Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org
Maydonni qurilishga tayyrlash va uni jihozlash Maydonni qurilishga tayyrlash va uni jihozlashga kiradi:
•
vaqtinchalik yo’l va qurilish maydoniga keluvchi yo’lkalarni qurish;
•
vaqtinchalik kommunikatsiyalarni ytqizish;
•
qurilish mashinalari turar joyi uchun maydoncha qurish;
•
qurilish maydonini to’sish;
•
vaqtinchalik maishiy-xizmat xonalarini tayyrlash.
Qurilish maydonini muhandislik ta’minoti vaqtinchalik yo’llar qurilishini
nazarda to’tadi. Qurilish maydoniga yuk olib kelish va undan olib ketish uchun
maksimal darajada mavjud yo’l tarmoqlaridan foydalanishni va faqat zarurat
bo’lgandagina vaqtinchalik yo’llar, ularni ham ikki tomonlama harakat qiladigan, bir
tomonlamasi esa aylanma harakat tashkil qilinganda qurilishi nazarda tutiladi. Yo’lni
yurar qismini kengligi transportni ikki tomonlama harakatda 6 m, bir tomonlamada –
3.5 m, obochina kengligi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak. Qoplamasiz yo’llarda yo’l
cheti (obochina) nazarda to’tilmaydi.
Qurilish maydonidagi yo’llarning minimalg’ radiusi 15 m, eng katta nishablik –
0.08% gacha ruxsat etiladi. Yo’llarni qazilmalarda qurganda suv oqishini tahminlash
uchun nishabligi 0.003% dan kam bo’lmagan ariq (kyuvet)lar bo’lishi kerak.
Tayyrlov davrida vaqtinchalik kommunikatsiyalar tarmog’i ytqiziladi. Unga
vaqtinchalik suv tahminot liniyasi, yng’inga qarshi suv quvurlari bilan birgalikda,
issiqlik ta’minoti, hamma yrdamchi xonalarga va binolarga, elektromexanizmlar
o’rnatilgan joylarga, elektroenergiya o’tkazish elektrota’minoti kiradi. Ish yurituvchi
(prorab) xonasi telefon va dispetchrlik aloqasi bilan tahminlangan bo’lishi kerak.
Magistral kanalizatsiya tarmog’iga o’lanish imkoni bo’lmasa septiklar (er osti
tindirgichlari) o’rnatiladi.
Erqazuvchi va boshka mashinalar, avtomobillar uchun to’rar joyi va tahmirlash
uchun maydonlar jihozlanib, ular albatta to’silib kerakli nishon va yzuvlar bilan
belgilanadi.
Qurilish maydoni vaqtinchalik binolar bilan jihozlanadi: yechinish-kiyinish
xonalari, oshxona, dush xonalari, ish yurituvchi kontorasi, sanuzellar, qurilish
materiallari asboblarini asrash omborlari, ayvonlar va boshqalar. Vaqtinchalik binolar
uchun ajratilgan maydon yer usti suvlari oqishini tahminlash uchun oldindan
tekislanadi. Bu vaqtinchalik binolarga bo’zilishi kerak bo’lgan lekin asosiy qurilishga
halaqit bermaydigan binolarni bir qismidan foydalanish, shuningdek vagon, blok va
konteyner tipidagi inventarg’ binolardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.