Страница | 177
hujayradir. Xar bir msukul hujayrasi qobiq –
sarkolemma bilan qoplangan. Sarkolemma esa
sarkoplazma va ko’p sonli yadrolarni o’z ichiga
oladi. Sarkoplazmada
muskul hujayrasining
organoidlari joylashgan bo’lib, ularning ichida
qisqarish xususiyariga ega spetsifik organoidlar
– miofibrillalar,
myofibrillae,
bor. Mio-
fibrillalar turli xil fizikooptik (nur sindirishi
turlicha) xususiyariga ega bo’lganligi uchun
muskul tolasi ko’ndalang targ’il ko’rinishga
ega bo’ladi. Tolaning bu targ’illigi navbatlashib
keluvchi paloskalar (yolaklar) tufaylidir.
Polyarizatsiyalangan nurda paloskalardan bir
qismi nur qaytaradi –
bu nurni ikki marta
sindiruvchi anizatrop disk, qolganlari esa nurni
sindirmaydi – bu qorayib ko’rinuvchi izotrop
diskdir. Xar bir muskul tolasi va tolalarning
katta
bo’lmagan
guruhlari
briktiruvchi
to’qimali qobiq – endomiziy,
endomysium,
bilan qoplanadi. Muskul tolalarining nisbatan
katta ko’mplekslari –
muskul tutamlari,
fasciculi musculares,
va bir butun muskul
briktiruvchi
to’qimlali
–
perimiziy,
perimyseum,
bilan qoplanadi. Briktiruvchi
to’qimaning
qavatlari
orasidan
muskul
tolalariga tomir va nervlar o’tadi.
Xar bir muskul keng qon tomirlar tizimiga
ega. Muskullarning
qisqarishi qon oqimining
tezlashuviga, ya’ni qonni xaydab beruvchi
,,nasos” singari ishlash hususiyatiga ega. hayot
tarzi yoki majburiy yotoq holatlarida, harakat
aktivligi kamayganligi (gipokineziya) tufayli,
muskullarning bu hususiyatlari yo’qoladi va
buning natijasida qonni yurakka oqib borishi
sekinlashadi bu esa,
dimlanish holatlari va
modda almashinuvining sekinlashuviga olib
keladi.
Harakat
aktivlashgan
sharoitda,
aksincha, rezerv hamda yangi qon tomirlari
ochiladi,
buning
natijasida
esa
skelet
muskullarining oziqlanish yaxshilanadi.
Muskullarning nerv apparatlari, qo’zg’aluv
protsessini
sezuvchi,
retseptorlardan
va
markaziy
nerv
tizimidan
qo’zg’alishni
muskullarga olib keluvchi, effektorlardan
tashkil topgan. Muskuldagi
nerv ohirlarining
soni muskulning funksional aktivligiga bog’liq.
Dinamik xarakterdagi fizik yuklama ularning
sonini oshishiga olib keladi.
Skelet muskullari shakli, bo’g’im o’qiga
nisbatan joylashishi, strukturasi va.b. ga ko’ra
turli hildir.
Topografik jihatdan muskullar bosh, bo’yin,
ko’krak, qorin, yuqorigi va pastki tugash
muskullariga bo’linadi.
Strukturasiga ko’ra, msukul tolalarining
katta qismi muskulning uzun o’qiga
paralel
joylashgn,
duksimon
muskullar,
mm.
fusiformes,
va muskul tolalari payga pat singari
brikuvchi patsimon muskullar
, mm. pennati,
farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: