Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix22.06.2020
ölçüsü0,91 Mb.
#32027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
genetik bilimlarni ozlashtirishda masala va mashqlar yechishning orni


                                                                                                                      

48 


 

Har  bir  odam  tug„ilganidan  boshlab,  oliy  asab  tizimining  ma‟lum  tipiga  yoki 

oddiyroq  aytganda,  temperamentga  ega.  Temperamentni  xarakterning  ma‟lum 

belgilari  kabi    hosil  qilish,  tarbiyalash,  o„zgartirish  mumkin  emas.  U  tug„ilgan 

vaqtdan  boshlab,  odamning  harakatlari  va  emotsiyalarini  boshqaradi.  Zarur 

bo„lganda  iroda  kuchi  bilan  o„z  temperamenti  namoyon  bo„lishini  faqatgina 

pasaytirish  mumkin.  Lekin,  buning  uchun  ma‟lum  iroda  kuchi  talab  qilinadi, 

ma‟lumki  bolada  ixtiyoriy  faoliyat  faqat  7  yoshdan  boshlanadi,  lekin,  hammada 

ham emas (hammasi  har bir go„dakning individual  xususiyatlariga  bog„liq). 

Shuning  uchun,  birinchi  sinf  o„quvchisini  o„zlashtirmaganlar  uchun 

o„ylamasdan  urishish  kerak  emas,  yaxshisi  u  qanday  asab  jarayonlarini  namoyon 

qilayotganligi  xususiyatlarini  tushunib yetishga  harakat  qilish  lozim

12

.   


Asab 

tizimi 


uchta 

asosiy 


xarakteristikaga 

ega: 


kuch, 

vazminlik, 

harakatchanlik. 

Kuch  –  asab  hujayralarining  funksional  chidamliligi,  uzoq  va  qisqa  muddatli 

qo„zg„alishlarni  tutib  turish  qobiliyati.  Boshqachasiga  aytganda,  bu  yerda  gap 

bolaning  tez  charchab  qoluvchanligi  va  mehnatga  qobiliyati,  uning  atrofdagi 

buyumlarga  nisbatan ta‟sirlanuvchanligi  haqida bormoqda.  

Vazminlik.  Vazminlik  deb,  odamning  asab  tizimidagi  qo„zg„alish  va 

tormozlanish  jarayonlarining  muvozanatini  tushuniladi.  Vazminlik  bolada  u 

qanchalik  chidam  bilan,  emotsional  zo„riqishsiz  o„zi  boshlagan  ishni  oxiriga 

yetkazishga  qodirligida  namoyon  bo„ladi.  Unda  kayfiyat  o„zgarishi  qanchalik  tez-

tez  sodir  bo„lib  turishi,  u  o„z  kuchlariga  ishonadimi  yoki  unda  yangi  ishni 

boshlashga  dadillik  yetishmaydimi  va  u  yoki  bu  topshiriqni  bajarish  usullarini 

tanlashda  doimo  ikkilanadimi  va  bunda  bajara  olishiga  ishonchi  yo„qmi  ekanligida 

namoyon bo„ladi.  

Harakatchanlik  asab  tizimining  tormozlanishdan  qo„zg„alishga  o„tishi  va 

aksincha qobiliyatdan  iborat. Agar bolaning  asab tizimi  harakatchan  bo„lsa, u  

 

                                                                 



12

 

Plomin  R.,  DeFries  J.C.,  LoehlinJ.C.  (1977)  Genotype-environment  interaction  and  correlation 



in  the  analysis  of human  behavior  // Psychological  Bulletin.  Vol. 84. P. 309-322. 

 


                                                                                                                      

49 


 

yangi  sharoitlarga  oson  moslashadi,  bir  ishdan  boshqasiga  oson  o„ta  oladi. 

Agar  bolaning  asab  tizimi  harakatchanlikka  ega  bo„lmasa,  uning  har  bir  yangi 

taassurotga adaptatsiyasi qiyin  kechadi.  

Asab  tizimining  shu  hamma  uchta  xususiyatlari  har  xil  darajada  qo„shilgan 

holda  temperamentning  4  ta  tipini  beradi:  sangvinik,  xolerik,  melanxolik  va 

flegmatik.  Bolaning  temperament  tipini  bilgan  holda  ota-onalarning  unga  o„qishda 

va  umuman  hayotda  uchraydigan  u  yoki  bu  qiyinchiliklarni  yengib  o„tishiga 

yordam berishlari  oson bo„ladi.  

Agar bolangiz  sangvinik  bo„lsa:  

Bu  temperamentning  kuchli,  vazmin  va  harakatchan  tipi.  Sangviniklar 

istalgan,  hatto  notanish  faoliyatga  oson  qo„shilib  ketadilar.  Ularga  atrofdagi 

hamma  narsa  qiziqarli,  ular  hammasiga  oson  ko„nikadilar.  Bunday  bolalarga 

quvnoqlik,  kelajakka,  o„ziga  ishonch  va  atrofdagilarga  hayrixoh munosabat xosdir. 

Sangviniklar  istalgan  yangi  axborotni  oson  o„zlashtiradilar,  kerakli  dars  soatlariga 

xotirjam  chidaydilar.  Bunday  bola,  odatda,  jamoada  yetakchi,  uni  o„qituvchilar  va 

tengqurlari  yaxshi ko„radilar. Odatda, uning o„zlashtirishi bir maromda, boshqa fan 

zarariga  bitta  fanga  o„ta  qiziqishni  namoyon  qilmaydi.  Ammo,  sangvinik 

temperament,  barcha boshqasi kabi amalda sof holda uchramaydi.   

Agar bolangiz  xolerik  bo„lsa:  

Asab  tizimining  bu  tipi  kuchli,  bir  xil  turmaydigan,  qo„zg„aluvchan  bo„ladi. 

Bunday  bola  bir  joyda  uzoq  o„tira  olmaydi.  U  tez  yangi  g„oyaga  qiziqib  qoladi, 

lekin  huddi  shunday  undan  darov  sovib  ham  qoladi.  Uning  energiyasi  tugamaydi. 

Bunday  bola  uchun  darsning    boshidan  oxirigacha  o„tirish  qiyin:  u  o„yinqaroq, 

o„zini  tutib  turmaydigan,  javob  berayotgan  o„quvchilarga  aytib  turadigan  bo„ladi. 

U  sabrsiz  va  hamma  joyda  ulgurishga  shoshiladi.  Bunday  bola  juda  emotsional, 

jizzaki  va ta‟sirchan bo„ladi.                                               

Xoleriklarning  ojizligi  –  uzoq  o„tirib  ishlay  olish  va  intizomga  rioya 

qilishdan  iborat.  Xolerik  bola  uchun  faoliyat  turini  tez-tez  almashtirib  turish  foyda 

beradi.  Bu  unga  topshiriqqa  fikrini  eng ko„p jamlashga, lekin, shu bilan bir vaqtda, 

unga qiziqishni  yo„qotmasligiga  yordam beradi.  


                                                                                                                      

50 


 

Maktabda  bolaga  bunday  imkoniyatlar  berilmasligini  hisobga  olgan  holda 

ota-onalar  bolaning  uydagi  vaqtini  tegishlicha  tashkil  qilishlari  lozim.  Bola 

maktabdan  kelgan  zahoti  dars  tayyorlashga  o„tirishini  talab  qilmaslik  kerak.  Unga 

maktabda  to„planib  tugallanmagan  energiyadan  ozod  bo„lishga  vaqt  bering.  Ochiq 

havoda  o„yinlar,  sayrlar,  ota-onalar  bilan  xarid  qilishga  borish  bola  uchun  kun 

davomida  ro„y  bergan  hamma  narsa  bilan  o„rtoqlashishga  imkoniyat  beradigan  va 

unga energiya  va hissiyotlar  ortiqchaligidan  qutulishga  yordam beradi.   

Bunday  bola  bilan  uy  vazifasini  tayyorlash  jarayonini  bir  nechta  bosqichga 

bo„lib,  ular  orasida  tanaffuschalar  qilish  kerak.  Bunday  bolaga  tanbehlar,  jazolar, 

nasihatlar  yordam  berishi  qiyin.  U  yaxshi  o„qiydigan  bo„lib  qolmaydi.  Juda 

bo„lmaganda,  ota-onalarini  hursand  qilish  uchun  o„zini  tiyishga  harakat  qilib 

ko„radi.  Bu  esa,  xolerik  bolalarda  teskari  natijalarga  olib  keladi.  Bola  yig„loqi, 

serjahl  bo„lib qolishi, kayfiyat  o„zgarishlari  tezlashishi  mumkin.   

Agar  vaziyat  keskinlashsa,  yaxshisi,  o„qituvchi  bilan  suhbatlashish  va  bola 

o„zining  bilimlarini  namoyish  qila  olishi  uchun  unga  individual  topshiriq  berishni 

so„rash kerak.  

Agar bolangiz  melanxolik  bo„lsa:  

Melanxolik 

–  asab  tizimining  kuchsiz  turi.  Bunday  bola  injiq, 

shubhalanuvchan,  tortinchoq,  o„z  kuchiga  ishonmaydigan  bo„ladi.  Melanxolik 

bolalar  juda  ta‟sirchan,  jur‟atsiz  va  qat‟iyatsiz,  o„ta  arazchi,  e‟tiborlari  doimo  o„z 

muvaffaqiyatsizliklariga  qaratilgan  bo„ladi.  Agar  melanxolik  bilan  gaplashishda 

ovozni sal baland qilish  yoki unga nisbatan norozilik  bildirish,  uni  darhol hafa                                        

qilib,  yig„lashigacha  sabab bo„lishi mumkin. 

Melanxolikni  u  topshirilayotgan  yangi  ishni  albatta  bajara  olishiga 

ishontirish  –  befoyda  mashg„ulot.  U  qachondir  bajara  olmagan  ishi  bilan  hech 

qachon  shug„ullanmaydi,  chunki,  hech  narsani  uddalay  olmasligiga  ishonadi. 

Bunday  xulq  katta  yoshdagilarga  yoqmaydi,  lekin,  sabr  qilish,  chidamli  bo„lish 

zarur, bo„lmasa bola yana yig„lashga  tushadi.  

Melanxoliklar  tez  charchaydilar,  shuning  uchun  ularga  vaqti-vaqti  bilan  dam 

berib  turish  zarur.  Juda  bo„lmaganda  uyda  shunday  qilish  kerak.  Bolani 



                                                                                                                      

51 


 

shoshirmaslik,  tezlashtirmaslik,  unga  topshiriqni  bajarishi  uchun  ma‟lum  vaqt 

berish kerak.  

Eng  asosiysi,  melanxolik  bolalarning  ota-onalari  bu  bolalar  uchun  tanish 

muhit  juda  ham  jiddiy  ahamiyatga  ega  ekanligini,  yangi  sharoitlarda  ular  o„zlarini 

yo„qotib  qo„yishlari  mumkinligini  unutmasliklari  zarur.  Chunki,  ularning  yangi 

sharoitlarga  moslashishlari  boshqa  bolalarga  nisbatan  uzoq  vaqtni  talab  qiladi. 

Bunda  bola  yangi  sharoitni  to„liq  o„zlashtirib,  atrofdagilardan  nimalarni  kutish 

mumkinligini  bilab  olganidan  keyin  ancha  o„ziga  ishonuvchan  bo„lib,  o„z 

qobiliyatlarini  to„liq namoyon qiladi.   

Katta  yoshdagilar  bunday  bolalarga  o„z  kuchlariga  ishonmasliklari  va 

hayajonlarini  yengishda  yordam berishlari  kerak. Muvaffaqiyatning  kaliti  shunda.  

Agar bolangiz  flegmatik  bo„lsa: 

Flegmatik  –  kuchli,  sekin  qo„zg„aluvchan  (inert),  vazmin  asab  tizimi. 

Flegmatiklar  uchun  kuchli  emotsiyalar  xos  emas.  U  mulohazali,  xotirjam, 

shoshilmaydigan.  Fegmatik  bola  o„zi  xohlagan  o„yinchoqni  sotib  olinganda  yoki 

oilaviy  sayrda  o„z  emotsiyalarini  namoyon  qilmaydi.  Albatta,  u  aytilgan 

hursandchilik  amalga  oshmasa,  xafa  bo„ladi,  sirkka  olib  borilganda  xursand 

bo„ladi, lekin  uning  emotsiyalari  tashqi ifoda etilmaydi,  ularni  u astoydil yashiradi.                                                   

Flegmatiklarga  ba‟zan  nutq  ifodaliligi,  mimika,  imo-ishoralar  yetishmaydi. 

Flegmatik  bola  o„zgarishlarga  jiddiy  ehtiyotkorlik  bilan  yondoshadi.  U  maktabga 

uzoq  vaqt  ko„nika  olmaydi.  Uning  maktabdagi  muammolari  uning  sustkashligi 

bilan  bog„liq.  Uning  sekinlashgan  reaksiyasi  o„qituvchining  savollariga  tez  javob 

qaytarish  imkonini  bermaydi.  Shuning  uchun,  uni  ba‟zan  yanglishib  juda  ham 

qobiliyatli  emas deb hisoblaydilar.   

Flegmatikni  shoshiltirish  kerak  emas,  u  biror  narsani  tez  bajara  olmaydi. 

Lekin,  vazifani  u  juda  ham  puxta  bajaradi.  Maktab  sharoitinio„zlashtirib  olgandan 

keyin  u  yetarlicha  yaxshi  o„qiy  boshlaydi.  U  bir  marta  idrok  qilgan  axborot  uzoq 

vaqt  xotirasida  qoladi  va  zarur  bo„lganda  oson  tiklanadi.  Bu  unga  o„qituvchining 

savollariga  xotirjam  javob  berish  va  yozma  topshiriqlarni  bajarish  imkonini  beradi. 



                                                                                                                      

52 


 

Bunda  flegmatiklarning  aynan  yozma  ishlari  natijasi,  og„zakilariga  nisbatan 

yaxshiroq bo„ladi.  

Salomatligi  ahvoli.   

Bolaning  past  o„zlashtirishi  maktab  dasturining  murakkabligi  bilan  bog„liq 

ortiqcha  yuklamalar  tufayli  uning  kuchli  charchashi  natijasi  bo„lishi  mumkin. 

Bunday  holda  ko„riladigan  choralardan  biri  bolani  boshqa  ta‟lim  dasturlaridan 

foydalaniladigan  boshqa sinfga yoki maktabga o„tkazish bo„lishi mumkin.   

Bolaning  maktabdagi  katta  yuklamalarni  bajara  olmayotganligining  asosiy 

belgilari  quyidagilarda  namoyon bo„ladi: 

bosh  aylanishi,  bosh  og„rishi,  tez  charchash,  uyquchanlik,  rangi  o„chganlik, 

parishonxotirlik,  ortiq  darajadagi  yig„loqilik,  bolaga  ilgari  xos  bo„lmagan 

kayfiyatning  tez-tez  o„zgarishi,  bolaning  yaqqol  qobiliyatlari  bo„lgani  holda  yaxshi 

o„zlashtirmasligi  yoki o„zlashtirishining  keskin  pasayib ketishi. 

O„zlashtirmaslikning  boshqa  sababi  –  organizmning  uzoq  kasallikdan  keyin 

tiklanishga  yetarlicha  qodir emasligidir.  Bu holda oldingiga  o„xshagan simptomlar                                              

bo„ladi.  Lekin,  bolani  boshqa  dasturga  ko„chirish  zarurati  bo„lmaydi.  Faqat 

ma‟lum  vaqtga  yuklamalarni  yengillashtirish  kerak.  Bu  muammoni  o„qituvchi 

bilan  gaplashib  hal  etish  mumkin.  Oxirgi  chora,  bola  o„z  kuchlarini  to„liq  tiklashi 

uchun  ma‟lum  muddat  uyda  qolishidir.  Bunday  vaziyatdan  chiqishning  eng  yaxshi 

yo„li  –  bolalar  dam  olish  bilan  birga  o„qishni  ham  davom  ettiradigan  bolalar  dam 

olish uyi, sog„lomlashtirish  lagerlari  va sanatoriylar  hisoblanadi.  

O„ng va chap yarim sharlik. 

Ba‟zan  o„quvchining  o„zlashtirishi  unda  qaysi  yarim  shar  dominant 

ekanligiga  bog„liq.  Barcha  ta‟lim  tizimi  asosan  chap  yarim  sharlik  bolalar 

ko„pligiga  hisob  qilingan  holda  bo„lgani  tufayli,  «o„ng  yarim  sharliklar»  o„zlari 

uchun  yetarlicha  qulay  vaziyatda  bo„lmaydilar  va  ko„pincha  o„z  qobiliyatlarini 

to„liq darajada namoyon qilish  imkoniyatiga  ega bo„lmaydilar.   

Dominant  yarim  sharning  odam  qobililiyatlariga  ta‟siri  muammosi  eng 

qadim  zamonlardan  beri  olimlarning  e‟tiborini  tortib  kelmoqda.  O„tkazilgan  juda 

ko„p tadqiqotlar va tajriba-sinovlar  natijasida  quyidagi  xulosalarga  kelingan: 


                                                                                                                      

53 


 

Chap  yarim  shar  dominant  bo„lganida  odam  aniq  fanlargako„proq  moyil 

bo„ladi.  Matematik  tafakkurga  ega  odamlar  ko„proq  amaliyotchi  va  kamroq 

emotsional  bo„lib,  ular  ratsional  fikrlaydilar,  ijodiy  masalalarni  qiynalib 

bajaradilar.   

O„ng  yarim  shar  dominant  bo„lganida  odam  o„z  tasavvurlarini  namoyon 

qilish  imkoni  bo„lgan  mashg„ulotlarga  moyil  bo„ladi.  Bunday  odamlar  ochiq, 

mustaqil,  ishonuvchan  bo„ladilar.  «O„ng  yarim  sharlilar»  yangi  g„oyalarga  tez 

beriladilar,  ular  bitta  ish  bilan  uzoq  vaqt  faqat  ilxomlari  kelganda  shug„ullanishlari 

mumkin.  Agar  ular  uzoq  vaqt  ilxomlanib  ishlasalar,  haqiqiy  shedevr  yaratishlari, 

yoki  aksincha  bo„lsa,  bir  ishni  oxiriga  yetkazmasdan,  boshqa  g„oyaga  «qiziqib» 

qolishlari  mumkin.                                                

Shuning  uchun,  bunday  bolalarning  o„qishida  katta  muammolar  chiqib 

turadi,  chunki  ular  ko„proq  chalg„iydilar,  o„zlarining  tasavvurlaridagi  olamda 

bo„ladilar.  Ularga  ishda  ko„proq  tanaffuslar  va  doimo  taassurotlarni  almashtirib 

turish talab qilinadi.   

Rivojlangan  o„ng  yarim  sharli  odamlar  orasida  san‟at    odamlari  –  artistlar, 

rassomlar,  musiqachilar,  iste‟dodli  ustalar  ko„proq  bo„ladi.  O„ng  yarim  shar 

Mosartda,  Shopenda,  Chaykovskiyda,  Eynshteynda  kuchliroq  rivojlangan bo„lgan. 

Eynshteyn  esa,  4  yoshigacha  gapirmagan,  maktabda  yomon  o„qigan,  matematika, 

fizika  bo„yicha esa, uni umuman  qobiliyatsiz  deb hisoblashgan.  

Chap  yarim  shari  rivojlangan  odamlar  –  faylasuflar,  muhandislar, 

tilshunoslar,  olimlar,  siyosatchilar,  biznesmenlar.  Ular  mantiqiy  va  fikr-  xayoli  bir 

yerga  to„plangan,  kelajakni  yaxshi  bashorat  qiladigan  va  tahlil  qildishni  biladigan 

bo„ladilar.  Bu  ularning  yaxshi  amallarni  egallashga  yordam  beradi.  Mashhur  «chap 

yarim  sharliklar»  orasida A.Linkoln,  G.Ford, B.Geytsni ko„rsatish mumkin.  

Shunday  qilib  bolaning  o„zlashtirishi  muammolari  faqatgina  dangasalikka 

bog„liq bo„lmay, o„ng yoki chap yarim shari dominant ekanligiga  ham bog„liq.  

Psixologik  sabablar. 

Ba‟zan  bolaning  maktab  dasturini  muvaffaqiyatli  o„zlashtirishiga  psixologik 

omillar  xalaqit  beradi.  Ular  orasida,  masalan,  oiladagi  tez-tez  bo„lib  turadigan 


                                                                                                                      

54 


 

nizolar  yoki  bolaning  ota-onalari  ajrashganligi  kabilarni  ko„rsatish  mumkin.  Bu 

esa, bolada darhol o„z aksini ko„rsatadi: u to„satdan yomon o„qiy boshlaydi, uning 

diqqati  pasayadi,  u  doim  toqatsiz  bo„lib,  fikrini  jamlay  olmaydi.  Aga  rota-

onalardan  biri  bolani  tinchlantirish,  u  bilan  gaplashish,  uning  xavotirlarini  yo„q 

qilish  uchun imkoniyat  topa olmasa, vaziyat  yanada chuqurlashadi.  

Psixologik  xarakterga  ega  bo„lgan  yana  bir  sabab  –  sinfdoshlar  bilan 

munosabatlarda muammolar  kelib  chiqishidir.  Qandaydir sabablar bilan (nazorat                                            

ishida  aytib  bermagan,  tanaffusda  achchiqlashib  qolgani  va  sh.k.)  bola 

kutilmaganda  sinfda  e‟tibordan  chetda  qolishi  mumkin.  Bola  ong  osti  darajasida 

doim  shu  ahvolga  keltirib  qo„ygan  epizodni  eslaydi  va  o„zi  aybdor  emasligini 

isbotlashga  intiladi.  Agar  bola  o„zi  noto„g„ri  qilganligini  tushunsa,  o„zini  noraso 

deb hisoblashi va o„z aybini anglash  xissiyoti  qiynay boshlaydi.  

Bunday  vaziyatlar  katta  yoshdagilarning  darhol  aralashishlarini  talab  qiladi. 

Bu  maktabga  yugurish  va  bolaning  sinfdoshi  bilan  tekshirish  o„tkazish  emas,  lekin 

o„z  farzandi  bilan  albatta  gaplashib  olish  kerak.  Bolaning  ilgarigidek  yaxshi  o„qiy 

olmayotganligi  sababi,  uni  nima  shunchalik  bezovta  qilayotganligini  aniqlashga 

harakat  qilish  kerak. 

Eng  asosiysi  –  bola  bilan  munosabatni yo„qotmaslik, u bilan imkoni boricha 

ko„proq  va  tez-tez  muloqotda  bo„lish  kerak,  shunda  uning  hamda  ota-onaning 

muammolari  ancha kam bo„ladi.  

Irsiyat  deb,ota-onalarning  belgilari  bolalarga  o„tishini  aytiladi.  Maxsus 

maktablardagi  malakali  pedagoglar  bolalarni  rivojlantirish  bo„yicha  juda  katta 

mehnat  bilan  bog„liq  bo„lgan  ularning  matematik,  musiqiy  va  boshqa 

qobiliyatlarini  takomillashtiradilar.  Pedagog  bilishi  lozimki,  ota-onalar  ko„pincha 

bolada,  aslida  g„oyat  kam  qobiliyatlar  bo„lishi  mumkinligiga  qaramasdan,  unda 

g„ayritabiiy  qobiliyatlarni  ko„radilar.  Shuning  uchun,  ota-onalarga  o„z  vaqtida 

boladagi  bor  bo„lgan,  sezilayotgan,  ota-onasidan  emas,  bobolaridan  o„tgan 

moyillikni  qanday  qilib  rivojlanirishni  tushuntirish  katta  ahamiyatga  ega.  Irsiyat 

xususiyatlari  bilan  bog„liq  bo„lgan  qobiliyatlarning  bunday  namoyon  bo„lishi: 

ularning  uzoq  turg„unligi,  qobiliyatlar  ko„p  avlodlar  davomida  berib  borilishi  va 


                                                                                                                      

55 


 

har  doim  ham  birinchi  avlodlarda  namoyon  bo„lmasligi  (buni  retsessiv  irsiyat  deb 

ataladi)  bilan  bog„liq.  

Organizmning  muhit  bilan  o„zaro ta‟siri. Fiziologiya  fani  asoschilaridan                                                  

I.M.Sechenov  shunday  yozgan  edi:  «mavjudligini  tutib  turadigan  tashqi 

muhitsiz  organizm  bo„lishi  mumkin  emas,  chunki,  organizmning  ilmiy  ta‟rifiga 

unga  ta‟sir  ko„rsatuvchi  muhit  ham  kirishi  lozim».  Demak,  tabiatdan  va  ijtimoiy 

muhitdan  tashqarida, aslida  odam ham mavjud bo„lmaydi.   

I.P.Pavlov  bu  qoidani  rivojlantirib,  odam  haqida  tashqi  muhit  bilan 

chambarchas  bog„langan  va  faqat  u  bilan  atrof-muhitning  muvozanat  holati 

saqlanadigan  vaqtgacha  mavjud  bo„ladigan  yaxlit  organizm  sifatida  aytish  zarur, 

degan  xulosaga  kelgan.  Shu  munosabat  bilan  reflekslar  I.Pavlov  tomonidan  tashqi 

olamga  muntazam  moslashish  reaksiyalari  sifatida  (masalan,  odamning  turli  iqlim 

sharoitlariga  yoki turli  yashash muhitiga  moslashuvi)  qaralgan edi.  

Shunday  qilib,  odamning  rivojlanishini  u  yashayotgan,  tarbiyalanayotgan, 

ishlayotgan  muhitni,  u  kimlar  bilan  muloqotda  ekanligini  hisobga  olmasdan,  uning 

organizmi  funksiyalarini  esa,  ish  joyiga,  uy  sharoitiga  qo„yiladigan  gigienik 

talablarni  hisobga  olmasdan,  odamning  o„simliklar,  jonivorlar  va  boshqalar  bilan 

munosabatlarini  hisobga  olmasdan turib, adekvat baholash mumkin  emas.  

Odam  faqat  ijtimoiylashuv,  ya‟ni  boshqa  odamlar  bilan  o„zaro  munosabat 

jarayonida  shaxs  bo„lib  yetishadi.  Odamlar  jamoasidan  tashqarida  ma‟naviy, 

ijtimoiy,  psixik  rivojlanish  ro„y berishi mumkin  emas. 

Odam  bolalarining  turli  jonivorlar  orasida  yashagani  to„g„risida  quyidagi 

voqealar  fanda  ma‟lum:  odam  bolasini  15ta  holatda  bo„rilar, 5-ayiqlar, 1-pavian va 

boshqa  turdagi  maymunlar  –  kamida  10ta  holatda,  1  bola  leopard,  1-qo„y 

tomonidan  boqilgan.  1920  yilda Hindistonda doktor Sing bo„ri uyasida 2 yoshli va 

5-7  yoshli    2  ta  qizchalarni  topib  oladi.  Shu  jungli  o„rmonidan  olib  kelingan  qizlar 

4  oyoqlab  yurar  va  yugurar  edilar,  lekin  faqat  tunda,  kunduzlari  esa,  burchaklarga 

biqinib  olib,  uxlar  edilar.  Qizchalardan  kichigi  –  Amala  hech  narsaga o„rganmagan 

holda qisqa vaqtdan so„ng vafot etadi. Kattasi – Kamala – 17 yoshgacha yashadi                                               



                                                                                                                      

56 


 

(ikki  yil  davomida  uni  tik  turishga  o„rgatishga to„g„ri keldi, 10 yil ichida esa, 

qizcha  biladigan  so„zlar  soni  yuztaga  yetdi,  til  o„rganishi  undan  nariga  o„tmadi, 

qo„llari  bilan  ovqatlanishni,  stakandan  ichishni  o„rgandi,  17  yoshida  rivojlanishi 

darajasi  bo„yicha Kamala 4 yoshli  bolaga teng edi).  

Muhit  –  bu  odamning  rivojlanishi  ro„y  beradigan  quyidagi  real  voqelik 

sharoitlaridan  iborat: 

ijtimoiy  muhit  (ijtimoiy  tuzum,  ishlab  chiqarish  munosabatlari,  moddiy 

turmush  sharoitlari  va  b.);  ijtimoiy  muhitni  atrofdagi  uzoq  odamlar  doirasi  tashkil 

qiladi;   

yaqin muhit  (oila,  qarindoshlar, do„stlar). 

Butun  dunyo  pedagoglari  muhit  inson  hayotida  nihoyatda  muhim  ekanligini 

tan  olganlar,  lekin  muhitning  ta‟sir  darajasini  baholashda  pedagoglarning 

qarashlari  bir-biriga  mos  kelmaydi,  chunki  mavhum  muhit  mavjud  emas  –  aniq 

ijtimoiy  tuzum,  odam  hayotining  muayyan  sharoitlari,  uning  oilasi,  maktab, 

do„stlari  bor.  Pedagoglar  muhitning  ta‟siri  haqida  gapirganlarida,  avvalo,  ijtimoiy 

va uy muhitini  nazarda tutadilar.   

Uy  muhiti  odamning  rivojlanishiga,  ayniqsa,  bolalik  yoshida  juda  katta  ta‟sir 

ko„rsatadi.  Oila  ko„p  jihatdan  bolaning  qiziqishlari  doirasini  va  ehtiyojlarini, 

qarashlarini  va  qadriyatlar  orientatsiyasini  belgilaydi;  oila  boladagi  tabiiy 

qobiliyatlarning  rivojlanishi  uchun  sharoitlar  (shu  jumladan,  moddiy  sharoitlar) 

yaratadi;  oilada  shaxsning  axloqiy  va  ijtimoiy  sifatlari  paydo  bo„ladi.  Hozirgi 

zamon  oilasining  inqirozi  (ajralishlar,  to„liqsiz  oilalar,  ijtomiy  himoyaga  muxtoj 

bolalar  sonining  ortishi)  mutaxassislarning  fikricha,  voyaga  yetmaganlar  orasidagi 

jinoyatchilik  o„sishining  (huquqbuzarliklarning  salmoqli  qismi  14-18  yoshlilar 

tomonidan sodir etilmoqda) birinchi  sababidir. 

Odamning  rivojlanishiga  muhit  yoki irsiyat  ko„proq ta‟sir ko„rsatishi                                                 

pedagogikadagi  biogen  (biogenetik)  yo„nalish  tarafdorlari  irsiyatga  afzallik 

beradilar; 

sotsiogen (sotsiogenetik) yo„nalish tarafdorlari  muhitga  afzallik  beradilar. 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin