709
2.2.modaltashishlar
1.
Yuklarni xalqaro tashishdagi asosiy atamalar
Yuklarni tashishda dunyo amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy atamalar transport
vazirlarining yevropa konferensiyasida tavsiya qilingan bo‘lib, magistral yo‘lda
tashishni tashkil qilganlar tomonidan ishlatiladigan atama va tushunchalarni O‘z
ichiga oladi.ularga quyidagilar kiradi: unimodal (bir turdagi),
aralash yuklarni
tashish, multimodal va modal tashishlar.
Unimodal tashish bir turdagi transportda amalga oshiriladi. Odatda,
transportirovkaning boshlang‘ich va oxirgi punktlari berilgan bo‘lib, logistika
zanjirining oraliq operasiyalari bo‘lgan omborlash va yuklarni qayta ishlash
operasiyalarisiz bajariladi. Masalan, ko‘p tonnali yuklarni jo‘natishda va yukni
yetkazishdagi oxirgi punktda podyezd yo‘llari bo‘lsa temir yo‘l transportini, mayda
partiyali yuklarni qisqa masofagajo‘natishda esa avtomobil transportini qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.
Aralash yuklarni tashish ikki xil turdagi transportda amalga oshiriladi. Bunda,
yuk ishlov berish punktiga transportning birinchi
turi bilan yetkaziladiyoki
saqlamaydigan yoki qisqa vaqt saqlaydigan yuk terminaliga boshqa transportturiga
O‘tkazish yo‘li bilan olib boriladi.
Bir necha transport xujjatlarining mavjudligi, fraxtning yagona tarif
stavkasining yo‘qligi aralash alohida tashishning belgilari hisoblanadi. TO‘g‘ri
aralash tashishda yuk egasi boshqa transport turi xizmatini ko‘rsatayotgan
birinchi
tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Multimodal tashish – yuk transportning bir turidan ikkinchi turiga O‘tkazilib,
yuklarni bir necha transport (kamida ikkita) turida tashishdir. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo-sotiq vazirliginingbuxoro
terminalidan buxoro –p.olot-chorjou-seraxs- fors ko‘rfazidagi (eron) bender abbas
porti marshruti bo‘yicha avtopoyezdlarda
tashiladigan paxta tolasi, uni
omborxonaga qo‘yish, uni omborxonadan yaponiya, janubiy koreyayoki
avstraliyaga dengiz orqali transportirovka qilish uchun kemaga yuklab tashish
multimodal tashishdir.
Ushbu tashish turi yukni bir turdagi transportdan boshqasiga to‘dalangan yoki
yuk turiga bog‘liq holdaqadoqlangan idishdaag‘darishni ko‘zda to‘tadi.
Dostları ilə paylaş: