boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi
X. Uy vazifasini tekshirish (2 daqiqa)
Darslikda berilgan navbatdagi misol va masalani guruh vakillari o‘qiydilar.
Ballar qo‘yiladi.
XI. Uyga yangi vazifa berish. (1 daqiqa)
Masala va misollar tushuntirib beriladi.
XII. Darsni yakunlash. Guruhlarning yiqqan doirachalari hisoblanadi. G‘olib guruhlar aniqlanib, ballar qo‘yiladi. Mehmon bobo esa qutilaridan odobli, dono o‘quvchilarga sovg‘alar ulashadilar.
Xulosa:
Bugungi dars sizga yoqdimi?
Siz darsda o‘zingizni qanday his qildingiz?
Baholaringiz va sovg‘alaringizdan hursandmisiz? Nima uchun? Mehmonlar ham o‘z fikr – mulohazalarini aytadilar.
4-SINF ―Insert‖ usulida o‘qituvchi biror mavzuni o‘rgatishda foydalanadi. Mavzuni mustaqil o‘rganish uchun vaqt ajratiladi. O‘quvchilarga kitob hoshiyasiga 4 belgidan birini qalamda qo‘yib borish taklif qilinadi:
―V‖ – buni men bilar edim.
―q‖ – bu men uchun yangi.
―-― –bu fikrga qo‘shilmayman.
―?‖ – tushunmadim.
Agar mavzuni bir nechta aniq bo‘laklarga yoki qadamlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, unda o‘quvchilar tuzgan belgilar ketma – ketligini doskaga yozish va tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
83
Bu metod 3- 4 – sinfda o‘tkazish uchun qulay.Masalan, 3-sinfda ―Vaqt birliklari‖, ―Sutka‖, ―Uchburchaklarning turlari‖, 4 –sinf ―Vaqt. Tezlik. Masofa‖, ―Yer maydonlari yuzini o‘lchash‖ mavzularida va hokazo.