Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix22.06.2020
ölçüsü0,91 Mb.
#32027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
genetik bilimlarni ozlashtirishda masala va mashqlar yechishning orni


                                                                                                                      

57 


 

Ingliz  psixologi  D.Shattlevort  (1935)  muhit  va  irsiyatning  aqliy  rivojlanishga 

ta‟sirining  miqdoriy  nisbatlarini  aniqlagan:  irsiy  ta‟sirlar  -  64%,  oila  muhiti 

darajasidagi  farqlar  –  16%,  oilada  bolalar  tarbiyasidagi  farqlar  –  3%,  aralash 

omillar  (irsiyatning  muhit  bilan  ta‟siri) – 17%.  

Umumiy  xulosa  shundan  iboratki,  odam unga yaqin va uzoq atrof-muhit eng 

qulay  sharoitlar  beradigan  joyda  rivojlanishning  yuqoriroq  darajasiga  erishadi.  Har 

bir  odam  o„zicha  rivojlanadi  va  irsiyat  va  muhitning  ta‟siri  «ulushi»  har  kimda 

o„ziga xosdir.  

Irsiyat va muhitning  ta‟siri tarbiya  bilan  korreksiya qilinadi.   

Tarbiyaviy 

ta‟sirning 

samaradorligi 

rahbarlikning 

maqsadga 

yo„naltirilganligi,  tizimliligi  va  malakaliligi  bilan  bog„liq.  Shu  bilan  birga, 

tarbiyaning  kuchsizligi  irsiyat  va  muhit  ongsizlik  va  ongosti  orqali  ta‟sir 

ko„rsatgani  holda,  tarbiya  esa,  inson  ongiga  asoslanishi  va  uning  ishtirokini  talab 

qilishi  natijasidir.   

Tarbiya  rolini  baholash  diapazoni  keng  bo„lib,  tarbiyaning  to„liq 

kuchsizligini  (noqulay  irsiyatda  va  muhitning  salbiy  ta‟sirlarida)  ta‟kidlashdan 

boshlab,  uni  inson  tabiatini  o„zgartirishning  yagona  vositasi  deb  tan  olishgacha 

boradi.  Shu  munosabat  bilan  fransuz  ma‟rifatparvari  D.Didroning  «tarbiya  orqali 

ko„p  narsaga  erishish  mumkin,  lekin  tarbiya  bolaga  tabiat  berganini  rivojlantiradi», 

deb aytgan so„zlari o„z tasdig„ini topadi.  

 

2.2.  O`quvchlar o`zlashtirishida irsiyatning o`rni. 

              Irsiyat – odamdagi biologik xususiyatlarning  aks etishi, ota-onalardan   

bolalarga  ma‟lum  sifatlar  va  xususiyatlarni  berish.  Irsiyatni  tashuvchilar  –  genlar 

(grekchadan  tarjima  qilganda  –  «yaratuvchi»),  xujayra  yadrosi  tarkibida  – 

xromosomalarda joylashgan. 

Zamonaviy  fan  shuni  isbot  qildiki,  organizmning  xususiyatlari  o„ziga  xos 

gen  kodida  yashiringan.  Genetika  odam  rivojlanishining  irsiy  dasturini  ochib  berdi, 

u quyidagilarni  o„z ichiga oladi:   



                                                                                                                      

58 


 

determinatsiyalangan 



qism 

–  odamni  odam  qiladigan  umumiy 

xususiyatlarni  belgilaydi,  bu qism quyidagi  xususiyatlarga  ega; 

dasturning  determinatsiyalangan  qismi  inson  zotining  davom  etishini 

ta‟minlaydi; 

odamning  tur  sifatidagi  qobiliyatlarini,  inson  zoti  vakili  sifatidagi  nutq,  tik 

yurish, mehnat  faoliyati,  tafakkur  qobiliyatlarini  ta‟minlaydi; 

ota-onalardan  bolalarga  tashqi  belgilar  (gavda  tuzilishi,  shakli,  soch,  ko„z  va 

teri  rangi)ni  beriladi; 

organizmdagi  turli  oqsillar  birikmalari  genetik  jihatdan  qat‟iy  dasturlangan, 

qon guruhi, rezus-faktor belgilangan;   

irsiy  xususiyatlarga  psixik  jarayonlar  kechishi  xususiyatlarini  belgilaydigan 

(ota-onalar  asab  faoliyatidagi,  masalan,    avlodga  o„tishi  mumkin  bo„lgan 

shizofreniyani  chaqiruvchi  patologik  kamchiliklar)  asab  tizimi  xususiyatlari  kiradi; 

qon  kasalliklari  (gemofiliya),  qandli  diabet,  ayrim  endokrin  buzilishlar  (masalan, 

pakanalik)  irsiy  xarakterga  ega;    ota-onalarning  alkogolizmi  va  narkomaniyasi 

avlodga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.  

 

- o„zgaruvchan qism – odamlarni  bir-biridan  farqli  qiladigan  belgilardan                                                     



iborat,  odam  organizmiga  uning  yashash  sharoitlaridagi  o„zgarishlarga 

moslashishi  uchun  yordam  beradigan  tizimlarning  rivojlanishini  ta‟minlaydi;  har 

bir  odam  dasturning  bu  qismini  mustaqil  ravishda  o„zini  rivojlantirish  va  kamol 

toptirish  yo„li  bilan  to„ldiradi,  shunday  qilib,  tarbiyaga  bo„lgan  zarurat  odamga 

tabiat tomonidan berilgan.   

 

Ayrim  irsiy  sifatlar  (burun  shakli,  soch,  ko„z  rangi,  yuz  tuzilishi  musiqiy 



eshitish  qobiliyati,  xonandalik  ovozi  va  boshqalar)ni  aniqlash  uchun  qandaydir 

asboblardan  foydalanish  talab  qilinmaydi,  boshqa,  sitoplazma  va  DNK  yadrosi 

bilan  bog„liq  (moddalar  almashuvi,  qon  guruhi,  xromosomalar  to„plamining 

to„liqligi  va  boshqalar)ni  aniqlash  yetarlicha  murakkab  tadqiqotlar  o„tkazishni 

nazarda tutadi. 

Og„irlashgan  irsiyat,  hatto  yaxshi  tarbiya  muhitida  bo„lganda  ham,  har  doim 

ham  bolaning  normal  rivojlanishini  ta‟minlay  olmaydi.  Odatda  u  anomaliyalar 


                                                                                                                      

59 


 

(normadan  chetga  chiqishlar)  va  hatto  majruxlik sababi bo„ladi, qator hollarda esa, 

uzoq  davom  etadigan  kasallik  va  o„limning  ham  sababi  bo„ladi.  Bundan  tashqari 

bolalardagi  anomaldiyalarning  sababi  ota-onalar  alkogolizmi  va  ular  kasblarining 

zararliligi  (masalan,  radioaktiv  moddalar,  zaharli  ximikatlar,  vibratsiya  bilan 

bog„liq ishlar)  bo„lishi mumkin.   

Ammo,  o„ta  noxush  irsiyatni  qandaydir  qutulib  bo„lmaydigan  kasallik  deb 

hisoblash  kerak  emas.  Ayrim  hollarda  uni korreksiya qilish va boshqarish mumkin. 

Masalan,  gemofiliyani  davolash  usullari  –  maxsus  qon  oqsili  kiritish  usullari  ishlab 

chiqilgan

13



Nosog„lom  irsiyatli  bolalar  tug„ilishidan  genetik-vrachlar  konsultatsiyasi 



yordamida  saqlanish  mumkin.  Xususan,  bunday  konsultatsiyalar  anomal  bolalar 

tug„ilishiga  sabab  bo„ladigan  yaqin  qarindoshlar  orasidagi  nikohlarning  oldini 

olishga  yordam beradi.                                                 

Bolalarga  ota-onalaridan  o„tgan  belgilarni  o„z  vaqtida  aniqlash  ulardan 

talablarga  javob  beradiganlarini  iqtidorli  bolalar  uchun  maktablarga,  boshqalarini 

yordamchi  maktablarga  yo„naltirish  imkonini  beradi.  Aqliy  va  jismoniy  nuqsonli 

(aqli  zaif,  kar,  ko„r)  bolalar  yordamchi  maktablarda  ijtimoiy  foydali  mehnatga  jalb 

qilinadi,  savod  o„rganadilar  va  o„z  intellektual  rivojlanishlarini  oshiradilar. 

Bolalardagi  nosog„lom  irsiyatni  tuzatish  bo„yicha  oligofreno-,  surdo-  va 

tiflopedagogikaning  xizmatlari  katta. 

Pedagogik nuqtai nazardan 3 ta asosiy muammolarga  e‟tibor qaratiladi: 

1. Intellektual  sifatlarning  o„tishi. 

Bolalarga  birorta  faoliyat  turi  bo„yicha  tayyor  qobiliyatlar  emas,  faqat  ularning 

qobiliyatlari  –  qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  potensial  imkoniyatlar  o„tadi. 

Bunda  mavjud  oliy  asab  faoliyati  turlaridagi  farqlar  faqat  tafakkur  jarayoni 

borishini 

o„zgartiradi,  lekin  intellektual  faoliyatning  sifati  va  darajasini 

belgilamaydi.  Odamga  o„tgan  qobiliyatlar  vaziyat  (yashash  sharoitlari,  muhit, 

jamiyat  ehtiyojlari,  odamning  u  yoki  bu  faoliyati  mahsulotiga  bo„lgan  talab)ga 

                                                                 

13

 

Stromswold  K.  (2001)  The  heritability  of  language:  A  review  and  metaanalysis  of  twin, 



adoption  and linkage  studies  // Vol.  77. P. 647-723.                                                     

 


                                                                                                                      

60 


 

bog„liq  holda  yoki  amalga  oshadi,  yoki  amalga  oshmaydi.  Mashhur  genetik, 

akademik  N.P.Dubinin  intellekt  darajasi  ota-onalardan  bolalarga  o„tad,  deyilgan, 

keng  tarqalgan  fikrni  xato  deb  hisoblaydi.  Shu  bilan  birga,  butun  dunyo 

pedagoglari 

intellektual 

qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  noqulay  irsiyat 

(ichkilikbozlar 

bolalarida 

bosh 


miya 

po„stlog„ining 

sust 

hujayralari, 



giyohvandlarda  buzilgan  genetik  tuzilmalar,  irsiy  psixik  kasalliklar)  mavjud  deb 

hisoblaydilar.  Zamonaviy  pedagogika  farqlarni  aniqlash  va  ularga  tarbiyani 

moslashtirishni  emas,  balki  har  bir  odamdagi  o„z  aqliy  kuchlarini  rivojlantirish 

uchun  bor  bo„lgan  qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  teng  sharoitlar  yaratishni 

nazarda tutadi. 

2.Maxsus sifatlarning  o„tishi.                                                  

Maxsus  sifatlar  deb  ma‟lum  faoliyat  turiga  (musiqiy,  badiiy,  matematik, 

lingvistik,  sport  va  boshqalarga)  bo„lgan  qobiliyatlarni  aytiladi.  Maxsus 

qobiliyatlarga  ega  bo„lgan  bolalar  tanlagan  faoliyat  sohasida  tezlikda  birmuncha 

yuqori  natijalarga  erishadilar  va  o„sib  boradilar.  Bunday  qobiliyatlar  kuchli 

ifodalangan  bo„lgan  hollarda,  agar  odamga  zarur  sharoitlar  yaratilsa,  ular  kichik 

yoshda namoyon bo„ladi. 

3. Axloqiy  sifatlarning  o„tishi. 

Pedagogika  fanining  uzoq  vaqtlar  davomidagi  yetakchi  qoidalaridan  biri 

shaxsning  hamma  psixik  sifatlari  ota-onadan  o„tmaydi,  balki  organizmning  tashqi 

muhit  bilan  munosabati  jarayonida  orttiriladi,  deb  hisoblanar  edi.  Bunda  bola 

yomon  ham  emas,  yaxshi  ham  emas  bo„lib  tug„iladi,  ya‟ni  odamning  genetik 

dasturlarida  ijtimoiy  xulqi  to„g„risida  axborot  yo„q  (yangi  tug„ilgan  bola  ruhiyati  – 

“toza  qog„oz  varag„i”),  deb  hisoblanar  edi.  Haqiqatan  ham,  genetik  dasturlarning 

ma‟nosini  ochishda  olimlar  yaxshilik  yoki  yomonlik  genlarini  ham,  tajovuzkorlik 

yoki  itoatgo„ylik  genlarini  ham,  xulqqa  bog„liq  boshqa  genlarni  ham 

aniqlamaganlar.                                                        

Shu  bilan  birga,  g„arb  pedagogikasida  (M.Montessori,  K.Lorens,  E.Fromm  va 

boshqalar)da  odamning  axloqiy  sifatlari  biologik  asosga  ega,  ya‟ni  odamlar yaxshi 

yoki  yomon  bo„lib  tug„iladilar,  tabiat  tomonidan  odamga  tajovuzkorlik, 


                                                                                                                      

61 


 

shafqatsizlik  beriladi,  degan  qarash  ustunlik  qiladi.  Bunday  xulosalar  jonivorlar  va 

odamlarda  instinktlar  (instinktlar  ota-onadan  o„tadi)  va  reflekslar  mavjud,  ya‟ni 

odamning  xulqini  instinktiv,  refektor  deb  hisoblashga  asoslanadi.  Akademik 

P.K.Anoxin,  N.M.Amosov  va  boshqa  olimlar  odam  axloqi  va  uning  ijtimoiy  xulqi  

irsiyatga  bog„liqligini  aytish  bilan  birga,  odam  biologik  tur  sifatida  mavjud bo„lgan 

va  odamlar  biladigan  butun  tarixiy  davri  davomida  juda  ham  oz  o„zgarishlarga 

uchraganligini,  bu  esa,  odam  tabiati  o„zgarmasligining  isboti  ekanligini  ko„rsatib 

o„tadilar.                                                   

Shunday  qilib,  axloqiy  sifatlarni  tadqiq  qilish  masalasi  hozirgacha  ochiq  va 

murakkab holda. 

Genetik  omillar  –  bola  ota-onasidan  irsiy  axborot  bilan  oladigan  quvvatdan 

iborat.  Bu  omillar  bilan  individiuum  intellektual  rivojlanishining  yo„nalishi  

ma‟lum  darajada  bog„liq.  Ammo,  individiuumga  ota-onasining  tegishli  darajasiga 

bog„liq  bo„lgan  “sof”  intellektning  muayyan  darajasi  o„tmaydi.  Bu  genetik  omillar, 

ularning  tarkibi  va  kelib  chiqish  mexanizmlari  hamda  hozirgi  kundagi  namoyon 

bo„lishlari  to„g„risida  juda  kam  narsa  ma‟lum.  Faqat  organizm  rivojlanishining 

qo„pol  nuqsonlariga  hamda  organizmning  qator  jismoniy  belgilariga  javob 

beradigan bir qator genlar aniqlangan. 

Ota-onalarning  shaxsiy  sifatlari.  Yuqori  darajadagi  intellektga  va  ijodiy 

qobiliyatlarga  ega  bolalarning  ota-onalariga,  odatda,  hayotga  ijobiy  munosabat  xos 

bo„lib,  ular  o„z  ishlarini  sevadilar,  serg„ayrat  va  serharakat  bo„ladilar,  bo„sh 

vaqtlarida  madaniy  yoki  artistlardek  vaqt  o„tkazishni  xush  ko„radilar.  Ularning 

boshqalardan  asosiy  tafovutlari  –  moslashuvchan  emasliklari  (boshqalar  fikriga, 

jamiyatning  shartliliklari  va  xurofotga  nisbatan  mustaqillik)dan  iborat.  Ular 

o„zlariga  ishonadilar  va  o„z  obro„lari  haqida  alohida  qayg„urmagan  holda  o„zlarini 

erkin  tutadilar. 

Agar  bolalarda  ham  intellektual,  ham  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  uchun 

sharoitlar  mavjud  bo„lsa,  qaysi  biri  ustun  bo„ladi?  Bu  ko„p  jihatdan  bolalarning 

ota-onalari  bilan  munosabatlariga  bog„liq.  Ikkala  holatda  ham  bola  o„ziga  nisbatan 



                                                                                                                      

62 


 

katta  yoshdagilar  tomonidan  insoniy  iliqlik  va  hurmatni  his  qilishi  jiddiy 

ahamiyatga  ega.   

Misol.  Intellekt  yuqori  rivojlangan  oila  muhitida  ota-onalar  bilan  bolalar 

o„rtasida  bolalarning  kichik  yoshidan  boshlab  munosabatlar  o„rnatilgan;  ota-onalar 

maktabdagi  o„zlashtirishga  alohida  e‟tibor qaratadilar;  yuqori verbal qobiliyatli                                                 

bolalarda,  odatda,  ota-onalari  bilan  juda  mustahkam  emotsional  bog„liqlik 

bo„ladi,  

bu  esa,  xulqning  qaram  shakllarini  mustahkamlaydi.  Bunday  hollarda  ota-onalar 

bolalarning  aqliy  rivojlanishiga  ko„p  e‟tibor  qaratadilar,  ularga  bilim  beradigan 

o„yinchoqlar  va  kitobchalar  sotib  oladilar,  katta  yoshdagilar  suhbatida  ishtirok 

etishga  yo„l  qo„yadilar;  matematika  va  fazoviy  tasavvur  sohasida  katta  qobiliyati 

bo„lgan bolalar o„z tashabbuslarida bir muncha erkinroq bo„ladilar. 

Ijodiy  qobiliyatlar  ustun  rivojlangan  oilada  ota-onalarda  hech  qanday 

avtoritarlik  bo„lmaydi;  bolalarni  bevositalik  va  o„ziga  ishonch    uchun 

rag„batlantiriladi,  oilada  mas‟uliyat  hissi  qadrlanadi.  Bunday  oilalarda  ko„pincha 

ota-onalar 

va 


bolalar 

o„rtasida  emotsional  masofa,  hattoki,  chuqur 

kelishmovchilikkacha      sovuqlik  kuzatiladi,  lekin  bu  bolalarga  nisbatan 

dushmanlikka  yoki ularga  e‟tiborsizlikka  olib kelmaydi. 



2-bob bo`yicha qisqa xulosa 

1.O`quvchilar  o`zlashtirishda  muhit  va  irsiyatning  ta`siri,  ulushi  masalasi  ta`lim 

jarayonini  tashkil  etishda  muhim  ekanligi  aniqlandi.  Keying  yillarda  O`zbekiston 

kadrlar  tayorlash  milliy  dasturida  qo`yilgan  talablarda  kelib  chiqqan  holda 

yoshlarni  iqtidorli  qobiliyati  qiziqishga  qarab  ta`lim  berish  va  shundan  kelib 

chiqqan vazifalarda  bu masalalarga  katta o`rin berilgan. 

2.Adabiyotlar  taxlili  shuni  ko`rsatadiki  odamda  intelektning  70%,  o`quv 

predmetlari  bo`yicha  o`zlashtirishning  63%  irsiyatga  bog`liqligi  aniqlangan.  Lekin, 

alohida  o`quv  predmetlari  bo`yicha  irsiyat  va  muhitning  ulushi  haqida  yetarli 

ma`lumotlar  yo`q.  Bu  sohadagi  izlanishlar  bizning  Respublikamizda  ham 

o`tkazilmagan.   

 


                                                                                                                      

63 


 

3-BOB PEDAGOGIK EKSPREMENT O`TKAZISH VA UNING TAXLILI.

 

Eksprement  so`zi  lotincha  tajriba-sinov  degan  ma`noni  anglatadi.  Pedagogik 



eksprement  pedagogika  fanining  tadqiqotining  asosiy  metodlaridan  biri  bo`lib 

hisoblanadi.  Pedagogik  eksprementning  mazmuni  tadqiqotda  paydo  bo`lgan 

farazni  tekshirish  va  tasdiqlash  uchun  qo`llaniladi.  Pedagogik  eksprement  o`zining 

hajmi  bo`yicha  global,  vokal  va  mikroeksprement  bo`lishi  mumkin.  Uning  hajmi 

unda qatnashadigan o`quvchilarni  soni bilan  belgilanadi.   

Global  eksprement  sifatida  davlat,  hukumat vat a`lim boshqarmalar tomonidan olib 

boriladigan  eksperemenlarni  misol qilib,  olishimiz  mumkin. 

Masalan,  xalq  ta`limi  tarixida  6  yoshdagi  bolalarni  maktabga  jalb  qilishi 

bo`yicha  eksperement  olib  brogan.  Ma`lumki  uning  natijasida  yoppasiga  barcha  6 

yoshdagi  bolalarni  1-sinfga  jalb  qilish  maqsadga  muvofiq  emasligi  eksprementda 

o`z  natijasini  topgan.  Pedagogik    eksperementga  ma`lum  bir  talablar  qo`yiladi. 

Ular  quyidagilardan  iborat: 



1.Pedagogik  eksperement  unga  jalb  qilingan  yoshlarni  sihat-salomatligiga 

salbiy ta`sir ko`rsatmasligi  lozim. 



2.Eksprement  natijasida  ta`lim  muassasasi  ning  o`quv  rejasi,dasturlari 

buzilishiga  yo`l qo`ymaslik  lozim. 



3.Pedagogik  eksprement  maqsad  vazifalari  ta`lim  muassasasi  rahbarlari bilan 

kelishilgan  holda o`tqazilishi  lozim. 

Pedagogik  eksprement  quyidagi  sxema  asosida  o`tkaziladi.  Dastlab, 

pedagogik  eksprementning  farazi  ishlab  chiqiladi.  Bunga  ko`ra  eksprement 

natijasida  qanday  natijalar  olishimiz  mumkin.  Nimalar  o`zgaradi.  Shundan  so`ng 

pedagogik  eksprementning  o`tkazish  uslubi  ,  shart-sharoiti  ,  unda  qatnashuvchilar, 

rejasi  belgilanadi.  Shundan  so`ng  pedagogik  eksprement  o`tkaziladi.  Pedagogik 

eksprement  o`tkazishda  albatta  nazorat  guruhlari  va  eksprementda  qatnashuvchi 

guruh  belgilanadi.  Bunda  shu  ikki  guruhni  eksprementdan  avval  imkoniyatlari  , 

soni, aynan bir-biriga  o`xshash bo`lishligi  maqsadga muvofiqdir. Eksprement   

                                              


                                                                                                                      

64 


 

natijalari  olingandan  so`ng  ularni  matematik,statistikusullari  bilan  ishlab 

chiqiladi  va  har  bir  olingan  natija  muqarrarligi  yoki  tasodifligi  extimollik 

nazariyasi  talablariga  ko`ra mezonlanad 

          3.1.Pedagogik eksprement o`tkazish va uning taxlili. 

Pedagogik  eksprement  2013-2014  va  2014-2015  o`quv  yillarida  Toshkent 

shahar  Sergeli  tumanining  ikkita  maktabda  o`tkazildi.  Tajribada  jalb  qilingan 

umum 


ta`lim 

maktablari 

barcha 

talablarga 



javob 

beradigan 

qayta 

rekonstruksiyadan  chiqqan  maktablar  bo`lib  xizmat  qiladi.  Tajriba  davomida  biz 



maktab  ma`muriyatining  ruxsati  asosida  tajriba  uchun  zarur  bo`lgan  ma`lumotlarni 

o`rgandik.Bunda  tanlab  olingan  o`quvchi  guruhlarning  o`zlashtirish  natijalari, 

guruh  jurnallari  va  tabellar  asosida  bitirib  ketgan  o`quvchilarning  ma`lumotlari  

arxivlardan  olindi.  Biz  o`quvchilarni  qarindoshlik  darajasiga  ko`ra  bir  necha 

guruhlarga  bo`ldik. 

1. Ota-qiz 

2. Ota-o`g`il 

3. Ona-qiz 

4. Ona-o`g`il 

5. Opa-singil 

6. Opa-uka 

7. Aka-uka 

8. Bir tuxumdan  rivojlangan  egizaklar 

9. Har-xil  tuxumlardan  rivojlangan  egizaklar 

Yuqorida  qayd  etilgan  guruhlarda  ularning  umum  ta`lim  fanlar  bo`yicha 

o`zlashtirish  natijalarini  bog`liqligini  taqqoslandi. 

Umumta`lim  fanlari  sifatida quyidagi  predmetlar  olindi. 

Matematika,rasm,musiqa,tarix,chet  tili,  adabiyot,geografiya  va  biologiya 

fanlari. 

Yuqoridagi  fanlardan  guruhlardagi  juftliklarda  o`quv  yili  so`ngida  ya`ni  yil 

yakuni  bo`yicha olingan  5 ballik  tizimdagi  baholar taqqoslandi. 

Olingan  natijalar  barchasi matematik-  statistik  usulda ishlab  chiqildi. 



                                                                                                                      

65 


 

                                             

O„quvchilar  o„zlashtirishida  irsiyat  va  muxitning  ulushini  aniqlashda  mono  va 

dizigota  juftlarini  natijalarnidan  foydalinildi.  Genetik  tadqiqotlarda  o„rganilayotgan 

belgi-xossalar  bo„yicha  egizaklar  juftida  o„zaro konkordantlik (lotincha concordare 

–  o„xshashlik)  va  bir-biridan  farq  qilish  diskordantlikni  (lotincha  discordare  - 

o„xshamaslik)  belgilash  nihoyatda  muhimdir.  Har  ikki  juft  egizaklarda 

konkordantlik  koeffitsentini  aniqlash   

                        S 

             K = ------------- 

                     S + D    

formulasi  yordamida amalga  oshiriladi. 

Bunda  K  -  belgining  irsiylanish  koeffitsenti.  U  foizlar  orqali  ifodalanadi.  S 

- konkordant juftlar  soni D – diskordant juftlar  sonini bildiradi. 

Agar  belgining  irsiylanish  koeffitsenti  monozigota  egizaklarda  yuqori, 

dizigota  egizaklarda  past  bo„lsa,  u  holda  belgini  irsiylanishida  irsiy  omillar  ustunlik 

qilganligini,  mabodo  «K»  monozigot  va  dizigot  egizaklarda  yaqin  bo„lsa,  unda 

belgining  rivojlanishida  tashqi  muhit  omillari  ustunlik  qilgan,  degan  xulosaga 

kelinadi. 

       Agar  monozigota  egizaklarda  irsiylanish  unchalik  yuqori  bo„lmasa,  lekin 

dizigota  egizaklarda  nisbatan  anchagina  yuqori  bo„lsa,  u  holda  belgining 

shakllanishida  ham irsiyat  va tashqi muhit  ta‟sir ko„rsatgan bo„ladi. 

Belgining  rivojlanishida  qay  darajada  tashqi  muhit  va  irsiyat  ta‟sir 

etganligini  ob‟ektiv baholash uchun N-irsiylanish  koeffitsientidan  foydalaniladi. 

      MZK - DZK 

  N = ------------------  100 

        100   DZK         

                                       

Bunda:      N - irsiylanish  koeffitsenti  (foiz hisobida) 

    MZK – monozigotalar konkordantligi 

       DZK – dizigotalar konkordantligi 


                                                                                                                      

66 


 

Yuqoridagi  formula  asosida,  biror  belgining  irsiylanishida  genotip  va 

muhitning  rolini  ko„rib  chiqamiz.  Misol  uchun  ko„z  rangining  irsiylanishini  olsak, 

monozigot  egizaklarda  uning  konkordantligi  100%  yoki  1  ga,  dizigotalarda  esa 

28% yoki 0,28 ga teng. 

                    100 - 28 

Demak,  N = --------------  . 100 = 100  

                    100 – 28 

 

          Ye = 100 – N = 100 – 100 = 0 



 

Ye=0,  bunda  belgining  namoyon  bo„lishida  muhit  ta‟sirining  yo„qligini 

bildiradi.  Agar  N-  irsiylanish  koeffitsenti  0  ga  teng  yoki  yaqin  bo„lsa  belgining 

namoyon bo„lishi muhit  ta‟siri ostida bo„lishini  anglatadi. 

Agar  N  ning  miqdori  0,4-0,7  atrofida  bo„lsa,  u  holda  belgi  ham  tashqi 

muhit  ham  genetik  omillar  ta‟sirida  rivojlangan  hisoblanadi.  Mabodo  N=0,7  (70%) 

bo„lsa,  belgining  rivojlanishida  irsiyatning  roli,  N=0,4  (40%)  dan  kam  bo„lgan 

taqdirda,  belgining  rivojlanishida  tashqi  muhitning  roli  hal  qiluvchi  ahamiyatga 

ega bo„ladi.  

Qarindosh  urug`lar  juftliklar  orasidagi  bog`liqlikni  aniqlash  maqsadida 

ularning  o`quv fanlar bo`yicha o`zlashtirish  natijalarini  korrelyatsiyasi  quyidagi   

                                           

formula  asosida aniqlanadi: 

  

 



bunda  va 

 - 


qarindosh 

juftlikdagi 

belgining 

natijasi; 

   -birinchi 

 

juftlik 



birining 

o`rtacha 

natijasi;  


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin