“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni



Yüklə 92,68 Kb.
səhifə3/9
tarix13.05.2023
ölçüsü92,68 Kb.
#112880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ATYOT

birinchidan, xalqaro hamjamiyatning bunday ijobiy munosabati, bir tomondan, O‘zbekiston milliy taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay, dadil odimlayotganini tasdiqlaydi.
  • Ikkinchidan, bu jahoniy e’tibor mamlakatimizning xalqaro maydonda o‘rni va nufuzi tobora mustahkamlanib borayotganiga yana bir yorqin dalil hisoblanadi.
  • Uchinchidan, bularning barchasi – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston Prezidenti olib borayotgan siyosat bilan xalqaro hamjamiyatning global sa’y-harakatlari o‘zaro uyg‘un hamda mushtarak ekanini amalda namoyon etmoqda.
    •  O‘zbekiston va Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya: tashabbus va natijadorlik
    •  Nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – nogironligi bo‘lgan shaxslarning Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari hamda O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalarga muvofiq holda, boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ta’minlash hisoblanadi.
    • BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 2021 yil 7 iyunda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingani ushbu sohada samarali islohotlarni davom ettirishning yorqin namunasi bo‘ldi.
    • Bu haqda fikr yuritganda, albatta, keyingi yillarda ayni sohada shiddatli tus olgan amaliy ishlar diqqatga loyiq samaralar berganini qayd etish lozim. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishiga oid masala davlat boshlig‘ining quyidagi dasturiy hujjatlarida:
    • “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida (2017 yil 1 dekabrda qabul qilingan);
    • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan Tadbirlar dasturida (2018 yil 5 maydagi Farmon bilan tasdiqlangan);
    • Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida (2020 yil 22 iyundagi Farmon bilan tasdiqlangan);
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 2021 yil 22 fevralda bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasidagi nutqida nazarda tutilgan.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin