Ona tili fani bo`yicha “ NUTQ USLUBLARI HAQIDA MA`LUMOT” mavzusi yuzasidan dars ishlanma tartibi Darsning maqsadi:a)ta`limiy maqsad:o`quvchilarga nutq uslublari haqida ma`lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarni adabiy til normalariga rioya qilish qonun qoidalarini o`rgatish,qonunga hurmat tuyg`usini singdirish;
s)rivojlantiruvchi maqsad:o`quvchilarning ish qog`ozlarini yozish bo`yicha malakasini o`stirish
1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi : A2 darslik va media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.
3. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; matnlarni (mashq va topshiriqlar) to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; fikrini so‘z va gaplarni mantiqiy bog‘lagan holda, to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi. Lingvistik kompetensiya nutq uslublarini bir-biridan gap farqlay oladi. Og‘zaki va yozma nutqda nutq uslublaridan o‘rinli foydalana oladi. Dars turi: yangi bilim
Dars uslubi:suhbat,klaster, savol-javob
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism a)salomlashish s)davomatni aniqlash
b)sinf tozaligi d)kun yangiliklari
II.Uy vazifasini so`rash 1.Qanday gapga o`zlashtirma gap deyiladi?
2.Ko`chirma va o`zlashtirma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
III.Yangi mavzu bayoni Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma`lum soha doirasiga,ma`lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishni nutq uslubi hisoblanadi.So`zlar ham ma`lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi.Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llanadigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar,bunday xususiyatiga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlar sanaladi.O`zbek tilining quyidagi nutq uslublar mavjud:1)so`zlashuv uslubi,2)publistik uslub,3)ilmiy uslub,4)rasmiy uslub,5)badiiy uslub.Bulardan birinchisi og`zaki;qolganlari yozma nutqqa xosdir.