Bilimlarni tekshirish dasturi mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1.
Shaharlararo yuk tashishdagi harakatni tashkil qilishda asosiy vazifalar
nimalardan iborat va uchastka usulida yuklar tashilganda qanday afzalliklarga
ega?
2.
Shaharlararo yuk tashish samaradorligini tushuntiring.
3.
Xalqaro yuk tashishga qanday hujjat asosida ruxsat etiladi?
699
4.
Shaharlararo yuk tashish deb nimaga aytiladi?
5.
Shaharlararo yuk tashishlarga qanday tashkilotlar
rahbarlik qiladi?
6.
Avtomobil yo‘nalishlari deb nimaga aytiladi?
7.
Haharlararo yuk tashishda haydovchilar ishi qaysi
usullarda tashkil qilinadi?
8.
Muntazam shaharlararo yuk tashish ishlari qanday
tizimda bajariladi?
700
46-mavzu:Xalqaro transport vositalariga qo‘yiladigan asosiy
talablar
Reja
1.
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tashuvlarning hozirgiholati va uni
rivojlantirish masalalari
2.
Transport xizmati bozorining milliy xususiyatlari
3.
Dunyo suv havzalariga chiqishda O‘zbekiston transportyo‘laklari
4.
Dunyo suv xavzalariga chiqishda alternativ yo‘laklar
Tovarlarni xalqaro tashishda transport xizmati bozorining shakllanishi milliy
xususiyatlariniO‘zbekistonning hamdadunyoning ko‘p davlatlaridagi xalqaro yuk
tashish bo‘yicha mavjud quyidagi uchta guruh aniqlab berdi:
-
Eksport-import tashishlar (aniq bir davlatda);
-
Xalqaro tranzit;
-
Yuklarni chet el tashuvchilari orqali tashish.
Buguruhlar orasidagi prinsipial farqlar yuklarni yetkazishdagi transport-
texnologik sxemalarda, transport-ekspedisiya xizmatlarini tashkil qilishda, tashish
uchun pul to‘lash va ushbu jarayon qatnashchilarining O‘zaro hisoblashuvlarida
ko‘rinadi.
Ulardan eng
muhimi
-
yuklarni yetkazishdagi transport-texnologik
sxemalarininghuquqiy va moliyaviy-iqtisodiy jihatlarini farqlab beradiganguruhlar
hisoblanadi.
Masalan, eksport-import tashishlarda yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi
tovarni eksport yoki import qiluvchidavlat hududida, (masalan, O‘zbekistonda yoki
dunyoning har qanday davlatida) bo‘ladi.Bu holda xalqaro aralashyuk tashishlar
murakkab bo‘lib, bir necha transport turlari qatnashadi.
Shuning bilan birgalikda xalqaro tranzit yuk tashishlarda va chet(chet el yuk
tashuvchilari)ishtirokida yukni jo‘natuvchi hamda yukni qabul qiluvchi aniq bir
mamlakatdan tashqarida bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi farqi – yuk tashish bozorining shakllanishida. O‘zbekiston
Respublikasi bo‘yicha yuk tashisheksport-import umumiy bozori ekspeditorlarning
aylanmasiga bog‘liq bo‘lmasdan,balki yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitda
mamlakatning tashqi savdo aylanmasi xajmlari bilan aniqlanadi. Xalqaro tranzit va
chet tashuvlarida esa holat boshqacha. Yuk bozori mamlakatdan tashqarida
shakllantiriladi va bu mamlakatning iqtisodiy holatiga bog‘liq emas hamda aniq bir
mamlakatning transporti tomonidan amalda O‘zlashtirishi mumkin bo‘lganidan katta
xajmda bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro tranzit yuk tashuvlariga va chet el
tashuvlarigajalb qilinadigan amaldagiyuk xajmlariularning transportlari texnik
bazalari holatiga, kvalifikasiyasiga, xalqaro tashuvchilar obro‘si va vijdoniga hamda
davlat tomonidan to‘g‘ri boshqarilishiga bog‘liq.
701
Eksport-import xalqaro tranzit va chet tashuvlaridagi farqlardan yana bittasi
ularning
to‘lov
uslublari
va
tashish
uchun
tariflarning
shakllantirish
prinsiplaridaniborat. Mavjud me’yoriy xujjatlarga binoananiq bir mamlakatning
chegarasigacha bo‘lgan eksport tashuvlar va uning chegarasidan tashqaridagiimport
tashuvlari shu mamlakatning yuk tashuvchilariva transport vositalari yordamidatarif
bo‘yicha milliy valyo‘tada amalga oshirilishi ta’minlanadi. Faqat chet ellik hamkor
yuk importibo‘yicha “ frank –zavod tayyorlovchi”yokieksport bo‘yicha “frank-qabul
qiluvchi” ko‘rinishida O‘zining pul to‘lash istagini bildirsa, O‘zbekiston hududi
bo‘ylab tashuv erkin konvertasiya qilinadigan valyo‘tada to‘lovni amalga oshirishi
mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuk olish-
jo‘natishchet el firmasi orqali amalga oshirilayotgan bo‘lsa hamto‘lov ekv da amalga
oshiriladi.
Xalqaro avtomobil yuk tashuvlarni rivojlanishi logistika prinsiplarining,
jumladan “ aniq O‘z vaqtida” texnologiyasi qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar
transport vositalarining ishlamasdan turish vaqtlarini hisobga olsak,hozirgi vaqtda
yuk tashish uchun ketgan aylanma vaqtning yarmigacha yetadigan holatlarda bujuda
ham muhim. Yukni yuk tashuvchidan yuk qabul qiluvchiga topshirish vaqtida
avtomobil bir necha sutka turib qolishi mumkin. Xuddi shuningdek, chegaradan
O‘tish vaqtlarida ham to‘xtab turish vaqtlari bir necha sutkaga yetishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bo‘yicha 1995 yildan boshlab
O‘zbekiston orqali chegaradosh davlatlarga O‘tadigan quyidagi avtomobil chegara
O‘tish yo‘llarianiqlangan: buxoro viloyati alat p., bekobod shahri, toshkent
viloyatida yallama va g‘ishtko‘prik hududlari, surxondaryo viloyatida xayraton va
uzun posyolkalari; xorazm viloyatida urganch shahri va farg‘ona viloyatida
aydarxon posti, andijon va samarqand shaharlari.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti orqali yuk
tashishda chet el yuk tashuvchi kompaniyalari ulushi O‘zbek yuk tashuvchi
kompaniyalarigaqaraganda katta hajmni tashkil etadi. Agar, O‘zbekiston avtomobil
yuk tashuvchilariorqali 1996 yilda eronning bender-abbos portiga 34 ming tn. Yuk
yetkazilgan bo‘lsa,2001 yilga kelib, bu son 487 ming tonnagayetdi. 2001- yilda
O‘zbekistonhududi bo‘ylab eron islom Respublikasining 750 ming tn. Yuki olib
O‘tilgan, ularning bir qismi tranzit tashishdir. Chet el transport kompaniyalari
ulushining oshganligi, O‘zbek yuk tashuvchilarining moddiy-texnik bazasining
qoloqligi, asosan ekologiya bo‘yicha xalqaro talablarga javob bera olmaydigan
avtotransport vositalarining mavjudligisababdir.
O‘zbek avtomobil yuk tashuvchilarihissasining kamligi transport xizmatidan
keladigan foydani O‘zbek avtomobil yuk tashuvchilari emas, chet el firmalari
olishiga olib keladi.
Avtomobilda xalqaro tashuvlarning solishtirma tannarxi hisoblash uslubiga
bog‘liq ravishda 0,96 dan 0,49 doll./km gacha bo‘ladi. Xalqaro tashuvlarni
702
bajarishda daromad stavkalari, masalan eron (fors ko‘rfazidagi portlarda)va rossiya
yo‘nalishlari misolida oladigan bo‘lsak, 1,19 dan 0,79 doll/km. Gacha baholanadi
O‘zbek avtotashuvchilari uchunularning uzoq davlatlardagi chet el hamkasblari
bilan solishtirganda, kerakli xalqaro talablarga javob beradigantransport vositalarini
sotib olishi ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Ekologik cheklanishlar tufayli xalqaro
trassalarda (mdx, xitoy va ba’zi boshqa davlatlardan tashqari) hozirgi
vaqtdaavtomobilda xalqarotashuvlarda ishlayotganO‘zbek yuk tashuvchilarining
avtomobillari ishlatilmaydi. Bu avtomobillar oldingi sssrda ishlab chiqarilgan va
xorazmda germaniyadan tayyor agregatlar xolida olib kelib yig‘ilgan kam sonli
mersedes-bens–1935 tyagachlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi-
iqtisodiy aloqalar vazirligi bu tyagachlarni yig‘ish bo‘yicha shartnoma tuzganda bu
modeldagi tyagachlarning ekologik nuqtai nazardan xalqaro tashuvlarga to‘g‘ri
kelmasligini hisobga olmagan. Bu tyagachlar faqat yevro-1 talablariga javob beradi,
yevro-2 va 3 emas, yevro- 4 haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Agar ko‘pchilik davlatlarning transport firmalari tadbirkorlari faqat transport
vositalarining narxini to‘lasa,(avtopoyezdlar uchun 110 ming dollar atrofida),
O‘zbek tashuvchilari esa ko‘proq to‘lashga majburdir. Bu ularni teng bo‘lmagan
holatda qoldiradi. Chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotib
olishdagiumumiy sarf-xarajatlar xattoki avtopoyezd narxidan 1,5 marta oshadi.
QO‘shimcha qiymat solig‘i (qqs) (20%gacha),tyagach va yarim tirkamanarxidan
bojxona yig‘imini (10-20%), transport vositasini sotib olgani uchun soliq (10-20%)
to‘lash kerak.
O‘zbek xalqaro avtotashuvchilari soliq va bojxona qonun-qoidalarining
kamchiligi sababli mdx (belarus Respublikasi)da chiqarilgan yevro maz-at98, ya’ni
yevro-2 talablariga javob beradiganavtopoyezdlarning yangi modelini sotib ola
olmaydi.
Hududlar orasidagi va O‘zbekistonning iqtisodiy potensiallari orasidagi farqqa
qaramasdan latviya va belorussiyada tyagachlar soni 10 mingdan oshiqdir. Polshada
bunday transport vositalari parki2 marta ko‘p-20 ming dona, bolgariyada ham
shunchadir.
4.1.
Lizing asosida avtopoyezdlarni sotib olish
Keyingi yillarda chet elda ishlab chiqarilgan avtopoyezdlarni sotib olishning
asosiy formasikreditga qaraganda ancha afzal bo‘lgan lizing bo‘lib qolmoqda.
Odatda lizing shartlari quyidagilardan iborat:
-
Shartnoma bahosiga bog‘liq ravishda 15-20% oldindan to‘lash;
-
Qolgan to‘lovlarni,chet el davlat bankiyoki hukumati kafolati bo‘yicha
36 oydan 60 oygacha cho‘zish(taqqoslash uchun: odatda kredit olish muddatini 1
yildan ortiq cho‘zish mumkin emas);
Lizing to‘lovlar teng bo‘laklarda amalga oshiriladi va shartnomaga binoan har
oyda, kvartalda yoki yarim yilda 1 marta amalga oshiriladi.
703
Avtomobilni lizing bo‘yicha sotib olish uchun lizing beruvchiga faqat oldindan
to‘lash kerak bo‘ladi. Lizing shartlariga asosan, bir avtomobil narxidagi pulni sarf-
xarajat qilib,5-6 ta transport vositalariniolish mumkin, ular shartnoma muddati
tugagandan keyin (3 yildan 5 yilgacha) tashuvchimulki hisoblanadi. Lizingda
bojxona va boshqa to‘lovlar saqlanib qoladi, ammo ularni3 yilgacha cho‘zish
mumkin.Shartnomada, avtomobil olingan vaqtidan 6 oy keyin, avtomobil foyda bera
boshlashidan,birinchi lizing to‘lovni amalga oshirish muddatini aniqlash tavsiya
qilinadi.
Yangi avtomobillarga lizing shartnomasini, bizning mamlakatimizda ularning
vakolatxonasi bo‘lsa,ishlab chiqaruvchi-zavod bilan tuzish maqsadga muvofiqdir.
Qonun bo‘yicha, vositachilik qiladigan firmalarda lizing to‘lovlar qimmatroq
bo‘ladi. Oldin ishlatilgan transport vositalarini (2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan
tyagachlar, yarim priseplarning yoshi chegaralanmagan) lizingga berishda yetakchi
kompaniyalardan bittasi sharqiy-yevropa agentligi hisoblanadi (germaniya, aaxen
sh.), rossiya, belorussiya va ukrainada bu kompaniyaning vakolatxonalari bor.
Shartnomani tayyorlashda mijozjuda chuqur tekshiruvdan O‘tadigan biznes-rejani
ko‘rsatishi kerak. Tavakkal holatlarda(mamlakat siyosiy, iqtisodiyyoki moliyaiy
tomondan turg‘un bo‘lmagan holatlarda yoki boshqa faktorlarning ta’siri tufayli)
shartnoma bahosi va birinchi to‘lov hajmi oshishi mumkin.
Rossiya xalqaro avto tashuvchilari hayotidan misol keltiramiz:
Shunday holatlar bo‘lganki,soliq va bojxona talablarini aylanib O‘tish
maqsadida rossiyalik avtotashuvchilar avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga
oshirishda boshqa davlatlarda masalan, gollandiyada firmalarni ro‘yhatga
qo‘yishgan. Shunday qilib, bojxona to‘lovini (kirish) to‘lamasdan ularning transport
vositalarini olishi va foydalanishi mumkin. Bu albatta, rossiya davlati uchun zarar,
ammo buning birinchi sababi juda ham katta soliq to‘lovlaridir.
Rossiyaningbir qatorregionlarida ba’ziholatlar ijobiy xal qilinmoqda.
Sverdlovsk va tyumen viloyatining tadbirkorlari transport vositalariga ega
bo‘lishdagisoliqlardan ozod qilingan. Rostov viloyati korxonalari ham agarda
ularning parkdagi transport vositalarining50% dan ko‘prog‘i chet ellarga reys qilib,
xalqaro tashuvlarni amalga oshirsa, soliqdan ozod qilingan. Volgograd viloyatida
transport vositalarinisotib olishda ularavtomobilda xalqaro tashuvlar talablariga
javob bersa, ular ham transport solig‘idan ozod qilinadi.
4.2.
Dunyo suv havzalariga chiqishda O‘zbekiston transportyo‘laklari
Transport yo‘laklari deganda ustuvor yo‘nalishlardayuk va yo‘lovchilarni
tashishdakelishilganxolda faoliyat yuritadigan barcha turdagi transport yig‘indisi
tushuniladi. modal transport yo‘lagi qo‘shni davlatlar hududlari bo‘ylab O‘tadi.
O‘zbekiston hududi bo‘ylab 6 ta yer usti transport yo‘laklari bor, eng istiqbolli
yo‘laklar quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |