Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari.
Madaniyat
tushunchasiga turli lug„atlarda, faylasuflar va olimlarning asarlarida berilgan
ta'riflarni taqqoslasak, ularning o„rtasida jiddiy farq mavjudligini ko„rishimiz
mumkin. Bu tasodifiy bir hol emas. Madaniyat – shaxs va jamiyat hayotining
barcha jabhalarini qamrab oluvchi o„ta serqirra hodisa. Madaniyat nima, degan
savolga javob topish u qay tarzda vujudga kelgan va turli, ayrim jihatlarga ko„ra
esa bir-biriga zid madaniyatlarning mavjudlik sababi nimada, degan savollarga
javobni ham nazarda tutadi.
«Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so„zidan kelib chiqqan bo„lib,
«shahar» degan ma'noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib,
birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar.
Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa O„rta asrlarda ham
madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne'matlari bilan
bog„langan.
Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko„rinishida shakllangan. Shu bois, eng
qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma'naviy madaniyat,
go„zallikka intilish, san'atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg„onish davrida
madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni
ma'naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san'at, falsafa,
din bilan bog„lash odati paydo bo„lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui
sifatida, ma'naviy faoliyat antik an'anasining davomi sifatida e'tirof etilgan. Shu
ma'noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o„rin olgan XVIII
asrgacha amal qilgan.
17
Ma'rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil
va o„ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida jamiyat va shaxs
hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi
madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy
ahamiyatga ega bo„lgan maqsadlarni qo„yish va ijtimoiy o„zgarishlarni o„ziga
bo„ysundirishdan iborat. Ma'rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin
bo„lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual,
ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug„orilgan bo„lishi, ya'ni nafaqat yaratishi,
balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo
madaniyatning asl mohiyati, uning o„ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi
sifatidagi ma'naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
Kant ko„nikma madaniyatini va intizom madaniyatini farqlaydi. Ko„nikma
maqsadlarga erishish qobiliyatini, intizom esa – oqilona maqsadlar qo„yish va
inson irodasini oqilona yo„l tanlash imkoniyatidan mahrum qiladigan mayllar
tutqunidan xalos etishni nazarda tutadi. Kant madaniyat tushunchasini fan va san'at
doirasi bilan cheklaydi. Fanda aql-idrokning qonunchilik kuchi, san'atda –
tasavvurning mahsuldor kuchi jamlanadi. Ular ob'ektiv bilim va sub'ektiv sezgi
kabi bir-biriga ziddir. Shunga qaramay Kant fan va san'at munosabatlariga bir-
birini to„ldiruvchi munosabatlar sifatida qaraydi.
XIX asrda madaniyatga avvalo u yoki bu tipdagi jamiyat hayoti va uning
o„z-o„zini tashkil etishidagi roliga ko„ra farqlanadigan qadriyatlar va g„oyalar
tizimi sifatida yondashila boshlandi. Gegel madaniyatga mutlaq g„oya o„z-o„zini
anglab yetishining boshlang„ich va yakunlovchi (falsafa) bo„g„ini sifatida qaraydi.
Gegelning bu nazariyasi XIX-XX asrlarning madaniyatga doir bir qator
konsepsiyalarida tanqid qilinadi. Jumladan, «lokal sivilizatsiyalar» konsepsiyasida
Shpengler xalqlar madaniyatiga o„z rivojlanish jarayonida vujudga kelish, ravnaq
topish, tanazzulga uchrash va halok bo„lish bosqichlaridan o„tadigan berk, betakror
organizmlar sifatida qaraydi. Shpengler tarixiy jarayonning o„ziga xos uzlukliligi
dalilidan madaniyatlarning ko„p sonliligi g„oyasini keltirib chiqaradi.
18
XX asrda madaniyatni o„rganish asosan etnografiya va ijtimoiy
antropologiya doirasida amalga oshiriladi. XX asrning ikkinchi yarmida
madaniyatning kommunikativ xossalari haqidagi tasavvurlar rivojlanadi, uning
germenevtik talqini keng tarqaladi. Bu esa madaniyatning tuzilishi va
xususiyatlarini o„rganish uchun asos sifatida tilga qiziqish kuchayishiga sabab
bo„ladi.
Jumladan I. Karimov madaniyatni ma'naviyat bilan uzviy aloqadorligini
asoslaydi. Uning fikricha “Ma'naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban
ulg„ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon
e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg„otadigan beqiyos kuch, uning barcha
qarashlarining mezonidir”.
3
Shunday qilib, tarixiy jarayonda shakllangan madaniyatga doir rang-barang
konsepsiyalarda mazkur hodisaning muhim xususiyatlariga tavsif beriladi.
Madaniyatning hozirgi talqini mazkur tavsiflarni o„z ichiga oladi. Madaniyat
tushunchasining mazmuni moddiy va ma'naviy qadriyatlar, ularni yaratish,
ajdodlar tajribasini o„zlashtirib, undan yangi qadriyatlar yaratish uchun
foydalanishga qodir bo„lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat.
Madaniyat yaxlit bo„lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Uning elementlari turli
asoslarga ko„ra farqlanadi.
Har qanday madaniyat:
- barqaror elementlar, ya'ni madaniy universaliyalarni;
- muayyan tarixiy sharoitda vujudga keladigan va yo‘q bo‘lib ketadigan
o‘tkinchi elementlarni o‘z ichiga oladi.
1
1
Karimov I. Yuksak ma‟naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma‟naviyat, 2008.-B.19.
19
Xulosa
Oilani rivojlantirish va uning farovonligini ta‟minlash mamlakatimizda
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy
yo„nalishlaridan biridir. Bosh qomusimizning 63-moddasida oila jamiyatning
asosiy bo„g„ini bo„lib, jamiyat va davlat muhofazasida bo„lish huquqiga egaligi,
nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanishi
mustahkamlangan.
Aynan shu bois tadqiqot oilalarda qaror topgan ma‟naviy-axloqiy
qadriyatlar, an‟anaviy ijtimoiy institutni rivojlantirish omillari, shuningdek,
jamiyatimizning asosiy bo„g„ini bo„lgan oilani mustahkamlashda milliy
qadriyatlarning o„rni va ahamiyatini aniqlashga qaratildi.
Tadqiqotda ishtirok etgan aksariyat fuqarolarning fikricha, oila ma‟naviyat,
odob-axloq va tarbiya sohasida muhim o„rin tutadi. So„rov davomida ko„pchilik
fuqarolar (89,6 foiz) davlatimizning oila muammolariga qaratayotgan e‟tiborini
yuksak baholaydi. Ishtirokchilarning 90 foizdan ziyodi oilada ma‟naviyat va
ma‟rifatni yuksaltirish bilan bog„liq masalalarni hal etishda davlat faol ishtirok
etayotganini ta‟kidlagan.
Tadqiqot natijalariga ko„ra, ijtimoiy institutlar ham fuqarolar ma‟naviyati
yuksalishiga katta ta‟sir ko„rsatmoqda. Oila (86,7 foiz), mahalla (48 foiz), ta‟lim
muassasalari (52,3 foiz), ijtimoiy muhit (35,9 foiz), ommaviy axborot vositalari
(25 foiz) shular jumlasidandir.
Ijtimoiy so„rov O„zbekiston fuqarolari davlatimiz tomonidan ma‟naviy-
axloqiy sohada amalga oshirilayotgan siyosatni yuqori baholashini ko„rsatdi.
Fuqarolarimizning fikricha, ma‟naviy-axloqiy qadriyatlar jamiyatning negizini
tashkil qiladi.
Fuqarolarning 73,5 foizi o„z oilasi farovonligini “juda yaxshi” va “yaxshi”,
deb baholaydi. Aksariyat ishtirokchilarning fikricha, baxtli oilaviy hayot – o„zaro
ishonch, hurmat, mehr-muhabbat asosida qurilgan mustahkam nikohdir.
20
Fuqarolarimizning 91,6 foizi, ayniqsa, qishloq aholisi o„z oilasini mustahkam va
baxtli, deb biladi.
Yurtdoshlarimizning fikricha, oila ijtimoiy maqsadlar tizimini ishlab
chiqishda muhim o„rin tutadi. So„rov shuni ko„rsatdiki, avlodlar vorisiyligi
zamonaviy oilada qaror topgan muhim qadriyat bo„lib, kattaga hurmat, kamtarlik,
mehnatsevarlik, jamiyatda munosib o„rin egallash, yoshi kichiklar va o„zgalar
ko„magiga muhtoj insonlarga g„amxo„rlik qilishni ko„zda tutadi.
Oila – jamiyatning nikohga yoki qon-qarindoshlikka asoslanadigan muhim
instituti. Oilaviy munosabatlar nasl qoldirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratadigan va bolalarni tarbiyalash, ularga jamiyatning madaniy an'analarini
singdirishga qulay zamin hozirlaydigan shaxslararo o„zaro aloqalarning
norasmiyligi bilan ajralib turadi. Oilaviy munosabatlar qarindoshlik aloqalari
bilangina cheklanmaydi: ular oila a'zolarining bir-biri oldida o„zaro ma'naviy
javobgarligi, birgalikdagi mehnat va turish-turmush hamda ular bilan bog„liq
bo„lgan va huquq bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar bilan
mustahkamlanadi.
|