I BOB. O‘QUVCHI YOSHLARDA XULQ – ATVORNI O’ZGARISHI. O‘smirlikda deviant xulq atvoriga uchrashning asosiy sabablari bu o‘smirlar ko‘p holatlarda atrofidagi yaqin insonlari, jumladan, ota-onasi yoki do‘stlariga o‘z “men”ligini anglatish, o‘zligini ko‘rsatish maqsadida ijobiy sifatlari, xatti-harakarlari va katta-yu kichik natijalari bilan e’tiborni o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Agarda bu orqali maqsadiga yetolmasa, nojo‘ya harakatlar orqali o‘z ta’sirini o‘tkazish va shu orqali atrofdagilarni e’tiborini qozonishga harakat qiladi.ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, prinsipialligi yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyat a’zolari shaxsiy nuqnai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o‘rni va roli kattadir. «Ba’zilarga mumkin, boshqalarga mumkin emas», «hozir yaxshi, ertaga yomon» va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar yo‘nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor me’yorlarini buzishi qat’iy qoralanadi.
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin:
shaxs xususiyatlari;