Statik aniq va statik aniqmas masalalar
Bog’lanishdagi qattiq jismlarning muvozanatiga oid ko’pgina masalalar berilgan aktiv kuchlar ta’siridan hosil bo’ladigan bog’lanish reaksiya kuchlarini miqdor va yo’nalishlarini aniqlashdan iboratdir. Shuni ta’kidlaymizki, no’malumlar soni bog’lanishlarning turi va soniga bog’liq bo’ladi. No’malumlar soni muvozanat tenglamalari sonidan oshmaydigan masalalarga statik aniq masalar deyiladi.Yuqoridagi mulohazamiz jismlar sistemasi uchun ham o’rinli bo’lsa, u holda sistema statik aniq sistema deb ataladi.Faqat yuqoridagi masalalarni statikaning metodlari asosida hal qilish mumkin.
N o’malumlar soni ular ishtirok etgan muvozanat tenglamalari sonidan ko’p bo’lsa, bunday masalalar statik aniqmas masalalar deb ataladi.Shu mulohazalar o’rinli bo’lgan sistema statik aniqmas sistemalar deb ataladi. Bunday masalalarni yechishda jismlarning deformatsiyalarini hisobga olish kerak bo’ladi va ular materiallar qarshiligi fanida yoritiladi. Og’irligi bo’lgan yuk ta’siridan bir tekislikda yotuvchi uchta iplarda hosil bo’lgan taranglik kuchlarini aniqlash masalasi statik aniqmas masalalarga misol bo’la oladi (25-shakl). Bu masalada uchta no’malumni aniqlash uchun tekislikda kesishuvchi kuchlar uchun ikkita muvozanat tengmalarini tuzish mumkin (2.11).
Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanatiga oid masalalar
2-masala
Кo’taruvchi kran (26-a shakl) A nuqtaga silindrik sharnir, B nuqtaga tagtovon (podpyatnik) vositasida biriktirilgan. К
ran qulochi l=4m, masofa AB=h=5m. Og’irligi P=2 kN bo’lgan yuk tros yordamida C blok orqali kran o’qiga biriktirilgan M lebyodkaga tutashtirilgan. Cblokog’irligie’tiborgaolinmaydiganECvaКCsterjenlaryordamidaABo’qqabiriktirilgan. E, К vaCnuqtalardasharnirlibog’lanishlar. Кranog’irliginie’tiborgaolmay, muvozanatholatidakranningAvaBtayanchlargabo’lganbosimlariva α=45°, β=30° bo’lgandaECva КCsterjenlardahosilbo’ladiganzo’riqishlaraniqlansin (sterjenlarningo’qibo’ylabta’sirqiluvchisiquvchivacho’zuvchikuchlarningalgebraikqiymatlarizo’riqishlardebataladi. Agar sterjen cho’zilsa, zo’riqish musbat ishora bilan olinadi, aks holda sterjen siqilsa, zo’riqish manfiy).
a) b)
26-shakl
Dostları ilə paylaş: |