oila va jamiyatning ozaro ijtimoiy siyosiy va manaviy munosabatlarini organish usullari
Ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar .
Xodimlar, ularning mehnati va ishlab chiqarish vositalari – mehnat qurollari va vositalari ishlab chiqarishning muhim omillari hisoblanadi . Ishlab
chiqarish moddiy-texnika vositalari va ularni ishga solishga qodir bo„lgan odamlar
majmui jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish
jarayonida odamlar o„rtasida turli-tuman munosabatlar yuzaga keladi. Ularning
orasida tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish-texnologik
munosabatlar texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining xususiyati rivojlanish
darajasiga ko„p jihatdan bog„liq bo„lsa, tashkiliy-iqtisodiy va ayniqsa ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar asosan ishlab chiqarish vositalariga bo„lgan mulk shakllari
bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish natijasida yaratiladigan
ne'matlar va xizmatlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonida
yuzaga keluvchi munosabatlarni o„z ichiga oladi. Mazkur munosabatlar tizimi
ijtimoiy normalar va huquq normalari bilan tartibga solinadi va ijtimoiy ishlab
chiqarish vositalariga bo„lgan mulk huquqining xususiyati bilan belgilanadi.
Mulk. Mulk – xo‘jalik jabhasi, iqtisodiy jabhada vujudga keladigan institut .
U nafaqat ishlab chiqarish vositalari, balki iste'mol predmetlari va ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ijtimoiy boylikning barcha
elementlari – ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari, yer va yer osti boyliklari,
moddiy ishlab chiqarish, ma'naviy ijodiy va o„zga aqliy faoliyat mahsullari va
hokazolar mulk bo„lishi mumkin. Mulk iqtisodiy hokimiyatga kim ega bo„lishini,
xo„jalik faoliyatidan olingan foyda kimga tegishini va u qanday moddiy mulkiy
manfaatlarni yuzaga keltirishini belgilaydi. Mulk shakllari ishlab chiqarish
8
ijtimoiylashuvining amaldagi darajasi bilan belgilanadi, unga esa, o„z navbatida,
umumiy texnologik taraqqiyot ta'sir ko„rsatadi. Mulkning davlat mulki, xususiy
mulk, shaxsiy mulk jamoa mulki kabi shakllari mavjud.