3.6. MAPLE 18 dasturidan foydalanib yechimning grafigini chizish
Mazkur dasturdan foydalanib yechimning grafigini yasash uchun (16) formulada faqat 1) beshta,
2) oltita,
3) yettita,
hadlarini saqlab qolamiz. Shuningdek, tinglovchilarning mutaxassisligidan foydalangan holda sterjenni (shatun) po‘latdan yasalgan deb, uning uchun quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz:
, , ,
hamda sterjenning chetiga erkin zarba beradigan kuchning miqdorini deb olamiz. Natijada quyidagi grafiklar hosil bo‘ladi.
3.7. Xulosa
Tez yurar poyezd tezligini oshirish jarayonida elektrodvigatel juda katta energiya ishlab chiqaradi. Energiya porshen orqali shatunga uzatiladi. Natijada, shatun titraydi. Titrash jarayonida shatunda tebranma harakatning tarqalishi kuchayadi va u zo‘riqa boshlaydi. Ana shu zo‘riqish keltirilgan grafikning maksimum nuqtalariga mos keladi.
Shatun o‘z navbatida qabul qilgan energiyani tirsakli valning aylanishiga sarflaydi. Aynan shu paytda shatunning tebranma harakati susayadi. Bu holat grafikning minimum nuqtalariga to‘g’ri keladi. Shatunning davriy ravishda ishlashidan grafikda ekstremum nuqtalarni davriy ravishda ishlashidan grafikda takrorlanib kelishini kuzatish mumkin. Shunday qilib shatun yechimning maksimum nuqtalarida katta miqdordagi energiyani qabul qiladi, minimum nuqtalarida esa qabul qilgan energiyani uzatadi.
3.8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Masalan
1. I.G’.G’aniyev va boshqalar. Oliy matematika, Toshkent, 2013 y.
4. LOYIHA-HISOB ISHI TOPSHIRIQLARI
Nazariy savollar va topshiriqlar
Ishlab chiqarishda paydo bo‘lgan texnik muammo qanday shakllantiriladi?
Muammoning matematik modeli deganda nimani tushunasiz?
Matematik model bilan qaralayotgan obyekt orasida qanday bog’liqlik mavjud?
Matematik modelni qurish bosqichlari nimalardan iborat?
Matematik fizika tenglamalari qanday jarayonlarni ifodalashi mumkin?
Xususiy hosilali differensial tenglama deb nimaga aytiladi?
Chegaraviy shartlar qanday qo‘yiladi?
Boshlang’ich shartlar deganda nimani tushunasiz?
Xususiy hosilali differensial tenglamalar qanday tavsiflanadi?
Xususiy hosilali differensial tenglamalarning xarakteristik tenglamasi qanday tuziladi?
Xususiy hosilali differensial tenglamalar qanday qilib kanonik ko‘rinishga keltiriladi?
Xususiy hosilali differensial tenglamaning kanonik tenglamasi nima uchun kerak?
Dalamber formulasi qanday keltirilib chiqariladi?
Dalamber formulasi yordamida qanday masalalarni yechish mumkin?
Fur’e usulining mohiyati nimadan iborat?
Fur’e qatori deganda nimani tushunasiz?
Fur’e qatorining koeffitsiyentlari qanday topiladi?
Ortogonal funksiyalarning ortogonallik sharti nimadan iborat?
Xos sonlar deganda nimani tushunasiz?
Xos funksiyalar nimadan iborat?
MAPLE 18 dasturida ishlashni bilasizmi?
MAPLE 18 dasturi yordamida funksiyaning grafigi qanday chiziladi?
Qanday funksiyalarni Fur’e qatoriga yoysa bo‘ladi?
Davri bo‘lgan funksiya uchun kesmada Fur’e koeffitsiyentlarini aniqlang.
Ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning ekstrimumlarining ta’riflarini bering.
Yechimning ekstrimumlari va ishlab chiqarishda paydo bo‘lgan muammo orasida qanday bog’liqlik mavjud?
Muammoning matematik modeli bo‘yicha qo‘yilgan masalaning yechimi, muammoni yo‘qotishda qanday o‘rin egallaydi?
Zamonaviy muhandis qanday bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi talab etiladi?
Dostları ilə paylaş: |