12
qarashlar majmuidan iborat.
Mafkura mazmunini ijtimoiy rivojlanishning
yetilgan, muhim, dolzarb va yechishni talab qiladigan ziddiyatlari tashkil etadi.
Shunga muvofiq yuz berayotgan jarayonlar mazmuniga va ijtimoiy muammolarni
yechish yo„llariga nisbatan alohida yondashuvni aks
ettiruvchi ayrim nazariy
mulohazalar yuzaga keladi. Bu mafkuraning shakli hisoblanadi. Uning mazmuni
esa muayyan ijtimoiy guruh – sinf, etnik guruh, hukmron elita yoki uning
muxolifati va hokazolarning manfaatlarini ifoda etishdan iborat.
Mafkura shaklan
ob'ektiv, lekin mazmun jihatidan sub'ektivdir. U nazariy jihatdan tizimga solingan
ko„rinishda ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga bo„lgan
munosabatini aks ettiradi va ularning ijtimoiy-siyosiy natijalarini nazariy jihatdan
asoslash va oqlashga harakat qiladi.
A.Ochildiev istibdod mafkurasi, istiqlol mafkurasi,
va jamiyat mafkurasi
kabilarni farqlaydi. Istibdod mafkurasidan farqli o„laroq “istiqlol mafkurasi millat,
jamiyat, davlatni mustaqil taraqqiyot yo„liga boshlaydigan, uni belgilab beradigan,
erkin va ozod rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan g„oyalar, qarashlar tizimidir”
1
.
Uning fikricha, har qanday davlat o„z faoliyatida yagona etnosotsial birlik sifatida
chiqadigan millat manfaatini himoya qilishga qaratilishi, uning jipsligi,
tiraqqiyotini ta'minlaydigan milliy mafkuraga tayanmog„i lozim. Zero milliy
mafkura
davlat organlari, ijtimoiy institutlar faoliyatini tashkil qiluvchi,
yo„naltiruvchi qurol vazifasini o„taydi.
Ijtimoiy ong shakl va mazmun jihatidan rang-barangdir. Ijtimoiy ongning ilmiy,
diniy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy turlari farqlanadi. Ular o„zi aks
ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli
va ijtimoiy funksiyalariga
ko„ra farq qiladi. Ijtimoiy ong turlari yoki shakllari ko„p darajali tuzilmalar bo„lib,
o„ziga xos ko„rinishga ega bo„lgan oddiy va nazariy darajalarni, ijtimoiy
psixologiya va mafkurani o„z ichiga oladi
1
1
Ochildiyev A. Milliy g„oya va millatlararo munosabatlar. –T.: O„zbekiston, 2004. –B.28