Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/28
tarix12.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#96546
növüДиплом
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Ishqorlarni yuvilish yemirilishi: - Ohak – ya‘ni CaOH2 erish natijasida beton 
yuzasida oq dog‗lar paydo bo‗ladi. Uning miqdori sement toshda 1-3 oydan 
qotishidan keyin – 10-15% tashkil etadi. Gidrosilikat va gidroalyuminatlarni 
eruvchanligi ancha past. Shuning uchun sementtoshiga suv ta‘sir etganda birinchi 
navbatda Ca(OH)
2
suvda eriydi, natijada uning zichligi, mustaxkamligi, ichki 
tuzilishi buziladi. Ikkinchi navbatda 3CaO2SiO
2
·3H2O bo‘linadi va undan 
Ca(OH)
2
ajraladi. CaO ni suvdagi konsentratsiyasi 0,56 g/l dan kam bo‗lganda 
alyuminat fazalar bo‗lina boshlaydi. Undan keyin Ca gidroferritlar va CaO ni 
konsentratsiyasi 0,06-0,08 g/l bo‘lganda CSH (1) ko‘rinishdagi gidromahsulotlar 
bo‗linadi V.M. Moskvin bo‗yicha sement qorshmasidan CaO ni 15-30% yuvilishi 
mustahkamlikni 40-50% kamaytiradi. Yumshoq suvda Ca(HCO
3
), Mg(HCO
3
)
2
bo‗lsa unda uning eruvchanligi kamayadi, suvdagi NaCl, Ca(OH)2 ning 
eruvchanligini oshiradi. Suvdagi CaCO
3
miqdori betonni zichligini va yemirilishga 
chidamligini oshiradi. 
Kislotali yemirilish – bu yemirilish har xil organik va noorgank kislotalar 
ta‘sirida yuzaga keladi, bunda vodorod ionlarining qiymati muxitda (PH=7) teng
bo‗ladi, hosil bo‗lgan mahsulotlar suvda erib betondan yuvilib ketadi, qolganlari 
esa yumshoq massa holida qoladi. Bu faktorlarning hammasi mustahkamlikni 
pasaytirishga olib keladi. Azot va uksus kislotlar sementoshiga ta‘sir etganda 
kalsiyli tuz va bog‗lanmagan amorf massalar hosil bo‘ladi: Si·O
2
·Ag, Fe(OH)
3
masalan xlor kislotasini ta‘siri quyidagi formula orqali o‗tadi: 
3CaO·2SiO
2
·3H
2
O+mHCl – 3CaCl2+2SiO
2
·Ag + nH
2
O hosil bo‗lgan 
mahsulotlar suvda eruvchan bo‗lib betondan chiqib ketadi, eriymaydiganlari esa 
yumshok massa ko‘rinishida qoladi. Bu xodisalar betonni mustaxkamligini 
kamayatiradi va buzadi. 
Kislotlarni normal zich betonga pH≤6,5, nixoyatda zich betonga pH ≤4,9-4da 
salbiy ta‘siri boshlanadi. Kuchli bo‗lgan kislotlardan betonni saqlash juda qiyin


28 
shuning uchun agressiv kislotali muxitlar uchun maxsus sementlar ishlatiladi 
(kislotaga chidamli sement). 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin