Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə5/10
tarix26.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#90177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-mavzu Nutq haqida

1.3. Nutq va Uning turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, „o'ylangan" fikrlangan nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o'stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O'ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo'ladi. Ichki nutq o'quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o'rgatadi. Ichki nutq jarayonida o'ylash o'quvchining nutqi va tafakkurining o'sishida muhim vositadir. Maktabda o'quvchilaming tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o'stiriladi. Bolalar ichda o'qishga o'rganadilar va ichki nutqda materialni o'zlashtiradilar, turli vazifalarni o'zlari hal qiladilar, asosiysi — o'zlarining og'zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar. Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko'rish va harakat qo‘1 harakati sezgisi asosiy o'rin tutadi. Og'zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o'zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy sharoitda. bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. Og'zaki nntq ko'pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo'ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay. ortiqcha takrorga yo'l qo'ymay bayon qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. nutq deganda uning ogʻzaki ovozli va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar tushuniladi.
Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq hayotning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq tashqi nutq, yaʼni gapirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan ovoz yozib oluvchi uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Asl nutq "tashqi nutq" bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻza-ki nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. nutqning monologik qarang Monolog va dialogik qarang Dialog turlari mavjud.
Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.
Har bir kishining nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; vaholonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq, ilmiy nutq, rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.
Til va nutq. Nutqiy faoliyat turlari. Nutqning holati va uning tarkibiy qismlari. Nutq uchun asosiy talablar.
Til va nutq Til - bu so'zlar ma'nosiga ega bo'lgan so'zlarni va sintaksisni o'z ichiga olgan belgilar tizimi - bu jumlalar quriladigan qoidalar to'plami. Nutq - bu harakatdagi til. Nutq - bu insonning o'ziga xos lisoniy faoliyat turi bo'lib, odamlar o'rtasidagi aloqani va ularning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishini ta'minlaydi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin