O‘quv adabiyoti h. K. Shodiyev, S. R. Ahmedov teri va tanosil kasalliklari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə12/17
tarix12.03.2017
ölçüsü0,92 Mb.
#10948
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

12-MASHG‘ULOT
1. Mashg‘ulot mavzusi. Dermatozoonozlar (terining parazitar kasalliklari): Qo‘tir. Bitlash. Pashshaxo‘rda (teri leyshmaniozi).

2. Mavzuning qisqacha mazmuni.

Hayvon parazitlari tomonidan qo‘zg‘atiladigan teri kasalliklari dermatozoonozlar deb ataladi. Hayvon parazitlaridan bitlar, burga, taxtakana, qo‘tir kanasi, chivin va pashshalar, shuningdek leyshmaniyalar turkumiga kiruvchi parazitlar terini zararlab, turli patologik o‘zgarishlar keltirib chikaradi. Pediatrdermatologlarning ish faoliyatida qo‘tir va bitlash muhim o‘rin tutadi. Ular atrof muxitda, odamlar va hayvonlar orasida keng tarqalib, aholining barcha tabaqalarini zararlamoqda. Mazkur mayda jonivorlar dermatozoonozlarga chalingan bemorlar bilan bevosita alodada bo‘lishi natijasida soglom kishi terisi ichiga kirib oladi va maxsus yashash davrlari qonuniyatlariga muvofiq parazitlik qiladi. Kana va bitlar bemorlarning kiyim va to‘shaklaridan boshqa odamlar foydalanganda, shuningdek ularni buyum va asboblarini ishlatganda ham soglom kishiga o‘tadi.

Hozirgi paytda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya qilmaslik, bolalar muassasalarida tibbiy profilaktik ko‘riklarning sifatsiz o‘tkazilishi, ba’zi joylarda esa umuman o‘tkazilmasligi bolalar orasida dermatozoonozlarning keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, bolalar bog‘chalari, maktablar, mahalla va qjshloqlarda, ayniqsa axoli zich joylashgan uylarda profilaktik dezinfeksiya ishlarining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, turar joylarda axlatlarni o‘z vaqtida olib ketmaslik va nihoyat, chivin, pashsha va kalamushlarni ko‘payib ketayotganligi ham dermatozoonozlarning aholi orasida ko‘payishiga sharoit yaratmoqda.

Kana va bitlarning yoppasiga keng ko‘lamda tarqalishida ekologik va iqlim omillarining ham roli katta, degan taxminlar ham bor. Ma’lum muhit sharojti bu parazitlarning biologik aktivligiga ta’sir etib, ularning ko‘payishiga sabab bo‘lar emish.



Pashshaxo‘rda. Sinonimi: Borovskiy kasalligi, teri leyshmaniozi, yomon jarohat, pendinka. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Leischmania tropica 1898 yilda P. F. Borovskiy tomonidan Toshkentda topilgan. Pashshaxo‘rda surunkali kechadigan terining zararkunanda kasalligi hisoblanib, tropik va subtropik o‘lkalarda ko‘p uchraydi. Jumladan, O‘zbekistonning Surxondaryo va Dashqadaryo viloyatlarining janubiy tumanlarida, Buxoro viloyatining cho‘l mavzelarida va Farg‘ona vodiysida ko‘prok kuzatiladi.

Leyshmaniyalar tuxumsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 2—5 mkm, eni 1,5—4 mkm ni tashkil etadi. Protoplazmasida ikkita yadrosi bor, biri katta — oval (tuxum) simon, ikkknchisi kichik — tayoqchasimondir. Shu sababli Borovskiy tanachalari ham deyiladi. Zararkunanda qonda va kasallangan teri moddasi tarkibida ko‘p miqdorda topiladi. Shuning uchun to‘qima suyuqligidan surtma tayyorlanadi va RomanovskiyGimza usuli bilan bo‘yaladi. Bunda leyshmaniyalarshshg protoplazmasi havorang, katta yadrosi qizilbinafsha, kichik yadrosi esa to‘q binafsha rang bilan bo‘yaladi. Zararkunandaning bir necha turlari ma’lum. Shulardan ko‘p uchraydigani va diagnostik ahamiyatga ega bo‘lganlari Leischmania tropica major va Leischmania tropica minor lardir. Kattasi hayvonlar organpzmida, kichigi ham hayvon, ham odamlar organizmida yagpaydi.

Leyshmaniyalar iskabtopar (moskit) larni (pashshaning bir turi) chatsishi natijasida odamga o‘tadi. Kasallik manbai bemor kishi va cho‘l hayvonlari (kemiruvchilar)dir. Bemor odamni yoki hayvonni chaqsan, ya’ni qoniii so‘rgan iskabtoparlar o‘z navbatida soglom kishilarni chaqadi va chaqish paytida o‘z so‘laklari orqali Borovskiy tanachalarini yuqtiradi. Shu sababli pashshalar Kasallikningtashuvchisi hisoblanadi, «pashshaxo‘rda» nomi ana shundan kelib chiqqan. Bu jarayonni chizma shaklida quyidagicha tasvirlash mumkin:

Paglshaxo‘rda kasalligi qo‘zEatuvchilarining biologik xususiyatlari va yuqish yo‘llariga qarab ikki turi tafovut etiladi: 1) zoonoz, qishloq, o‘tkir, tez yaraga aylanadigan turi; 2) antropozoonoz, shahar, surunkali, kech chaqalanadigan turi.

Zooonoz leyshmaniozlar quyidagilar bilan ta’riflanadi. Kasallik qo‘zgatuvchisi Leischmania tropica major hisoblanadi, kasallik o‘chogi yovvoyi kemiruvchilar, jumladan kasallangan yumronqoziqlardir. Inkubatsion davri qisqa (10—40 kun), pashsha chaqqan joyda hosil bo‘lgan tugun 2—3 xaftadan so‘ng chuqur yaraga aylanadi. Yaraning chetlari va tubi notekis, yiringli suyudlik va nekrotik massa bilan krplangan. Yaraning tubida xamirsimon madda paypaslanadi, atrofida esa limfangit (saris qon (limfa) tomirlarining yallig‘lanishi) kuzatiladi. Bolalarda ko‘shshcha pashshaxo‘rda yarasiga ikkilamchi yiringli kokklar tushib, yallirlanish jarayonini chuqurlashtiradi. Shusababli ularda ogriq kuchli bo‘ladi. Oqibatda yara yiring va nekrotik massadan tozalanib, o‘rtasidan chandiqlana boshlaydi. Kasallikning 5—6oylarida chandiqlanish jarayoni tugaydi.

Antroponoz leyshmaniozning xususiyatlari quyidagicha: kasallikni Leischmania tropica minor qo‘zg‘atadi, kasallik manbai bemor kishilardir. Inkubatsion davri 8 oydan 1 yilgacha, tugun paydo bo‘lgandan yaraga aylanguncha 3—4 oy vaqt o‘tadi, ya’ni kech yaraga aylanadi. Hosil bo‘lgan yaralarning yuzasi katta bo‘lishiga qaramasdan unchalik chuqur joylashmaydi. Ko‘pincha yaralar yiringligemorragik qobiqlar bilan qoplanadi, qobiqlar ko‘chirilganda qonaydigan yaralar ko‘rinadi. Yaranjng bitishi natijasida paydo bo‘ladigan chandik yuzaki va yupqa bo‘ladi.

Bolalarda pashshaxo‘rdaning uchinchi turi, ya’ni tuberkuloid turi ham farqlanadi, Boshqacha qilib, metaleyshmanioz, do‘mboqchali leyshmanioz, lyupoid leyshmanioz ham deyiladi. Teri leyshmaniozining tuberkuloid turi kam uchraydi (6^8% hollarda). Katta yoshdagi kishilarga nisbatan bolalar va o‘smirlar orasida ko‘p uchraydi. Pashshaxo‘rdaning mazkur turi asosan yuz terisida kuzatiladi. Dastlab mayda tugunchalar paydo bo‘ladi. Ular qattiyuyuq yoki xamirsimon qattiqlikka ega bo‘lib, pashshaxo‘rda yaralaridan qolgan chandiqlar atrofida paydo bo‘ladi, Ular ko‘pincha yara yoki chandiqni halqasimon, yarim halqasimon shaklda o‘rab oladi, sargishqoramtir rangli, atrofidagi terida o‘tkir yallirlanish belgilari kuzatilmaydi. Shunga o‘xshagan do‘mboqchalar chandiqning O‘zida hosil bo‘lishi mumkin, aksariyat hollarda yuzaki, lopqa chandiqlar sathida kuzatiladi. Mazkur elementlar teri silida kuzatiladigan do‘mboqchalarga juda o‘xshab ketadi. Hatto lupus vulgaris dek «olma mag‘zi» belgisi ham kuzatiladi (Babayaps soxta lyupomalari). Pashshaxo‘rdaning bu turi ana shundan tuberkuloid nomini olgan. Biroq teri silida kuzatiladigan do‘mboqchalardan farqi ularning uzoq vaqt saqlanishidir, ya’ni metaleyshmanioz do‘mbotschalari bir necha yil, ba’zan 15—20 yilgacha saqlanishi mumkin. Bu lyupomalar osonlikcha yaraga aylanmaydi. Qo‘shilib keladigan kasalliklar (qizamiq, ko‘kyo‘tal, gripp)gina mazkur do‘mboqchalarning rivojlanishini va yaraga aylanishini tezlashtirishi mumkin.

Metaleyshmanaoz rivojlanishini quyosh nurlarining ta’siri bilan bog‘lashadi, kasallikning yuz terisida ko‘proq joylashishi sababini ham quyosh ta’siri bilan tushuntirishadi. Metaleyshmanioz do‘mboqchalari to‘liq yetilmagan leyshmaniomalardir. Ayrim mualliflarning fikricha, ular makroorganizm qarshilik ko‘rsatishi natijasida tipik leyshmaniomaga aylanmagan va surunkali tus olgan turi hisoblanadi.

Leyshmaniozning barcha turlarida kasallikka davo qilingandan so‘ng doimiy immunitet soladi. Pashshaxo‘rda surunkali kechadigan yiringli yaralardan, zaxm gummasidan va teri silidan farq qilinishi lozim. Pashshaxo‘rda tashxisi anamnestik, epidemiologik, klinik ma’lumotlar asosida qo‘yilib, bakterioskopik usul (Borovskiy tanachalarining to‘qima suyuqligida topilishi) bilan tasdiqlanadi. Diagnoz noanis bo‘lgan hollarda Montenegro sinovi yordam beradi, ya’ni leyshmanin bilan teriga qo‘yilgan allergik sinov musbat natija beradi.

Pashshaxo‘rdani davolashda antibiotiklar (monomitsin, metatsiklin) keng qo‘llaniladi. Monomitsin har kg tana^ og‘irligiga 20 000—25 000 TB hisobida kuniga 2martadan mushak orasiga 10—12 kun davomida yuboriladi. Monomitsin ichishga berilishi ham mumkin (har kg tana ogirligiga 50 000 TB hisobida). Keyingi yillarda metatsiklin muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Dori 0,3 g dan kuniga 2 marta 10—12 kun davomida ichiriladi. Agar yara 1 — 2 ta bo‘lsa, akrixinning 1% eritmaoi novokain bilan aralashtirilib yara atrofiga yuboriladi. Shuningdek yaralarga 5% li monomitsin malhami yoki 3% li metatsiklin malhami buyuriladi.

Pashshaxo‘rdaning oldini olishda qo‘riq va cho‘llarni o‘zlashtirish, jumladan kemiruvchilarga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek pashshaga qarshi kurash (dimetilftalatni ko‘llash) va undan saqlanish (pashshaxonalar tutish) kasallikning kamayishiga sabab bo‘ladi.

Qo‘tir (scabies). Kasallikni qo‘taf kanalari so‘zgatadi. Qo‘tir kanalarining ikki turi ma’lum: a) antropofil kanalar — faqat odam terisida zararkunandalik qiladi; b) zooantropofil kanalar — ham odam, ham hayvonlarda uchraydi. Bolalarda kuzatiladigan Qo‘tirns ko‘pincha antropofil kanalar (acarus hominis) qo‘zfatadi. Kanalarning erkagi kichik (uzunligi 0,2 mm), urrochisn katta (uzunligi 0,4 mm) bo‘ladi. Erkak kanalar urgochisini uruglantirgandan (kopulyatsiya) so‘ng halok bo‘ladi. Urgochi kanalar epidermis shox qavatining ichiga kirib olib tuxum qo‘yadi. Kanalarning teri po‘sti ichidagi harakati natijasida «qo‘tir yo‘llari» hosil bo‘ladi, ularning uzunligi 5—10 mm ni tashkil etadi. Bitta kana 50 tagacha tuxum qo‘yadi. Bir haftadan so‘ng kanalar tuxumdan ochib chiqib, zararkunandalik qila boshlaydi. Uy kanalari 1,5^2 oy yashaydi.

Kasallik soglom bolalarga qo‘tirga chalingan bemor bolalar bilan bevosita birga bo‘lishi, o‘ynashi natijasida yuqadi. Shuningdek kasallarning kiyimi, to‘shagi va o‘yinchodlaridan foydalanilganda ham qo‘tir kanalari o‘tishi mumkin. Buning sababi shuki, kanalarning urgochisi buyumlarda o‘z hayotini 5—10 kun davomida saqlab qoladi.

Qo‘tirning inkubatsion davri o‘rta hisobda 3—12 kunni tashkil etadi. Agar kasal boladan soglomiga kanalarning o‘zi emas, balki tuxumlari o‘tgan bo‘lsa, kasallikning inkubatsion davri 1 —1,5 oygacha cho‘zilishi mumkin. Shundan so‘ng terida juftjuft joylashgan tugunchapufakchali toshmalar paydo bo‘ladi. Mazkur juft elementlarning o‘rtasida qo‘tir yo‘llari joylashgan, ya’ni toshmalarning biri (pufakcha) kananing kirgan joyi bo‘lsa, ikkinchisi (tuguncha) chiqqan joyidir. Tuguncha va pufakchaning o‘rnida qavarchiq hosil bo‘lishi Ham mumkin. Bu hol ko‘krak emadigan bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Toshmalar so‘ya va oyoqlarning ichki yuzasida, barmoqlar orasida, bel va qorin soxasida, shuningdekjinsiy olat terisida joylashadi. Qo‘tirda qattiq qichishish kuzatilib, qichishish tungi paytlarda zo‘rayadi. Do‘tirning quyidagi klinik turlari farqlanadi: 1} tarQalgan qo‘tir — bunda tugunchapufakchali toshmalar va ^ashinish izlari (excoriatio) butun badanga va qo‘loyoqlarga tarqalib ketadi, qashinish kuchli bo‘ladi; piokokklarning tushishi natijasida streptodermiya va stafilodermiya belgilari kuzatiladya; 2) chegaralangan qo‘tir — bunda juft toshmalar terining ma’lum sohalaridagina, ayniksa barmoq oralarida yoki jinsiy olag terisida kuzatiladi; 3) belgisiz qo‘tir — bunda pufakcha, tuguncha va qavariq kabi qo‘tirga xos elementlar kuzatilmaydi. Bemor faqat qichishishdan shikoyat qiladi^ bu sezgining tungi paytlarda zo‘rayipshni ta’kidlaydilar Ko‘p mikdordagi tirnalgan joylar kuzatiladi. Bemorlar o‘z anamnezida qo‘tirga chalingan kishilarga bevosita yaqin bo‘lganlpklarini ta’kidlaydilar.

Qo‘tir tashxisi anamnestik, epidemiologik, klinik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi, qo‘tir yo‘llari va kanalarining topilishi bilan tasdiqlanadi.

Qo‘tirda asosan mahalliy davo usullari ko‘llaniladi:

1. Benzil benzoat bilan davolash. Mazkur dorining 20% sovunli eritmasi kattalar uchun, bolalarga 10% eritmasi surtiladi. Dori terining barcha sohalariga (boshdan tashqari) 10 minut davomida surtiladi. 10 mpnut tanaffusdan so‘ng dori surtish takrorlanadi (10 minut mobaynida). Ertasi kuni shu muolaja qaytariladi. Davotugagandan 3 kun o‘tgach xammomga tushish yoki cho‘milish mumkin, Shundan so‘ng ichki kiyimlar va choyshablar almashtiriladi.

2. Demyanovich usuli. Bunda tiosulfat natrpshshng 60% eritmasi (1sonli eritma) va xlorid kislotaning 6% eritmasi (2sonli eritma) ishlatiladi. Dastlab 1sopli eritma butun badanga 10 minut mobashshda surtiladi, so‘ngra 5 minut tanaffus qilinib, yana 10 minut davomida 1sonli eritma surtiladi. Nam""teri qurigach 2sogali eritma bilan 10 minut teriga ishlov beriladi> va nihoyat 5 minutlik tanaffusdan so‘ng 2sonli eritmani surtish takrorlanadi. Shundan so‘ng bemorning ichki kkyimlari almashtiriladi. Ertasi kun mazkur davo usuli takrorlanadi. Bolalarda natriy tiosulfatning 40% eritmasi va xlorid kislotaning 4% eritmasi qo‘llashiladi.

3. Oltingugurt malhami bilan davolash. Malham 5 kun davomida kuniga 2 martadan surtiladi. Kattalarga 33%,. bolalarga 10—20%, emadigan chaqaloqlarga 5% li malham buyuriladi.

Qo‘tirga qarshimalhamlarni ko‘llashdan avval bemorlarni cho‘miltirish lozim. Shu yo‘l bilan qo‘tir kanalariiing teri sathidan yuvilib tushishi ta’minlanadi, Kanalardan tashqari teri yiringli mikroorganizmlardan xam tozalanadi. Agar ^o‘tir bo‘lgan bemorlarda piodermitlarning belgilari kuzatilsa, dastlab bakteritsid dorilar bilan davolanadi, so‘ngra kanaga darshi davo o‘t.kaziladi.

Qo‘tirga qarshi kurashda aholi o‘rtasida tibbiy profilaktik ko‘riklar o‘tkazish yaxshi samaralar beradi. Ayniqsa maktablarda, bolalar bogchalarida muayyan ko‘riklar o‘tkazish qo‘tirning kamayishiga olib keladi.

Bitlash (Pediculosis). Odam terisida bitlarning uch turi kuzatiladi: bosh; kiyim va qov bitlari. Bosh bitlari boshning sochli qismida, kiyim bitlari kiyimbosh va to‘shaklarda, ^ov bitlari esa qov, oraliq, or;a chiqaruv teshigi, qo‘ltiq sohalarida joylaigadi. Sanitariyagigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, jumladan kiyimboshlarni vaqtida yuvib tozalamaslik, haddan tashqari lfloslik bitlashga olib keladi. Tozalikka rioya qila.digan oilalarga bit maktab va bogchalarga satnaydigan bolalar tomonidan keltiriladi. Shu sababli bolalar bogchalarida har kuni sifatli ko‘rikni tashkil etish bitlashning oldini oladi.

Bitlarning chaqishi natijasida terida dermatit rivojlanadi. Shuningdek bitning so‘lagidagi toksin (zahar) badan terisida yallig‘langan doglar, qavarchiq va tugunchalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bit joylashgan teri sohalari sichiydi, tirnalgan izlar hosil bo‘ladi, so‘ngra ular o‘rnida gemorragik qobiqlar paydo bo‘lib, bu jarayon dorlanish (pigmentatsiya) bilan tugaydi.

Bitlashni davolashda keroyein, simob malhamlari va benzil benzoat ko‘p ishlatiladi. Bosh bitlaganda soch kerosin bilan yuviladi. Nobud bo‘lgan bitlar va ularning tuxumlaridan sochni yoglab tarash yo‘li bilan tozalanadi. Kiyim va qov bitlarida esa kiyim va to‘shaklar qaynatilib, dazmollanadi. Shu bilan birga bitlagan sohalardagi sochlar ustara bilan qirilib, 5—10% oq yoki sariq simob malhami surtiladi. Nitifor va 25% benzil benzoat eritmasi ham yaxshi samara beradi.

3. Mashgulotning maqsadi

Talabalar terining parazitar kasalliklarini qo‘zgatuvchilar to‘grisida tushunchaga ega bo‘lishlari, ularning asospy klinik belgilarini bilishlari va o‘xshash kasalliklardan ajrata olishlari lozim. Shuningdek pashshaxo‘rda, ko‘tir va bitlashning davolash usullarini va oldini olish choralarini bilishlari lozim. Buning uchun .ular kuyidagilarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart:

a) pashshaxo‘rda kasalligi bo‘yicha — leyshmaniyalarnpng tabpati, kemiruvchilarni ta’riflash. kasallik vpidemiologiyasi, pashshaxo‘rdaning zoonoz va antroponoz turlarining simptomatologiyasi va birbiridan farq qilish, davolashda qo‘llaniladigan dori moddalari, pashshaxo‘rdaga qarshi kurash;

b) qo‘tir bo‘yicha qo‘tir kanasini ta’riflash, kasallik diagnostikasi, zamonaviy davo usullari, bolalar muassasalarida do‘tirning oldini olish;

v) bitlash bitlarning turlariga ta’rif berish, davolash.

4. Uyga vazifa.

pashshaxo‘rdaning kishloq turi nima uchun kuzda ko‘p uchraydi? Sababini tushuntiring.

— terida kuzatiladigan qanday yaralar pashshaxo‘rda yarasiga o‘xshaydi?

— kanday belgilariga asoslanib qo‘tirni qichimadan farqlash mumkin

— bosh, kiyim va qov bitlarining yuqish yo‘llarida farq bormi?
ADABIYOTLAR
11. B. GofmanKadoshnikov, D. F. Petrov. Viologiya umumiy iyenetika bilan. M., 1967. 384—888betlar.

YU K. Skripkin va boshqalar. Bolalar dermatovenerologiyasidan qo‘llanma. L., 1983, 156—159, 186—189:betlar.

S. T. iavloye va boshqalar. Kojnne i venerichoskiye bolezni. M.. 1985, 105—109, 127—131betlar.
5. Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi:


Ishning nomi

Ishning mazmuni

Ishning maksadi




1

2

3




1. Kasalxonada yotgan parazitar kasalliklarga Aysop bo‘lgan bemorlar bilan ishlash:

a) bemorlardan qisqacha anamnez, jumladan epidemiologik anamnea yig‘ish; b) pashshaxo‘rda yaralarini o‘rganish, periferik limfa tugunlarsni

paypaslash;



a) kasallikka dastlabki tashxis qo‘yish, o‘xshash kasalliklardan farqlash; b) tibbiy hujjatlarni to‘rri to‘ldirishni o‘rganish;













v) qo‘tir juft-juft toshmalarini aniqlash;

g) bitlarning turlituman turlarini qidirish;

d) tibbiy hujjatlarni to‘ldirish (089 uraqamli forma);
























































1

2

3.

2. Bemorlarni guruh bilan birga

muhokama qilish.



a) talabalar o‘zlari kuzatib borgan bemorlarining kasallik tarixini qisqacha aytib beradilar;.

a) bahslashuv yo‘li bilan o‘z fikrini o‘tkazish, haqligini isbotlash;



b) mazkur kasallikka

xos toshmalarga ta’rif berib, bemorlarda topilgan toshmalarni boshqa talabalarga ko‘rsatish;



b) notanish bo‘lgan

toshmalar bilan tanishish;

v) talabalar klinik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.









'





v) bemorga buyuriltan individual davoni hamma o‘z daftariga yozib oladi.














13MASHG‘ULOT
1. Mashg‘ulot mavzusi. Terinipg pufakli kasalliklari (po‘rsildoq, uchuqsimon dermatoz). Biriktiruvchi to‘qiqima kasalliklari (qizil yuguruk, sklerodermiya).

2. Mavzuning qisqacha mazmuni.

Po‘rsildoq, pufakli yara (Pemphigus). Kasallikning asl mohiyati aniqlanmagan. Pufakli yaraning hosil bo‘lishini tushuntiruvchi bir kancha nazariyalar taklif etilgan; modda almashinuvining buzilishi, fermentativ, endokrin, ’neyrogen, virus, zaharlanish. Hozirgi paytda autoimmun nazariya ko‘proq e’tirof qilinyapti. Mazkur nazariyaga muvofiq autoimmun o‘zgarishlar hujayralararo moddalarga nisbatan antitanalar hosil bo‘lishiga va oqibatda antigenantitana immun kompleksi shakllanishiga olib kelar ekan Bu kompleks hujayralarni birbiri bilan jipslashtirib turadigan desmosomalarning ajralishiga va hujayralararo shish paydo bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan. Bu jarayon akantoliz deyiladi. Akantoliz oqibatida teri po‘sti ichida pufaklar (intraepidermal) hosil bo‘ladi.

Po‘rsildok klinik jihatdan teri va shillik, savatlarda pufakli yaralar hosil bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Dastlab pufaklar oniz bo‘shligida va tomoqda paydo bo‘lib, bir necha oy davom etishi mumkin. So‘ngra terida, ko‘krak va orqa terisida tiniq rangli pufaklar paydo bo‘ladi, natijada ogriq bezovta qpladi. Pufak pardasi yirtilib ichidan seroz suyuqligi chiqqandan so‘ng o‘rnida eroziya qoladi. Agar eroziya chetida osilib turgan teri po‘sti pinset bilan ushlanib yudoriga ko‘tarilsa, epidermis dermadan ajrala boshlaydi (Nikolskiy belgisi). Agar butunligi buzilmagan pufakning ustiga bosilsa pufak po‘sti yerilmaydi, aksincha, yalliglanish suyuqligi teri po‘sti qavatlari ichiga o‘tib ketadi va pufak bo‘shab koladi (AsboGanzen belgisi). Kasallik surunkali davom etadi. Pufakli toyashalar vaqtivaqti bilan toshib turadi.

Har gal toshmalarning paydo bo‘lishi haroratning ko‘tarilishi bilan kechadi, bemorning ahvoli Oxirlashadi. Pufaklarnnng birbiri bilan qo‘shilpshi natyukasida ularning hajmi kattalashadi. Hosil bo‘ladigan og‘rshush eroziyalar butun bir sohani egallashi mumkin. Po‘rsildoqning quyidagi klinik turlari mavjud:

1. Oddiy po‘rsildos Pemphigus vulgaris pufakli: yaralarning boshda turlaridan o‘zining xavfli kechishi bilan fars qiladi. Po‘rsildoqlar ichida eng ko‘p (75% hollarda) uchraydi. Kasallikning dastlabki belgilari orkz bo‘shliridan boshlanadi, bunda og‘iz shilliq pardasida turli shakldagi va hajmdagi pufaklar kuzatiladi. Pufak pardasining yirtilishi natijasida hosil bo‘ladigan eroziyalar birbiri bilan qo‘shilib noto‘g‘ri shakldagi yallig‘lanish o‘chodlari shakllanishiga olib keladi. Eroziyali o‘choqlar ogriq bilan kechib, og‘riq astasekin zo‘rayadi. Paydo bo‘lgan eroziyalar sekii bitadi, ya’ni epiteliylanish jarayoni sust boradi. Bolalarda odatdagi po‘rsildod ko‘pincha ogaz bo‘shlig‘i, toedjq va jinsiy a’zolar shilliq pardasi, shuningdek tana terisining zararlanishi bilan kechadi.

Po‘rsildoqning yengil va ogir turlari farq qilinadi. Kasallikning yengil turida eroziya o‘choqlari kgisqa muddat ichida bitadi, davo choralari sezilarli darajada naf beradi. Ayniqsa, glyukokortikoidlar bilai davolash yaigi po‘rsildoqlarning paydo bo‘lishini darhol to‘xtatadi. Pufakli yaraning ongr turi bolalarda kam uchraydi. Bunda bolalarning gavda ogirligi kamayib, tez oriqlaydi, aksariyat hollarda ikkilamchi yiringli infeksiya bilan asoratlanadi. Bemor bolaning umumiy harorati juda yuqori bo‘lib, toshmalarning har gal naydo bo‘lishi bezgak xuruji bilan kechadi. Yurak, buyrak va o‘pka kabi muhim a’zolarda chuqur asoratlar qoldiradi. Qonda ECHT ning opshnsh, eozinofiliya, natriy va xloridlar miyedorining yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Otssillar miqdori, ayiiqsa gammaglobulin va immunoglobuliplar kamayadi. Epidermis hujayralararo moddasiga qarshi paydo bo‘ladigap antitanalar miqdorining ko‘payishi akantoliz jarayonini chuqurlashtiradi. Bu hol Kiprlskiy va AsboGanzen simptomlariiing osonlik. bilan paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

2. Usuvchi (shoxlanuvchi) po‘rsildoq Pemphigus vegetans ning boshlanish davrida paydo bo‘ladigan pufaklar odatdagi po‘rsildokni eslatadi. Bu davrda pufaklar terining soglom sohalarida paydo bo‘lib, qisqa vaqt ichida yoriladi, hosil bo‘ladigan eroziya o‘choqlari kulrang parda bilan qoplanadi. Ana shu eroziyalar yuzasida so‘reichsimon o‘simtalar rivojlanadi. O‘suvchi po‘rsildoq ko‘pincha katta burmalar (qo‘ltis osti, chov, ko‘krak bezlarining ostida) sohasidagi terida kuzatiladi. Maziejrp burmalar terisi ko‘p terlashi va ishqalanishi sababli shoxlanish (kurtaklanish) jarayoni qisqa davr pchida terining ma’lum sohalarini egallaydi. Ogriq, achishish va qichishish kabi noxush sezgilarni keltirib chiqaradi. Kasallikning qo‘zigan davrida Nikolskiy belgisi musbat, yengil davrida esa akantoliz klinik belgilar bilan kechmasligi mumkin.

3. Yaprotssimon (bargeimon) po‘rsildoq. Po‘reildoqni pemphigus foliaceus turi bolalarda uning boshqa turlariga nisbatan ko‘pros uchraydi. Bunda tez va oson yoriladigan bo‘shashgan pufaklar terining yalliglangan sohalarida eritematoz doglar ustida paydo bo‘ladi. Pufakchalar o‘zining rivojlanish jarayonining nihoyasiga yetmasdanoq quriy boshlaydi. Natijada bargsimon va tangachasimon qatqaloqlar qatlami shakllanadi. Ana shu qatqaloqlar ostida yalliglanish suyuqligi to‘planib, zararlangan o‘choqlar qatlamaga tayyorlangan xamirni eslatadi. Yaproqsimon po‘rsildoq terining boshqa sohalariga tarqalishga moyil bo‘ladi. Yuz terisi, boshning sochli qismi va tirnoqlar po‘rsildokning boshqa turlariga nisbatan ko‘p zararlanadi. Shillnq qavatga kamdankam hollarda shikast yetadi. Nikolskiy belgisi kasallikning deyarli barcha davrlarida musbat. Bemor bolalarni qichishish, og‘riq, achishish bezovta qiladi. Bolalarda katta kishilarga nisbatan og‘ir kechadi, okibati ham jiddiyroq.

4. Qizil yuguruksimon po‘rsildoq — Pemphigus erythematosus yoki SenirAsher sindromi deyiladi. Pufakli yaraning bu turida aniq va yaqqol ko‘rinadigan pufaklar bo‘lmaydi. Kasallik yuz terisidan boshlanib, boshning sochli qismi, ko‘krak, qo‘l va oyoqlarga tarqaladi. Terining zararlangan sohalarida maddalanishga moyil eritemalar kuzatiladi. Ularning ustki yuzasi qatyaam bo‘lib joylashgan satqaloq va qipiqlar bilan qoplangan bo‘ladi. Yonoq va burun sohalarida joylashgan eritematoz doglar kapalak shaklini eslatadi. Kuzatiladigan pufaklar atrofidagi teri qizaradi, sezilarsevilmas gaishib chiqadi va shu tufayli yallyulanish hoshiyasi rivojlanadi. Yuz va boshning sochli qismida ku. zatiladigan eritematoz doglar qizil yugurukni zslatadi. Biroq qatqaloqlar ko‘chirilganda nam eroziya o‘choqlarining aniqlanishi mazkur kasallikning po‘rsildoqqa aloqador ekanligidan guvohlik beradi. Bosmasurtmalarda akantolitik hujayralarning togshlishi esa kasallikning anik tabiatini ochib beradi. Pufaklar atrofidagi terida Nikolskiy belgisi musbat. Qizil yuguruksimon po‘rsildoq og‘iz va jinsiy a’zolar shilliq qavatlarida deyarli uchramaydi. Bundaya tashqari, .po‘rsildoqning bu turiga qichishish, achishish va ogriq kabi belgilar xos.

Akantolitik po‘rsildoqlarning u yoki bu turlaripi davolash birbiridai deyarli farq qilmaydi. Davo choralarini erta va o‘z vaqtida qo‘llash muhimdir. Glyukokortikoidlar asosiy davo preparati xisoblanadi. Bunda gormonning maksimal miqdorini tanlash juda muhim bo‘lib, davoning keyingi bosqichlari va olinadigan samara ana shu tanlangan dozaga boglivdir. Gormonal preparatlardan prednizolon, prezotsil, urbazon, deksametazonlar keng qo‘llaniladi. Prednizolonniing sutkalik miqdori o‘rtacha 10—20 mg ni (5—15 yoshli bolalarga) tashkil etadi. Qolganglyukokortikoidlar mivdori prednyazolonga nisbatan belgilanadi Triamsinolon ko‘i ..asoratlar qoldirishi mumkinligi sababli tavsiya etilmaydi. Glyukokortikoidlarning katabolitik ta’sirini hisobga olgan holda bemorlarga anabolik steroidlarni buyurish maqsadga muvofiqdir. Nerabol, retabolil kabi anabolik gormonlar bolaning har bir kg ogirligiga 0,0001—0,0002 g dan yuboriladi.

Glyukokortikoid gormonlar bilan davolash natijasida rivojlanadigan mikroelementlar (kaliy, kalsiy, marganes) yetishmasligi kalsiy glyukonat, panangin, kaliy orotat va boshqa mikroelementli preparat.lar bilap to‘ldiriladi.

Po‘rsildoqqa chalingan bemorlarga immunostimulyatorlar metiluratsil, pentoksil, natriy nukleinat va antibiotiklar (penitsillin guruhi, yarim sintetik antibiotiklar) buyurish glyukokortikoidlarning immunodepressiv ta’sirini va yiringli kasalliklar rivojlanish xavfining oldini oladi. Kon va k,oi zardobipi quyish, oqsilga boy suyuqliklar buyurish mazkur go‘dak— larda rivojlanayotgan gipoproteinemiyaning oldini oladi. Vitaminlardan ayevit, kalsiy pantotenat, riboflavin esa eroziya o‘choqlarida bitish jarayonini tezlashtiradi. Mahalliy dorilardan anilin bo‘yo!;lar, steroid, malhamlar (lokakorten, gioksizon, lorinden S) va bakteritsid suyuqliklar yaxshi naf beradi. Po‘rsildoqqa chalingan bemorlarning ovqati oqsillar, vitaminlar va mikroelementlarga boy bo‘lishi lozim.

Uchuqsimon dermatoz (Dyuring kasalligi). Kasallikning aniq sababi aniqlangan emas. Kasallik tabiatinya allergen, virus, autoimmun nazariyalar bilan tushuntirishga urinishlar davom etmovda. Dermatozning bevosita rivojlanishiga hazm a’zolarining (oshqozon, ichak, jigar) kasalliklari, askaridoz, xavfli o‘smalar sabab bo‘lishi mumkin. Yod va bromga nisbatan sezuvchanlikning oshganligi aniq isbotlangan.

Kasallik o‘tkir boshlanadi. Ayniqsa bolalarda dastlab dispepsiya, artralgiya, subfebrilitet kuzatiladi. So‘ngra pufak, pufakcha, yiringcha, tugunchali pufakcha, qavarchiq (polimorfizm) shakllanadi. Toshmalarning toshishi kuchli qichipshsh bilan o‘tadi, orriydi. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda pufaklarning hajmi katta bo‘lib, po‘rsildoqni eslatadi. Katta burmalar sohasida pufaklar guruhguruh bo‘lib joylashadi, ucho‘tsni eslatadi va ishqalanish okibatida nam zroziyalar hosil bo‘ladi» Kasallik surunkali kechadi, yillab (20—30 yil) davom etadi. yez faslida qo‘ziydi, qishda va kuzda tuzaladi. Ayollarga nisbatan erkaklar ko‘p kasallanadilar. Dyuring kasalligi bolalarning jinsiy balogatga yetish davrida o‘zo‘zidan tuzalib ketishi mumkin.

Kasallik tashxisi quyidagi ma’lumotlar asosida qo‘yiladi: uchuqsimon, guruxlangan polimorf toshmalar kuzatilishi, iufak suyuqligida eozinofillarning ko‘gg mivdorda topilishi, Yadasson sinovining (50% li kaliy yod malhami bilan) musbat natija berishi. TTTuningdek 5% li kaliy yod eritmasi ichirilganda kasallik qo‘ziydi (yangi toshmalar paydo bo‘ladi, v;ichnpshsh; zo‘rayadi). Dyuring kasalligida pufakli yaradan farqli o‘laroq, Nikolskiy va AsboGanzen simptomlari manfiy natija beradi. Shu bilan birga pufak suyuqligj tarkibida akantoljtik hujayralar topilmaydi.

Uchuqsimon dermatozni davolashda DDS (diaminodifenilsulfon) keng qo‘llaniladi. Bu dori tabletka holida 0,05—0,1 dan kuniga 2 marta 5—7 kun davomida beriladi. Birikki kunlik tanaffusdan so‘ng mazkur davo takrorlanadi. Agar bunday davo kam naf bersa, glyukokortikoidlar berish lozim. Dyuring kasalligiga duchor bo‘lgan bolalarni davolashda gammaglobulin yaxshi samara beradi. Dori 1,5—3 ml dan kunora, jami 4—6 marta yuboriladi.

Vitaminlardan kalsiy pantotenat, piridoksin, riboflavinlar foyda kiladi. Mahalliy dorilardan ftorokort, flutsinar, lokakorten kabi malhamlar surtiladi. Eroziya o‘choqlariga anilin bo‘yoqlar (metilin ko‘ki, Kastellani suyuqligi) bilan ishlov beriladi.

Bemorlar sinchkovlik bilan o‘rganilib, qo‘shilib keladigan kasalliklarni topish zarur. Aniqlangan kasalliklarga nisbatan davo choralarini o‘tkazish davolash samaradorligini oshiradi.

Qizil yuguruk (Erythematosus). Biriktiruvchi to‘qima kasalliklari ichida dermatologik jihatdan eng divdatga sazovori dizil yugurukdir.

Hozirgi paytda qizil yuguruk autoallergik kasallik hisoblanadi. Bemor organizmishshg o‘z oqsillariga nisbatan autoimmunologik komplekslarning hosil bo‘lishi, LEhujayralarniyag shakllanishi mazkur iazariyaning yaratilishiga sabab bo‘ldi.

1949 yilda Xazerik tomonidan «yadroga qarshi omil» deb ataluvchi oqsilning kashf ztilishi fanda burilish yasadi. Bu modda soglom xujayralarning yadrosiga salbiy ta’sir etib, uni parchalar va hujayradan tash^ariga uloqtirib tashlar ekan. Parchalangan yadro bo‘laklari boshqa makrofaglar tomonidan hazm qilinib, ikki va ko‘p yadroli hujayralarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan. Bunday hujayralar LE (lupus erythematosus) hujayralari nomini oldi. Tekshiriladigan bemor qonida qizil yuguruk hujayralarining aniqlanishi muhim diagnostik ahamiyatga ega.

Qizil yugurukka chalingan bemorlarda esterogenlar mivdori oshib ketishi ma’lum bo‘ldi. Organizmning allergep holati va fotosensibilizatsiya darajasi zstrogenlar miqdoriga boglik zkap. Kasalyaikning qizlar va yosh ayollarda ko‘p uchrashi sababi xam mana shundan. Ayollar zrkaklardan 8 marta ko‘p kasallanadilar. Qizil yuguruk rivojlanishida yalliglanish o‘choqlari (tonzillit, gaymorit), antibiotiklar va sulfanilamidlarni tartibsiz va ko‘p kdbul kilish, turlp nurlanishlar muhpm ahamiyatga ega. Kasallik shakllaiishida irsiy moyillik autosomdominant turi bo‘deicha o‘tkazilar ekan. .L H°zirgacha qizil yugurukning yagoyaa klassifikatsiyasi &o‘s. Kasallikning surunkali, tarkalgan va o‘tkir turlari tafovut ztiladn. Spzil yugurukning chegaralangan (diskoid, surunkali) va tarqalgan (disseminatsiya) turlarida asosan teri zararlanadi. Terida uchta muhim belgi kuzatiladi: eritema, giperkeratoz, atrofiya. Ko‘pincha yuz terisida, boshning sochli qismida, ko‘krakda bir yoki bir necha yalliglangan doglar (erptema) paydo bo‘ladi. Mazkur dog ikki yonoq sohasida yaqqol ko‘rinib, burunning ustida birbiri bilan tutashadi (kapalak simptomi). So‘ngra yalliglangan doglar maddalanadi, teridan bo‘rtib chiqadi va teri muguz qavati qalinlasha boshlaydi (giperkeratoz). Xosil bo‘lgan burdalarning usti kalin, diyin ko‘chib tushadigan kipiqlar va qatqaloqlar bplan qoplanadi. Sipiqlarni ko‘chirishga urinish kuchdj ogriqqa sabab bo‘ladi (BenyeMesherskiy belgisi). Ko‘chirilgan qipiqlar ostida o‘tkir uchli tikanli o‘smalarni («ayollar poshnasi» belgisi) ko‘rish mumkin. Ma’lum davr o‘tgach qalin qipiqlar bilan qoplangan doglar so‘rila boshlaydi. Bunda o‘chotslarning o‘rtasidagi teri yupqalasha boshlaydi va natijada chandikli atrofiya shakllanadi. Shuning uchun YU. K. Skripkin qizil yugurukning surunkali turlarini chandiqli eritematoz deb atashni taklif ztgan. Zararlangan o‘choqlar terining bir necha sohalarida kuzatilishi tarqalgan qizil.; yuguruk diagnozini so‘yishga asos bo‘ladi.

O‘tkir (sistemali) qizil yugurukda kasallik belgilari bir vaqtning o‘zida xam tertt, xam ichki a’zolarda kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning terisida umuman o‘zgarishlar topilmasdan kasallikning umumiy belgilari va ichki a’zolarning zararlanishi birinchi o‘ringa chikishi mumkin. Umumiy belgilardan quyidagilar ko‘p kuzatiladi: holsizlik, ishtahaning pasayishi, uyqusizlik, shuningdek mushak, suyak va bo‘gimlarda ogriq, isitma va boshqa belgilar. Ichki a’zolardan buyrak ko‘p zararlanadi: siydikda oqsil, silindr va eritrotsitlar iaydo bo‘ladya. Ba’zan qizil yugurik nefriti uremiyaga olib kelib, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek yurak (endokardit, miokardit, perikardit), o‘pka (bronxoplevmoniya, plevrit) va limfa tugunlarv ham ko‘p zararlanadi. Qonda anemiya, leykopeniya kuzatiladi. O‘tkir qizil yuguruk diagnozini tasdiqlashda LE xujayralarining topilishi muhim diagnostik ax.amiyatga ega. Kasallikning oqibati yomon. O‘tkir qizil yugurukdan butunlay tuzalib ketganlar juda kam. Qizil yugurukni davolashda bezgakka qarshi dorilar, glyukokortikoidlar, sitostatiklar, vitaminlar va kasallik belgilariga karshi dorilar ishlatiladi. Kasallikning surunkali turlarida delagil, rezoxin, dlakvenil ko‘p naf beradi. Ular 7—10 kun mobaynida 1 tabdetkadan 2—3 mahal berilib, bunday davo kurslari .2—3 marta takrorlanadi. Vitaminlardan nikotin kislota, piridoksinning nafi katta. Qizil yugurukning o‘tkir turlarida davoni kortikosteroidlar (ayniqsa prednizolon, kuniga 60—80 mg gacha) siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bolalarga prednizolon 5—10 mg, urbazon 4—8 mg, deksametazon 0,5—2 mg dan klinik samaralar olguncha berilib, keyin ularning mivdori kamaytirib boriladi. Gormonlar bilan davo kam natijalar bergudek bo‘lsa, sitostatik (metotreksat, azatioprin) dorilar bilan bir vaqtda beriladi. O‘tkir qizil yugurukda yetreptomitsin va sulfanilamidlar berish taqiqlanadi. Qo‘shilib kelgan kasalliklarni aniqlash va ularni davolash lozim.

Sklerodermiya. Biriktiruvchi to‘qima kasalliklarp gqatoriga kiradi. Sclerodermia so‘zi «qattiq teri» degan ma’noni anglatadi. Keyingi yillarda kasallik ko‘p sababli (multifaktorial) hisoblanib, uning nasldannaslga o‘tishi turlituman genlar yordamida amalga oshiriladi, deb taxmin qilinmoqda. Sklerodermiyaning quyidagi klinik turlari farqlanadi:

1) tarqalgan formalari (jumladan sistemali skle.rodermiya);

2) chegaralangan formalari (jumladan burdasimon sklerodermiya).

Sistemali sklerodermiya ko‘pincha turli jarohatlar va kasalliklardan so‘ng boshlanadi. Dastlab prodromal belgilar, so‘ngra Reyno sindromiga xos belgilar (tomirlarning torayishi, sianoz, sovqotish, paresteziya) kuzatiladi. Astasekin teri qattiqlasha boradi. Barmoq terisining qotishi tana va oyoqlar terisiga o‘tadi. Ateroskleroz, sklerodaktiliya, kontrakturalar kabi belgilar shakllanadi. Yuz terisishshg qatiiqlashishi «niqobsimon yuz»ni eslatadi. Shish, qattiqlashish va atrofiyalarning topilishi kasallikii aniklashga yordam beradi.

Burdasimon sklerodermiya terida sizarib shishgan .doglar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Doglarning kattaligi tangadek, qo‘lning kaftidek bo‘lishi mumkin. Yallig‘langan dog‘lar kattalashgan sari qattiqlasha boradi.

So‘ngra dorlarning rangi oqarib, os pushti, fil suyagi rangi va kul rang tus olishi mumkin. Doglarning atrofida saqlanib qolgan ko‘kimtirqizgish gardish (arguvon dalqa) chegaralangan sklerodermiya tashxisinj qo‘yishda diagnostik belgi bo‘lib xizmat qiladi. Okibat natijada qattiqlashgan teri sohasi yaltiray boshlaydi, sochlar chiqmaydi, burma hosil qilib bo‘lmaydi. Skletudermiya o‘choqlarida sezuvchanlik pasayadi, ter va yog ajralishi to‘xtaydi. Xullas, teri atrofiyasi shakllanadi. Uch asosiy belgi: shish, qattiqlashish va atrofiya diagnoz qo‘yishda amaliy yordam beradi.

Sklerodermiyaning barcha turlarini davolashda antibiotiklar (ayniqsa penitsillin, davolash kursi 5060 mln TB) ishlatiladi. Vitaminlardan A, E, G lar juda naf beradi. Nikotin kislotani maxsus ^oida aso sida tomirga yuborib davolash usuli muvaffaqiyatli. so‘llanilmovda. Gialuronidaza preparatlari (lidaza,, ronidaza, shishasimon tana) sklerodermiyaning chegaralangan turlarida yaxshi natijalar bermokda. Balchiq va parafin bilan davolash, ultratovush, shuningdek; lidaza, gidrokortizon, kaliy yodidlar bilan elektroforez va fonoforez qilish terining sotgan sohalarink yumshatishda kutilgan samaralar bermovda.

3. Mashg‘ulotning maqsadi.

Talabalar terining pufakli kasalliklari va kollagenozlarning etiologiyasi va patogenezi haqida t/shunchaga ega bo‘lishlari, ularning klassifikatsiyasin» so‘zlab berishlari lozim. Terining pufakli kasalliklaridan po‘rsildoq va Dyuring kasalligining klinikbelgilarini va ularni birbiridan ajrata bilishlari. lozim. Qizil yuguruk va sklerodermiyaning klinik manzaralari, ularga xos belgilar, jumladan teri toshmalarini ta’riflashlari lozim Talabalar quyidagilarni o‘zlashtirishlari kerak:

a) pufak suyukligidan bosma (ko‘chirma)surtma tayyorlash texnikasi;

b) Nikol’syush va AsboGanzen simptomlarini tekshirish;

v) Yadasson sinovini o‘tkazish;

g) BenyeMesherskiy belgisini aniqlash;

d) malham boglam qo‘yish texnikasi.

4. Uyga vazifa:

1. Po‘rsildoqning klinik turlarini sanab bering va ularni ta’riflang.

2. Nega uchuqsimon dermatozi bor bemorlarga 5% l.t kaliy yod eritmasini ichirish kasallikning qo‘zishigaolib keladi?

3. «Qizil yuguruk hujayralari» hosil bo‘lish jarayonini tushuntiring.

4. Hera qizil yuguruk qizlar va ayollarda erkaklarga yaisbatan ko‘p uchraydi.

5. Sklerodermiyaning klinik belgilarini so‘zlab berjng.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin