Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix22.06.2020
ölçüsü0,91 Mb.
#32027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
genetik bilimlarni ozlashtirishda masala va mashqlar yechishning orni


                                                                                                                      

39 


 

qo„llash  protsedurasining  o„zi  ham  o„z  kamchiliklariga  ega  bo„lib,  buni  ko„p 

olimlar  ta‟kidlaydilar.  Masalan,  IQni  aniqlashda  ko„p  narsa  ijtimoiy  muhitni, 

sinaluvchilarning  tarbiyasi  va  ta‟limi  darajasi    va  xarakterini,  ularning  uyushqoqlik, 

diqqatlilik,  e‟tiborliligi  va  hatto  temperamentini  hisobga  olishga  bog„liq.  Test 

natijalari,  shuningdek,  faqat  sinaluvchilarga  bog„liq  bo„lmay,  test  oluvchilarga  ham 

–  qanday  savollar,  qaysi  maqsadlar  uchun,  qaysi  sohada  yoki  faoliyat  va  sh.k.lar 

bo„yicha  berishlariga  bog„liq.  Bunda  shunday  natijalar  olish  mumkinki,  agar 

ko„chada  tarbiyalangan  bolalarga  o„zini  odamlar  orasida  qanday  tutish  kerakligi 

to„g„risida  savol  berilsa,  aristokratlarning  bolalariga  esa,  masalan,  qo„l  jangi 

qoidalari  to„g„risida  savol  berilsa,  ehtimol,  ularning  ham,  bularning  ham  IQlari 

yuqori emas va ko„p hollarda bir xil  bo„ladi.  

 

Shunday  qilib,  IQ  yordamida  odamlarning  aqliy  qobiliyatlari  to„g„risida 



batafsil  ma‟lumotlar  olish  yetarlicha  qiyin.  Shunga  qaramay,  10  ta  mamlakatlarda 

amalga 


oshirilgan 

ko„plab 


mustaqil 

tadqiqotlar 

aqliy 

qobiliyatlar 



koeffitsientlaridagi  individual  farqlar  irsiyat  bilan  ham,  muhit  bilan  ham  bog„liq 

ekanligidan  guvohlik  beradi.  Amerikalik  olimlarning  birgalikda  va  alohida,  ya‟ni 

bir  xil  va  har  xil  muhitlarda  tarbiyalanayotgan  bir  tuxumli  egizaklarda  IQni 

aniqlaganlar.  Bunda  koeffitsientlar  orasidagi  farqlar  alohida  tarbiyalanayoigan 

egizaklarda  birgalikda  yashayotgan  egizaklarga  nisbatan  yuqori  ekanligi    ma‟lum 

bo„ldi.  Chunki,  bir  tuxumli  egizaklarda  genotip  bir  xil  bo„lib,  olingan  natijalar 

muhitning  shaxsi  aqliy  rivojlanishiga  jiddiy  ta‟sirini  ko„rsatadi.  Aqliy  qobiliyatlar, 

faqat  irsiyat  bilan  emas,  muxit  bilan  ham  belgilanishini  boshqa  tadqiqotlar  ham 

tasdiqlaydi. 

 

Odamning  biologik irsiyati  haqida gapirganda  faqatgina  ijobiy  belgilar  emas,                                                    



balki  aqliy  qoloqlik  ham  ko„pincha  genotip  bilan  bog„liqligini nazarda tutish lozim. 

Masalan,  agar  yuqorida  aytilgandek,    amaliy  jihatdan  bir  xil  genotipga  ega    bir 

tuxumli  egizaklarning  biri  shezofreniya  kasalligiga  chalinsa,  69%  holatda 

ikkinchisi  ham  shunday  kasallik  bilan  og„riydi.  Ulardan  biri  aqliy  zaif  bo„lganda 

97%  holatda  bu  kasallik  ikkinchisida  ham  paydo  bo„ladi,  turli  tuxumdagi 

egizaklarda  esa,  faqat  37%  holatda  ikkinchisida  ham  paydo  bo„ladi.  Aqliy  zaif 



                                                                                                                      

40 


 

odamlar  tug„ilishi  foizi  ota-onalarning  bittasi  yoki  ikkalovi  shu  masalada  nuqsonli 

bo„lgan  holatlarda  ko„p  bo„ladi.  Aqliy  zaiflik  bilan  tug„ilgan  bolalar  shajarasini 

tadqiq  qilishda  ma‟lum  bo„ldiki,  hatto  ularning  ota-onalari  batamom  normal 

bo„lgan  hollarda  ham,  ularning  shunga  o„xshash  kasalliklar  bilan  og„rigan 

qarindoshlari  aniqlandi.    



2.1.  O`quvchilar o`zlashtirishida muhitning tutgan o`rni.

 

Ijtimoiy  muhit  –  jamiyatda  hosil  bo„ladigan  ijtimoiy  munosabatlar  (hayot 

tarzi,  an‟analar,  «odamni  o„rab  turgan  ijtimoiy-maishiy  sharoitlar,  vaziyatlar 

hamda  shu  shartlarning  umumiyligi  bilan  bog„liq  odamlar  jamoasi»),  yetakchi 

ijtimoiy  g„oyalar va qadriyatlardan  iborat. 

Uy  muhiti  –  hayot  boshlanishining  beshigi,  yaqin  odamlar  davrasi,  moddiy 

sharoitlar;  bu  o„yinchoqlar  va  o„yinlarda  jamlangan  butun  bir  olam,  o„zining 

hayotiy  hududi.  Bolaning  rivojlanishi  ota-onalar,  qarindoshlar  va  yaqinlar  bilan 

munosabatlardagi  do„stonalik  va  mehr-muhabbat  bilan  ta‟minlanadi.  Bolada 

atrofdagilar  bilan  muloqotga  ehtiyoj  shakllanadi,  bu  esa,  har  tomonlama 

rivojlanishining  eng jiddiy  manbai bo„lib qoladi.  

Uy  va  ijtimoiy  muhit  salbiy  ta‟sir  ko„rsatishi  ham  mumkin,  bularga: 

oilalardagi  ichkilikbozlik  va  so„kishish,  qo„pollik  va  johillik,  bolalarni  o„taketgan 

kamsitish,  o„rtoqlar  va  do„stlarning,  ayniqsa,  ulardan  yoshi  kattalarning  va  katta 

yoshdagilarning  salbiy  ta‟siri;  atrofimizda  ro„y  berayotgan  barcha  negativ 

hodisalar kiradi.                                         

Mikromuhit  –  bu  xonadon  yoki  ish  xonasining  xususiyatlari,  mikroto„lqinlar 

va  magnit  ta‟sirlari,  vibratsiyalar  va  shu  kabilar,  aynan  xonadonning  geometrik 

shakllari,  uy  qavatining  balandligi,  devorlar  dizayni,  mebellarning  joylashuvi, 

elektr  asboblardan  tarqaladigan  nurlanishlar,  o„simliklar  va  jonivorlar,  ayrim 

odamlar  (salbiy  bioenergiyali)  biomaydonlari  ta‟sirlari  va  shu  kabilar.  Fan  va 

texnikaning  natijalari  ham  o„ziga  xos  ta‟sir  ko„rsatishi  mumkin.  Masalan,  yapon 

olimlari  tomonidan  aniqlanganki,  homilador  ayollarning  xalq  yoki  klassik 

musiqani  tinglashlari  tug„iladigan  go„dakning  intellektini  rivojlantiradi,  qon  va 

oziq  moddalar  oqimining  kuchayishi  uchun  sharoitlar  yaratadigan,  asab to„qimalari 


                                                                                                                      

41 


 

va  bosh  miyaning  rivojlanishiga  ijobiy  ta‟sir  ko„rsatadigan  garmonik  vibratsiyalar 

hosil qiladi.   

G„arb  mualliflarining  ilmiy  qarashlarida  geografik  muhitning  birinchi 

darajali  roli  haqida  izohlar  bor.  Qulay  geografik  sharoitlarda  yashaydigan  xalqlar 

turli  tarixiy  davrlarda  tabiatning  tayyor  in‟omlarini  iste‟mol  qilgan  holda 

o„zlarining  sanoat  va  ijtimoiy  rivojlanish  sur‟atlarini  «pasaytirganlar».  Shimoliy 

hududlar  xalqlari,  aksincha,  shafqatsiz  hayot  sharoitlari  bilan  kurashda  tashkil 

topib,  toblanganlar,  kuchli  intellektual  va  sanoat  potensialini  oshirib  boradilar. 

Lekin,  muhitning  o„zi  hozirgi  zamon  sharoitlarida,  ilmiy  va  texnik  taraqqiyot 

asrida,  shaxs  rivojlanishi  dasturi  yechimini  va  uning  mustaqil  hayot  va  faoliyatga 

adaptatsiyasini  ta‟minlay  olmaydi.  Ko„pincha  ijtimoiy  omillar  inson  rivojlanishini 

hal  qiladi.  K.Marksning  fikricha,  odamning  mohiyati  ijtimoiy  munosabatlar 

ansamblidan  iborat.  Lekin,  yodda  tutish  kerakki,  odam  muhit  ta‟sirida  passiv 

shakllanmaydi.  Ijtimoiy  muhit  shaxs  sifatlari  rivojlanishiga  tubdan  ta‟sir 

ko„rsatmaydi.  Ma‟lumki,  bir  xil  ijtimoiy  hayot  sharoitlari  axloqiy,  intellektual  va 

ma‟naiviy  rivojlanishning  har  xil  darajalariga  olib  keladi.  Bu  xususiyatni  shaxs 

rivojlanishidagi  qonuniyat deb qarash mumkin.  

Ijtimoiy  omillarning  rivojlanishi  ularning  shaxs rivojlanishiga  ta‟sirining                                              

turli-tumanligiga  olib  keladi.  Shaxsga  oldindan  ko„zda  tutilgan  ta‟sir  omillari 

sifatida  davlat  tuzilishi  va  siyosati,  fan,  maktab,  ta‟lim  va  tarbiya,  mehnat  va 

turmush  sharoitlari,  oila,  madaniyat  va  an‟analar  kabi  ko„plab  omillarni  ko„rsatish 

mumkin.  Ijtimoiy  omillarning  shunday  guruhi  mavjud  bo„lib,  ular  yalpi  ta‟sir 

ko„rsatmaydi,  lekin  odamga  rivojlanish  imkoniyatini  beradi,  ular:  adabiyot,  san‟at, 

ommaviy  axborot  vositalari,  texnik  va  sport  jamoalari,  har  xil  klublar, 

ko„rgazmalar,  to„garaklar,  seksiyalar  va  shu  kabilardan  iborat

11

.  Omillarning  ta‟sir 



darajasi  shaxsning  imkoniyatlari  va  intilishlari  bilan  hamda  shu  imkoniyatlar  va 

intilishlarini  amalga  oshirishi  natijalari  bilan  belgilanadi.  Ammo,  tabiiy  asos  har 

doim  individual  xususiyatga  ega,  bularga  psixik  jarayonlarning  kechishi 

                                                                 

11

 

Plomin  R. (2003) Genetics,  genes,  genomics  and 



g 11

 Molecular Psychiatry.  Vol. 8. P. 1-5. 

 


                                                                                                                      

42 


 

xususiyatlari,  qobiliyatlar  qobiliyatlari,  faollik  darajasi  va  shu  kabilar  kiradi. 

Odamlarning  o„zi  bilishga,  bilimlarni  o„zlashtirishga  bir  xil  munosabatda 

bo„lmaydilar.  Kimdir  sportga  qiziqadi,  kimgadir  sog„ligi  tufayli  mumkin  emas. 

Tabiiyki,  ulardagi  shakllanayotgan  sifatlar  har  xil  bo„ladi.  Shunday  qilib,  bu 

omillarning  hattoki  birgalikdagi  ta‟siri  ham  shaxsning  zarur  sifatlari  shakllanishini 

har doim ham ta‟minlamaydi.   

Odam  egallagan  barcha  narsalar,  u  jonivorlardan  nimasi  bilan  farqlanishi, 

uning  ijtimoyi  muxitdagi  hayoti  natijasi  hisoblanadi.  jamiyat  madaniyatini  o„ziga 

olmagan  bola  ijtimoiy  hayotga  moslashmagan  bo„lib qoladi, unga tabiat tomonidan 

berilgan  imkoniyatlarni  amalga  oshira  olmaydi.  Jamiyatdan  tashqarida  bola  odam 

bo„lib yetishmaydi.   

Shu  bilan  bir  vaqtda  odam  faqatgina  ijtimoiylashuv  natijasi  deb  o„ylash 

masalani  juda  ham  soddalashtirish bo„lar edi. Ma‟lum ma‟noda odam odam bo„lib 

tug„rilmaydi,  u  butun  insoniyat  tomonidan  asrlar  davomida  to„plangan  barcha 

narsalarni  o„zida  jamlaydi.  Bu  jamlash  irsiyat  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunda  unga 

ma‟lum  qilingan  axborotni  o„ziga  shundayligicha  olmaydi.  U  axborotning  genetik 

zahirasini  odam  tanasining,  miyasining,  qobiliyatlarining  o„ziga  xos  tuzilishi  orqali 

qabul qiladi.  Agar shimpanzeni  tug„ilgan  vaqtidan boshlab ijtimoiy  hayotning                                                     

maxsus  sharoitlariga  joylashtirib,  eng  talantli  pedagoglar  tomonidan 

sinchiklab  e‟tibor  va  parvarish  qilinsa,  baribir  bu  jonivor  faqatgina  qo„lga  yaxshi 

o„rgatilgan  maymun  bo„lib  qolaveradi.  Unda  maymunni  odamdan  o„tib  bo„lmas 

chegara  bilan  ajratuvchi  boshqa  irsiyat,  boshqa  miya  mavjud.  Boshqachasiga 

aytganda  mehnatning,  jamiyatning  va  faqat  odamlarga  xos  bo„lgan  psixika  – 

ongning  kelib  chiqishi  bosh  miya  va  butun  asab  tizimining  tuzilishi  va 

faoliyatidagi  jiddiy  o„zgarishlar  bilan  bog„liq  va  aksincha.  Lekin,  odam  bosh 

miyasi  va  asab  tizimining  xususiyatlari  faqatgina  ongning  tarkib  topishiga  biologik 

asos,  yoki,  aniqrog„i,  zarur  shart,  ammo  ongning  o„zi  emas.  Inson  ongi  faqat 

boshqa  odamlar  bilan  o„zaro  ta‟sir  va  muloqotda,  ya‟ni  ijtimoiy  munosabatlarda 

shakllanadi.   



                                                                                                                      

43 


 

Odamlar  hayotining  turli  sharoitlari  va  tarbiya,  har  xil  ijtimoiy  guruhlarga 

mansublik,  ular  manfaatlarining  o„zaro  ta‟siri  va  kurashi  har  xil  ongni 

shakllantiradi  va  rivojlantiradi.  Shu  ma‟noda,  ong  ijtimoiy  omillar  orasida 

rivojlanib  borishi  uning  tarbiyasi  natijasida  oliy  mavjudot  bo„lgan  insonning  asosiy 

sifatini  belgilaydi.  Uni  ijtimoiy  rivojlanish  qonuqiyatlariga  tayanadigan,  shaxsning 

muayyan  sifatlari  va  xususiyatlarini,  qobiliyatlarini  shakllantirishga  qaratilgan 

maqsadli jarayon  sifatida qaraladi.   

Bolaning  o„sishi  va  rivojlanishi    olamdagi  irsiy  qobiliyatlarga  bog„liq,  lekin, 

atrof-muhitning  ta‟siri  ham  katta.  Odatda,  qulay  va  noqulay  (yoki  og„irlashgan) 

irsiyatni  alohida  tadqiq  qilinadi.  Bola  qobiliyatlari  va  shaxsini  garmonik 

rivojlanishini  ta‟minlovchi  qobiliyatlar  qulay  irsiyatga  kiritiladi.  Agar  bu 

qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  tegishli  sharoitlar  yaratilmasa,  ular  ota-

onalarining  iste‟dodi  darajasiga  yetmasdan  so„nadi.  Masalan,  xonandalik  ovozi, 

musiqiy  eshitish, rassomlik  qobiliyati  va shu kabilar  rivojlanmaydi.   

Maktabning  ta‟siri.  Bola  va  o„smir  hayotining  ko„p  qismi  maktab  bilan 

bog„langan.  Biz  maktabda  har  bir  o„quvchining  qobiliyatlari imkoni boricha yaxshi 

rivojlanishi  uchun hamma  ishlar  amalga  oshirilayapti  deb kutishga haqlimiz.                                                 

         Aslida esa, bundan qanday natijaga ega bo„lmoqdamiz?  

        An‟anaviy  maktabda  o„quvchining  itoatkorligi  uning  eng  qimmatli  sifati  deb 

hisoblanadi.  Yaxshi  o„quvchi  –  bu  mo„min-qobil  bola,  u  ruxsatsiz  hech  narsa 

gapirmaydi,  faqat  unga  berilgan  savollarga  aynan  undan  talab  qilinganidek  javob 

qaytaradi.  Umumiy  psixologiya  kursida  bunday  holat  yuqori  ijodiy  qobiliyatlarga 

ega  bolalarda  va    an‟anaviy  intellektning  nisbatan  past  darajasidagilarda  qanday 

oqibatlarga  olib kelishi  mumkinligi  ko„rsatib o„tilgan edi.  

Bolaning  shaxsiy  sifatlari.  Bolaning  temperament  iva  xarakteri  uning 

maktabdagi  munosabatlari  qanday  tarkib  topishida  jiddiy  rol  o„ynaydi.  Ayrim 

bolalarda  (flegmatiklar,  xoleriklar  va  sh.k.)  ularning  stili  an‟anaviy  maktabning 

qat‟iy  cheklovlariga  mos  kelmaydi;  bunday bolalar tezda chetga chiqarib qo„yiladi, 

ularga  qobiliyatsiz  sifatida  munosabatda bo„la boshlaydilar.  



                                                                                                                      

44 


 

Kagan  (1965)  bolalarni  fikrlovchi  va  impulsivlarga  ajratadi.  Fikrlovchi 

bolalar  masalaga,  u  qiyin  bo„lsa  ham  chuqurlashib  boradilar  va  uni  qancha  vaqt 

kerak  bo„lsa,  shuncha  vaqt  davomida  yechadilar.  Lekin,  ularning  asosiy  motivlari 

muvaffaqiyatsizlikdan  qochish  bo„ladi.  Ularning  ijtimoiy  faolliklari  kam,  ular 

jamoa  hayotida  kam  ishtirok  etadilar,  notanish  ijtimoiy  vaziyatlarga  tushib 

qolishdan 

xavfsiraydilar. 

Ular 

ta‟lim  olishda  muvaffaqiyatli  o„quvchilar 



hisoblanadilar.   

Impulsiv 

bolalar: 

jamoaga 


yaxshi 

kirishadilar, 

tavakkal 

qilishdan 

qo„rqmaydilar,  tez  yutuqqa  erishishga  intiladilar.  Shuning  uchun,  birinchi  bo„lib 

xayollariga  kelgan  birinchi  javobni  beradilar  (ba‟zan  bu  ta‟lim  olishda  qiyinchilik 

tug„diradi,  ayniqsa,  o„qishda  –  satrlarni  tushirib  qoldiradilar,  bir  so„zning  o„rniga 

boshqasini  qo„yadilar).  Bunda  o„zlashtirishlari  fikrlovchi  bolalarga nisbatan yomon 

bo„lmasligi  mumkin,  lekin,  ularning  xulqi  asosiy  e‟tibor  yuvvoshlik  deb 

hisoblanadigan  tarbiya  tizimiga  mos  kelmaydi  va  shuning  uchun  ular  ko„pincha 

noqulay sharoitlarda  bo„ladilar.                                           

Fikrlovchi  bolalarda  masalani  yechishga  har  xil  yondoshuvlarni  ko„rish 

qobiliyati  borligi  tufayli  ijodiy  shaxslar  bo„lib  yetishish  imkoniyatlari  ko„proq 

bo„ladi.  Shu  bilan  birga  impulsiv  bolalar  har  xil  ma‟nodagi  yechimlarni  o„ylash  va 

ularni  kutilmaganda  aytishlari  tufayli  ularda  ham  boshqalardan  tafovut  qiluvchi 

original  tafakkur  rivojlanishi  mumkin.   

O„zlashtirish  natijalarini  tahlil  qilishda,  ularni  yillar,  choraklar  bo„yicha 

solishtirib,  birinchi  navbatda  o„zlashtirish  sifatiga  e‟tibor  qaratamiz.  A‟lochilar, 

yaxshi  o„qiydiganlar,  olimpiadalar  ishtirokchilari  va  g„oliblari  –  ular  bizning 

faxrimiz,  mehnatimiz  natijasi.  Lekin,  medalning  orqa  tomoni  –  batamomom 

qarama-qarshi fikrlarga  olib keladigan  holatlar  ham mavjud.  

Bolalar  bilan  kelib  chiqadigan  deyarlik  barcha  qiyinchiliklarni  o„qituvchi 

asosan  o„zlashtirish  bilan  bog„laydi.  Bunda  bolaga  baho  berish,  odatga  aylangan 

tipik  sxema  bo„yicha  amalga  oshiriladi.  A‟lochimi  –  demak,  yaxshi  o„quvchi, 

ikkichimi  –  demak  yomon  o„quvchi.  Ko„riladigan  choralar  ham  shu  sxemaga 

muvofiq  bo„ladi.  Eng  osoni,  ota-onalarni  maktabga  chaqiriladi,  ularga  pedagog 



                                                                                                                      

45 


 

e‟tirozlarini, 

ular 

o„g„li  yoki  qiziga  yaxshi  qaramayotganlari,  yomon 



tarbiyalayotganlari,  ular  bilan  kam  shug„ullanayotganlarini  aytadi.  Bundan 

yomonrog„i  pedagog  tegishli  o„quvchiga  butun  sinf  oldida  oqibatini  o„ylamasdan 

va  tortinmasdan  tanbehlar  beradi.  Ko„pchilik,  hatto  eng  tajribali  pedagoglar  ham 

o„quvchining  o„zlashtirmasligini  uning  dangasaligi,  behafsalaligi,  tarbiyasizligi 

bilan  bog„laydilar,  80%  o„qituvchilar  o„qishdagi  muvaffaqiyat  mehnatsevarlik, 

tirishqoqlik  bilan  belgilanadi  deb hisoblaydilar.   

O„zlashtirmaslikning  haqiqiy  sabablari  va  tabiiyki,  uni  bartaraf  qilish  uchun 

tegishli  choralar  ko„rish  to„g„risida  o„qituvchi  ancha  kam  fikrlaydi.  Bunday 

o„quvchini  «qobiliyatsiz»  yoki  undan  ham  yomonrog„i  «aqli  zaif»lar  qatoriga 

qo„shishdan  osoni  yo„q.  O„qituvchilar  bunday  o„quvchilarga  e‟tibor  qaratmay 

qo„yadilar, ularga  «uch» bahoni keyingi  sinfga o„tkazish uchungina  qo„yadilar va                                                

buning  oqibatida  bolalarni  doimiy  o„zlashtirmovchiga,  sinfdagi  bolalardan 

ajralib  qolishi  holatiga  tushirib  qo„yadilar.  Odatda,  bunday  bolalarda  kelgusida 

maktabga  nisbatan  salbiy  munosabat  hamda  ularning  shaxsi  va  xarakteri  kemtik 

shakllanishi  rivojlanib  boradi.  

Odatda,  o„zlashtirmovchi  o„quvchilarning  daftarlari  bir-biriga  juda o„xshash, 

ularda  ikki,  bir  baholar  qo„yilgan,  topshiriqlar  chizib  qo„yilgan  va  “Nega  xatolar 

ko„p?”,  “O„g„lingiz  (qizingiz)  ishlashni  xohlamaydi”  va  shu  kabi  yozuvlar  bo„ladi. 

Natijada  bola o„z kuchlariga  ishonchni, o„qish istagini  batamom yo„qotadi.  

Noto„g„ri  tashkil  qilingan  pedagogik  korreksiya  katta  zarar  yetkazadi,  o„zi 

og„ir  bo„lgan  holatni  yanada  murakkablashtiradi,  nevrotik  holatlar,  e‟tiroz 

reaksiyalari  rivojlanishiga  va oqibatda «maktabdan to„liq bezdirish»ga olib keladi.   

O„zlashtirmaslik  –  pedagoglarning  azaliy  tashvishi.  Bu  muammoni 

yechishning  yo„llaridan  biri  –  qoloqlarni  navbatdagi  sinfga  ko„chirish  bo„lsa, 

boshqasi  individual  ishlarni  muntazam  olib  borishdan  iborat.  O„zlashtirmaslikni 

bartaraf  qilish  vositasini  topish  uchun  uning  sabablarini  bilish  kerak.  Har  bir 

o„quvchida  o„zining  sababi  bor.  Hatto  tajribali  pedagoglar  ham  o„zlashtirmaslikni 

o„z  ishlaridagi  kamchiliklar  bilan  bog„lamaydilar,  o„qishni  istamaslik,  ko„cha, 

oilaning 

salbiy 


ta‟siri  va  shu  kabilan  haqida  gapiradilar.  Qolaversa, 

                                                                                                                      

46 


 

o„zlashtirmaslik  doim  sabablar  yig„indisidan  kelib  chiqadi  va  shu  sabablarning 

bittasi hal  qiluvchi  bo„ladi.  

O„zlashtirmaslik  sabablarini  ikkita  –  ichki  va  tashqi  guruhlarga  ajratiladi. 

Tashqi  sabablarga  ijtimoiy  sohaga  tegishli  sabablar  hamda  o„quv  jarayoning 

nomukammalligi  –  bular  qiziqarsiz  darslar,  individual  yondashuvning  yo„qligi  va 

boshqalar kiradi.  

O„zlashtirmaslikning  ichki  sabablari  orasidan  eng  asosiysi  o„quvchining 

sog„ligi  yomonligi,  intellekti  rivojlanishi  pastligi,  o„qishga ijobiy motivatsiya                                                    

yo„qligi  va  irodaviy  muhitning  sust  rivojlangani  –  chunki,  aynan  iroda  va 

qunt  o„quv  faoliyatida  jiddiy  rol  o„ynaydi,  deb  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  gap 

faqat  o„quvchining  o„qishni  istamasligida  emas,  birinchi  qarashdagiga  nisbatan 

ancha  murakkab.  Har  bir  o„qituvchiga  bunday  parishonxotir,  unutuvchan 

o„quvchilar  tanish,  ularning  ish  qobiliyatlari  juda  o„zgaruvchan,  birinchi  darsning 

o„zidayoq  charchab  qoladilar.  Ular  o„qituvchilar  tushuntirishlarini  qiynalib 

tushunadilar,  beparvo  holda  o„tiradilar,  partaga  yotib  oladilar.  Ularda  charchash 

keskin  pasaygan,  aqliy  ish  qobiliyati,  faoliyat  sur‟ati  sekinlashgan  bo„ladi. Shuning 

uchun o„qituvchilar  uchun o„quvchining sog„ligi  to„g„risida bilish juda ham zarur.  

O„qituvchi  bolaning  tez  va  to„g„ri  bajara  olmasligining  genetik  sabablarini 

bilmagan  holda  boladan  savodli  yozishni,  tez  o„qishni  talab  qilib,  uni  stress 

holatga,  nevrozga  duchor  qiladi.  Bolaning  miyasi  shunday  tuzilishga  ega.  Bunday 

bolani  nuqsonli  deb  hisoblash  –  juda  qo„pol  pedagogik  xatoga  yo„l  qo„yishdan 

iborat. 

Ba‟zan 


o„qituvchida 

o„quvchilarning 

o„zlashtirmasligini 

keltirib 

chiqaradigan  sabablar,  fikrlash  faoliyatining  xususiyatlari,  ularningmaktabga 

munosabati va o„qish motivlari  to„g„risida aniq tasavvur yo„q bo„ladi.  

Shuning  uchun, o„zlashtirmovchilarning  ma‟lum  turlarini  ajratish  mumkin:   

fikrlash  faoliyatining  past sifati o„qishga ijobiy munosabat bilan qo„shilgan; 

fikrlash  faoliyatining  yuqori  sifati  o„qishga  salbiy  munosabat  bilan 

qo„shilgan; 

fikrlash  faoliyatining  past sifati o„qishga salbiy munosabat bilan qo„shilgan. 


                                                                                                                      

47 


 

Shuning  uchun,  haqiqiy  sabablarni  bilgan  holda  biz  o„quvchilarning  har  bir 

guruhiga  tabaqalashgan  yordam  ko„rsata  olamiz.  Kuchsiz  o„zlashtiradigan 

o„quvchilar  bilan  ishlashda  o„qituvchilar  asosan  o„qitishning  individual  shaklidan 

foydalanadilar,  ammo  kuzatishlar  va  tadqiqotlar  natijalari  guruhli  mashg„ulotlar 

ko„proq samarali ekanligini  ko„rsatmoqda.                                                    

Past  o„zlashtiruvchilar  kuchli  o„quvchilar  bilan  birgalikda  o„quv  masalalarini 

yechishi  bo„yicha  darsning  turli  bosqichlarida  tashkil  qilinadigan  guruhli  ish  juda 

ham  samarali  bo„ladi.  Bunda  kuchli  o„quvchilar  past  o„zlashtiruvchilar  bilan  birga 

ishlashlari  natijasida  ular o„zaro  yordam, namuna ko„rsatadilar.  

Maktab 

o„quvchilarining 



ota-onalari 

duch 


keladigan 

eng 


katta 

muammolaridan  biri  yomon  o„zlashtirish  hisoblanadi.  Birinchi  sinf  o„quvchisining 

ota-onalari  bolani  maktabga  tayyorlash  uchun  ko„p  kuch  va  vaqt  sarflab,  shu 

harakatlarining  oqlanishidan  umidvor  bo„ladilar.  Ammo  bola  ota-onasi  undan 

kutgan umidni  oqlamaganida  ular qanday holga tushishini  tasavvur qilish  mumkin.   

Yomon  o„zlashtirishning  sabablari  qaysilar?  Tabiiyki,  birinchi  navbatda, 

bolaning  qobiliyatlari,  uning  intellekti  omillariga  e‟tibor  qaratish  lozim.  Ba‟zan 

shunday  bo„ladiki,  go„yoki  qobiliyatli  va  hatto  iste‟dodli  bola  yomon  o„qiydi, 

boshqa,  hech  qanday  umid  kutilmagan  bola  esa,  o„zining  tirishqoqligi  va  intilishi 

tufayli  ko„p  narsaga  erishadi.  Bu  qanday  ro„y  beradi?  Yomon  o„zlashtirishning 

sababi  faqatgina  irsiyatda  yoki  bolaning  o„qishga  xohishi  yo„qligida  emas,  yana 

qandaydir  boshqa  omillar  bilan  ham  bog„liq.  Bolaning  maktabdagi  o„zlashtirishiga 

ta‟sir ko„rsatuvchi omillar  orasidan quyidagilarni  ajratiladi: 

bolada asab tizimining  u yoki bu tipi mavjudligi; 

salomatligi  ahvoli; 

bosh miyasining  o„ng yarim sharligi  yoki chap yarim sharligi; 

bolaning  oilasidagi  sinfdagi  psixologik  holatning  xususiyatlari,  psixologik 

xarakterdagi  boshqa sabablar. 

Bola o„zlashtirishining  har bir omiliga  alohida  to„xtalib o„tamiz. 

Asab tizimi  tipi.   



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin