Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети


Xom ashyo materiallarini pishirish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/28
tarix12.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#96546
növüДиплом
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Xom ashyo materiallarini pishirish 
Tashkilotlarda aylanma pechlardan chiqib ketayotgan gazlarni portlashga 
xavfliligi 
doimo 
nazorat 
qilib 
turilishi 
lozim. 
Nazoratni 
avtomatik 
gazoanalizatorlarda amalga oshirish kerak.Klinkerni kuydirish texnologik jarayoni 
uchun yokilg‘ini bir turi ko‘mir (yonuvchi slaneslar), gaz yoki mazut ishlatilishi 
kerak.Pechning kattaligi 5 x 185 m bo‘lganida va «GMU-120» qurilma bilan 
jihozlanganida, gaz va mazut bilan ishlashda pechning quyidagi xavfsizlik 
choralariga rioya qilgan holda yoqishga ruxsat etiladi:pechni yoqish va 1000°S 
gacha qizdirish faqat bir tur yoqilg‘i gaz bilan amalga oshirilganda (haroratni 
nazorat qilish optik pirometr bilan amalga oshiriladi);mazutni dastlabki berilishi 
uni eng yuqori xarajat miqdorining 30% mikdorida bo‘lganda;mazutni gaz 
holatidagi yoqilg‘i aralashmasidagi eng yuqori miqdori 50% dan oshmaganida. 


66 
Chiqib ketayotgan gazlarning mo‘risini tozalanishi mexanizatsiya- lashgan 
bo‘lishi lozim. 
Barcha qo‘llanilayotgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega 
materiallar ta‘siri hakida ularning nomlanishi, tarkibi, xavflilik (zaxarlilik) darajasi, 
qo‘llanish sohasi, ularni qo‘llashda himoyalanish choralari to‘g‘risida ma‘lumot 
bo‘lishi lozim. Ma‘lumotlarga ega bo‘lmagan materiallarni ishlatish taqiqlanadi. 
Ishlab chikarish asbob-uskunalariga kuyiladigan xavfsizlik talablari 
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini montaj qilish, foydalanish va ta‘mirlash 
paytida ishlarning xavfsizligini ta‘minlashi, yong‘in va portlash xavfidan holi 
bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan 
sanitariya me‘yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh 
radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida 
xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim. 
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi qismlari GOST 
12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish 
tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, 
o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon 
bermaydigan xolatda tayyorlangan bo‘lishi lozim. 
Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga 
xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta‘mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m 
va undan baland joylashgan to‘siklari va zinalari bor maydonlar bilan ta‘minlangan 
bo‘lishi kerak. 
Asbob-uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan anik 
yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.Ishlab chiqarish asbob-uskunalari 
tarkibiga kiruvchi himoya vositalari quyidagilar bilan ta‘minlanishi lozim: 
O‘chirib ko‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunasining ishlashi 
cheklab qo‘yilishi;xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan 
holatlarda ishlab ketishi;faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta‘siri 


67 
tugagandan 
so‘nggina 
himoya 
vazifasi tugatilishi ta‘minlanishi;himoya 
vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni 
yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalari bilan himoyalash vazifasi 
ta‘minlanishi;xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda 
o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat 
qiluvchi qurilmalar bilan ta‘minlanishi.Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar o‘tkir 
uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek 
to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi 
lozim.Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj 
qilish, xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta‘minlashi kerak. 
Klinker, sement va xomashyo aralashmasini saqlash sirimlari (siloslar, 
bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk bo‘shatish paytida chang 
tutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Chang tutish moslamalari 
ishga yaroqsiz bo‘lganda siloslarni ishlatish man etiladi. 
Sirimlarning tepasi perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi va to‘siqlar GOST 
12.4.059-87 «qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar» talablari 
bo‘yicha bajarilishi kerak. 
Sirimlar galereyasidagi oynaning romlarini ochik holatda ushlab turish uchun 
moslamalar bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim. Oyna romini ochish galereya 
polidan turib amalga oshirilishi kerak.Sirimlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish 
uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 «qurilish. Inventar 
himoyalovchi to‘siklar. Texnik shartlar» talablariga muvofik bo‘lishi lozim. 
Sirim ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari qo‘rilishi kerak: 
sirimga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tikin jumraklari yopilishi va 
GOST 12.4.026-76 buyicha «Tikin jumraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!» 
yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi lozim.sirimga tushayotganlar 
ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki 
borlovchi (signal, arkon, gaplashish manbai, radioaloka) vositalari bilan 
ta‘minlanishi lozim.Kajavalar utirgich, oyok uchun tirgovich, tusik va asbob 
saklash va kotirish anjomlari bilan jixozlangan (chuntaklar, xomutlar va boshkalar) 


68 
bulishi lozim.Kajava tusirining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, qo‘shimcha 
to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi lozim, lyulkani osib qo‘yish vositalari uning 
to‘nkarilishini bartaraf qilishi lozim. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin