“Ijtimoiy himoya yagona reestri” hozir amalda bo‘lgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” bilan integratsiya qilinadi.
Prezident Farmonida bu borada belgilangan yana bir muhim vazifa – “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bilan bevosita bog‘liq. Chunki bunda davlatimiz rahbarining bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash zarurligi haqidagi topshirig‘i o‘z ijobatini topadi.
Shu yildan e’tiboran, Farmonning 14-bandiga binoan, keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtiriladi hamda ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Shuningdek, mazkur hujjatning 15-bandiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.
Yangi O‘zbekistoning taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ta’minlashga qaratilgan 100 ta maqsadni qamragan. Shu maqsadlarning aksariyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va manfaatlariga daxldor ko‘plab vazifalar belgilangan.
Xususan, Taraqqiyot strategiyasining 9-maqsadida keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish haqida so‘z boradi. Dasturilamal hujjatning 53-maqsadida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 60 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasining 66-maqsadi: “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish” deb nomlangan. Ushbu maqsad doirasida:
birinchidan, nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;