Ona tilini o`qitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi. Ta`limning ilmiyligini va bolalar uchun tushunarli bo`lishi prinsiplari o`zaro bog`langan, bir-birini to`ldiradigan didaktik kategoriyalardir. Ona tilini o`qitishda sistemativiylik va izchillik prinsipi. Ma`lumki, ona tili o`quv predmeti sifatida ma`lum sistemadan iborat. Bu sistema o`zbek tilining fonetik, leksik, grammatik, tomonlarini o`z ichiga oladi. Ana shu til tizimini tashkil qilgan unsurlarning har bir o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lishi bilan bir qatorda, ular bir-biri bilan uzviy va chambarchas bog`langan. Maktabda tilning fonetikasini o`rganmasdan uning grammatikasini o`rganish mumkin emasligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Fonetika va grafikani etarli darajada o`zlashtirgan o`quvchigina leksikani puxta o`zlashtiradi. Leksika puxta o`rganilgach, so`z turkumlarini o`rganish osonlashadi. Shuning uchun til hodisalarini o`zaro uzviy aloqadorlikda o`rganish uning samaradorligini ta`minlovchi asosiy vosita sanaladi. Ta`limda izchillik prinsipi sistemalilik prinsipi bilan uzviy bog`lanan. Kishining kundalik faoliyatida ham, o`quv ishlarida ham mustaqillik muntazamlilik bo`lishi shart. Akademik I.T. Pavlov: “Ishning boshlanishidayoq o`zingizni fan asoslarini izchil egallashga o`rgating. Fanning eng yuksak cho`qqilarini egallashdan oldin uning ibtidosini o`rganing. Oldingilarini
o`zlashtirmasdan turib, keyingilarini o`rganishga utmang”, -deb o`quvchilarga maslahat beradi. Ona tilini oqitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lash prinsipi. Ona tili o`qitishda nazariyani amaliyotga bog`lash daganda o`quvchilardan tildan egallayotgan ilmiy-nazariy bilimlarini amalda qo`llashini ta`minlash, ularni mustaqil turmush uchun zarur bo`lgan amaliy ko`nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amaliyotga bog`lash ona tilini o`qitishni foydali maqsadlarga burish. Urganilayotgan til hodisalarini o`quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga buysundirish, til ta`limini hayot bilan, kundalik turmush bilan, odamlaring mehnat faoliyati bilan bog`lash demakdir.