Ikki tomonlama o'tkazish qonuni.
Nerv tolasiga ta ’sir etilganda q o ‘zglalish
ikki
tomonlama uzatiladi, ya’ni m arkazdan qochuvchi yo'nalishda ham, markazga
*
intiluvchi yo‘nalishda ham tarqaladi. Bu quyidagi tajribada isbot etiladi. Nerv
tolasiga ikki juft A va B elektrod q o ‘yib, ular ikkita elektr o ‘lchov asbobiga ulanadi.
Nerv tolasining shu ikkala elektrod oralig‘idagi qismiga ta’sir etiladi. Q o‘zg‘alishlar
ikki tomonlama o‘tganIigi natijasida ikkala asboblar ham q o ‘zg‘alishni qayd etadi.
Nervning ikki tomonlama o'tkazilishi faqat laboratoriya fenom eni emas. Tabiiy
sharoitlarda, harakat potensiali hujayra tanasidan o ‘sim ta-akson
boshlanish
(boshlang‘ich segment) jo y id a vujudga keladi va b o sh lan g ‘ich segmentdan
qo‘zg‘alishlar ikki tomonlama: aksondan nerv oxiriga tomon va hujayra tanasiga va
,
uning dendritlari tomon o‘tkaziladi.
Q o ‘z g ‘alishning nervdan ajratilib o'tkazilish qonuni.
Har
qanday periferik
nerv o ‘zani bir talay harakatlantiruvchi, sezuvchi va
vegetativ nerv tolalaridan
iborat. Butolalarorqali bir v aqtningo‘zida chastotasi bo‘yicha farq qiladigan turli
yo‘na!ishdagi impulslar o ‘tadi va bu tolalar bir-biridan ju d a uzoqda turgan bir talay
periferik tuzilmalami idora qiiadi.
Agar impulslar nervning har b ir tolasida alohida tarqaiib, b ir toladan ikkinchi
tolaga o ‘tmasagina periferiyadagi barcha a’zo va to'qim alar normal ishlay oladi.
T olalam i qoplagan Shvann v a m ielin pardalar yuqori
elek tr qarshilikka ega
b o ‘lganligi uchun tolalami ajratib turadi.
Bu qonunni isbotlash uchun baqaningorqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar
qo‘shilib, muskulni innervatsiyalovchi o ‘zan hosil qilinadi. Butun nerv o'zani elektr
toki bilan ta’sirlansa, muskulning hamma qismi qisqaradi. N erv o'zanini tashkii
qiluvchi ildizlar alohida-alohida ta ’sirlansa, faqat shu ild iz tarkibidagi tola
innervatsiyalovchi muskulning qism igina qisqaradi.
Mielinsiz va mielinli nerv tolalarida qo ‘zg ‘alishning o'tkazilishi.
Mieltnsiz nerv
tolalarida qo‘zg‘alish butun m em brana bo‘ylab, uzluksiz ravishda, q o ‘zg‘algan bir
qismdan ikkinchi qismga tarqaladi.
M ielinli tolalarda harakat po ten siali tolaning
faqat m ielin pardasi biian
qoplanmagan sohalari orqali «sakrab-sakrab» o ‘tadi. Kato (1924-y.) va Takson
(1953-y.) lar baqaning mielinli yakka nerv tolalarida
bevosita elektrofiziologik
tadqiqotlar o'tkazdilar. Mielinli tolalarda Ranv bo‘g ‘imlaridagi harakat potensiali
vujudga keiishini, tolaning mielinli qismlari amalda qo‘zg ‘almasligini ko‘rsatib
berishdi. Ranv bo‘g‘ilmalaridanatriy kanallariningjoylashish zichligi juda yuqoridir.
Membrananing l
mkm2
yuzasida 12000 ga
yaqin natriy kanallari mavjud, bu
kalmarning gigant aksoni m em branasidagiga nisbatan 200 baravar ko‘pdir.
9-rasm. Mielinli nerv tolasida qo‘zg‘aIishning bir bo‘g ‘ilmadan
ikkinchi bo‘g‘ilmagatarqalishi.
33
Bir Ranv b o ‘g ‘ilmadan ikkinchi Ranv b o ‘g‘ilmagaharakat potensiali «sakrab»
o ‘tishi uchun har bir b o ‘g ‘ilmada harakat potensialining amplitudasi q o ‘shn¡
bo‘g ‘ilmani q o ‘zg‘atish uchun zarur minimal miqdordan 5-6 baravar ortiq b o ‘lishi
shart. Harakat potensiali am plitudasining b o ‘sag‘aga bunday munosabati harakat
potensialining ishonchli o ‘tkazilish omili deb ataladi. Buni Tasaki ko‘rsatib berganligi
uchun Tasaki omili deb ham ataladi.
Tinchlik holatida barcha Ranv b o ‘g ‘ilmalarida membrananing tashqi yuzasi
musbat
zaryadli boMadi, q o ‘shni Ranv b o ‘g‘ilmalari o‘rtasida potensiallar farqi
kuzatilmaydi. Q o‘zg‘alish paytida A b o ‘g ‘ilma membranasining yuzasi qo‘shni B
b o ‘g ‘ilma membranasining yuzasiga nisbatan manfiy elektr zaryadli b o ‘lib qoladi.
Shuningnatijasida elektr toki vujudga kelib, tolaatrofidagi to‘qimalararo suyuqlik,
membrana va aksoplazmaorqali yuradi va B bo‘gMlmani qo‘zg‘atib, membrananing
qayta zaryadlanishiga sabab bo‘ladi. A b o ‘g‘ilmada esa qo‘zg‘alish davom etadi
vabu bo‘g ‘ilma vaqtincha mutlaq refrakter holatda boMadi. Shu sababli B bo‘g ‘ilma
faqat navbatdagi C bo‘g ‘i!mani q o ‘zg‘alish holatiga keltira oladi va hokazo.
Q o‘zg‘alishning mielinli tolalardan sakrab-sakrab o‘tkazilishida ikkita afzallik
bor.
Birinchidan, bu o'tkazilish energiya sarfi nuqtayi nazaridan tejamli, chunki
faqat membrana yuzasining 1
%
ini tashkil qiluvchi Ranv bo‘g ‘ilmalari qo‘zg‘a!adi.
Ikkinchidan, q o ‘zg‘alishning o ‘tish tezligi mielinsiz tolalardagiga nisbatan ancha
yuqori. Shu sababdan mielinli tolalar nerv tizimining muhim faoliyatlarini aniq va
tez boshqarilib turishini ta ’minlovchi qismlarida ko‘p boMadi.
Dostları ilə paylaş: