Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:
Alkogolni har-har zamonda iste’mol kilish;
Alkogolni ko‘p iste’mol qilish — spirtli ichimliklarni mumtazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p mikdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi;
Alkogolizm — spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
c) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
d) Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Konkubinat — nikohsiz birga yashash.
2. Fohishabozlik — pul uchun o‘z tanasini sotish.
G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharkda ikkala holatga ham me’yordan og‘ish sifatida qaraladi.
Byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslbda «hokimiyanga ega bo‘lgan xodim» degan ma’noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste’mol qilish kabi salbiy ma’nolarda qo‘llanila boshlaydi.hozirgi kuyda ko‘plab davlatlarda «byurokratiya» termini asil ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi.
Yuqoridagilardan tashqari: mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me’yordan chskinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirishlar bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va sotsial oqibatlariga ko‘ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir.
Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishi deviant xulqi turmush tarzining uzviy bo‘lagiga aylanib ketishidan iborat bo‘ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, uydagi tushunmovchiliklar va hokazolar — bularning barchasi sub’ekt ruhiyatini jarohatlaydi hamda u mavjud vaziyatni o‘zgartirishga urinadi. Bu o‘rinda ijtimoiy institutlardagi kamchiliklar, shu jumladan, ziddiyatlar rivojlanishining oldini oluvchi va ularga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ham salbiy rol o‘ynaydi.
Bularning ikkinchi farqli jihati yuqoridagi holatlarni hal qilishning ma’lum qiyinchiliklarga egaligidir. Ma’lumki, har qanday holatda ham, ko‘p «qurbon» berib. bo‘lsada, to‘g‘ri yechimga erishish mumkin. Lekin hamma gap shundaki, sub’ekt «qurbon» bera oladimi: xotini (yoki eri) bilan ajralib keta oladimi, yangi kasbga ega bo‘la oladimi yoki yo‘qmi. Qatiy qarorga kela olmay, ko‘pincha sub’ekt «o‘rinbosar» vositalarga, ichkilik va giyohvand moddalarga murojaat etadi.
Bunday holatlarning keyingi farqi shundaki, ko‘pincha sub’ekt ularni hal qilishning noto‘g‘ri yo‘llarini tanlaydi. Oilaviy va ishdagi janjallar odatga aylanib qolganda bundan «qutulishning» noto‘g‘ri xayoliy yo‘llari, ichkilik, giyohvand vositalar va hokazolarga murojaat etiladi. Biroq bu yo‘l ziddiyatning chuqurlashuviga va turmush tarzini zararlantiruvchi omilga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |