Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari


O`quvchilarni yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv



Yüklə 9,16 Mb.
səhifə6/9
tarix24.07.2023
ölçüsü9,16 Mb.
#137303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari

O`quvchilarni yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv
imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning
yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv imkoniyatlarini hisobga olish didaktikaning eng muhim prinsilaridan biri bo`lib, u ona tili o`qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o`zlashtirishga erishib bo`lmaydi. Masalan: “Ko`chirma va o`zlashtirma gap” mavzusini o`rganishda quyidagi tarbiyaviy mantdan foydalansa bo`ladi.
O`g`ri.
Bir boyning tillasi yuqolibdi. U qoziga borib arz qilibdi. Qozi da`vogarning uyidagi hamma xizmatkorlarni to`plab, har biriga bittadan tayoq beribdi. Qozi da`vogarning uyidagi hamma xizmatkorlarni to`plab,

har bittadan tayoq beribdi. Ularga: “Kimda kim pul o`g`irlagan bo`lsa, uning tayog`i ertaga bir enli uzayib qoladi: -debdi.
Hamma tarqalib o`z ishi bilan mashg`ul bo`libdi. Lekin o`g`ri vahimaga tushibdi:
tayog`i uzayib, siri ochilib qolishdan qo`rqibdi. Natijada u tayog`idan bir enlikcha yerini qirqib tashlabdi.
Topshiriq. 1. Matnni tugating. Boshqa sarlavha toping.

  1. 1-2 gaplar shaklini o`zgartiring.

  2. Qozi aytgan gapning mazmuniga e`tibor bering. Uni o`z

so`zingiz bilan ayting.

  1. Tilla, pul, qozi so`zlariga ma`nodoshlar toping.

Masalan: “Gapning uyushiq bo`laklari” mavzusini o`rganishda Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asaridan keltirilgan matndan foydalanish mumkin. “Men turklar, turkmanlar, ug`izlar, chigillar, yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib chiqdim, lug`atlarni to`pladim, turli so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik fikrni ham aniqlash uchun qildim. Ularga shunchalik diqqat qildimki, bu tillar butunlay dilimga jo bo`ldi. Ularni har tomonlama puxta, bir asosda tartibga soldim”.
Topshiriq. 1. Matnni diqqat bilan o`qing va sarlavha toping.

  1. Men bu ishlarni mazkur tillardagi har bir kichik farqlarni ham

aniqlash uchun qildim”,- degan gapning mazmuniga diqqat qiling.

  1. Gap shakllarini o`zgartirib, o`z so`zingiz bilan ayting.

Ona tili darsligi uchun tanlangan mantlar ta`limiy va tarbiyaviy yo`nalishda, rangbarang mavzularda, shaklan va mazmunan mukammal, mantiqan to`g`ri, tili soda va ravon, o`qituvchi uchun tushunarli bo`lishi maqsadga muvoviqdir. Ana shundagina matn, matn yaratish tizimi va matn tahlili o`quvchi uchun zarur bo`lgan natijani beradi – kommunikativ savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Metodikada ilmiylik prinsipi – o`quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishi talab etsa, tushunarlilik prinsipi o`quv predmetlarini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni, ya`ni oddiydan murakkabga, xususiydan umumiyga borishni taqozo qiladi.
Ona tili o`qitish metodikasida ilmiylik va tushunarlilik prinsiplariga bir- birini to`ldiradigan va dars samaradorligini ta`minlaydigan yagona prinsip sifatida qaraladi. Bu ikki prinsipni parallel ravishda amalga oshirishda.


  • til fanidagi tushuncha va atamalarning ma`nosini sharhlash,

atroflicha, atroflicha tahlil qilish, puxta o`zlashtirishni ta`minlash;

  • til sathlarini o`zaro aloqadorlikka o`rganish;

  • til va nutqni farqlab o`rganish usul va vositalarini topish va amaliyotda

qo`llash.

  • o`quvchilarning yosh imkoniyatlarini, zehni, iqtidorlarini hisobga olish,

mustaqil ijodiy fikrlash, uning mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma tarzda to`g`ri, sodda, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirilgan lingvopsixologik o`yin-topshiriqlardan foydalanish ko`zda tutiladi.
Masalan: kecha va kunduz so`zlarining uxshash va farqli tomonlarini aniqlang va sharhlang.

  1. Uxshashlik: berilgan kucha va kecha so`zlar:

  • harflar sonining tengligi;

  • bir xil undosh bilan boshlanishi;

  • talaffuz ohangidagi yaqinlik;

  • oxirgi bug`unning – cha bilan tugallanishiga ko`ra bir-biriga yaqin

talaffuz qilinadi.

  1. Farqi: birinchi bug`undagi ikki xilligi;

  • lug`aviy ma`nosi; kecha-tun, oqshom; kucha-aholi yashaydigan joylarda yulovchilar o`tib turadigan, transport qatnaydigan yo`l.


Yüklə 9,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin