“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni


Eng asosiysi, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi natijasida: birinchidan



Yüklə 92,68 Kb.
səhifə6/9
tarix13.05.2023
ölçüsü92,68 Kb.
#112880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ATYOT

Eng asosiysi, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi natijasida:
  • birinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashdi;
  • ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning maqsadli resurslarini jalb qilish imkoni kengaydi;
  • uchinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilishdagi mamlakatimizning ijobiy xalqaro imiji yanada yaxshilanmoqda.
    •  Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish: O‘zbekiston tajribasi
    •  Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish masalalari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjati bilan tartibga solinmoqda. Bu o‘rinda Konstitutsiya, 40 dan ziyod qonun va 160 dan ortiq qonunosti hujjati ko‘zda tutilgan.
    • Jumladan, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”, “Aholi bandligi to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
    • Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlariga oid milliy qonunchilik: nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi barcha huquqlarini tartibga soluvchi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi konun, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish; bandlik masalalari; jismoniy tarbiya, sport va dam olish; ijtimoiy ob’ektlar va xizmatlar, transport, aloqa va axborot vositalaridan foydalanish; odil sudlov; davlat va jamoat ishlarida ishtirok etish; nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi normalardan tashkil topgan.
    • Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida himoya qilish asosida qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar insonni, shu jumladan nogironligi borligi tufayli kamsitmaslik prinsipi yotadi. Bu borada nafaqat davlat tuzilmalari, balki fuqarolik jamiyati institutlari ham faollik ko‘rsatayotgani juda muhim.

    • Yüklə 92,68 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin