49
hunarmandchiligi to’g’risidagi xabarlardan iborat. G. Tompson va R.Xogg
1740-yili 9-sentyabrda Yoyiq shahri orqali Qozog’iston cho’llari, Orol
dengizining shimoliy-g’arbiy qirg’oqlari orqali o’tib Xivaga kirib kelishgan.
Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning holatini tahlil qilib, ular faqat Buxoro
va Eron bilan savdo qiladilar, hayvon, mo’yna va terilarni qirg’iz (qozoq-A.R)
va turkmanlardan oladilar deb, xabar qiladi. Qirg’izlar va turkmanlar xivaliklar
uchun xavfli qo’shni hisoblanishgan ekan. Xivada uncha ko’p bo’lmagan paxta
ekilgan, o’rtacha sifatli qo’y terisi (qorako’l bo’lishi mumkin), uncha ko’p
bo’lmagan xom ipak yetishtirgan va ipakdan mahsulot ishlab chiqarilan.
SHunday qilib, ular Xivada ingliz sanoatini qiziqtiradigan xom ashyo
manbai kam deb qayd etishadi. Hind tovarlariga kelsak, G.Tompson va
R.Xogglar bu yerda bo’lganlarida hind tovarlarini ko’rishmagan. Ular Xivaning
Buxoro va Eron, hamda qo’shni ko’chmanchilar bilan savdo qilganliklarini
e’tirof etishgan68.
Inglizlar Xivada o’zlarining tovarlari uchun bozor ham qidirgan, lekin
izlanishlar natijasida ular Yevropa tovarlariga xivaliklarning ehtiyoji kamligini
sezishgan. SHuning uchun bu yerda foydali savdo qilishga ko’zi yetmay,
foydadan ko’ra sarf-xarajat miqdori oshib ketadi, deb hisoblashgan. Boj
masalasida, musulmon bo’lmaganlarning tovarlaridan 5%, musulmonlarnikidan
esa 2,5% boj solig’i olingan. Demak, ingliz tovarlari uchun imkoniyatlar ancha
cheklangan bo’lgan. «Rus kompaniyasi» josuslari Xivada, Nodirshox qo’shinlari
Xivani egallashganigacha, ya’ni, 1740-yili 15-dekabrgacha qolishgan. Ular o’z
tovarlarini eronliklarga sotib bo’lishgan, ammo pullarini hali olishmagan ekan.
R.Xogg eronliklarga nasiyaga bergan mollarining pullarini olish
maqsadida Xivada qolgan, so’ng Rossiyaga qaytmoqchi bo’lgan. G. Tompson
esa Buxoroga jo ’nagan. R.Xogg faqat 1741-yili aprel oyida Xivadan jo ’nab
ketishga muvaffaq bo’lgan. Yo’lda o’g’rilar tomonidan talangan R.Xogg
Orenburg orqali 1742-yil bahorda Peterburgga yetib borgan.
Dostları ilə paylaş: