TERINING TOSHMA ELEMENTLARI
Dermatozlar va tanosil kasalliklarn diagnostikasi teri va shilliq qavatlarda kuzatiladigan turlituman o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladigan toshmalar (morfologik elementlar)ga asoslanadi. Mazkur topshalar dermatovenerologiyaning alifbosidir, bu alifbodagi har bir harf morfologik elementlardir. Toshmalarning turi, sopi, xarakteri, joylashish tartibi, ko‘p uchraydigan sohalari u yoki bu dermatologik tashxis qo‘yishni taqozo qiladi. Kasalliklar diagnostikasida jami o‘n sakkiz element (sakkizta birlamchi va o‘nta ikkilamchi) ishtirok etadi. Kasallik keltirib chiqaruvchi agent (sabab) larning ta’siri natijasida yuzaga chiqadigan teridagi birlamchi o‘zgarshplar birlamchi toshmalar deb ataladi. Shu sabablp birlamchi toshmalargina kasallikning turini, tabiatini aniqlash imkonini beradi. Birlamchi toshmalar terida birlamchi paydo bo‘lishi bilan birga ikkilamchi toshmalarning shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Ikkilamchi toshmalar birlamchi toshmalar paydo bo‘lgandan so‘ng, ularning rivojlanishi (evolutsiyasi) oqibatida hosil bo‘ladi. Shunday ekan, ikkilamchi elementlar kasallikning kechish jarayonini (zo‘rayishi yoki susayishini) ko‘rsatadi.
Birlamchi elementlarga quyidagilar kiradi:
1. Dog‘ (macula) — teri rangining o‘zgarishi, bunda terining qattiqyumshokligi va sathi o‘zgarmaydi. Dog‘lar yallig‘langan (rozeola, eritema) va yalliglanmagan (pes dog‘lari, norlar, sepkil) bo‘lishi mumkin.
2. Tuguncha (papula) — ho‘jayralarning bo‘linib ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladigan qattiq toshma. Kattaligi jihatidan miliar, lentikulyar, nummulyar va yassi bo‘ladi.
3. Do‘mboqcha (tuberculuru) — yallirlapish maddasining shakllanishidan hosil bo‘lgan toshma. Toshmaning so‘rilishi oqibatida chandik yoki dog‘ qoladi.
4. Tugun (nodus) — terining chukur qavatlarida hosil bo‘ladigan o‘smasimon qattiq element. Teri sathidan xamma hollarda bo‘rtib chikavermaydi.
5. Qavarish (urtica) — teri sathidan bo‘rtib, kavarib chikadigan chetaralangan toshma. Yuzasi tekis va silliq, qichishish bilan kechadi.
6. Pufak (bulla) — epidermis va uning tagida suyuqlik to‘planishi natijasida hosil bo‘ladigan bo‘shliqli element. Pufak muguz kavat ostida (subkorneal), tikanli Kavat bagrida (intraepidermal) va asl terida (subepidermal) joylashishi mumkin. Kichigi no‘xatday, kattasi tuxumday keladi.
7. Pufakcha (vesicula) — tarkibida seroz yoki qonli suyuklik saqlaydigan kichik bo‘shlikli toshma. Eng katta pufakcha tariqdek bo‘ladi. Pufakcha asosan yalliglangan doglar sathida toshadi.
8. (pustula) jtarkibida yirpng saqlaydigan bo‘shliqli element bo‘shligi epidermisda hosil bo‘ladi. Joylashish tarziga karab yuzaki, cho‘tsur va follkkulyar ikrkngchalar farklanadi.
Teri toshmalari fatsat bir turdagi birlamchi elementlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Bunga monomorf toshma (masalan, qo‘’busdagi tugunchalar) deyiladi. Toshmalar turlituman birlamchi elementlardan iborat bo‘lsa, polimorf toshma deb ataladi. Masalan, gushda eritema, tuguncha, pufakcha va yiringcha kuzatiladi. Agar toshma tarkibida birlamchi element bilan birga bir necha ikkilamchi elementlar kuzatilsa, soxta polimorfizm deb atash lozim. Pufakli epidermolizdd pufaklar bilan kaloq, shilinish va pigmentli dog‘larning uchrashi busha misol bo‘ladi.
Ikkilamchi toshma elementlariga kuyidagidar kiradi:
1. Pigmentli dog‘lar (pigmentatio) — giperpigmentli va gipopigmentli bo‘ladi. Giperpigmentli doglar ko‘shgacha birlamchi (tuguncha, pufakcha, pufak, yiringcha) va ikkilamchi (yoriq, eroziya) toshmalarning o‘rnida melanin pigmenti to‘planishi natijasida hosil bo‘ladi. Gipopigmentli dog‘lar esa qitiqlanuvchi doitr va xugunchalarning so‘rilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday doglar soxta leykoderma deb ataladi (kepaksimon temiratkida, qo‘’busda).
2. Qitiq (squama) — teri sathidan ko‘chib tushadigan g‘ovaklashgan muguz qavatning tangachasimon hujayralaridir. Rangi oqimtir, sarg‘ish, kulrang, jigar rang bo‘lishi mumkin. Kattaligiga qarab unsimon, kepaksimon, tangachasimon va bargsimon bo‘ladi.
3. Qaloq (crusta) — bo‘shlikli elementlar pardasining va ulardan ajralib chiqqan suyuqlikning qurishi natijasida hosil bo‘ladi. Birlamchi toshmaning xarakteriga qarab seroz, yiringli, gemorragik qaloklar farqlanadi. Shu sababli ularning rangi sariq, yashil, qizil, qora bo‘lishi mumkin.
4. Bichilish, nuqson (erosio) — terining yuzaki nuqsoni. Asosan pufak, pufakcha va yiring pardallrining yirtilishi natijasida ularning o‘rnida hosil bo‘ladi. Eroziyalarda nutsson chuqurligi epidermisdan pastga o‘tmaydi, ana shu sababli chandiqsiz bitadi.
5. Yoriq (rhagas) — terining chiziqsimon nuqsoni. Ko‘pincha teri elastikligining yo‘kolishi natijasida xosil bo‘lib, burmalar sohasida ko‘proq kuzatiladi. Yoriq chuqurligi epidermis qalinligida (fissura) va dermagacha kirib borishi mumkin. Shuning uchun yuzaki yoriqlar izsiz, chuqurlari esa chandiqlanish yo‘li bilan bitadi.
6. Tirnalish, shilinish (excoriatio) — tirnalish, qashinish va boshqa jarohatlar oqibatida teri butunligining buzilishi. Terining tirnalgan joxmari yuzaki (epidermisda) va chuqur (dermada) bo‘lishi mumkin.
7. Yara (ulcus) — teridagi chuqur nuqson. Ba’zai nuqson chuqurligi teri osti yog‘ qavati, mushak qavati va hatto suyaklargacha yetib borishi mumkin. Ular birlamchi elementlar (do‘mboqcha, tugun, chuqur yiring) to‘qimalarining chirishi natijasida hosil bo‘ladi. Yaralar barcha xollarda chandiqlanish yo‘li bilan bitadi.
8. Chandiq (cicatrix) — biriktiruvchi to‘kima elementlaridan iborat tuzilma. Chandiq teridagi chuqur nuqsonlarning bitishi natijasida shakllanadi. Chandikning hosil bo‘lishi o‘sha sohada joylangan ter va yog‘ bezlari, soch tolasi, tomirlar va elastik tolalarning nobud bo‘lishi bilan kechadi. Gipertrofik va atrofik chandiqlar farqlanadi.
9. Yag‘irlik (lichenificatio) — teri ko‘rinishi kuchaygan o‘choq, bunda teri qalinlashadi, kattiqlashadi, quriydi va giperpigmentatsiyaga uchraydi. Ko‘pincha burmalar sohasida (tirsak, tizza, chov, bo‘yin) kuzatilib, qichishish bilan kechadi.
10. O‘sish, rivojlanish, kurtaklanish (vegetationes) — terining so‘rg‘ichsimon kalinlashishi. Ko‘pincha yallig‘lanish oqibatida dermaning so‘rgichsimon va zpidermiye tikanli qavatining o‘sishi natijasida shakllanadi. Ular asosan tuguncha va yara sohalarida paydo bo‘lib qonashi va shilinishi mumkin.
ZAXM
Zaxm yukumli kasallik bo‘lib, uin rangpar treponemalar keltirib chiqaradi (1905 y.). Okish treponemalar. (Treponema pallidum) asosan jinsiy yo‘l bilan yuqqanligi tufayli tanosil kasalliklari qatoriga kirads. Zaxm Ovrupoda «sifilis» deb ataladi. Siflis treponemalar mikroskop ostida spiralsimon ip shaklida ko‘rinadi. Uning 8 tadan 13 tagacha o‘ramlari bo‘lib, bu o‘ramlarning shakli, uzunligi va qalinligi bir xildir. Spiroxetalar o‘ziga xos harakatlanish xususiyatiga ega. Ular ilgarilama, turtkisimop, mayatniksimon, to‘lsinsimon xarakatlanadi, shuningdek o‘z o‘qi atrofida xam aylanma harakat qiladi. Bu harakatlar ma’lum tartib bilan birtekisda amalga oshiriladi (valsga o‘xshash harakat). Okish treponemalarga xos yuqorida bayon etilgan shakl va xususiyatlar ularni saprofit treponemalardan ajratishda amaliy yordam beradi. Ko‘pincha ogiz bo‘shligida yashovchi saprofit spiroxetalar (Sp. microdentium, buccalis va boshqalar) qo‘pol shaklga ega bo‘lib, o‘ramlarining soni kam, yo‘g‘on va notekis bo‘ladi. Shuningdek saprofitlar ko‘pincha tez va tartibsiz urchiqsimon harakat qiladi (buni tvistsimon harakat deyiladi).
Oqish treponemalar tashqi muhitda, organizmdan tashkarida, tez nobud bo‘ladi. Ayniqsa bnologik suyukliklarning suvsizlanishi ularni qisqa muddat ichida qirilib ketishiga sabab bo‘ladi. Tarkibida okish treponemalar bo‘lgan suyuqliklar 60°gacha kizdirilganda 15 daqiqa mobaynida, 100°gacha qizdirilganda o‘sha zahotiyoq nobud bo‘ladi. Turlituman kimyoviy moddalar (fenol, margimush, simob eritmalari va kislotalar) ta’sirida ham tezda nobud bo‘ladi. Biroq rangpar treponemalar past haroratga nisbatan chndamli bo‘ladi. Jumladan, namli muhitda 12 soatgacha yashashi mumkin. Alohida ishlov berilgan (konservatsiya deb ataladi) donorlar qonida zaxm qo‘zgatuvchilari 3—6 kungacha tirik saklanib qolishi va patogenlik xususiyatini yo‘qotmasligi mumkin.
Ranglar treponemalarni.oziq muhitlarda ekib o‘stirish uchun murakkab sharoit (maxsus oziq muhitlar, anaerob sharoit) talab qilinadi. Shuningdek maxsus ozik muxitlarda ekib o‘stirilgan spiroxetalar o‘zlarining morfologik va patogenlik xususiyatlarini yo‘qotadi.
Ranglar treponemalar elektron mikroskop ostida (N. M. Ovchinnikov, V, V. Delektorskiy) ilonni yoki yomrir chuvalchangini eslatadi. Shuningdek ularning uch qavatli kobigi borligi aniqlangan. Ayniqsa ularning tapgqi qavati juda rivojlangan bo‘lib, antibiotiklarning hujayra sitoplazmasiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Treponemalar ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Noqulay sharoitlarda (yuqori harorat, antibiotiklar ta’siri, antagonist mikroorganizmlar) kista hosil qilib, o‘zini ximoya kilish xususiyatiga ega, yoki L—shakliga, yoriqsimon va ipsimon shakllarga kirishi mumkin. Bunday notipik shakllarda ular uzoq muddat, yillar davomida saklanishi mumkin. Bunday hollarda bemor organizmi bilan spiroxetalar o‘rtasida vaqtinchalik shartli «muvozanat» hosil bo‘ladi. Ammo bemor organizmi qarshilik ko‘rsatish qobiliyatining pasayib borishi, boshqa kasalliklarning ko‘shilishi spiroxetalarning qaytadan spiralsimon patogen shakllarga aylanishiga (reversiya deb ataladi) sharoit yaratib beradi. Shuningdek kasallik yuqqandan so‘ng zaxm jarayoni hech qanday belgilarsiz uzok muddat yashirin kechishi mumkinligi amalda isbot etilgan.
Ma’lumki, ranglar treponemalarning qista shakllari ham antigenlik xususiyatiga egadir. Demak, ularga nisbatan hosil bo‘lgan karshi tanachalar serologik reaksiyalarning musbat natijalar berishiga olib keladi. Bu tadbir yashirin kechayotgan zaxmni aniqlashga yordam beradi.
Laboratoriya tekshiruv usuli. Tekshirilayotgan biologik suyutushk va zaxm toshmalaridagi spiroxetalarni qidirib topish koronzgilashtirilgan ko‘rish maydonida amalga oshiriladi. Bu Tindal fenomeniga aooslangan. Rangpar treponemalar anilin bo‘yoklarni o‘ziga yomon qabul qiladi, ba’zan bu bo‘yoqlar bilan umuman bo‘yalmaydi. Zaxm qo‘zgatuvchilarnning ranglar yoki odish treponemalar deb atalishi bejiz zmas. Bundan tashsari, spiroxetalar bo‘yalganda ular nobud bo‘lib, muhim farqlovchi belgi, ya’ni o‘ziga xos harakat turlarini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Bu hol patogen spiroxetalardan saprofit spproxetalarni ajratish imkoshyutidan mahrum etadi. Shu sababli zaxm qo‘zgatuvchilari tirik holatlarda tekshiriladi. Buning uchun mikroskopning kondensoriga krra kogoz do‘yilib, ko‘rish maydoni qorongilashtiriladi va yon tomondan yorug‘lik nuri beriladi. Tekshirish uchun zaxm toshmalaridan birikki tomchi to‘kima suyukligi (serum deb ataladi) olinib, predmet (buyum) oynasiga tomiziladi, so‘ngra birikki tomchk fiziologik eritma tomizilib spiroxetalarning harakatlanpshi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tekshirilayotgan suyuklik koplaptch opnacha bilan yepplpo mpkroskop stolchasiga ko‘yiladi. Tegishli yoruglik va kattalashtiruvchi uskunalar yordamida ko‘rish maydoni topilgach, spiroxetalarni qidira boshlanadi. Sorongi ko‘rish maydonpda rangpar treponymalar kumush rangda jilvalanadi. Bordiyu dastlabki laboratoriya tekshiruvlarida treponemalar topilmasa, izlanish bir necha bor takrorlanadi.
Takroriy tekshiruvlar paytida tekshirilayotgan toshmalar yuzasi izotonik eritma yordamida 24 soat davomida namlanib turiladi. Tekshirilayotgan toshmalarda zaxm ko‘zg‘atuvchilari topilmasa, limfa tugunlarining punktati — to‘qpma sukgsligi tekshiriladi.
Zaxmnpng yuqish yo‘llari. Kasallik quyidagi yo‘llar bilan bemordan sog‘lom kishiga o‘tadi:
1. Jknsiy yul — jinsiy aloka paytida zararlanish. Bunga jinsiy a’zolar ishtirok ztadigan yaqinliknipg barcha turlari kiradi. Bemor jinsiy a’zolarida joylashgan toshmalarda rangpar treponemalar ko‘p mikdorda bo‘ladi.
2. Nojinsiy yo‘l:
a) jnnsiy a’zolar ishtirokisiz yatspnlik kilish
(o‘pishish, to‘shakda birga yotish);
6} kon orqali yuqish (zaxmga chalingan bemorlarning koni kuyilganda);
v) kasbga aloqador zararlanish (tpbbiy xodimlarning ehtiyotsizligi tufayli muolaja paytida kasallik yuqtirishlari);
g) maishiy yo‘l bilan gokish (turmush anjomlaridan umumiy foydalanish patijasida).
Zaxm kasalligining yuqish sharoitlari. Zaxmga uchratan bemorlar bilan yaqinlik qilish kasallik yuqtirish degan so‘z emas, Zaxm qo‘zgatuvchilarini soglom kishiga o‘tishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:
1) teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi. Zaxm kasalligi bor bemorlar bilan jinsiy va boshsa turdagi aloqa bo‘lganda terining butunligi buzilishi mumkin. Shuningdek, teri va shilliq savatlarde. turlituman yarachaqalarning bo‘lishi zaxm qo‘zgatuvchilarining terining chukur qavatlariga kirib borishp uchun sharoit yaratadi. Rangpar treponemalar soglom teridan o‘ta olmaydi.
2) «yangi» organizmga o‘tgan spiroxetalar miqdorining ko‘pligi. Ma’lumki, teri orqali o‘tgan rangpar treponemalar organizmning fagotsitar qarshiligiga uchraydi. Agar yuqkan spiroxetalar miqdori kam bo‘lsa, •ularning barchasi makrofaglar tomonidan nobud etiladi. Ko‘p miqdorda o‘tgan spiroxetalarni himoyachi hujayralar eplay olmaydi, oqibatda ular qonga o‘tib ko‘paya •boshlaydi.
3) mshroxetalar virulentlik darajasining yuqori bo‘lishi. Fagotsitlar «jangi»da patogenlik darajasi yukori bo‘lgan spiroxetalargina golib chiqadi. Turlituman antibiotiklar ta’sirida zaiflashgan treponemalar mitsdori ko‘pligiga qaramasdan makrofaglar tomonidan kirib yuboriladi. Davolanayotgan zaxmli bemorlar ’bilan jinsiy yaqinlik qilinganda kasallikning ko‘pincha yutsmaslik sababi ham ana shunda.
4) makroorganizm immunobiologik holatining keskiya ’pasayishi, Turlituman kasalliklar bemor organizmining qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini pasaytirib yuboradi, jumladan, fagotsitlar aktivligini susaytiradi. Bu hol organizmni kasallik yuqtirishga moyil kilio •qo‘yadi.
Zaxmdan davolangan bemorlarda orttirilgan immunitet vujudga kelmaydi, shuningdek ularda tug‘ma immunitet ham rivojlanmaydi. Zaxm kasalligi ikki, hatto ;uch marta qayta yuqishi (reinfeksiya deyiladi) mumkin.
Zaxm organizmda mavjud bo‘lgan davrda vaqtinchalyk immunitet hosil bo‘ladi. Zaxm bilan kasallangan bemorlar kasallikning ma’lum davrlarida qo‘shimcha zararla.nishlari, ya’ni bemor organizmiga treponemalarning yangi shtammlari tushishi mumkin (superinfeksiya deb ataladi). So‘shimcha kasallik yuqqanda pando bo‘ladigas zaxm belgilari bemor organizmida ketayotgan zaxm jarayoni qaysi davrga to‘rri kelganligiga bog‘lis. Masalan, qo‘shimcha zararlanish zaxmning yashirin davriga yokv birlamchi zaxmning dastlabki kunlariga to‘rri kelsa, navbatmanavbat yangi qattiq yaralarning paydo bo‘lishiga olib keladi. (ulcera indurata succentuara). Ikkilamchi yashirin zaxm davrida qo‘shimcha spiroxetalar yuksa, bemor terioida ikkilamchi zaxm belgilari (tuguncha va dor) paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli venerologning ish faoliyatida superinfeksiyani reinfeksiyadan, shuningdek, superinfeksiyani kasallikning qaytalanishidan ajratish qiyin bo‘ladi.
ZAXMNING UMUMIY KECHISHI
Zaxm yuqumli kasalliklar katoriga kiradi. Barcha yukumli kasalliklar singari zaxmning kechishi ma’lum davrlarga bo‘linib siklik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Orttirilgan va davolanmagan zaxmning kechishyada davrlarning almashinib turishi kuzatiladi. Zaxm ma’lum bir davrishshg boshqa davr bilan almashinishp ma’lum konuniyatlar asosida boradi, buni fransu* sifilidologi F. Rikor isbotlab bergan. Ana shunga binoan zaxmning to‘rt davri: inkubatsion (yashirin), birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi davrlari farklanadi. Rikoriing fikricha, yuqorida sanab o‘tilgan davrlarning navbatmanavbat tartib bilan almashinuvi shartdir. Masalan, birlamchi zaxm belgilari kuzatilgai bemorda uchlamchi zaxm belgilari namoyon bo‘lishidan avval albatta. ikkilamchsh zaxm simptomlari kuzatilishi shart. Mazkur qonuniyat faqat orttirilgan va davolanmagan zaxmga tegishlidir.
Zaxmning inkubatsion (yashirpn) davri rangpar treponemalar organizmga tushganidan to sattiq yara shakllanguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘rta hisobda bir oyni tashkil etadi. Eng qissa yashirin davr 2 haftadir, bu hol organizmning karshilik ko‘rsatish kobiliyati keskin pasayib ketgan bemorlarda (kamqonlik,. orir yukumli kasalliklar, sil, qand kasalligi, jarrohlik muolajalaridan so‘ng va hokazo) kuzatiladi. Yashiriya davrning kisqarishi treponemalarning virulentlik darajasi va mikdoriga ham bogliq. Yashirin davrning cho‘zilib ketishi organizmga yuborilgap antibiotiklar va boshda* trepoiyemotsid dorilarga bogliq. Antibakterialmoddalar bemor organizmiga kanchalik ko‘p yuborilgai bo‘lsa, yashirin davr ham shunchalik cho‘ziladi.
Amaliy sifplidologiyada yashirpn davrning maksimal uzayish muddati uch oil deb qabul kilingan. Agar kasallik yuqish xavfi aniqlangan kundan uch op mobaynida kattshu yara hospl bo‘lmasa va klassik serologik reaksiyalar manfiyligicha solsa, tekshirilayotgan shaxs sorlom hisoblanadi.
Birlamchi zaxm (syphilis primaria) o‘rta hisobda 6—8 hafta davom ztadi. Bu davrda teri va shilliq savatlarning ma’lum sohalarida, ko‘pincha jinsin a’zolar sohasida qattik yara hosil bo‘ladi, shuningdek limfa tutunlarining kattalashishi kuzatiladi. Dattiq yara (birlamchi sifiloma) xosil bo‘lgapdan so‘ng 2—3 xafta mobaynida KSR (VR, KR, ZVR) manfiy natijalar beradi. Bu davr birlamchi seromanfin zaxm (syphilis I seronegativa) deb yuritiladi.
So‘ngra serologik reaksiyalar, jumladan Vasserman reaksiyasi musbat natijalar beradi, bu davrga birlamchi seromusbat zaxm (syphilis I seropositiva) deyiladi. Zaxmning birlamchi davrining seromanfiy (pegativ) va seromusbat (pozitiv) zaxmlarga bo‘linishi faqatgina Vasserman reaksiyasining natijasiga bogaik. Zero birlamchi zaxmning bu ikkala davrida sattiq shankr va limfadenitdan boshqa belgilar kuzatilmaydi. Ko‘pincha qattiq shankr paydo bo‘lgandan so‘ng 1 hafta o‘taro‘tmas o‘sha soxadagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi (regionar limfadenit deb ataladi). Zaxmning birlamchi davri oxiriga kelkb qattik shankrdan uzokda joylashgan limfa tugunlarini ham paypaslash imkott yaratiladi. Anikrogi, regional limfa tugunlarigina emas, balki bir necha guruh limfa tugunlari ham paypaslana boshlaydi. Bu xol poliadenit deyiladi.
Birlamchi manifest (belgili) zaxmdan so‘ng birlamchi yashirin zaxm keladi. Ko‘pchilik xollarda kasallik hech qanday yashirin davrsiz ikkilamchi zaxmga o‘tadi. Teri va shilliq k.avatlarda turlituman toshmalar (ko‘pincha dog‘lar va tugunchalar, ba’zan yiringcha va pufakcha.larning) paydo bo‘lishi zaxmning ikkilamchp davri (syphilis secundaria) boshlanganidan guvohlik beradi. Ikkilamchi zaxm belgilari dastlab namoyon bo‘lganda unga ikkilamchi yangi zaxm (syphilis II recens) nomi berpladi. Mazkur belgilar ko‘pi bilan 2—3 oy mobaynida hech qanday davo choralarisiz yo‘qoladi, bunda xat.to i:z x.am qoldirmaydi. Bu davr ikkilamchi yashirin zaxm" (syphilis II latens) deb nomlanadi. Yuqorida kand etilgan toshmalarning takroriy namoyon bo‘lipsh (ainiksa, tugunchalar va dog‘larning) ikkilamchi qaptalangan zaxm (siyphilis II recidiva) deb yuritiladi.
Zaxmning ikkilamchi davri 2—3 yil, ba’zan 5—6 yil davom etadi. Shu orada toshmalar bir necha marta qaytalanishi mumkin. Bunda toshmalar miqdori kamayib boradi, hajmi esa kattalashaveradi. Terinpng ma’lum sohalarida to‘planib guruh bo‘lpb joyyaashadi, bunda har xil shakllar (yoy, halka, taka va hokazo) paydo bo‘ladi.
Zaxmnnng uchlamchi davri (syphilis tertiaria) kasallyak yuqqandan so‘pg, kamida 3—5 yil o‘tgandan cjhir rivojlanadi, ba’zan (davo choralari o‘tkazilmaganligiga qaramasdan) uzok yillardan so‘ng shakllanadi. Uchlamchi zaxmga aloqador toshmalar (tugunchalar va do‘mboqchalar) fakatgina teri va shillvpq savatlarda joylashibgina qolmasdan, balki ichki a’zolarda. asab sistemasi, suyak va b5’gimlarii xam zararlaydi. Uchlamchi zaxm belgilari teri va shilli; qavatlarni chetlab o‘tib, bprknchi navbatda ichki a’zolarda va asab sistemasida ko‘rinipsh mudshin. Zaxmning dastlabki (erta) davrlarida davolanmagan barcha bemorlarda uchlamchi zaxm belgilarining paydo bo‘lishi shart emas (bu hol tegishli mavzularda bayon etiladi). Zaxm jarayonining bir davrdan ikkinchisiga o‘tish tezligi orgapizmning immunobiologik qobiliyatiga, jumladan, hujayralarning ahvoliga, ularni zaxm qo‘zg‘atuvchisi bilan o‘zaro munosabatiga, shuningdek qator tashdi va ichki omillarga bog‘lik. Bu omillar ichpda bemorning yoshi, turmush va mehnat sharoktlari, bemorda kuzatilgan boshk,a kasalliklar muhpm rol o‘ynaydi.
Biz yukorida orttirilgan va davolanmagan zaxmning kechishida zaxm davrlarkning navbat bilan biridan pkkinchisita o‘tishi shart ekanligigsh ta’kidlagan edpk. Bproq oxprgi qariyb 20 yillik kuzatuvlar (M. V. Mplich, 1968) zaxm jarayonidagi davrlar almapshnuvi xamma vaqt ham ma’lum konupiyat asosida kechmasligini ko‘rsatdi. Kator bemorlarda zaxm kasalligi YU1;qandan so‘pg belgisiz (simptomsiz) kechishi mumkin va bunday belgisiz kechish uzok xCHillar davom etishi mumkkn. Keyipgi yillarda sifilidologiya bo‘limlarida zaxmning kechikkan turlari bilan ddvolanayotgai bemorlarning ko‘pchiligi (70—90%) o‘z kasalliklari tarixini hikoya jilayotganlarida, yoshligida zaxm bilan ogrimaganliklarini ta’kitsdamoqdalar. Ular teri va shilliq qavatlarida umr bo‘yi hech kanday toshmalar kuzatmaganligini isbotlashga urinmoqdalar. By hol zaxmning uzoq yillar mobaynida simptomsiz kechishi mumyushligini ko‘rsatmovda. Keyingi yillarda ochilgan kashfiyotlar, serologiya fanida aniqlangan yangiliklar bu fikrni tasdiqlamoqda. Ma’lumki, spiroxetalar «yangi organizmga» o‘tgandan so‘ng o‘ziga qulay shartsharoitlar topa olmasa, atipik shakllarni sabul qiladi. Jumladan, sista hosil qiladi, yoki Lformaga aylanadi, yoxud yoriqsimon, ipsimon ko‘rinishlarga o‘tadi. Bu notipik ko‘riiishga ega bo‘lgan spiroxetalar o‘z aktivligini yo‘qotib, manifest (belgili) zaxm qo‘zratishga qodir bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli zaxm yashirin kecha boshlaydi. Bu jarayon uzoq yillar davom etishi mumkin. Turlituman sabablarga ko‘ra treponemotsid dorilar qabul kilish, jumladan antibiotiklar bilan davolanish «noqulay D1uxit» muddatining cho‘zilishiga, ya’ni zaxmning yashirin kechish muddatinipg uzayishiga olib keladi. Bunday hollarda zaxmning yuqumli, erta davri belgilari kuzatilmaydi. Nihoyat, yillar o‘tishi bilan organizmshshg zanflashishi natijasida zaxmning biror davri belgilari ro‘yobga chikadi.
Zaxm so‘zg‘atuvchilari «yangi organizmga» tushgandan so‘ng zaxm jarayoni umuman vujudga kelmasligi mumkin. Agar rangpar trepopemalar kam mikdorda bo‘lib, virulentlik darajasi past bo‘lsa, shuningdek treponemotsid dorilar ta’siriga birdaniga duchor bo‘lsa, zaxm jarayoni rivojlanmasligi mumkin.
3. Mashgulotning maqsadi.
Talabalar dermatovenerologiya fanp to‘grisida umumip ma’lumotlarga ega bo‘linshari, terining tuzilishi va vazifalarini to‘gri bayon qilishlari lozim. Ularterida kuzatiladigan toshmalar — birlamchi va ikkilamchi elementlarni yod bilshplari, ularning diagnostik mohiyatini anglashlari lozim. Shuningdek zaxm to‘g‘risid» kerakli ma’lumotlarni va kasallikning umumiy kechishini bilishlari lozim. Talabalar quyidagilarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari lozim:
a) teri po‘sti va asl terinlng qavatlari;
b) birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlar;
v) rangpar treponemalarpi qorootilashtirilgan maydonda ko‘rish usuli;
g) zaxm toshmalaridan to‘qima suyukligini olish usulya.
4. Uyga vazifa.
1) terining rangi nimalarga bog‘lik?
2) Malpigi qavati tuzilishini tushuntiring.
3) birlamchi toshmalar ikkilamchi toshmalardan qanday farklanadi?
4) zaxm kasalligi yuqishi uchun qanday shartsharoit aarur?
5) orttirplgan mannfest zaxmning odatdagi kechishini tushuntirpng.
ADABIYOTLAR
YU. K. Skripkin va boshqalar. Rukovodstvo po detskoy dermatovenerologii. M. 1983. 512, 2129, 376383betlar.
S. T. Pavlov va boshsalar. Kojnne i venericheskiye bolezpi. M. 1985, 536, 253273betlar.
P. V. Kojevnikov. Obtsaya dermatologiya. L. 1970. 69114oyetlar.
Dostları ilə paylaş: |