O‘quv adabiyoti h. K. Shodiyev, S. R. Ahmedov teri va tanosil kasalliklari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə10/17
tarix12.03.2017
ölçüsü0,92 Mb.
#10948
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

4. Uyga vazifa:

— asl polimorfizmning soxta polimorfizmdan farqini tushuntiring.

— toksidermiya qanday ma’lumotlar asosida allergik dermatitlardan farqlanadi?

gush jarayoni bosqichlarini sanab bering.

— allergodermatozlarni max.alliy davolashni bosqichmabosqich so‘zlab bering.

bolalar qichimasi bilan eshakemning farqini ayting.


ADABIYOTLAR
YU. K. Skripkin. Kojnne i venericheskiye bolezni. M. 1979,. 299—322, 333—349 betlar.

Aplergicheskiye bolezni u detey. M. YA. Studenikin taxriri ostida. M., 1986, 170— 179betlar.

Lecheniye kojnnx bolezney. A. M. Mashkilleyson tahriri ostida. M. 1990, 262— 294betlar.

YU. K. Skripkin va boshqalar. Rukovodstvo po detskoy dermatovenerologii. L. 1983, 225—255betlar.
5. Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi:


Ishning nomi

Ishning mazmuni 1

Ishning maqsadi

1.Allergik kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar bilaye ish olib borish;

kasallik tarixini

yozksh; allergik sinov natijalarpni o‘kish;

allergik toshmalarni aniqlaga; toshmalarga tibbiy


tibbiy hujjatllrnV’

to‘lgazishni o‘rganish; sensibilizatsiyaga sabab bo‘lgan allergenlarni aniqlash; dastlabki tashxis

qo‘yishni o‘rganpsh;





2. Kasallik tarixi o‘rganilgan bemorlarni guruh bilan muhokama

qilish.


ishlov berish.

kasallik tarnxiyap a)

so‘zlab berish;

toshmalarni ko‘rsatish va birbiridan

farklash;

ikkilamchi toshmalar

asosida kasallikiing

kechishini o‘rganish..



olgan bilimlarini

to‘g‘riligini tekshirish va isbotlash;

klinik tashxis qo‘yishni o‘rganish.























10MASHG‘ULOT
1. Mashgulot mavzusi. Terining zamburug‘li kasalliklari (Dermatomikozlar).

2. Mavzuning qisqacha mazmuni.

Terining zamburugli kasalliklari. Patogen zamburug‘lar tomonidan paydo bo‘ladigan teri kasalliklari dermatomikozlar deb ataladi. Dermatomikozlarning shakllanishi zamburuglarning kasallik qo‘zgatish darajasiga va makroorganizmning immunobiologik xususiyatlariga bog‘liq, ya’ni terishshg zamburug‘lardan zararlanishi odamning yoshiga, jinsiga va endokrin bezlarning holatiga bogliq. Bunda epidermis va derma qavatining •so‘rilish xususiyatining kuchayishi, ko‘p terlash, terining o‘ziga xos kimyoviy tarkibi muxim rol o‘ynaydi. Ayniqsa maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda soch va eppdermis" hujayralari tarkibida keratinning yetishmasligi, teri suvyog himoya qavati rN ining kam ishqorli yoki mo‘tadil davrga o‘tishi zamburug‘larning aktivlashishiga va virulentlik darajasining kuchayishiga olib keladi. Shu sababli surunkali va yuqumli kasalliklar natijasida zaiflashgap go‘daklarda dermatomikozlar tez rnvojlanadi.

Teri zamburugli kasalliklarining yagona klassifikatsiyasi (tasnifi) yo‘vdir. Hozirgi davrda Markaziy dermatologiya va venerologiya ilmiytadqiqot instituti xodimlari tomonidan taklif qilingan klassifikatsiya keng qo‘llanilmoqda. Bunga binoan dermatomikozlar. 4 guruhga bo‘linadi:

1. Keratomikozlar — bu turdagi zamburuglar asosan epidermisning muguz qavatini zararlaydi. Mazkur guruhga kepaksimon temiratki va tugunli trixosporiya kiradi.

2. Dermatofitiyalar bularga epidermofitiya, rubromikoz, trixofitiya, mikrosporiya va kal (favus) kiradi. Odam terisini zararlaydigan patogen zamburug‘lar dermatofitlar deb ataladi. Bu guruhga kiradigan zamburug‘lar teri po‘stini, asl terini va teri ortiqlarini (soch va tirnoqlarni) zararlaydi.

3. Kandidozlar — achitqi zambururlar (Candida albicans) qo‘zg‘atadigan kasalliklar. Ular teri va shillid qavatlarni, shuningdek ichki a’zolarni zararlaydi. Bu gURUHga yuzaki kandidoz, surunkali tarqalgan kandidoz, ichki a’zolarning sistemali kandidozi kiradi.

4. Chuqur mjkozlar — bular teri va shilliq qavatlardan tashqari ichki a’zolarda chuqur yiringli va nekrotik o‘zgarishlar iaydo qiladi. Bunga blastomikoz, gistoplazmoz, xromomikoz, aktvnomikoz, koksidpoa kiradi.

Kepaksimon yoki rangbarang temiratki, me’da. Kasallikning ko‘zg‘atuvchisi Phtyrosporum orbiculare dir. Mikozning bu turida faqat epidermisning shox qavati zararlanadi, shuning uchun yalliglanish belgilari kuzatilmaydi. Terida yalliglanmagan jigar rangli doglar paydo bo‘lib, ularning rangi to‘q, och, qizgish va kul rang tus olishi mumkin. «Rangbarang temiratki» nomi ana shundan kelib chivdan. Dog‘larning ustki yuzasi odatda kepaksimon qipiqlar bilan qoplangan bo‘ladi. Shusababli kepaksimon temiratki deyiladi. Toshmalar ko‘krak, bo‘yin, yelkaning yuqori qismi va kuraklar o‘rtasida joylashadi. Me’daning kelib chiqishiga ko‘p terlash va sun’iy matolardan tikilgan kiyimlar kiyshp sabab bo‘ladi. Kasallik oylab va yillab davom etadi. Bahor va kuz fasllari paydo bo‘lib, qishning sovugida va yozning jaziramasida yo‘qolib ketadi. Oftobda toblangan yoki mahalliy davo olgan bemorlarda qipiqlar kuzatilmaydi va doglarning rangi oqarib depigmentatsiya paydo bo‘ladi (soxta leykoderma). Bu xol pes (vitiligo) kasalligini eslatadi. Biroq yod bilan sinash usuli (Balser sinovi) me’dani pesdan ajratishda yordam beradi, ya’ni govaklashgan shox qavat xujayralari yodning spirtli eritmasi surtilganda bo‘yoqlarni o‘ziga ko‘p qabul qiladi, shu sababli zararlangan teri sohalarida to‘q doglar paydo bo‘ladi. Davolangan qipidli temiratki zaxm leykodermasiga ham o‘xshab ketadi» Biroq «tirnoq bilan urish» sinamasining (Benye belgisi) musbat natijasi zararlangan joyda yashirin qipiqlanish jarayoni ketayotganligini ko‘rsatadi.

Me’dani davolayotganda zamburug‘larga qarshi dorilar qo‘llaniladi: 2 — 5% salitsil kislotanyng s^irtli eritmasi, 10—^20% oltingugurt malhami, nitrofungin, An"Driasyan suyuqligi va bopgqalar. Fungitsid eritmalar bjlan fungitsid malhamlarni navbatmanavbat qo‘llash yaxshi samaralar beradi.

Epidermofitiya. Kasallik balog‘atga yetish davrida, ekkrin va apokrin ter bezlari faoliyatining oshishi yytijasida rivojlanadi. Shuningdek Eptidermophyton floccosum, Epidermophyton Interdigitale zamburug‘larinpng virulentligi issiq va nam muhitda kuchayadi. Shuning uchun epidermofitiya issiq o‘lkalarda yilning jdyq fasllarida ko‘p kuzatiladi. Katta burmalarning"epidermofitvyasi, chov epidermofitiyasi va oyos kaftining epidermofitiyasi farq qilinadi. Eng diqdatga sazovori oyos kafti epidermofitiyasi (Epidermophytia pedum) dir. Bu kasallsh; asosan oyot; kaftida, kaftning gumbazida va barmodlar orasida kuzatiladi. Kasallik bemorlardan soglom kishilarga hammomlarda va suv havzalarida cho‘milganda yuqadi. Shuningdek boshqa odamning oyoq kiyimi, paypok va paytavalaridan foydalanilganda o‘tadi. Uning uch klinik turi mavjud:

a) ko‘chib tushadigan (po‘st tashlaydigan) skvamoz turi. . Bunda oyok kafti va barmoklar orasidagi teri kattakatta palaxsalar gaakldaa ko‘chib tusha boshlaydi, ba’zan yoriqlar paydo bo‘ladi. Sichishish bezovta qiladi; b) oyok barmoqlari orasida joylagaadigan turp (intrtriginoz). Bunda barmoqlar orasidagi burmalar yupkalashadi, kizaradi, yoriladp va qichiydi. Teri po‘stinipg ko‘chishi natijasida shilinish (erosio) o‘choqlari paydo bo‘ladi, achishadi. Bu hol uchinchi va to‘rtinchi barmoq burmalari terisida yakkol kuzatiladi. So‘ngra kasallik jarayoni oyoqnyang kaftiga tarkaladi. Okibatda bemorlar yurganida ogriq paydo bo‘ladi; v) suvchiraydigan (disgidrotik) turi. Epidermofitiyaning mazkur turida qalin pardaln pufakchalar kuzatiladi. Ular oyoq kaftining gumbazida va tovon sohasida joylashib, ba’zan guruhlansa, ba’zida tarkoq holda bo‘ladi. So‘ngra pufakchalar quriydi, vatsaloq hosil bo‘ladi. Ular ko‘chib tushishi natijasida shilinish o‘choqlari kuzatiladi. Birbirpga tezda ko‘gailib ketadigan eroziyalar ma’lum sohani egallab namlangai (suvchiragan) maydoncha hosil qiladp. Okibatda yalliglangan sohadagi maddayaar so‘rshgab jarayon to‘xtay boshlaydi.

Oyoq kafti epidermofitiyasida qo‘l kafti va barmoqlari sohasida ham pufakchali, dogli toshmalar kuzatiladi. Bu hol zamburug‘li sensibilizatsiya oqibatida shakllanadi va epidermofitidlar deb yuritiladi. Shuning uchun barmoqlarida paydo bo‘lgan toshmalariga shikoyat kiladigan bemorlarning barchasini oyoq kaftini tekshiruvdan o‘tkazish lozim.

Oyoq kafti epidermofitiyasini davolashda fungitsid dorilar ishlatiladi. Uning suvchirab turadigan va barmoqlar orasida joylashgan turlarida dastlab pufakchalar ochilib yallig‘lanish suyuqligi chiqariladi. So‘ngra shilinish o‘choqlarrtga fungitsid zritmalar (Kastellanj suyuqligi, 2—3% yod eritmasi) bilan ishlov beriladi. Suvchiragan maydon rivanol, kumush nitrat eritmasi kabi bakteritsid eritmalar bilan namlanadi. Epidermofitiyaning ko‘chib tushadigan turidagi toshmalarda fungitsid malhamlar (mikoseptin, kanestei, oltingugurt va salitsil kislotadan tayyorlangan malxamlar) ko‘proq naf: beradi. Agar zambururli o‘choqlar yiringlagan yoki yiringli kokklardan zararlangan bo‘lsa, oyos kafti kaliy permanganat eritmasi bilan yaxshilab yuviladi, so‘ngra jonsizlangan et, osilib yotgan teri burmachalari qirqib olinadi. Terining qichishadigan, qizarib shishgan sohalariga mikazalon, dermazolon, lorinden S kabi malhamlar surtiladi. Epidermofitiyalar kuzatilgan bemorlarda gistaminga qarshi dorilar va kalsiy preparatlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Trixofitiya. Dermatofitiyalar qatoriga kiradigan mazkur kasallik Trichophyton turiga mansub zamburuglar tomonidan kelib chikadi. Trixofitiyada boshning oochli kismi va silliq teri zarar ko‘radi. Uning kuyidagi klinik xillari ko‘p uchraydi:

1. Silliq terining yuzaki trixofitiyasi — bolalarda ko‘p uchraydi. Terida anid chegaralangan aylana yoki ovalsimon ^izarib shishgan dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu doglarning yuzasi tezda qipiqlanib ko‘chib tusha boshlaydi. Doglar ustida pufakchalar va qatqaloqlar kuzatiladi,. ular halqasimon joylashadi. Halqasimon toshmalar ichida yangi halqalar p«ydo bo‘lishi mumkin.

2. Bosh sochli sismyning yuzaki trixofitiyasi — terida aylana yoki oval o‘chodlar kuzatiladi. Diqqat bilan kuzatilganda o‘choqlardagi sochning sinib tushayotganligi va to‘kilayotganligi ko‘rinadi. Sochlar teri sathidan 2—3 mm yutsorida sinadi. Zararlangan sohadagi teri sal qizargan va shishgan bo‘lishi mumkin. Trixofitiya, o‘smirlar balogatga yetgan davrda o‘zo‘zidan tuzalib ketadi.

3. Bosh sochli qismining surunkali trixofitiyasi — asosan ayollarda kuzatiladi. Ba’zan bolaligida trixofitiyaga chalingan sjz"bolalarda kasallik tuzalmasligi mumkin. Shu sababli trixofitiya bir necha o‘n yillab saqlanadi, bunda uning klinik belgilari juda kam rivojlanganligi sababli diagnoz vaqtida qo‘yilmasligi mumkin. Terida sezilarsezilmas, ma’lum bir shaklga ega bo‘lmagan soch to‘kilgan o‘choqchalar kuzatiladi. Bunda sochninr^yory sathidan singanligi aniqlanadi. Shu sababu^ o‘chotslarda sora nuktalar kuzatiladi. Kasallik: yaay qora nuqtali trixofitiya deyiladi.

4. Silliq terining surunkali trixofitiyasi — teri>da qipiqli yallig‘langan doglar paydo bo‘ladi. Bu dog— lardagi qipiqlar va yallig‘lanish belgilari sust rivojlangan bo‘ladi. Ulariing yuzasida mayda qizil tugunchalar paydo bo‘lib, guruhlanishga moyil bo‘ladi. Toshmali o‘choqlar boldir, dumba, bilak sohalarida ko‘p uchraydi.

5. Soch qismining maddaliyirpnglashtan trixofitiyasi terida yallig‘langan madda to‘planib, o‘smasimon shaklda bo‘ladi. Chegaralangan madda ogriqli va qattiq bo‘lib, uning yuzasida yiringchalar va singan sochlar ko‘rinib turadi. Zamburugli o‘chod astasekin kattalashib >boradi, hajmi tovuqning tuxumidek bo‘lishi mumkin.

So‘ntra ularning yuzasi yiringligemorragik qatqaloqlar bilan qoplanadi. Satsaloqlar ko‘chib /gushganda ularning o‘rnida asalari uyalariga o‘xshash kichik teshikchalar paydo bo‘ladi. Mazkur teshikchalardan yiring tomchilab chiqadi, yiring bilan birga zararlangan soch tolasi ham chiqshdi mumkin.

Mikrosporiya. Ko‘pincha bolalar kasallanadi. Katta «shdagi kishilar orasida juda kam uchraydi, ulardagi mikrosporiya faqat silliq terini zararlaydi, boshning sochli qismi va tirnoqlarda deyarli kuzatilmaydi.

Mikrosporiyani ko‘pincha Microsporum ferrugineum (antropofil) va Microsporum lanosum (zoofil) lar qo‘zgatadi. Bolalarda kuzatiladigan mikrosioriyaiing ikki klinik turi mavjud:

1. Bosh sochli sismi mikros|oriyasi. Kasallik belgilari uni paydo qilgan zamburugshshg turiga bogliq. Agar kasallik zoofil zamburuglar tomonidan yuzaga kelgan bo‘lsa, boshda 1 — 2 ta o‘choq hosil bo‘ladi. Ular aylana yoki oval shaklida bo‘lib zararlangan teri sohasidagi barcha sochlar sinadi. Singanda ham teri sathidan •5—8 mm balandlikda sinadi. Sochlar osonlikcha^yulinadi. Mikrosporiya o‘choqlaridagi teri qalin unsimon qipiqlar bilan qonlanadi. Agar kasallik antropofil zam•buruglardan kelib chiqqan bo‘lsa, mikrosporiyayushg klinik manzarasi yuzaki trixofitiyaga juda o‘xshab kvtadi. Biroq sochlarning yuqoridan sinishi, o‘choqdagi barcha sochlarning zararlanmaganligi va ularning odimtir rangi kasallik aniq tabiatinrg aniqlashda yordam beradi. Ay.niqsa Vud chirosh yordamida qo‘llaniladigan lyuminessent usul juda asqotadi. Bunda zararlangan o‘choqlar yashil yogdulanadi. Diagnoz noaniq paytlarda esa zkib o‘stirish usuli yordam beradi.

2. Silliq terining mikrosporiyasi — kliyaik va mikroskopik jihatdan yuzaki trixofitiyadan farqlab bo‘lmaydi. Faqatgina epidemiologik ma’lumotlar (tekshirilayotgan bemorning mikrosporiya tashxisi aniq so‘yilgan bolalar muassasasidan ekanligi) va bakteriologik •tekshiruvlar (oziq muhitlarda Microsporum ga xos manzaranipg kuzatilishi) diagnostikaga yordam beradi.

Dermatofitiylarni davolash mahalliy va umumiy olib boriladi. Umumiy davo dorilari ichida grizeofulvin keng qo‘llanilmoqda. Grizeofulvin fungistatik ta’sir etadigan antibiotikdir, u tabletka ko‘rinishida 0,125 dan chiqariladi. Dori ovqat yoki baliq yogi bilan ichiladi. Grizeofulvin bilan quyidagicha davolanadi: trixofitiyada har 1 kg tana ogirlitita 15 mg dan, mikrosporiyada esa 22 mg dan buyuriladi. Bu mivdor laboratoriyadan birinchi manfiy javob olgunga dadar qo‘llaniladi. So‘ngra kunora 2 hafta davomida beriladi. Shundan so‘ng haftasiga 2 marta beriladi. Grizeofulvin bilan davolash laboratoriyadan 3 marta manfiy javo5 olinguncha davom etadi. Laboratoriya tekshiruvlari haftasiga o‘tkazib turilishi lozim. Grizeofulvinning qonda vitaminlarni parchalashi, shuningdek allergik reaksiyalar keltirib chitsarishi aniqlangan. Shu sababli mazkur dori bilan davolayotganda turlituman vitaminlar va antigistamin preparatlar buyurish maqsadga muvofivdir.

Mahalliy davo umumiy davo bilan birgalikda olibboriladi. Dastlab zararlangan teri sohalari bakteritsid suyuqliklar bilan tozalanadn, terinint sochli qismi ustarada olinadi. So‘ngr^ 2—5% yodshshg spirtli zritmasi (ertalab) va 10—20% li oltingugurt malhami (kechqurun) surtiladi. Mazkur mahalliy davo usuli. 1 xafta davomida takrorlanadi. Hafta oxirida zamburugli o‘choqlar sovunlab, iliq suvda yuvilib tozalanadi va laboratoriya tekshiruvidap o‘tkaziladi. Ikkinchi hafta davomida yana yod va malham surtish takrorlanadi, so‘ngra laboratoriyada zamburuglar qidiriladi. Ana shu yo‘sinda 3 marta manfii javob olinguncha mahalliy davodavom etaveradi. Shundagina bemor atrofdagilar uchun xavfsiz hisoblanib, shsfoxonadan chikariladi.

Kandidozlar. Bu guruhga mansub mikozlarni achitqisimon zamburuglar turkumiga kiruvchi Candida albicansqo‘zgatadi. Ular sporalar hosil qilmaydi va soxta mitseliylarga ega. Achitqisimon zamburuglar tabiatda keng tarqalgan, meva va sabzavotlar tarkibyda katta miqdorda topiladi. Shuningdek soglom terida va oshqozonichak yo‘lining shillik qavatida ham ko‘p mikdorda bezarar yashaydi. Turli ekzogen va endogen sharoitlar mavjud, bo‘lgandagina bu zamburuglar patogenlik xususiyatini namoyon etib, kandidoz kasalligining shakllanishita sabab bo‘ladi.

Kandidozlar rivojlanishida quyidagi ekzogen omillar muhim rol o‘ynaxdi:

1) atrof muhitning namlik daraj^si va harorat. Jamlikning oshishi, haroratning ko‘tarilishi suvlipid mantiyasining o‘zgarishiga, yupqalajishyga olib keladi. 1eu hol teryog qatlami o‘tkazuvchanligini oshirib achitqisimon zamburug‘larning teri bagriga kirishiga sulay sharoitlar yaratib beradi;

2) teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi. Har xil jarohatlar, mexanik ta’sirotlar, tor kiyim kiyish, go‘dak bolalarni ortiqcha o‘rabchirmash va bashqa tashqi omillar teri va shilliq qavatlar butunligyaning buzilishiga, natnjada zamburuglarning qaytaqayta tushib, sensibilizatsnya holati yuzaga keltirishiga sabab bo‘ladi. Teri gigiyenasinig buzilishi (terining ifloslanishi) esa mikotik jarayonni chuqurlashtiradi;

3) oziqlanishning buzilishi, ya’ni bir tomonlama ovqatlanish, ovqat rejimining buzilishi, achitqi zamburug‘lariga boy ovkatlarning haddan tashqari ko‘p iste’mol kilinishi ham achitqisimon zamburug‘larshshg o‘z patogenlik xususiyatini namoyon etishiga sabab bo‘ladi.

Kandidrzlar rivojlanishida endogen omillarning ahamiyati vihoyatda katta:

1) moddalar almashinuvinitsg buzilishi (qand kasalligi, yog bosish, disproteinemiya);

2) qoi kasalligi (kamqonlpk, oyedonlik);

3) neyrozndokrin sistemasi faoliyatishshg buzilishi (ko‘p terlash, YsenkoKo‘shing sindromi, miksedema, tireotoksikoz);

4) gipovitaminozlar (ayniqsa rpboflavin va piri,doksin yetishmasligi);

5) disbakterioz holatlari.

Emadigan go‘dak bolalarda kuzatiladigaya kandidozlar rivojlanishnda qondagi fungistaza aktivligining kamayishi muhim rol o‘ynaydi. IMasKyp ferment achitQi zamburuglari hayot faoliyatini keskin susaytiradi. Shuningdek bolalarda so‘lak ajralish jarayonining yetishmovchiligi, ayniksa so‘lak tarkibidagi lizotsimnnng zamburuglarga qarshi aktivligining pasayishi shilliq qavatlar kandidozining rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Antibiotiklar, glyukokortikoidlar va immunodepressiv preparatlarning keng ko‘lamda so‘llanishi bolalar o‘rtasida kandidozlar ko‘payishiga sabab bo‘layapti, jumladan ichki a’zolar kandidozi ko‘proq uchrayapti.

Kandidozlar asosan ikki guruhga: yuzaki va visseral kandidozlarga bo‘linadi. Shuningdeq bolalarda kuzatiladigan surunkali tarqalgan kandidoz va kandidamikidlar ham farq dilinadi.



Yuzaki kandidozlar. (teri va shilliq kavatlar kandidozi, kandidozli onixiyalar va paronixiyalar) ko‘pincha teri burmalari sohasidan boshlanadi. Bunda dastlab paydo bo‘lgan eritematoz dog‘lar sathida pufakchalar, kulrang tugunchalar, yiringchalar hosil bo‘ladi. Burmalar ikkala yuzasining birbiriga ishqalanishi natijaspda bu ekssudativ toshma elementlari yorilib, ularning o‘rnida eroziya kuzatiladi. Kandidoz eroziyalarpning yuzasi ko‘pincha silliq, yaltiroq, oqimtir parda bilan qoplangan bo‘ladi. Yuzaki kandidozlarning mana shu turi intertriginoz kandpdoz deyiladi. Yalliglanish o‘choqlarining burmalar atrofidagi silliq teri bo‘ylab tarqalishi esa silliq teri kandidozi deb ataladi. Silliq terida kuzatiladigan toshmalar xarakterpga qarab eritematoz va vezikulyoz turlari tafovut etiladi. Eritematoz turida terinivt yalliglangai o‘choqlarida nam eroziyalar, qipshushr va 1;atqaloqlar ko‘proq kuzatiladi.

Kandidomikozlarning vezikulyoz turida esa pardasi shalviragan ko‘p sonli mayda nufakchalar, tugunchalar, kayeallikshshg asosiy belgilari hisoblanadi.

Shilliq kavatlar kapdidozya ya^ngi tugnlgan go‘daklar va ko‘krak yoshidagi go‘dak bolalarga xos. Asosan ogiz shilliq qavatlari ko‘pro; zararlanadi. Bunda tarqalgan eritema ’Til, milk, yumshoq va qattiq tanglay sohalaridags o‘choqli eritemalarning qo‘shilishi natijasida hosil oo‘ladi. Yallig‘langai deyarli barcha sohalar ustini oqimtir kulrang parda qoplab olib, ular juda oson ko‘chadi, pardalar ko‘chirib tashlanganda ular o‘rnida serbar va nam eroziya o‘choqlari ko‘zga tashlanadi. Mazkur o‘choklar og‘rik bilan kechadi, yutinganda, so‘rilganda til harakatini qiyinlashtiradi. Ongz burchaklari kandidozya va kandidozli xeylitlar ham yuzaki kandidozlar guruhiga kiradi. Ular alohida uchrashi mumkin yoki yuyeiz shillyaq pardasp kandidozi bilan birga kechishi mumkin. Bu xastalik lablar yorilishi, qizil hoshiyaning ustki qismini ko‘chib tushishi bilan kechadi. Ogiz burchaklari serozyiringli qatqaloqlar bilan qoplanadi •yoki oqimtir parcha ostida yoriqlar kuzatilishi bilan kechadi. Lablar birbiri bilan jipslashadigan sohada terining yakdol qizarishi kuzatiladi (Kleyn chizigi). Bu joyda nuqtasimon eroziyalar ham hosil bo‘lib, ularjing atrofida ko‘cha boshlagan epiteliydan tashkil topgan hoshiya ko‘rinib turadi.

Jinsiy a’zolarshng achit^isimon zamburuglardan zararlanish hollari ham ko‘p uchrab turadi. Bunga kandidozli vulvovaginit, balanpt va balanopostitlar misol bo‘ladi. Kiz bolalarda kuzatiladigan vulvit va vulvovagiiit siydik yo‘lyaning zararlanishi bilan kechadi. O‘gil bolalarda uchraydigan balanit va balanopostitlar ham aksariyat hollarda uretritlar bilan birga kuzatiladi.

Siz bolalarda qin dahlizi va qin qizaradi, shishadi. Achishish, qichishish, ogriq kabi nohush sezgilar bolalarni bezovta qiladi. Mazkur sohalardagi eroziyalar shilliq qavatlarning barcha qismlarini egallaydi, siydik chikarish ogriq bilan o‘tadi. Zakar boshchasi va zakar qalpoqchasi yallig‘langanda kuzatiladigan eritematoz o‘choqlar serozli, serozgemorragik suyuqliklar bilan koplanadi. Ularning «urishi natijasida hosil bo‘ladigan qatqaloqlar, qipiqlar ham achishish va ogris kabi sezgilar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tirnoqlar va tirnoqlar atrofidagi terining kandidozli zararlanishi yosh bolalarda juda kam uchraydi.

Kandidamikidlar — achitqisimon zamburuglar bplan sensibilizatsiyalangan bolalar organizmida kuzatiladigan ikkilamchi allergik toshmalardir. Kandidamikidlar rivojlanishiga kandidozlarni noto‘g‘ri davolash sabab bo‘ladn. Shuningdek, glyukokortikoidlar bilan bir vaqtshshg o‘zida xam mahalliy va umumiy davolash, antibiotiklarni palapartish qo‘llash, terini qitiqlovchi mahalliy dorilarni noto‘gri qo‘llash ham allergik toshmalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Kandidamikidlar terida eritematoz dog‘lar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi, aia shu sohalarda pufakchalar, tugunchalar hosil bo‘ladi. Eritemalarning kamayishi ular sathida ko‘chib tushayotgan qipiqlanish jarayoni rivojlapishiga olib keladi. Bunday bemorlarda umumiy harorat ko‘tariladi, ularni darmonsizlik, bosh ogrig‘i, ko‘ngil aynishi kabi noxush belgilar bezovta qiladi. Asosiy o‘choqlardagi yalliglanish belgilari kuchayadi. Kandidozlarga uchragan asosiy o‘choqlarni to‘gri va sifatli davolash kandidamikidlarning o‘zo‘zidan yo‘kolib ketishiga sabab bo‘ladi.

Bolalarda kuzatiladigan surunkali tarqalgan kandidoz ilk go‘daklik davridayos shakllanib, dastlabki belgilari ko‘iincha ogiz bo‘shligida namoyon bo‘ladi. Ana shu shilliq qavat kandidozini noto‘gri davolash, jumladan antibiotiklar, sulfanilamidlar va gormonlar ko‘llash uning surunkali tarqalgan tus olishiga sabab bo‘ladi. Yuz terisida, boshning sochli qismi, badan terisi va qo‘loyoqlarda ko‘p sonli eritematoz doglar paydo bo‘ladi. Dog‘lar aylana shaklida, chetlari notekis, juda :sizargan va shishgan, ularning yuzasida qipiqlar bo‘ladi. Mazkur doglar so‘galsimon o‘sishga moypl bo‘lib, ko‘pincha serozyiringls va iflosyaangan qipiqlar bilan qoplanadi. Bu xol og‘iz burchaklarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Terining barcha sohalarida tugunsimon gadirbudur o‘smalar shakllanadi. Tirnoq ostida va tirnoqlar o‘rnida toshmalar kurtaklanishi avj oladi. Natijada tirnoqlar shaklini o‘zgartirib, qalinlashadi, sinuvchan, mo‘rt bo‘ladi. Tarqalgan kandidozning kechishi surunkali tus olnb, bemorning umumiy axvoli ogirlashadi. Kamqonlik, harorat ko‘tarilishi, naysimon suyaklar osteoporozi, qaytalanuvchi bronxit, o‘pka yallig‘lanishi, ich ketishi kabp xastaliklar qo‘shiladi. Kasallikni o‘z vaqtida apitslab, achitqisimon zambo‘ruglarga qarshi davo o‘tkazish yuqorida sanab o‘tilgan noxush belgilar va hodisalarni bartaraf etadi. Biroq silliq terida chandiqli atrofiya, boshning sochli qismida soch to‘kilishi uzoq vaqt saqlanib qoladp.

Kandidozlarni davolashda barcha patogenetik omillarni xisobga olnsh lozim. Tegishli tekshiruvlar natijasida aniqlangan patogenetik omillarga (ayniqsa endogen sabablar) qarshp choralarni ko‘rish davolash samaradorligini oshiradi. Kandidozga chalingan bolalarni sabzavot, ho‘l meva va vitaminlarga boy mahsulotlar bilan bokish davolash koidalarining muhim shartlaridan biridir.

Shilliq kavat va silliq teri kandidozlari xususan mahalliy doridarmonlar bilan davolanadi. Tetraborat natriyshgag 5—10% li glnserinli eritmasv, gidrokarbonat natriyning 2 — 5% li eritmasi, mis sulfat va rux sulfatning 0,25—0,5% li eritmalari, shuningdek Lyugol eritmasi bilan davolash kutilgan klinik natijalar beradi. Malhamlardan dekaminning 0,5—1% li, nitrofurileshshng 0,05—1% li eritmalari, shuningdek nistatip, levorin. amfoteritsin, mikogeptin va kanestenlarni surtish yaxshi naf beradi. Og‘iz shilliq qavati, bodomcha bezlari va tomoq zararlanganda dekamin qandi va levorin tabletkalarini til tagiga tashlab, so‘rish buyuriladi. Bolalarda teri va shilliq qavatlarni yuvib tozalash va ingalatsiya (purkash) qilish maqsadida levorin aerozol ko‘rinishida qo‘llaniladi. Bunday davo choralari kuniga 2—3 martadan 10—15 kun davomida o‘tkaziladi. Vulvovaginitni davolashda qinga levorin tabletkasini yuborish maqsadga muvofivdir. Bundan tashqari. kumush nitrat va natriy gidrokarbonatlarning 2% li eritmasi bilan kin, qin dahlizi artiladi, so‘ngpa levorin yoki nistatin eritmalari yordamida yuviladi.

Kandidozlar o‘tkir yalliglanish belgilari (suvlashgan eroziya o‘choqlari) bilan kechganda dastlab tanin yoki kumush nitrat eritmalari bilan namlanib, so‘ngra fukarsin yoki Kastellani suyuqliklari surtiladi. Bu tadbirlar yordamida o‘tkir yalliglanish belgilari yo‘dolgach achitqisimon zamburug‘larshshg o‘ziga qarshi davo o‘tkaziladi.

Surunkali kandidozlar davosi kompleks olib boriladi. Levorin, nistatin preparatlari bilan bir katorda immun davolash (gammaglobulin, kandsdovaksina, qon quyish), vitaminlar va mikroelementlar (mis, rux, temir) qo‘llaniladi. Mikogeptin, amfoteritsin, amfoglyukaminlar davo samaradorligini kuchaytiradi. Kandidamikidlarda antigistamin preparatlar va kalsiy tuzlari qo‘llaniladi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin