Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети


Yuqori haroratning portlandsementtoshga ta’siri



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix12.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#96546
növüДиплом
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Yuqori haroratning portlandsementtoshga ta’siri. 
 
Nol darajadagi haroratda sementtoshda xech qanday fizik-kiyoviy 
o‗zgarishlar sodir bo‗lmaydi. 200
o
C haroratda portlandsement asosida 
tayyorlangan betonlar taxminan 50% mustahkamlikni yo‘qotadi, issiqlik manbaini 
olib qo‗yilganidan keyin ham mustahkamlik qayta tiklanadi. 500-700
o
C haroratda 
birinchi navbatda kalsiy gidrosulfatalyuminatlar, keyin gidroalyuminatlar, Ca(OH)
2
bo‗linadi, mustahkamlik, cho‘kish deformatsiyallari o‗zgaradi. Hamma 
minerallarni issiklik ishlovi yangi mahsulotlarni suvsizlanishi, massasini kamayish 
bilan o‘tadi. Ayniksa 250-300
o
C va undan yuqori haroratda. Shuning uchun 
portlandsement asosida tayyorlangan betonlarni 250-300
o
C dan yuqorida 
ishlatilishi tavsiya etilmaydi. 
Xozirgi davrida to‗yilgan xrom, magnezit, va boshqa minerallar qo‗shib 
portlandsementtosh issiqqa chidamligini oshirib boryapti. Bu qo‗shimchalar yuqori 
haroratda Ca(OH)
2
ni bog‗laydi va mustaxkam muayyan ikki tuzilish hosil 
bo‗lishiga yordam beradi. 
 


31 
2.Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash. 
Portlandsementni ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
a)Xom — ashyoviy moddalarni konlardan qazib olish va zavodga tashib 
keltirish; 
b)Xom — ashyoviy aralashmani tayyorlash; 
v)Pishirish uchun xom — ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker hosil 
qilish; 
g)Klinkerga gips yoki aktiv mineral qushimchalar qo‗shib tuyish va 
portlandsement hosil qilish; 
d)Tayyor mahsulotni omborlarga (siloslarga) joylash, saqlash. 
Barcha texnologik jaraynlar lozim bo‘lgan tarkibli va sifatli klinker olishni 
ta‘minlashga qaratilgan. Xom — ashyoviy aralashmani tayyorlash belgilangan 
nisbatdagi komponentlarni maydalab tuyish va aralashtirishda shundan iboratki, bu 
komponentlar o‗rtasida yuz beradigan reaksiyalarni to‗lig‗ini amalga oshishini va 
klinkerning bir jinsli bo‗lishini ta‘minlaydi. Xom — ashyoviy aralashma quruq
xo‗l va chatishtirilgan usulla bilan chala quruq qilib tayyorlanadi. 
Eng keng tarqalgan xo‗l usul xom —ashyoviy moddalarni tuyish va ularni 
gomogenlashning soddaligi bilan diqqatni jalb etadi. Bundan tashkari, bu usulda 
xizmatchi xodimlarning ishlashlari uchun eng yaxshi sanitar — gigienik sharoitlar 
yaratiladi. Biroq bu usul katta quvvat sarfini talab qiladi. Quruq usul xo‗l usulga 
nisbatan katta quvvat sarfini talab qilmaydi va nisbatan katta ustunlikka ega — 
kuydirishda issiqlik sarfi 40% gacha kamayadi. Texnologiyasining murakkabligi 
hamda ko‗p texnologik asbob —uskunalar talab qilinishi bu usulning kamchiligi 
hisoblanadi. 
Biroq texnik — iqtisodiy ko‗rsatkichlar majmuasiga ko‗ra klinker ishlab 
chiqarishning quruq usuli xo‗l usulga nisbatan tejamliroqdir. Shu sababli 
mamlakatimizda bu usul ancha keng qo‗llaniladi. 


32 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin