘pchilik shved tajribasini va uslublarini osongina eksport qilish va uni 
istalgan mamlakatda hayotga tatbiq qilish mumkin deb o‘ylaydi. Lekin har bir 
mamlakat o‘z milliy an’analari, dini, tarixiga ega va shularga qarab ish ko‘rishi 
lozim.Bundan tashqari kimdir shved modeli qotib qolgan va yakunlangan narsa, 
shvedlar endi hech narsa qilmay yashayverishlari mumkin deb o‘ylaydi. Amalda esa 
bunday emas. Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, shved modelida doimo 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, chunki dunyodagi har bir o‘zgarishga mos harakat 
qilinmasa ortda qolishi hech gap emas. Biroq shved modeli orqali ko‘p mamlakatlar 
o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Masalan, shved modelining asosiy qismi 
mehnat bozoridagi faol siyosat tajribasi boshqa mamlakatlar tomonidan qo‘llanilishi 
mumkin. Buning ma’nosi shuki: ishsizlarga faqat nafaqa berib ulkan pul 
mablag‘larini sarf qilishning keragi yo‘q, buning o‘rniga ishsizlarni qayta tayyorlab, 
ularning malakasini oshirib mehnatning boshqa turlariga yo‘naltirishga qaratiladi.
Biz uchun esa shved modeli shunisi bilan muhimki, davlat boshqaruvi bozor 
stixiyasini chegaralash va bozordan qo‘rqmaslikni o‘rganish imkonini beradi. U 
oddiy kapitalistik mamlakatlarning harakat doirasidan chetga chiqadi va eng asosiysi 
shved modeli kuchli ijtimoiy siyosatga ega bo‘lgan davlat yaratish mumkinligini 
isbotlaydi. 
Endi Germaniya tajribalariga nazar tashlasak, ularda ham kuchli ijtimoiy 
siyosat qaror topganligini ko‘ramiz. Ularning boshqaruvdagi yaxshi xislatlaridan 
biri xo‘jalik yuritishda va hayotning barcha sohalarida tejamkorlikka qattiq rioya 
qilishdir. Ular tejamkorlik masalalariga nafaqat o‘z manfaatlari, balki jamiyat 
nuqtayi nazaridan qaraydilar. Nemislarning tejamkorliklari ularning vaqtga bo‘lgan 


221 
munosabatlari orqali ham namoyon bo‘ladi. Ular o‘z vaqtlarida o‘zgalar vaqtlarini 
ko‘radilar va uni qadrlagan holda har ishni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladilar. 
Xitoy boshqarish tajribasiga kelsak u yerdagi o‘ziga xos demografik vaziyat 
masala yechimini boshqacharoq hal qilishga qaratilib, qishloqlarda sanoat 
korxonalari, hunarmandchilik shohobchalari, savdo va maishiy xizmatga yoshlarni 
va ishga qobiliyatli aholini jalb qilish orqali iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda. 
Haqiqatan ham har bir davlat o‘zining kelib chiqish tarixi, iqlim sharoiti, geografik-
hududiy joylashishi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun biror 
mamlakat joriy etish uchun boshqa biror davlatning modelini ko‘chirib olish 
mutlaqo noto‘g‘ri ekanligi haqiqatga mos tushadi. Faqat har bir ijtimoiyiqtisodiy 
sohani rivojlantirish uchun turli davlat tajribalaridan ijobiy foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin