YO‘lovchi – uning O‘zi yoki uning nomidan tashish uchun tuzilgan
shartnomaga binoan pulga yoki bepul tashiladigan jismoniy shaxs;
Tashuvchi –yo‘lovchi, yuklarni xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan va
tadbirkorlik subyekti sifatida mazkur davlatning qonunchiliga binoan ro‘yxatdan
O‘tkazilganyuridik yoki jismoniy shaxs.
Muntazam xalqaro marshrut –davlat chegaralaridan tashqarida yoki
marshrut uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan holdaixtiyoriy davlatdan tashqaridagi
yo‘lovchilarni tashish marshrutini amalga oshiradigan marshrut. Marshrut
avtobuslari oldindankelishilgan marshrutda aniqlangan vaqtda boshlang‘ich va
oxirgi tashish punktlari, bekat oralig‘idagi punktlar hamda yo‘lovchi va yuklarni
tashish tariflariko‘rsatilgan yo‘lda harakatlanadi.
Mayatnikli – bir necha guruh yo‘lovchilarni aniq muddatda, bitta davlat
hududidan ikkinchi davlat hududiga vaqtinchalik turish joyiga vashuavtobus
tashuvchisi ishtirokida bu yo‘lovchilarni birlamchi chiqib ketgan davlatgayetkazib
qo‘yish hisoblanadi. Mayatnikli tizimda birinchi reys “orqaga qaytish” va oxirgi
reys “ u yoqqa” asosan bo‘sh bo‘ladi.
Muntazam (doimiy ) bo‘lmagan tashish deb “doimiy” yoki “mayatnikli” turga
kirmaganyo‘lovchilarni xalqaro tashishga aytiladi. Bunga sayoxatlar va yakka
tartibdagi harakatlar kiradi.
Xususiy tashishlar – foyda olish maqsad qilib qo‘yilmagan O‘zlarining
xususiy vazifalarini bajarish uchun, transport operasiyalari ular uchun qo‘shimcha
faoliyat hisoblangan korxonalarning avtobuslari tomonidan amalga oshirilgan
tashuvlari.
Bilet - yo‘lovchilarni avtobusdan foydalanishga huquq beradigan va tashuvchi va
yo‘lovchi orasidagi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan hujjat;
Yuk – transport bilan jo‘natish uchun taxlangan va yo‘lovchidan alohida, ya’ni
avtobusning yukxonasida tashiladigan yuk;