imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etar ekan, O‘zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagani bejiz emas.
2020 yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini tartibga solishi bilan juda ahamiyatlidir. Qonun, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish modeli va sohaga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishga qaratilgandir.
Shunday qilib, O‘zbekistonda ijtimoiy adolat prinsipiga amal qilish, yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, birinchi navbatda, jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga to‘laqonli hayot kechirish uchun sharoit yaratish masalasi davlat rahbarining doimiy diqqat markazida turibdi.
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi – dunyodagi nogironligi bo‘lgan shaxslar Konstitutsiyasi
Ushbu Konvensiya XXI asrda qabul qilingan inson huquqlari to‘g‘risidagi birinchi shartnoma bo‘lib, u BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan va 2008 yil 3 mayda kuchga kirgan. BMTning 192 a’zo-davlatidan, 2021 yil may holatiga ko‘ra, 183 tasi ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan.
Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish, o‘zlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan. Ushbu huquqlarni amalga oshirishning kafolatlari belgilangan.
Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya 50 ta moddadan iborat bo‘lib, dunyodagi nogironligi bo‘lgan shaxslar holatini tahlil qilish asosida qabul qilingan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra,