Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari


Ona tilini o`qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari



Yüklə 9,16 Mb.
səhifə4/9
tarix24.07.2023
ölçüsü9,16 Mb.
#137303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari

Ona tilini o`qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari. Didaktik
adabiyotlarda onglilik deganda o`rganilayotgan mavzuga oid axborot mazmunini asosli egallash, xulosa va umumlashmalarni chuqur va atroflicha fahmlash, mavzu yuzasidan bilimlarni sistemali va to`g`ri bayon qilish, egallangan bilimlarning ishonch va e`tiqodga aylanishi, o`rganilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana olish tushuniladi. Bu prinsip til hodisalarining mohiyatini anglab, tushunish, ongli o`zlashtirishni talab qiladi.
Onglilik prinsipi. Onglilik bilimlarni ongli ozlashtirishga yo`naltirilgan
prinsipdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:

  • ta`limning asosiy maqsadi, hayot uchun zaruriyligini aniglash;

  • daliliy materiallarni ongli egallash va o`zaro farqlay olish;

  • bilimlarni o`rganish, mustahkamlash, takrorlash;

  • egallangan va o`zi erishgan natijalarni baholay bilish xususiyatlarini

tarbiyalaydi.
Demak, ona tilini o`qitish metodikasida onglilik prinsipiga asoslanish ma`no va mazmunni anglab, amaliy vazifalar – so`rash, tinglash, o`qish, yozish kabilarni bajarishda o`zlashtirilgan ko`nikma va malakaga, ijodiy tashabbuskorlikka, mustaqillikni oshirishga imkon beradi.
Ona tili ta`limi ongliligi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

  1. So`z boyligini oshirish va ma`naviy guruhlar ustida ishlash.

  2. Fikr bildirishda mantiqiy izchillikni ta`minlash.

  3. Tilning ifoda imkoniyatlaridan to`g`ri va o`rinli, nutqiy

vaziyatlardan mos ravishda foydalana olish.

  1. Mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini shakllantirish. Ijodiy

tafakkur kurtaklarini rivojlantirish.

  1. Kommunikativ savodxonlik, zamonaviy texnik vositalardan tik

o`rganish jarayonida unumli foydalanishning turli usul va vositalarini bilish.

Lingvopsixologik o`quv topshiriqlari tizimini ona tili ta`limiga joriy etish, o`quvchi ongida mustaqil mushohada yuritish, so`z tanlash va fikr bildirish ehtiyojini hoil qilishga, ko`nikma va malakalarini shakllantirishga, nutqiy faoliyat ko`lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
O`quvchi - ta`lim – o`qituvchi tizimida o`zaro munosabatlar tasnifi quyidagicha: DTS talabiga ko`ra o`quvchi ta`lim jarayonining faol sub`ekti sifatida o`zi izlanishi, til hodisalarini kuzatish, farqlashi, tahlil va tasnif qilishi, xulosalashi lozim. Shunday usullar bilan ishlash orqaligina biz o`quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni shakllantirishimiz, rivojlantirishimiz mumkin. Yangilangan ta`limning mazmuni, mohiyati, tarkibiy shakllanishi asoslarini quyidagicha belgilasa bo`ladi:

  1. Anglash, baholash, amaliy qo`llay olish zarur bo`lgan til

vositalari, imkoniyat va me`yorlarning izchil tizimini dars jarayoniga tatbiq etish.

  1. Nutqiy faoliyatni bosqichma-bosqich shallantirishda og`zaki va

yozma nutq malakalarini hosil qilish va rivojlantirish.
Shundagina o`quvchi fikr bildirishga shoshmaslikka, mustaqil mushohada yuritishga, so`zlashdan oldin har bir so`zni o`ylab ko`rishga, sharoitga mos so`z tanlash va o`z nutqida o`rinli ishlatishga o`rganadi. Unda so`zga mas`ullik hissi paydo bo`ladi, ixcham, ravon va raso so`zlashga odatlanadi.

Yüklə 9,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin