Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix22.06.2020
ölçüsü0,91 Mb.
#32027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
genetik bilimlarni ozlashtirishda masala va mashqlar yechishning orni


                                                                                                                      

30 


 

 

faol  kovariatsiya  -  individ  o„zining  genetik  moyilligiga  eng  ko„p  darajada 



mos bo„lgan muhitni  yoki faol izlaydi,  yoki yaratadi 

Genotip-muhit  kovariatsiyasi  tiplari  ijobiy  yoki  salbiy  bo„lishi  mumkin; 



ularning  har  biri  ma‟lum  yosh  davrida  ustunlik  qilishi  mumkin.  Masalan,  bola 

rivojlanishining  birinchi  bosqichlarida  o„zaro  ta‟sirning  birinchi  tipi  ustunlik  qilishi 

aniqlangan  . 

        Psixologiya  fanida  ta‟lim  olishga qobiliyatlar  an‟anaviy  ravishda odamning 

umumiy  kognitiv  qobiliyatlari  tarkibida  ko„rib chiqiladi.  Qobiliyatlarning  uchta 

turi  ajratiladi  konvergent qobiliyatlar  yoki intellekt  - mavjud bilimlarni  qo„llash 

asosida masalalar  yechish qobiliyati;  2)divergent  qobiliyatlar  yoki kreativlik  - 

tasvvur va xayol ishtirokida  bilimlarni  o„zgartirish  qobiliyati;  3) ta‟lim  oluvchanlik 

yoki ta‟lim  olish qobiliyati  - bilimlarni  olishga bo„lgan qobiliyat. 

 

Tadqiqotchilar  maktabdagi  o„zlashtirish  ko„rsatkichlariga  real  hayotdagi 



yutuqlar  muvaffaqiyatini  aks  ettiradigan  tashqi  kriteriylar  sifatida  qaraydilar.  Lekin 

zamonaviy 

xorijiy 

tadqiqotlarda 

ta‟lim 

olishdagi 



muvaffaqiyatlilik 

ko„rsatkichlarini  tahlil  qilishning  parallel  traektoriyasi  -  ta‟lim  olish  qobiliyatini 

mustaqil  qobiliyat  sifatida  o„rganish  -  mavjud

8

.  Bu  holda  ta‟lim  olish  qobiliyati 



indikatori  sifatida  o„quvchi  tomonidan  maktab  dasturining  u  yoki  bu  elementlarini 

o„zlashtirishning  muvaffaqiyatliligi  darajasini  aks  ettiradigan  o„qituvchilarning 

baholaridan  foydalaniladi.  Bunda  o„qishga  qobiliyat,  til  o„rganishga  qobiliyat, 

matematikaga  qobiliyat  borligi  hamda  ularning  asosida  yotgan  ta‟lim  olishga 

umumiy  qobiliyat  to„g„risida gapirish qabul qilingan. 

 

Tadqiqotlar  olib  borishda  “ta‟lim  oluvchanlik”  atamasini  ishlatish  an‟anaga 



aylangan. 

Uning 


mazmuni 

xorijiy 


tadqiqotlarda 

foydalaniladigan 

va 

o„qituvchilarning  baholariga  asoslangan “learning  abiliti”  iborasining  mazmuniga                                                     



faqat  qisman  mos  keladi.  Bizdagi  psixologiya  fanida  implitsit  va  eksplitsit  “ta‟lim 

oluvchanlik”ni  bir-biridan  ajratgan  holda  ikki  darajali  tashkil  qilish  modeli  taklif 

                                                                 

8

 



Byrne  B.,  Coventry  W.L.,  Olson  R.  K.  et  al.  (2010)  “Teacher  effects”  in  early  literacy 

development:  Evidence  from  a  study  of  twins  //  Journal  of  Educational  Psychology.  Vol.  102. 

No. 1. P. 32-42. 

 


                                                                                                                      

31 


 

etilgan.  Implitsit  ta‟lim  oluvchanlikka  psixikaning  ongsiz  faolligi  namoyon  bo„lishi 

sifatida  qaraladi.  Eksplitsit  ta‟lim  oluvchanlikni  ikkilamchi,  “ongli”  sifatida 

belgilanadi  va  aynan  u  maktab  ta‟limining  muvaffaqiyatliligi  va  akademik  yutuqlar 

ko„rsatkichlari  bilan  bog„lanadi.  

 

Ta‟lim  olish  qobiliyatlarini  o„rganishda  u  yoki  bu  masalalarni  yechishning 



muvaffaqiyatliligidagi  kuzatiladigan  individual  farqlarning  sabablari  to„g„risidagi 

masala  albatta  ko„ndalang  bo„ladi.  Genetika  bu  masalani  -  umumiy  kognitiv 

qobiliyatlarning,  ularning  tarkibiga  ta‟lim  olish  qobiliyatlari  ham  kiradi,  individual 

farqlaridagi  irsiy  va  muhit  omillari  nisbatlari  muammosi  sifatida  ancha  keng 

darajada ko„rib chiqish imkonini  beradi.  

 

Genetik  va  irsiy  omillarning  faqat  umumiy  kognitiv  ko„rsatkichlar 



dispersiyasidagi 

hissasini 

emas, 

balki 


to„g„ridan-to„g„ri  maktab  ta‟limi 

muvaffaqiyatliligidagi  individual  farqlarning  ifodalanganligidagi  hissasini  ham 

o„rganish  borgan  sari  ko„proq  tadqiqotlarning  mustaqil  mavzusiga  aylanib 

bormoqda.  6  dan  12  yoshgacha  bo„lgan  amerikalik  bolalarning  maktabdagi 

o„zlashtirishlarini  psixogenetik  tadqiq  qilishda  olingan  irsiy  o„tish  ko„rsatkichi 

40%  ga  yaqin  va  umumiy muhit ta‟sirining ko„rsatkichi ham 40% ga yaqin bo„lgan  

Maktabdagi  o„zlashtirishning  individual  farqlarida  irsiy  omilning  va  umumiy 

muhit  omillarining  hissasini  baholashda  shunga  o„xshash  ko„rsatkichlarni 

AQShdagi boshqa tadqiqotda ham tegishli tartibda - 40% va 30% olingan [Loehlin, 

Nichols,  1976].  Irsiy  o„tishning  birmuncha  yuqori  ko„rsatkichlari  Avstraliyadagi 

15-18  yoshli  o„smirlarda  60%  va  Gollandiyalik  12  yoshli  bolalarda  60% 

aniqlangan. 

 

Bundan  tashqari,  maktabdagi  ayrim  o„quv  fanlari  bo„yicha  o„zlashtirishdagi 



u yoki bu fan sohasida ta‟lim olishga  qobiliyat  ko„rsatkichi sifatida qaraladigan                                                       

individual  farqlarning  psixogenetik  tadqiqotlari  mavjud.  Masalan,  o„qishga 

qobiliyatni  tadqiq  qilishda  umumiy  muhit  ta‟siri  ko„rsatkichi  25  dan  45%  gacha 

bo„lgani  holda,  irsiy  o„tish  ko„rsatkichi  esa,  40%  ga  yaqin  bo„lgan.  Matematika 

bo„yicha  o„zlashtirish  uchun  individual  ko„rsatkichlar  dispersiyasida  umumiy 

muhit  omilining  hissasi  -  6%yuqori  bo„lmagani  holda,  irsiy  omillar  hissasining 



                                                                                                                      

32 


 

ko„rsatkichi  esa,  ancha  yuqori  -  69%  ga yaqin bo„lgan . Buyuk Britaniyadagi keng 

ko„lamli  egizaklar  tadqiqotida  (TEDS,  tadqiqotning  turli  bosqichlarida  5084  dan 

11482  gacha  7,  9  va  10  yoshli  egizaklar)  maktabdagi  o„zlashtirish  dispersiyasiga 

irsiy  omillar  va  umumiy  muhit  omillari  hissasining  ko„rsatkichlari  tegishli  tartibda 

til  (o„qish  va  yozish)  bo„yicha  64  va  15  %  va  matematika  bo„yicha  68  va  10% 

atrofida olingan  . 

 

Shu  eslab  o„tilgan  oxirgi  tadqiqot  yana  shunisi  bilan  qiziqarliki,  unda 



umumiy  intellekt  (g)  bilan  maktabdagi  o„zlashtirish  (standartlashtirilgan  shakl 

bo„yicha  qo„yiladigan  o„qituvchilar  baholari)  ko„rsatkichlari bir vaqtda baholanadi. 

Bu  tadqiqot  natijalari  bo„yicha  genetik  omillarning  maktabdagi  o„zlashtirishdagi 

individual 

farqlarni 

tushuntirishdagi  hissasi  ularning  kognitiv  qobiliyatlar 

darajasidagi  individual  farqlarni  tushuntirishdagi  hissasiga  nisbatan  birmuncha 

yuqori ekanligi  (tegishli  tartibda 65 va 35%) ma‟lum bo„ldi. 

 

Genotip  bilan  muhitning  nisbiy  hissasi  turli  populyatsiyalarda,  masalan, 



yoshi,  ijtimoiy  madaniy  va  demografik  xarakteristikalari  bo„yicha  farqlanadigan 

populyatsiyalarda  turlicha  bo„lishi  mumkin.  Shunga  muvofiq  tadqiq  qilinayotgan 

guruhda,  masalan,  ta‟lim  muhitining  ko„p  jihatdan  bir  xildaligi,  tahlil  qilinayotgan 

belgining  dispersiyasini  tushuntirishda  irsiy  komponentlar  hissasi  ortishiga  olib 

keladi.  Buyuk  Britaniyada  olingan  ta‟lim  olish  qobiliyatlarining  irsiyligi 

ko„rsatkichi  AQShdagi  xuddi  shu  ko„rsatkichdan  jiddiy  darajada  yuqori  ekanligi 

shu  nuqtai  nazardan  izohlanadi.  Buyuk  Britaniyadagi  ta‟lim  tizimi  qat‟iy  tartibga 

solingan,  majburiy  ta‟lim  standartlariga  asoslanadi va shuning  uchun AQShdagi                                                         

ta‟lim  tizimiga  nisbatan  barcha  o„quvchilar  uchun  ko„proq  bir  xillikka  ega. 

Amerika  ta‟lim  tizimi  esa,  dunyodagi  eng  detsentralizatsiyalanganlardan  biri 

hisoblanadi  va  ta‟lim  muhitining  yuqori  darajada  xilma-xilligi  ta‟lim  olishdagi 

individual  farqlar  dispersiyasiga  muhit  omillari  ta‟sirining  ko„rsatkichlari  ancha 

yuqori ekanligining  sababi bo„lishi mumkin.. 

      Genetik  tadqiqotlar  ta‟lim  olish  qobiliyatlariga,  masalan,  matematikani 

o„rganishga  faqat  irsiy  va  muhit  omillarining  nisbiy  ulushlarining  ta‟sirlarini  emas, 

balki  shu  qobiliyatlarning  har  turli  ko„rsatkichlari  orasidagi  o„zaro  bog„liqliklarni 



                                                                                                                      

33 


 

tushunishga  ham  imkon  beradi.  Masalan,  ko„p  o„lchamli  tahlil  o„qishga  o„rganish 

qobiliyatiga  ta‟sir  qiluvchi  irsiy  va  muhit  omillari  boshqa  ko„rsatkichga,  masalan, 

til  o„rganish  qobiliyatiga  qaysi  darajagacha  ta‟sir  ko„rsatishini  aniqlash 

imkoniyatini  beradi

9



 

Ko„p  o„lchamli  tahlilning  jiddiy  natijalaridan  biri  -  bitta  genlarning  o„zi  yoki 

bitta  muhitning  o„zi  shu  ikkita  ko„rsatkichga  qanchalik  ta‟sir  qilishini 

ko„rsatadigan  irsiy  va  muhit  korrelyatsiyalari  olinishidan  iborat.  Bunday  ko„p 

o„lchamli  tadqiqotlar  doirasida  olinadigan  ta‟lim  olishdagi  muvaffaqiyatning 

genetik  korrelyatsiyasi  o„qishni  va  tilni  o„rganish  qobiliyatlari  uchun  0,67  dan  1,00 

gacha  [Stromswold,  2001],  o„qishni  va  matematikani  o„rganish  qobiliyatlari  uchun 

0,47  dan  0,98  gacha  [Kovas  et  al.,  2007],  tilni  va  matematikani  o„rganish 

qobiliyatlari  uchun 0,59 dan 0,98 gacha [Plomin, Kovas, 2005] bo„ladi. 

 

Shunday  qilib,  olinadigan  genetik  korrelyatsiyalar  har  turli  qobiliyatlarning 



keng  doirasiga  irsiy  ta‟sirlar  uchun  “universal”  genlarning  bir  xildagi  to„plamining 

o„zi  javob  berishi  to„g„risida  gapirish  imkonini  beradi.  Shu  aytilgan  oxirgi  taxmin 

psixogenetika  bo„yicha  hozirgi  adabiyotlarda  “universal”  genlar  gipotezasi  sifatida 

belgilanadi  [Plomin, Kovas, 2005; Kovas, Plomin, 2007]. 

 

Bunda  kognitiv  ko„rsatkichlar  bilan  ta‟lim  olishdagi  muvaffaqiyatlilik 



ko„rsatkichlarini  shunday turdagi  ko„p o„lchamli tahlil  doirasida qiyoslash ta‟lim                                                         

olishdagi  muvaffaqiyatlilik  ko„rsatkichlari  bilan  bog„liq  “universal”  genlar  har  xil 

turdagi  intellektual  genlarga  ham  ta‟sir  ko„rsatadi,  deb  xulosa  chiqarishga  imkon 

beradi. 


Bunda 

universal“ 

genlarning 

ta‟lim  olishdagi  muvaffaqiyatlilik 

ko„rsatkichlariga  ta‟siri  bu  genlarning  faqat  kognitiv  ko„rsatkichlar  bilan  o„zaro 

bog„liqligi  bilan  cheklanmaydi.  Masalan,  turli  fanlarni  o„qitishda  ta‟lim  olishdagi 

muvaffaqiyatlilik  ko„rsatkichlari  o„zaro  bir-biri  bilan  intellektual  ko„rsatkichlarga 

nisbatan  ancha  yuqori  irsiy  korrelyatsiyalarga  ega  bo„ladi.  Masalan,  til  va 

matematika 

bo„yicha 

irsiy 

omillarga 



hisob 

qilinadigan 

o„zlashtirish 

dispersiyasining  to„rtdan  uch  qismiga  yaqini  intellektning  (g)  “irsiy  dispersiyasi” 

                                                                 

9

 



KovasY.,  Plomin  R.  (2007)  Learning  abilities  and  disabilities:  Generalist  genes,  spcialist 

environments  // Current  Directions  in  Psychological  Science.  Vol. 16. P. 284-288. 

 


                                                                                                                      

34 


 

bilan 


umumiy 

hisoblanadi, 

ta‟lim 

olishdagi 



muvaffaqiyatlilikning 

“irsiy 


dispersiyasi”ning,  lekin  g  bilan  bog„liq  bo„lmaganining,  yana  to„rtdan  uch  qismiga 

yaqini  shu  ikkita  maktab  o„quv  fanlari  uchun  umumiy  hisoblanadi, qolgan to„rtdan 

uch qismi esa, har bir fan sohasi uchun alohida  holda xos bo„ladi. 

     Genetik  ko„p  o„lchamli  tahlil  doirasida  olinadigan  muhit  korrelyatsiyalari  ham 

katta  qiziqish  tug„diradi.  Irsiy  korrelyatsiyalarga  o„xshab  umumiy  muhit  omillariga 

hisob  qilinadigan  korrelyatsiyalarning  o„rtacha  ko„rsatkichlari  ham  juda  yuqori 

bo„ladi.  Masalan,  ular  o„qish  va  matematikani  o„rganish  muvaffaqiyatliligi 

ko„rsatkichlari  uchun  0,74  atrofida  bo„ladi,  matematikagning  har  xil  jihatlarini 

o„zlashtirish  muvaffaqiyatliligi  ko„rsatkichlari  uchun  esa,  0,86  atrofida  bo„ladi. 

Boshqachasiga  aytganda,  umumiy  muhit  omillari  ham  bir  vaqtda  kognitiv 

ko„rsatkichlarning 

keng 


spektriga 

hamda 


turli 

fanlarni 

o„qitishdagi 

muvaffaqiyatlilik 

ko„rsatkichlariga 

ta‟sir 


ko„rsatishi 

ma‟nosida 

ma‟lum 

darajagacha  “universal”  bo„ladi.  Bunday  natijalar  mantiqiyligining  sabablari 



ijtimoiy-iqtisodiy  holatni,  oila  muhiti  xususiyatlarini,  ta‟lim  tizimining  turli 

aspektlarini  o„z  ichiga  oladigan  umumiy  muhit  omillari,  ko„pincha,  ta‟lim  olish 

qobiliyatlarining 

ayrimi 


ko„rsatkichlariga 

emas, 


umuman 

ta‟lim 


olish 

qobiliyatlariga  ta‟sir ko„rsatishi bilan  asoslanadi. Bu omillarni  yanada  

chuqurroq  tushunish  uchun  keng  miqyosda  turli  madaniyatlar  bo„yicha  tadqiqotlar 

o„tkazish zarur. 

         Eng  qiziqarli  va  bahslashilmaydigan  psixogenetik  natijalardan  biri  aynan 

individual  muhit  omillari  bir  boladagi  ta‟lim  olish  qobiliyatlari  kognitiv 

ko„rsatkichlarining  turli  darajalarida  tabaqalanish  (differensiatsiya)ga  olib  kelishi 

fakti  hisoblanadi.  Bunda  bitta  fan  sohasidagi  ko„rsatkichlarga  ta‟sir  ko„rsatadigan 

individual  muhit  omillari  boshqa  sohadagi  muvaffaqiyatlilik  bilan  bog„liq 

individual  muhit  omillardan  asosan  farqli  bo„ladi.  Masalan,  TEDS  ma‟lumotlariga 

ko„ra  individual  muhit  ta‟sirining  ko„p  o„lchamli  baholari  16%  ga  yaqin bo„lib, bu 

omillarning  har  xil  turdagi  qobiliyatlarning  ishonarli  o„zaro  bog„liqligini 

tushuntirishda  hissasi  kam  ekanligini  aks  ettiradi.  Kognitiv  ko„rsatkichlar  bilan 


                                                                                                                      

35 


 

ta‟lim  olishdagi  muvaffaqiyatlilik  ko„rsatkichlari  orasidagi  tegishli  muhit 

korrelyatsiyalari  yana ham pastroq [Kovas et al., 2007]. 

 

Shunday  qilib,  individual  muhit  omillari  yuqori  ixtisoslashgan  hisoblanadi: 



ular  ta‟lim  olishdagi  turli  darajali  individual  qobiliyatlar  bilan  maktabdagi 

muvaffaqiyatlarning  shakllanishida  ayniqsa  jiddiy  rol  o„ynaydi.  Tadqiqotchilar 

oldida  turli  madaniyatlardagi  aynan  shunday  o„ziga  xos  va  ixtisoslashgan  muhit 

omillarini  aniqlash  va o„rganish vazifasi  turibdi. 

 

Shunga  o„xshash  tadqiqotlarning  amaliy  ahamiyatini  ta‟kidlab  o„tish  lozim. 



Haqiqatan  ham,  agar  individual  muhit  omillari  o„qish  va  matematikadagi 

muvaffaqiyatlarga  erishishdagi  farqlarga  eng  ko„p  hissa  qo„shsa,  bunday  farqlar 

o„quvchilarning  muvaffaqiyatlari  kesimida  eng  ko„p  darajada  tashqi  ta‟sir  ostida 

bo„lishini  kutish  mumkin. 



1-bob bo`yicha qisqa hulosa. 

1.Odam  genetik  jihatdan  o`rganish  qiyin  bo`lgan  ob`ekt  bo`lib,  uning  o`rganishda 

o`ziga  hos  metodlar  qo`llaniladi.  Bu  metodlar  jumlasiga  ,  geneologik  metod, 

egizaklar  metodi, sitogenetik  metod, populyatsion statistik metod, molekulyar                                                          

bioximya  metod va dermotoglifik  metodlari  kiradi. 

Bizning  tadqiqotlarimiz  uchun  eng  maqbul  metod  sifatida  egizaklar  metodi  to`g`ri 

kelishi  aniqlandi. 

2.  Egizaklar  metodi-odamdagi  belgi  xususiyatlarini  namoyon  bo`lishida  irsiyat  va 

muhitning  o`rnini  aniqlashda  eng  maqbul  metod  ekanligi  aniqlandi.  Bunda  bir 

tuxumdan  va  turli  tuxumlardan  rivojlangan  egizaklardagi  belgi  va  xususiyatlar 

bo`yicha  konkordantlik  va  diskonkordantlikni  aniqlab,  irsiylanish  koefitsenti, 

irsiyat  va muhitning  o`rnini  aniqlash  mumkin. 

3.  Adabiyotlar  taxlili  shuni  ko`rsatadiki  egizaklar  metodi  orqali  odamda  juda  ko`p 

morfologik,  fiziologik  belgi  va  xususiyatlarni  namoyon  bo`lishida  irsiyat  va 

muhitning  roli  aniqlangan.  Keyingi    yillarda  odamdagi  xulq  atvor  belgilarni 

namoyon  bo`lishida  ham  bu  metod  keng  qo`llanilgan.  Lekin  odamdagi  o`quv 

predmetlarni  o`zlashtirishda  irsiyat  va  muhitni  ulushini  aniqlash  bo`yicha 


                                                                                                                      

36 


 

izlanishlar  yetarli    darajada  olib  borilmagan.  Ayniqsa  bunday  izlanishlar  o`zbek 

millatiga  mansub bo`lgan ishlar  orasida umuman o`tkazilmagan. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                     

                                                                                                                      

37 


 

2-BOB. O`QUVCHILAR O`ZLASHTIRISHIDA MUHIT VA IRSIYATNING 

TA`SIRI MUAMMOSI 

Odamning  genetik  potensiali  vaqt  bilan  chegaralangan  bo„lib,  bunda  esa, 

yetarlicha  qattiq  chegaralangan.  Agar  ilk  ijtimoiylashuv  muddatini  o„tkazib 

yuborilsa,  u  amalga  oshmagan  holda  so„nadi.  Buni  tasdiqlovchi  yaqqol  misollar 

sifatida  go„daklarning  vaziyat  taqozosi  bilan  jungliga  tushib  qolgan  va  jonivorlar 

orasida  bir  necha  yilni  o„tkazgan  ko„plab  hodisalarni  ko„rsatish  mumkin.  Ularning 

odamlar  orasiga  qaytganlaridan  keyin  qo„ldan  chiqarilgan  rivojlanish  bosqichini 

to„liq  darajada  egallay  olmaganlar:  nutqni  egallashlari,  inson  faoliyatining 

yetarlicha  murakkab  ko„nikmalarini  o„zlashtirishlari,  ularda  odamning  psixik 

funksiyalari  yetarlicha  rivojlanmagan.  Bu  esa,  odam  xulqi  va  faoliyatining 

xarakterli  xususiyatlari  faqatgina  ijtimoiy  meros  olish,  faqat  ijtimoiy  dasturni 

tarbiya  va ta‟lim  jarayoniga  uzatish orqali egallanishini  tasdiqlaydi.   

Irsiyat  va  muhitning  odam  ontogenezidagi  rolini  tushunish  uchun  «genotip» 

va «fenotip» tushunchalari  jiddiy  rol o„ynaydi. 

Genotip  bu  –  organizmning  irsiy  asosi,  uning  xromosomalarida  joylashgan 

genlar  yig„indisi,  bu organizm  o„z ota-onasidan oladigan genetik  konstitutsiY.   

Fenotip  bu  –  organizmning  individual  rivojlanishi  jarayonida  shakllangan 

barcha  xususiyatlari  va  belgilari  yig„indisi.  Fenotip  organizmning  rivojlanishi 

amalga  oshib  boradigan  muhit  sharoitlari  bilan  o„zaro  munosabatlari  orqali 

belgilanadi.  Fenotip  genotipdan  farq  qilgan  holda,  organizmning  butun  hayoti 

davomida  o„zgaradi  va  genotip  hamda  muhitga  bog„liq  bo„ladi.  Bir  xil  genotiplar 

(bir  tuxumli  egizaklarda),  har  xil  muhitlarga  tushib  qolgan  hollarida,  ularda  har  xil 

genotiplar  hosil  bo„lishi  mumkin.  Barcha  omillar  ta‟sirini  hisobga  olganda,  odam 

genotipini  bir  nechta  elementlardan  tashkil  bo„lgan  holda  tasavvur  qilish  mumkin. 

Ularga  quyidagilar  kiradi: 

genlarda  kodlashtiriladigan  biologik  belgilar; 

muhit  (ijtimoiy  va tabiiy);                                          

indvid faoliyati; 

aql (ong, tafakkur). 


                                                                                                                      

38 


 

 

Odam  fenotipining  murakkab  tarkibiy  tuzilishidan  kelib  chiqqan  holda 



aytish  mumkinki,  yevgenikaning  mazmuni  faqat  bitta  –  yuqorida  aytilganlardan 

birinchi  element  (genlarda  kodlashtiriladigan  biologik  belgilar)  hisoblanadi. 

Yevgenika  vakillari  aynan  shuni  absolyutlashtiradilar.  Shu  bilan  bir  qatorda,  odam 

genotipining  ijtimoiy  elementlari  ularning  e‟tiborlaridan  chetda  qoladi.  Bu  nazariya 

izdoshlari  pozitsiyasining  cheklanganligi  shundan iborat.  

 

Odam  rivojlanishida  irsiyat  va  muhitning  o„zaro  ta‟siri  uning  butun  hayoti 



davomida  jiddiy  rol  o„ynaydi.  Lekin,  u  organizm  shakllanishining  embrional, 

emizish,  bolalik,  o„smirlik  va  o„spirinlik  davrlarida  alohida  ahamiyatga  ega 

bo„ladi.  Aynan  shu  vaqtda  organizm  rivojlanishi  va  shaxs  shakllanishining  intensiv 

jarayoni  kuzatiladi.   

 

Irsiyat  organizm  qanday  bo„lishi  mumkinligini  belgilaydi,  lekin  odam  ikala 



omillar  –  irsiyatning  ham,  muhitning  ham  bir  vaqtdagi  ta‟siri  ostida  shakllanadi. 

Hozirda  umume‟tirof  qilinib  bormoqdaki,  inson  adaptatsiyasi  irsiyatning  ikkita: 

biologik  va  ijtimoiy  dasturlari  ta‟sirida  amalga  oshadi.  Istalgan  indvidning  barcha 

belgilari  va  xususiyatlari  uning  genotipi  bilan  muhitning  o„zaro  ta‟siri  natijasi 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  har  bir  odam  ham  tabiatning  bir  qismi,  ham  ijtimoiy 

rivojlanish  mahsulidir.   

 

Hozirda  shunday  nuqtai-nazarni  ko„pchilik  olimlar  ma‟qullamoqdalar. 



Kelishmovchiliklar  insonning  aqliy  qobiliyatlarini  tadqiq  etishda  irsiyat  va 

muhitning  roli  to„g„risida  gap  borganda  kelib  chiqadi

10

.  Ayrimlar  aqliy  qobiliyatlar 



genetik  o„zlashtiriladi  deb  hisoblasalar,  boshqalar  aqliy  qobiliyatlar  rivojlanishi 

ijtimoiy  muhit  ta‟sirida belgilanadi,  deb aytadilar.   

 

«Aqliy  qobiliyatlar»  tushunchasining  aniq ta‟rifi  ham yetarlicha  murakkab                                                      



masala  hisoblanadi. Intellektual  qobiliyatlar  g„oyat xilma-xil  va o„ziga xosdir.  

Inson  genial  shaxmatchi  bo„lishi  va  yomon  artist  (shoir,  matematik  va  sh.k.) 

bo„lishi  va  aksincha  bo„lishi  mumkin.  Ammo  IQni  aniqlash  bo„yicha  testlarni 

                                                                 

10

 

Light  J.G.,  DeFries  J.C.,  Olson  R.K.  (1998)  Multivariate  behavioral  genetic  analysis  of 



achievement  and  cognitive  measures  in  reading-  disabled  and  control  twin  pairs//  Human  Biology. 

Vol.  70. P. 215-237. 

 


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin