Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


TALABANING BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA BAHOLASH MEZONLARI



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə11/13
tarix16.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Malakaviy amaliyot 4-kurs sirtqi(2-OLIY TA\'LIM)

TALABANING BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA BAHOLASH MEZONLARI:

Baho

Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi

5 (a’lo)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzularning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;

4 (yaxshi)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;

3 (qoniqarli)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;

2 (qoniqarsiz)

talaba dasturda belgilangan mavzularni o‘zlashtirmagan, mohiyatini tushunmaydi hamda mavzu masalalari bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.

Bitiruv oldi amaliyot davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o‘tkazilmaydi, 4-kursda qoldiriladi va kelasi o‘quv yili talaba amaliyotni qayta o‘taydi.


Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisoboti himoyasining baholanishidan norozi talabalarnatijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir kun davomida fakultet dekaniga yozma ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Bunday hollarda kafedra mudirining taqdimnomasiga ko‘ra fakultet farmoyishi bilan uch nafar a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tuziladi.Ushbu komissiya ishtirokida bitiruv oldi amaliyoti hisoboti himoyasi qayta tashkil etiladi.
Talabaning bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisoboti himoyasining natijalaridan olgan ballari himoya yakunida reyting qaydnomasi va daftarchasiga qayd etiladi.
Bitiruv oldi amaliyoti hisoboti o‘rnatlgan tartibda kafedrada saqlanadi.
1-ilova




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin