Kurs ishining obyekti. O‘quvchi yoshlarda deviant xulq atvorini profilaktika qilishni o’rganish jarayoni.
Kurs ishining maqsadi: O‘quvchi yoshlarda deviant xulq atvorini profilaktika qilishni o’rganish.Ularga ta’sir etuvchi tashqi omillar,ijtimoiy muhit sifatlarini taxlil qilish. Ijobiy natijalarga erishish uchun turli xil metod vositalarni amalda qo’llash va ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari:
O’quvchi yoshlarda deviant xulq atvorini profilaktika qilishni shakli,metodi,vositalarini o’rganish.
O’quvchi yoshlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy muhitni o’rganish.
O’zbekistondagi o‘quvchi yoshlarda deviant xulq-atvorining jamiyatga bo’lgan ta’siri.
Deviant xulq atvoridagi o’quvchilarni ijobiy tomonga o’zgartirish uchun chora tadbirlar ko’rish.
Mustaqil O`zbekistonimizni har jihatdan dunyoga tanitish uchun eng avvolo komil insonlari ya’ni mustaqil va teran fikrlaydigan ruhiy jihatdan barkamol yoshlarni tarbiyalash eng ustuvor omil. Hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki ta’lim va tarbiya deganda eng avvolo ustoz-murabbiylar ko`z o`ngimizda gavdalanadi, ammo masalani bir jihatini ham unutmasligimiz lozim murabbiylar bizga faqat ta`lim tarbiya berib ma’lum bir soha yoki qiziqishimizga qarab kasb-hunarga yo`naltiradi, ammo ruhiyatdagi o`zgarish va og`ishishlar bilan ham alohida shug`illanib uni o`z vaqtida to`g`ri bartaraf etish, kelib chiqish sabablarni aniqlash, oila va atrof muhit kishilik hamjamiyati bilan o`zaro munosabatlarni o`rganish uchun jamiyatning muhim bir bo`g`ini Mahallalar uyishgan holda ish olib borishi lozim. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategyasining 1birinchi ustivor yo`nalishida belgilangan davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquyiy asoslarini rivojlantirish, mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o`rni va faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashingan va bunda davlatimiz Rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog`risidagi” farmoni bu borada muhim dastur bo`lib xizmat qilmoqda.
Yuqoridagi farmon yuzasidan bir qancha ishlar olib borildi. Jumladan: xotin-qizlar faoliyati, yoshlar yetakchilari, mahallalarda hokim yordamchilarining faoliyati, profilaktika inspetorlari faoliyat olib bormoqda. Voyaga yetmaganlarda xulq og`ishi jarayoni shaxs xususiyatlari bilan tashqi muhit voqea-hodisalari o`rtasidagi murakkab bog`lanishli jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda o`smir shaxsi subyekt sifatida tashqi muhit axborotlarini qabul qiladi va qayta ishlaydi. Obyekt sifatida esa tashqi muhit elementlari shaxsga ta‘sir etuvchi element sifatida ifodalanadi. Subyekt va obyekt o`rtasidagi o`zaro ta‘sirlar mutanosibligini ta‘minlash esa voyaga yetmaganlarda xulq og`ishi kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi. O`zbeklarning aksariyati o`zining shaxsiy faravonligi to`g`risida emas, balki oilasining, qarindosh urug`lari va yaqin odamlarining, qo`shnilarining omon-esonligi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni birinchi o`ringa qo`yadi. Bu esa oliy darajada ma‘naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir.
Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.
Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi. Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |