Nizomiy nomidagi


II BOB. Boshlang’ich sinf o`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə7/10
tarix26.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#90177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-mavzu Nutq haqida

II BOB. Boshlang’ich sinf o`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi
2.1. O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar
O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin. Hikoya yoki insho o'quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo'lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko'rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo'ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko'rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so'zlashga yo'l qo'yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi. Nutq o'stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig'ish, uni muhokama qilish, to'ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o'quvchilaming yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.
2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin. O'quvchilar nutqi mantiqan to'g'ri bo'lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o'rinlar tushirib qoldirilmasligi va o'rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo'lmagan ortiqchalikka yo'l qo'yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o'ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.

3. Nutq aniq bo'lsin. O'quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan so'z, so'z birikmasi, gaplardan foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o'rgansin. 4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o‘quvchi nutqi til vositalariga boy bo‘lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko'nikmasiga ega bo'lishi zarur. Albatta, boshlang'ich sinf o‘quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo‘yib bo'lmaydi, ammo o'qituvchi o'quv ishlarida ularning so'z boyligini oshirib borishni har vaqt ko'zda


tutishi kerak.
5. Nutq tushunarli bo'lsin. Og'zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o'quvchiga tushunarli bo'lishi zarur. So'zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o'quvchining imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz tushunadi.
6. Nutq ifodali bo'lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, ishontiradigan bo'lsa, eshituvchiga yoki o'quvchiga ta’sir etadi. Og'zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og'zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va o'quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan so'zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo'lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so'zlardan xoli bo'lishini taqozo etadi.



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin