458
Yuk
vertikal
Holatda
Jaylash-
Tirilsin
Faqat
yukning
o‘zi ko‘ta-
rilsin
Shu erdan
Ochilsin
Ustma-
ust tax-
Lanmasi
n
Sanchiqli
Yuklagich
Ishlatil-
Masin
Radiak-
Tiv man-
Balardan
Himoya
Qilinsin
Tarada markirovkaning ko‘rinishlari
Taralar turiga - konteynerlar va tagliklar kiradi.
Konteyner bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular transport vositalariga
ortish va undan tushirishda mexanizatsiya ishlatishga moslangan. Amalda
konteynerlar taxtadan, metalldan va plastmassadan qattiqqilib yasalgan va
rezina yoki
sintetikaplyonkalaridan elastik qilib yasalgan bo‘lishmumkin. Ular faqatgina
birtransport turi bilan tashiluvchi (shu joyli) va bir necha turdagi transport
vositalarida tashiluvchi tranzit konteynerlarga bo‘linadi.
Konteynerlar vazifalariga ko‘rauniversal va maxsus bo‘lishlari mumkin.
Universal konteynerlar har xil mahsulotlarni (aksariyat holda aholi iste’moli
tovarlari) tashishga, maxsuskonteynerlar esaaniq yuk turi yoki yuklarning kichik bir
guruhini tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
459
Davlat standartiga binoan konteynerlar brutto- massasi 10, 20 va 30 tonnali ko‘p
yuk tashuvchi(suv va quruqlik transportlarida qo‘llaniluvchi), 2,5.... 5t (temir
yo‘llarda qo‘llaniluvchi) va kamtonnajli 0,625....1.25t
avtomobil konteynerlaridan
iborat bo‘ladi.
Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
-ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib qolishini
kamaytirish;
-mehnat sarfini kamaytirish, chunki transport vositasi platformasidanyuklarni
tushirishga nisbatankonteynerdan tushirish va unga ortish
ancha kam mehnat talab
qiladi;
-yuk tashishda ularning yaxshi saqlanishini ta’minlash;
-aralash
transport
turlarida
tashishda
konteynerlarda
yuk
tashish
qulayligi.Chunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni o‘tkazishda, faqat
uning qulfi plombasining buzilmaganligi tekshiriladi xolos. Hujjat almashuvi ancha
osonlashadi.
Yuklarnikonteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Hisoblarko‘rsatadiki,
furgonli avtomobillarga nisbatan yuklarni konteynerlarda tashish xarajatlari,tashish
va ekspeditsion xarajatlar hisobiga ko‘ra 15 foizga arzonlashar
ekan va transport
vositasi unumdorligi 8 foizga oshar ekan.
Yuklarni konteynerlab tashishdagi asosiy kamchilik konteynerlarning o‘z
og‘irliklari va ularning qaytarilishidir.
Kichik tonnajli
Katta tonnajli
O‘rtacha tonnajli
Katta tonnajli
Universal konteynerlar
460
Mayda yuklarni yiriklashtirish maqsadida ularni paketlab yiriklashtirish, tarasiz
donali yuklarni tashishda esa tagliklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Paketlab tashish deyilganga mayda tarali yoki tarasiz
donali yuklar partiyasini
taglik va tagliksiz bir joyga jamlab tashish tushiniladi. Bu esa ortish va tushirish
operatsiyalarini mexanizatsiyalash imkonini beradi.
Tagliklar paketlash kabi ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga
moslangan bo‘lib, unda har xil ko‘targich va kranlar ishlatiladi. Bundan tashqari
tagliklar ko‘p marotaba ishlatiluvchi taralar qatoriga kiradi.
Yuklarni paketlab taglikliklarda tashish istiqbolli yo‘nalish bo‘lib tashish
xarajatlarini tejash imkonini beradi.
Tagliklar yassi, ustunchali va yashik turida bo‘lishi mumkin. Yassi tagliklar eng
ko‘p tarqalgan bo‘lib, vilkali ko‘targichlar bilan ortish va tushirishga mo‘ljallanilgan.
Bir qavatli
Dostları ilə paylaş: