oila va jamiyatning ozaro ijtimoiy siyosiy va manaviy munosabatlarini organish usullari
Ma'naviy kichik tizim . Odamlarning ma'naviy faoliyati jamiyat
mavjudligining zaruriy shartidir. Odamlar ongli mavjudotlar bo„lib, ular o„z
tafakkuri bilan ijtimoiylikning barcha ko„rinishlarini anglab yetadi. Bu jarayonda
olimlar, rassomlar, jurnalistlar, turli partiyalar va harakatlarning mafkurachilari va
shu kabilarning ixtisoslashgan kasbiy ma'naviy faoliyati muhim rol o„ynaydi.
Ularning nisbatan mustaqil kasbiy faoliyati ijtimoiy hayotning turli jabhalariga
xizmat ko„rsatadi. Ma'naviy ishlab chiqarishda iqtisodiy kichik tizim qonuniyatlari,
ya'ni jamiyatning xo„jalik jarayonlari o„rtasidagi takrorlanuvchi muhim-zaruriy
bog„lanishlar o„ziga xos tarzda namoyon bo„ladi. Ularning qatoriga ehtiyojlarning
yuksalish qonuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarish qonunlari, qiymat qonunini
kiritish mumkin.
Jamiyat ma'naviy kichik tizimining vujudga kelishi rang-barang ijtimoiy va shaxsiy ma'naviy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ularning eng muhimlari – ma'rifiy, axloqiy, estetik, diniy ehtiyojlardir. Ularni qondirish axborot va kommunikatsiya turli vositalarining mavjudligini nazarda tutadi . Axborot va kommunikatsiya ham
shaxs va jamiyatning muhim ma'naviy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Ma'naviy
muloqotga bo„lgan ehtiyoj ma'naviy ehtiyojlar orasida alohida o„rin egallaydi.
Jamiyatda ma'naviy ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va institutlari asta-
sekin vujudga keladi. Ular turli ma'naviy ehtiyojlarni qondirishni nazarda tutadi.
Masalan, ilmiy institutlar va olimlarning turli-tuman birlashmalari tabiat, jamiyat
va insonni o„rganish bilan shug„ullanadi va shu tariqa odamlar faoliyatini ilmiy
jihatdan ta'minlaydi. Fanda ham ijtimoiy amaliyotga bevosita chiqish imkoniyatiga
ega bo„lmagan o„z muammolari yuzaga keladi. Mazkur muammolarni yechish fan
rivojlanishining sharti, uning ichki ehtiyoji hisoblanadi.