Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə4/10
tarix26.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#90177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-mavzu Nutq haqida

1)so’z ustida ishlash;
2)so’z brikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog’lanishli nutq ustida ishlash.
So’z so’z brikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo’lib leksikologiya frazealogiya, va stilistika bilan birgalikda, morfologiya sintaksis hizmat qiladi; bog’lanishli nutq esa mantiqqa adabiyotshunoslikka va murakkab sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi. Nutq o’stirishda izchanlik to’rt shartni, yani mashqlar izchiligini, istiqboli, xilma-xiligi, xilma -xil mashqlarni bir maqsadga yo’naltirish ko’nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlaydi.
Nutq turlari. Kishilar tilidan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular oz fikrlarini ovoz bilan eshitirib boyon qilishdan oldin o’ylab ko’radilar. Bu ichki nutq hisoblanadi.Ichki nutq eshitirilmagan va yozilmagan “o’ylangan “ nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshitirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib , boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq og’zaki yozma bo’ladi.
Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa manolog tarzida bo’ladi. O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan talablar. O’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan talablarga rioya qilinadi.


1.O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin.
2.Nutqda mantiqiylik bo’lsin.
3.Nutq aniq bo’lsin.
4.Til vositalariga boy bo’lsin .
5.Nutq tushunarli bo’lsin.
6.Nutq ifodali bo’lsin.
7.Nutq to’g’ri bo’lsin.


Nutq o’quvchilar taffakurini o’stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Nutq fikrning psixologik asosi vazifasini bajaradi , uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. Shuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda materialni tayyorlash , takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.


Tafakur til yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o’sadi.Tushuncha so’zlar yoki brikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi.
Kishi tushuncha ifodalaydigan so’z so’z birikmasini bilsagina , shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda ifodalash, fikrlash imkoniga ega bo’ladi. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.” Nutq fikr bilan chambarchars bog’liqdir. Nutq bo’lmasa taffakur ham bo’lmaydi, til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi”.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo’lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug’at tarkibini, Grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun shart – sharoit hozirlaydi. Bilimlar faktlar har xil axborotlar ham, nutqning materialidir. Nutq taffakur jarayonini o’rganishning muhim vositasi bo’lib hizmat qiladi. Nutqdan o’quvchining fikriy rivojining asosiy o’lchovlari sifatida foydalaniladi. O’quvchilarnig barcha predmetlardan materialni o’zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritilganda, u yoki bu mavzuni bola o’z nutqida yozgan inshosida axborotida qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida qanday bayon eta olishiga qaratiladi. Shunday qilib, nutqni taffakurdan ajratib bo’lmaydi, nutq taffakur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o’sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, tokomillashtiradi. Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir yangilik qo‘shadi. Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslarininggina emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslarining, shuningdek, sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin