Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari


Mustaqillik va faollik prinsipi



Yüklə 9,16 Mb.
səhifə5/9
tarix24.07.2023
ölçüsü9,16 Mb.
#137303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari

Mustaqillik va faollik prinsipi.
Mustaqillik va faollik orqaligina o`quvchi ta`limining faol sub`ektiga aylanadi. Mustaqillik faollik uchun sharoit yaratsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo`ladi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o`z yo`liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik”, - deb ta`kidlaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov. Kishining mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatishi mustaqil fikrlashi orqaligina amalga oshirilishi hech kimga sir emas. A.Disterverg aytganidek: “Mustaqil faoliyatga etaklovchi ta`lim haqiqatga, go`zallikka, ezgulikka xizmat qiladi, xarakter va ishonchli tarbiyalaydi”.
Mashg`ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish, qo`yilgan muammo, savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, o`quv jarayonini boshqaradi, yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi. Bu esa:

  • o`zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish ko`nikmalarini

shakllantiradi va o`stiradi;

mustahkamlaydi;


  • bilim, hissiy aniq tasavvur hosil qilish bilan birga ta`rifu-tasniflarning

mohiyatini anglashga, tasavvurni tushuncha darajasida o`zlashtirishga olib boradi.
Ona tili mashg`ulotlarida asosiy e`tibor o`quvhilardagi ijodiy fikr mahsulini mustaqil va izchil bayon etishga, so`z boyligini oshirishga qaratilishi lozim.
O`quvchi har bir mashg`ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so`z boyligini oshirishi, so`zning ma`nosi, urg`usi mohiyatiga qarab o`z nutqida qo`llashi, ravon va tiniq so`zlash malakasini egallashi darkor.
Masalan: 1-topshiriq …il, …ul, …ol so`zlari oldiga bir undosh qo`shib, yangi so`zlar yasang.
Bil, dil, jil, zil, yil, nil, sil…
Bul, gul, kul, pul, tul, shul, kul…
Bol, lol, mol, tol, fol, pol, hol, kol…
2-topshiriq hosil bo`lgan so`zlarning ma`nodosh va uyadoshlarini toping.
Namuna: bil-o`rgan…, bul, shul, ushal, bol-asal.
Ularning ma`nolarini sharhlash orqali o`quvchining nutqiy malakasini shakllantiradi.
3-topshiriq o`quvchilar o`zlari topgan so`zlar ishtirokida so`z birikmalari hosil qiladilar, matn yaratadilar.
Til mashg`ulotlarida bunday o`yin – topshiriqlardan foydalanish yoshlarni mustaqil fikrlashga, darsda faol qatnashishga undaydi. Mustaqillik va faollik prinsiplarini amalda qo`llash ta`lim tizimini takomillashtirishda, o`quvchilarning bilish faoliyatini, mustaqilligini tarbiyalashda yaxshi natija beradi.

Yüklə 9,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin