“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni


dunyo aholisining 15 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil qiladi, bugungi kunda ularning soni 1 milliardga yetgan



Yüklə 92,68 Kb.
səhifə5/9
tarix13.05.2023
ölçüsü92,68 Kb.
#112880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ATYOT

dunyo aholisining 15 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil qiladi, bugungi kunda ularning soni 1 milliardga yetgan.
  • Konvensiyaning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha inson huquqlari va erkinliklaridan kamsitishlarsiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
  • Konvensiyaning maqsadi 1-moddada bayon etilgan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning tenglik asosida barcha inson huquqlarini to‘liq amalga oshirishlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ta’minlashdan iboratdir. U foydalanish imkoniyati, shaxsiy harakatlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, abilitatsiya va reabilitatsiya, siyosiy hayotda ishtirok etish, shuningdek tenglik va kamsitmaslik kabi bir qator muhim masalalarni qamrab oladi.
    • Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 4-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash, rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha umumiy majburiyatlar belgilangan. Xususan, Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar quyidagi majburiyatlarni oladi:
    • nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy-tashkiliy va boshqa choralarni ko‘rish;
    • nogironlarga nisbatan kamsitish xususiyatiga ega mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlarni o‘zgartirish yoki bekor qilish;
    • barcha strategiyalar va dasturlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishni hisobga olish, Konvensiyaga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday harakatlar yoki usullardan tiyilish;
    • har qanday shaxs, tashkilot yoki xususiy korxona tomonidan nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishni bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rish;
    • nogironligi bo‘lgan shasxlarning aniq ehtiyojlari uchun moslashtirish, tovarlar, xizmatlar, jihozlar va universal dizayn ob’ektlarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalarini olib borish yoki rag‘batlantirish;
    • Konvensiyada kafolatlangan yordam va xizmatlarni taqdim etishni takomillashtirish uchun mutaxassislar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ish olib boradigan personalni ushbu e’tirof etilgan huquqlarga o‘qitishni rag‘batlantirish.
    • Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda ustuvor sub’ektlar sifatida nogironligi bo‘lgan ayollar (6-modda) va nogironligi bo‘lgan bolalar (7-modda) ajratib ko‘rsatilgan.
    • Konvensiya qoidalari bajarilishini monitoring qiluvchi, ishtirok etuvchi davlatlarning ma’ruzalarini ko‘rib chiqishga vakolatli hamda ushbu ma’ruzalar bo‘yicha takliflar va umumiy tavsiyalar beruvchi organ – BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi (18 kishidan iborat) tashkil etilgan.
    • A’zo davlatlar dastlabki milliy ma’ruzani Konvensiya ratifikatsiya qilinganidan so‘ng 2 yil ichida, keyinchalik har 4 yilda bir marta taqdim etishlari belgilangan.
    • O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning tengligi, huquqlari, ayniqsa, ayollar va bolalarning ta’lim olishi, salomatligini saqlashi, mehnat qilishi, o‘zi va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lishining huquqiy kafolatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjatdir.
    • Konvensiyani ratifikatsiya qilishda 3 ta manba: milliy qonunchilik, xorijiy yuridik amaliyot va ushbu Konvensiyaning o‘ziga tayanildi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasi chuqur o‘rganildi.
    • Xususan, AQSh, Buyuk, Britaniya, Germaniya, Shveysariya kabi yetakchi xorijiy davlatlar Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan holda, tegishli milliy qonunlarini ham qabul qilgan. Bu qonunlarning barchasi mazmunan o‘xshash bo‘lib, Konvensiya talablari negizida ishlab chiqilgan.
    • E’tiborli tomoni shundaki, GFRda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonunlar mavjud. Jumladan, “Jamiyatda, ishda va kasbiy sohada nogironlarning huquqlarini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun shular sirasiga kiradi.
    • O‘zbekistonning bu boradagi huquqiy amaliyotiga kelsak, qonun ijodkorligida ilk bor noyob tajriba qo‘llanildi. Ya’ni, xalqaro-huquqiy hujjat dastlab milliy qonunchilikka implementatsiya qilinib, shundan keyin ratifikatsiya qilindi.

    • Yüklə 92,68 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin