Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə1/10
tarix26.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#90177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-mavzu Nutq haqida


O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

5111700- Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi


4-kurs 404 - guruh talabasi


Imamova Aziza Shaxobovnaning
Ona tili o‘qitish metodikasi”fanidan

Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari”


mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: “Boshlang‘ich ta’limda
ona tili va uni o‘qitish metodikasi”
kafedrasi v/b dotsenti, PhD
___________ N.Mirsaidova
Ro‘yxatga olindi:
“Boshlang‘ich ta’limda ona tili va
uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi
“____” ___________ 2022- yil
№___________________
Toshkent –2022
Nizomiy nomidagi TDPU sirtqi ta’lim bo‘limi
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 4-kurs
Talaba F.I.Sh. Imamova Aziza Shaxobovna
Fan nomi: Ona tili o`qitish metodikasi
Kurs ishi mavzusi: Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari
Kurs ishlari 5 baholi tizim asosida baholanadi. Kurs ishini bajarishda 3 bahodan kam to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.




Baholash mezonlari

Baholarning
taqsimlanishi

Qo‘yilgan baho

1

Kurs ishining tuzilmasi

5




2

Mavzuning dolzarbligini asoslash

5




3

Maqsadning to’g’ri qo‘yilganligi va yechimga erishilganligi

5




4

Mavzuni yoritishda foydalanilgan adabiyotlar tahlili

5




5

Mavzuni yoritishda metodlarning to‘g‘ri tanlanganligi va tatbiq qilinganligi

5




6

Aniqlangan nazariy ma’lumotlarni amalda sinab ko‘rilganligi va asoslanganligi

5




7

Dars ishlanmalarni tayyorlashda pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi

5




8

Taqdimot

5




9

Olingan yakuniy xulosalarning belgilangan maqsadga muvofiqligi

5




10

Kurs ishining maqsadi, mohiyati, olingan natija va xulosalarni bayon qilinishi

5







Bahosi

Baho yig‘indisi




Kurs ishi himoyasi bo‘yicha komissiya xulosasi
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Himoya qilingan sana: Komissiya raisi: _________ A.A. Xalikov
A’zolari: _________
_________
Baho natijasi _______________ N.Mirsaidova _________
Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari
Reja:
KIRISH. ………………………………………………………………………… 2
I BOB. Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari……………………………………………………………………….. 6

    1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutqini o`stirish nazariyasi……… 6

    2. Nutq va uni o'stirish tushunchasi…………………………………… 10

    3. Nutq va uning turlari ………………………………….…………………15

II BOB. Boshlang’ich sinf o`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi… 18
2.1. O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar…………………………. ..18
2.2 O'quvchilar nutqini o'stirishning boshqa o'quv predmetlari bilan
bog'liqligi ………………………………………………………………..21
2.3. Ona tili fani bo`yicha “NUTQ USLUBLARI HAQIDA MA`LUMOT” mavzusi yuzasidan dars ishlanma tartibi ……….………………………. 24
XULOSA ………………………………………………………………………. 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. 31

KIRISH
Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarga innovatsion, ilg‘or usullar va metodlarni qo‘llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta’lim berish hamda o‘quvchilarning ta’limdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6- apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” vazifasi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining mustaqil fikrlash salohiyatini kengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, izlanuvchan va zamon bilan hamnafas bo‘lishni taqozo etadi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash,fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiynazariy tomoni lug‘atlarda, darslik va o‘quv va metodik qo‘llanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan. Forobiyning fikricha, qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalasiga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya’ni substansiya va aksidensiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilinmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. O‘quvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi so‘z zahirasini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari so‘z, so‘z birikmasi, gap asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, tilni har tomonlama talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z so‘z birikmasi ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchiniig fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin