Ijtimoiy hayotning asoslari.
Jamiyatning yuqorida sanab o„tilgan kichik
tizimlari o„ziga xos vazifalarni bajaradi va bir-biri bilan aloqa qiladi. Shu o„rinda
savol tug„iladi: ularning o„rtasida belgilovchi va belgilanuvchi muayyan ierarxiya
mavjudmi? Axir jamiyat – yaxlit tuzilma va har bir mamlakat betakror tarzda
o„ziga xos, o„zining betakror tarixi va madaniyatiga ega. Bu tarqoq ijtimoiy kichik
tizimlarni muayyan birlikka birlashtiradigan omillar mavjudligini nazarda tutadi.
Markscha falsafa nuqtai nazaridan moddiy ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish
vositalariga nisbatan mulkdorlik shakllariga asoslanadigan ishlab chiqarish
munosabatlari tizim tashkil etuvchi omil sifatida qaraladi. Hozirgi vaqtda
G„arbdagi texnokratik oqim faylasuflari jamiyatning rivojlanish darajasini
tavsiflovchi asos sifatida texnikaning rolini mutlaqlashtiradi. Hozirgi zamon
falsafasida yetakchilik qiladigan qarashga muvofiq jamiyatning yaxlit tavsifi
sivilizatsiya va madaniyat tushunchalarida beriladi.
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya.
Hozirgi zamon jamiyati o„ta
murakkab va faol ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga
ega bo„lgan jamiyat sifatida tavsiflash mumkin:
u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang„ich
g„oyani o„zida mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a'zolari
uchun muqarrar bo„lgan olamshumul maqsadga ega bo„lmaydi;
u o„z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan
nazorat qilmaydi;
unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va
yagona markazga bo„ysunish hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy
qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;
mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va
xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va
raqobatdir;
uning individlari erkin va mustaqil bo„lib, qonun bilan
muhofaza etiladigan shaxsiy hayot sohasiga egadirlar, bu hayot
14
doirasida ular o„zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda
qabul qilishga haqlidirlar;
individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar
va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash va so„z erkinligi, uyushmalar
va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa
joyga ko„chib yurish erkinligi, o„zi istiqomat qiladigan mamlakatni
tanlash erkinligiga egadirlar;
bu ko„ppartiyaviy jamiyat bo„lib, unda siyosiy partiyalar
hyech qanday bevosita ommaviy-hokimiyat vakolatlariga ega
emaslar;
davlat hokimiyati va mahalliy o„zini o„zi boshqarishning
vakillik organlari aholi tomonidan saylanadi;
hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-
biridan ajratilgan.
Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy
o„rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko„ppartiyaviylik,
demokratiya, hokimiyatning bo„linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va
suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va
tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi,
ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga
majburlamaydi. Kishilarning rang-barang manfaatlari ularning hamkorlikdagi
harakatlari orqali ro„yobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida
hisobdor bo„lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar.
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari
fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning
hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma'lumotlarga ko„ra, AQShda
yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan
15
mablag„ bilan ta'minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har
olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to„g„ri keladi.
I.A. Karimov “Har qanday sivilizatsiya ko„pdan ko„p xalqlar, millatlar,
elatlar faoliyatining va samarali tar'sirining mahsulidir. Bir so„z bilan aytganda
ko„chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning
madaniyati abadiy yashaydi”
2
deb ta'kidlaydi.
Sivilizatsiya odamlar mavjudligi va ijtimoiyligining xususiyati va
yo„nalishini belgilaydi. Ijtimoiy normalarning muhimligi ularni uzatishning
tegishli usullari (kommunikatsiya vositalari)ni va ularni mustahkamlovchi
institutlarni shakllantirishni taqozo etgan. Har bir sivilizatsiya ijtimoiy normalarda
o„ziga xos ifodasini topgan ijtimoiy tajribani aniqlash, saqlash va avloddan-
avlodga qoldirish alohida tizimini yaratgan. Jazolar tizimi, shuningdek jamoa,
ommaviy ong shakli sifatida din va uning nomidan ish ko„ruvchi ijtimoiy
institutlar ijtimoiy normalarni saqlash va ijro etish kafili hisoblangan. Din va
cherkov ta'sirida sivilizatsiya qiyofa kasb etgan. Huquqiy normalarning
tarmoqlangan tizimini o„z ichiga olgan davlatdan iborat oliy hokimiyat
sivilizatsiyaning uni saqlashni kafolatlaydigan oliy birlashtiruvchi asos sifatida
amal qilgan. Turli sivilizatsiyalar davlat hokimiyatining turli: teokratik, tabaqaviy,
huquqiy, siyosiy tizimlarini yaratgan.
Markaziy Osiyoda sivilizatsiya axloq shaklida yuzaga kelgan. U o„zida
yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat o„rtasidagi kurashda yaxshilik va
muhabbat
g„alabasi
bilan
bog„liq
ma'naviy
axloqiy
me'yorlarni
mujassamlashtirgan. Inson mohiyatida aks etuvchi bu me'yorlar sharq
sivilizatsiyasining asosini tashkil qilgan.
Ijtimoiy munosabatlar, odamlar faoliyati va xulq-atvorini tartibga soluvchi
normalar universal tizimining ta'sirini o„rganish sivilizatsiyalarning rang-
barangligini tushuntirish imkonini beradi. Ular, birinchidan, hukmron diniy va
dunyoqarashga doir mo„ljallarning o„ziga xos xususiyatlari va ularning siyosiy,
1
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo„q.-T.: Sharq, 1998.-B.21
16
ijtimoiy va madaniy jarayondagi o„rni bilan; ikkinchidan, ularning texnik-iqtisodiy
rivojlanish darajasi bilan; uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar sur'ati,
shuningdek ularning manbalari, mexanizmlari xususiyati va uyg„unlik darajasi
bilan farq qiladi. Sivilizatsiyaning har bir tipi siyosiy tizimning o„ziga xos
xususiyatlari va o„z huquqiy qoidalarining xususiyati bilan tavsiflanadi.
Sivilizatsiyalar axborotni kodlashtirish, saqlash va avloddan-avlodga qoldirish
usullari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |