Deviatsiya – guruhiy me’yorlardan og‘ib ketuvchi deb baholanuvchi xulq-atvor va xatti-harakat.1 Deviant xulq-atvori – (LOT. “DEVIATIO” – og‘ish) – ijtimoiy normativlar va meyorlardan og‘ib ketuvchi xatti-harakat. Deviant xulq-atvor ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor.
Deviant xulq-atvor – xulqiy og‘ishlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning yoshiga muvofiq bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinisy yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo‘ladi, ya’ni xulq-atvorining bu tipni intizomsizlik deb atash mumkin.
Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, o‘qishdan qochish va daydilik, bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi aroqxo‘rlik, giyohvandlik va u bilan bog‘liq g‘ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy tavsifdagi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlar, o‘ziga suiqasd qilishga urinishlar misol bo‘ladi.
Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
Deviatsiya hodisasi – tarbiyalash og‘ir, qabul qilingan me’yor va qoidalarga tarbiyalanuvchi tomonidan amal qilinmasligidir. Deviatsiya hodisasi bola (o‘smir)ning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratmaslik natijasida paydo bo‘ladi.
Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab. E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr,hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar. O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi. XVII-XVIII asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq me’yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‘may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gelvesiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar. Dyurkgeym fikricha anomiya bu-turli buzilishlar sodir bo‘luvchi,dezintegratsiya,qadriyatlar va normalar tizimining parchalanishi oqibatida,ijtimoiy jamiyat tartibini kafolatlovchi jamiyat holati.
Anomiyani paydo bo‘lishiga sabab:
Bir guruhning boshqa turli guruh a’zolar manfaatlariga qiziqishi’ boshqa imkoniyatlar yaratish va ehtiyojlarni qondirilishi.Bu quyidagi huquqbuzarliklar shaklida o‘zini namoyon bo‘ladi:
Noaniqlik,beqarorlik,qarama-qarshi qadriyatlar va ularga normativ talablar qo‘yilishi va uning yo‘nalishi,qoidalar o‘rtasidagi farq,maqsadlarni aniqlash,tartibga soluvchi vositalarga erishish uchun;
Jismoniy shaxlarga kam ta’sir qiluvchi ijtimoiy normalar, ularning zaif samaradorligi,ijtimoiy nazorat sifatida;
Normativ nazoratning vaqtinchalik yoki qisman yo‘qligi, masalan,yosh davrlaridagi inqirozda,qadriyatlar tizimi buzilganda,yoki yangi tizimning umumiy sifatda qabul qilinmaganda;
Fromm butun umri davomida o‘zini ijosini antropologik (asosida yomon)mavzuga ba’gishladi. O‘tmish mutafakkirlari kabi u insoin hayotida qutulib bo‘lmas,yomon belgilarni paydo bo‘lishini ko‘rgan. Metafizik va axloqiy fonlarni tan olgan holda u klassik falsafada yomonlikni kelib chiqishi ni tushunstirib beradi, “inson (destruktiv)tahribotlari anatomiyasi” kitobi chop etilganda muallif 70 yoshda edi va bu kitob buyuk tadqiqotchining barcha ilmiy ishlariga qaraganda yaxshiroq bo‘ldi. Muallifning aytishiga qaragnda bu kitobni 40 yilda yozgan.
Fromm o‘zining keng baxslarga sabab bo‘lgan konsepsiyasida quyidagi sohalardan foydalangan:
Fromm shunday fikrga keladi: ”gumanistik qarash insonni butkul agressiyadan chiqaruvchi tizimdir” deydi. Shundan so‘ng Z.Freyd o‘zining “tahribotlik (destruktivnost)”ini taqdim etadi,biroq bu konsepsiya ko‘pchilik olimlar tomonidan Freyd “destruktiv nazariyasi”bo‘lib o‘rganilmadi. Ba’zi olimlar esa “destruktivlikni”umuman “metapsixologik spekulyatsiya” deb qaradilar. Boshqa olimlar tomonidan esa bu nazariya tanqidga uchraydi.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot — E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratdi. Anomiya so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib ma’nosi “”qonunbuzar,me’yordan o‘gishgan’dir. Drukgyemni anomiya nazariyasi uning tarixiy-evolutsion konsepsiyasining bir qismi sifartida ,an’anaviy va zamonaviy jamiyatdagi muholifatga qaratilgan nazariyadir. Dyurkgeym anomiya tushunchasini birinchi marotaba:"ijtimoiy mehnat taqsimoti to‘g‘risida”asarida qo’llagan.