Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari


Ona tili o`qitishning o`ziga xos prinsiplari



Yüklə 9,16 Mb.
səhifə8/9
tarix24.07.2023
ölçüsü9,16 Mb.
#137303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari

Ona tili o`qitishning o`ziga xos prinsiplari.
Tilshunoslik fanida o`rganiladigan bilimlarning asoslari, ularning o`ziga xos xususiyatlari batafsil bayon etiladi.
Tilda nimani qanday, qancha, o`rganish, o`zlashtiriladigan bilimlar hajmi va mazmuni kabi masalalar bilan metodika fani shug`ullanadi. Demak, til o`qitishning metodik prinsiplari ham tilshunoslik, ham uslubshunoslikning o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra belgilanadi.
Ijodiy tafakkurni rivojlantirish
Ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish mustaqil fikrlash orqali rivojlanadi.

Natijada:

  • o`quvchidagi noma`lum bo`lgan til hodisalarini bilish jarayoni

faollashadi;

  • egallangan bilimlarning puxtaligi va qiziqarliligi ta`minlanadi.

  • Til materillarini qilishga qiziqish ortadi.

Demak, tafakkurni o`stirish til mashg`ulotlarida til hodisalarini kuzatish, takrorlash, tasnif qilish, umumlashtirish, uxlash vositalardan eng qulayini to`g`ri tanlay olish ko`nikmalarini shakllantirish asosida yuzaga keladi.
Til ta`limi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri nutq madaniyatini rivojlantirishdir. Nutqning ifodaliligi va ta`sirchanligini (so`z urg`usi va mantiqiy u`rg`u, pauza va ovoz tembri, nutq sur`ati, tovush, bug`un, so`z, gaplarni ravon aytish, gap mazmuniga ko`ra darak, so`roq, buyruq, undov ohangi bilan ayta olish) ta`minlashda ko`nikma va malakalar ham ona tili mashg`ulotlarida shakllanadi.
Tilning barcha bo`limlari ham nutqiy rivojlantirishda keng imkoniyatga ega.
Masalan: “Fonetika” ni o`rganishda so`zdagi ma`lum bir tovushni uzgartirib, tovushdosh, so`zlar hosil qilish, shuningdek, o`zakdosh, qo`shimchadan qofiyadosh, ohangdosh so`zlar yasash, ularning lug`aviy ma`nolari hamda ma`no guruhlari ustida ishlash o`quvchi so`z boyligini oshiradi, nutqiy malakalarini shakllantiradi.
1-topshiriq. Berilgan so`zni zinapoya shaklida kengaytirib, yangi so`zlar yasang. Har bir so`z oldingisidan bir tovush bilan farqlansin.



O L
O L A
O L A M
O L I M A
O L I N M A



1.2. Hosil qilingan so`z ma`nosini sharhlang.
1.3. Ulardan so`z birikmalari hosil qiling.
1.4. Mazkur birikmalar ishtirokida gap tuzing.
Leksikologiya” ni o`rganishda so`zning o`z va ko`chma ma`nosini farqlash, ko`p ma`noli, ma`nodosh, uyadosh, shakldosh so`zlar ustida ishlash so`z boyligini oshirish va boyitishga xizmat qiladi. Yosh avlod qalbida o`z ona tili bilan faxrlanish, unga muhabbat hissini tarbiyalaydi.

1-topshiriq quyida berilgan gaplarni o`qing. Bosh so`zi qaysi ma`noda
ekanligini aniqlang.

  1. Oybekning boshi og`ridi. 2. Oybekning boshi yaxshi ishlaydi. 3. Urushda qancha bahodirlarning boshi ketdi. 4. Fermerga o`n bosh qora mol berildi.

2-topshiriq. Gaplarni o`qing. Qaysi so`z o`z ma`nosida, qaysisi ko`chma ma`noda ishlatilganini ayting.

  1. Navoiy asarlarini o`qiyman – Navoiyni o`qiyman.

  2. A.Oripov she`rlaridan yod oldim – A.Oripovdan yod oldim.

  3. Samovarda suv qaynaydi. – Samovar ………..

Ona tili darslarida lingvopsixologik topshiriqlar ustida ishlash aqliy faoliyatni rivojlantiradi, o`quvchilarda diqqat, xotira, tafakkur kabi intellectual qobiliyatlarni o`stiradi, mustaqil va ijodiy izlanishga urgatadi.




Yüklə 9,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin