O`qitish prinsipi nima? “Prinsip” lotincha so`z bo`lib, asos, qoida, talab singari ma`nolarni ifodalaydi. “O`qitish prinsipi” deganda dars samaradorligini ta`minlash, qoidalar tushuniladi. O`qituvchi ta`lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talablardan kelib chiqadi va ular o`rtasidagi uzviy bo`gliqlikni ta`minlagan holda amalda tadbiq etish orqali ko`zlangan maqsadga erishadi. Ta`lim jarayonida darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o`quvchi va o`qituvchi faoliyatiga qo`yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta`lim prinsiplaridir. Mazkur prinsiplar har bir o`quv predmetida o`ziga xos tatbiq etiladi. Ta`limning tarbiyaviyligi prinsipi.
Ta`limning tarbiyaviyligi prinsipi yosh avlodni har tomonlama kamolotga etkazishni nazarda tutadi. Ona tilini o`rganish jarayonida o`quvchilarga milliy g`oya, ona Vatanga sadoqat, tabiatga muhabbat, kishilarga hurmat, ehtirom, yaxshilik, adolatli bo`lish kabi ijobiy xususiyatlar singdiriladi. Ona tili darslarida yoshlarni tarbiyalash yo`llari ko`p:
har bir mavzu va bo`limning ta`limiy imkoniyatlarini to`la ishga solish;
tanlangan matnlarning o`rganilayotgan til hodisasiga va sharqona
darslikda berilayotgan ma`rifiy matnlar ham tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo`lishini ta`minlash shular jumlasidandir. Ona tilini o`qitishda ta`lim, tarbiya va rivojlantirishning uyg`unligi prinsipi. Maktabda o`quvchilar ona tilining fonetikasi, leksikasi va garammatikasi yuzasidan o`ta zarur bol`gan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffo`zi, yozma nutqda tinish belgilarni to`gri ishlatish yuzasidan zarur ko`nikma va malakalar bilan taminlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg`ulotlari o`quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir.