O‘quv adabiyoti h. K. Shodiyev, S. R. Ahmedov teri va tanosil kasalliklari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə9/17
tarix12.03.2017
ölçüsü0,92 Mb.
#10948
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17

ADABIYOTLAR
YU. K. Skripkin va boshqalar. Bolalar dermatoveiyerologiyasidan qo‘llanma. L. 1983.

YU. K. Skripkin. Teri va taposnl kasallpklarp. M., 1970. 124—162betlar.

5. Talabalaryushg o‘z ustida ishlash rejasi.


Ishning nomi

Ishning mazmuni

Itning matssdi

1 Ppodermitlar

btglap davolanayotgan bolalarning kasallik tarpxini o‘rganish;



a) anamnez va epidemiologik anamnez yigish;

G) dastlabvi: tashxis

asosida mazkur kasallikni darslikdan mukamal o‘rganish;

v) ttlodermiyalarga xos

bo‘lgan toshmalar bilan

tanishish;

g) topshadarnp farkg

lash asosida piodermiyaning turinp aniqlash.



a) dastlabki tashxis

qo‘ppsh, o‘xshash kasaliklardan farqlash:











































2. Bemor bolalar

va ularshtg ka

sallik tarixish!

GURUH bilan bir

ga muhokama qi

lish.


a) bemorning dastlabki

tashxisini muhokama

kilshp;

b) toshmalarding tu

p:ira aniklpk kiritish;


a) bemorga diagnoz

ko‘yish;

b) tuzilgan davo rejalarini to‘g‘rinoto‘g‘riligini tekshirish;

v) talabalarning piodermitlar coxasidagi bilimlarjpi otnirish.











v) bemorga davo re?ka

sipp tuzib, upi muho

kama yo‘ln bilan tas

sik.lash.





.




9 MASHG‘ULOT
1. Mashg‘ulot mavzusi. Dermatitlar. Terining allergik kasalliklari (gush, peyrodermit, kichima, eshakem). 2 Mavzuning qisqacha mazmuni.

Dermatitlar. Terining epidermis va derma qavatlarining yallirlanishi dermatit deb ataladi. Dermatitlar tashqi va ichki manbalarning salbiy ta’siri natijasida shakllanadi. Tashqi ta’sirlovchi manbalar shartli va shartsiz bo‘lishi mumkin. Shartsiz (obligat) manbalar teriga ma’lum kuch bilan, aniq vaqt ichida ta’sir etganda terining yalliglanishi yuzaga keladi. O‘tkir kislotalar va ishkorlarshshg tsriga tomishi patijasida hosil bo‘lgan epidermis va derma qavatlarining o‘tkir yalliglanishi bunga misol bo‘la oladi. Bu xyal dermatitlar oddiy dermatptlar deb ataladi. Shartli (fakultativ) ta’sirlovchi manbalar esa qator patogenetik sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina teri yallimanishini keltirib chi^aradi Shu tufayli buiday dermatitlar mazkur ta’sirlovchi moddaga nisbatan organizmning sezuvchanligi oshgan shaxslardagina paydo bo‘ladi. Demak, shartli ta’sirlovchilar bir marta ta’sir etganda terining yallig‘lanishi kuzatilmaydi. Chunkk teri sezuvchanligining oshish hodisasi hali shakllanib ulgurmagan bo‘ladi. «Vyetnam balzami» ni bir necha marta teriga surtish natijasida xosil bo‘lgan teri yalliglanishi bunga misoldir. Bu xil dermatitlar allergik dermatitlar deb ataladi.

Agar oddiy dermatitlarning hosil bo‘lishiga tashqi manbalar sabab bo‘lsa, allergik dermatitlarning shakllanishida esa ichki manbalarning ahamiyati katta.

Jumladan, ovqat hazm qilish a’zolarining kasalliklari (gepatit, gastrit, enterokolit va boshqalar) allergik dermatitlarning rivojlanishini tezlashtirib yuboradi. Mazkur kasalliklarga hali duchor bo‘lmagan bemorlarda, ayniqsa yosh bolalarda ichaklardagi so‘rilish jarayonining susayishi (malabsorbcion syndrome) muhim patogenetik rol o‘ynaydi.

Shuningdek, asab sistemasi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, modda almashinuvidagi o‘zgarishlar va immunologik buzilishlar ham ma’lum ahamiyat kasb etadi.

Amaliy dermatologiyada oddiy va allergik dermatitlar tushunchasi keng qo‘llaniladi.

Oddiy dermatitlar. Oddiy (artifitsial) dermatitlarda terinygY^zararlanigai faqatgina tashqi ta’sirotlar ta’sir etgan joydagina kuzatiladi. Buyada yallig‘lanishga sabab bo‘lgan omillarning ta’sir darajasiga karab zararlangan coxa terisida qizarpsh va ptish paydo bo‘lishi (eritematoz dermatit) yoki teri qizargan n^oyda pufak va pufa!xchalar yuzaga kelishi mumkin (bullyoz dermatit). Shuningdek, yalliglanish jarayoni yara paydo bo‘lishi va terining nobud bo‘lishi (nekroz) bilan kechishi mumkin (nekrotrgk dermatit). Boshqacha qilib aytganda, oddiy dermatitda yallig‘lanish jarayoni odatda o‘tkir o‘tadi. Birok yosh bolalarda oddiy dermatitlar kiyimkechak va poyabzalning, shuningdek past va yukory haroratning uzoq vaqt davomida ta’sir etishi natijasida ham shakllanadi Bunday oddiy dermatitlar surunkali kechadi. Surunkali davom etadigan oddiy dermatitlarda ham terining qizarishi, shishishi va suvchirashi, pufak, pufakcha, shilinish va eroziya kabi belgilar paydo bo‘ladi. Anik yig‘ilgan anamnez, jumladan, teriga ta’sir etgan omillarni aniqlash uni allergik surunkali dermatitlardan ajratishda yordam beradi.

Allergik dervttitlar. Bunday dermatitlarning klinik belgilari asl polimorfizm bilan ta’riflanadi. Bunda terining yalliglanish reaksilsi yallig‘langan dor (eritema), pufakchalar, tugunchalar va suvchiragan sohalar shakllanishi bilan o‘tadi. Terining yallitlanshpiga sabab bulgan omilning turiga qarab tonshalarning turi va tabiati turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiyasi natijasida shakllangan allergik dermatitlarda ko‘pincha pushti rangli eritemalar va pufakchalar paydo bo‘lsa, dorivor moddalardan paydo bo‘lgan allergik dermatitlarda esa yirikkirztk pufaklar va gemorragpk doglar ko‘i kuzatiladi.

Umuman olganda allergik dermatitlarning ikki turi tafovut otiladi: kontakt allergik dermatitlar (KAD) va toksik allergik dermatitlar (TAD). Kontakt allergnk dermatitlar allergenlarning teriga bevosita ta’sir etishi natijasida yuzaga chikadi. Bunda terining sezuvchanligini oshpruvchi moddalar bevosita terining allergik yalliglanishiga olib keladi. Toksik allergik dermatitlar allergenlarning bemor organnzmiga nafas olish va xazm yo‘llari orqali ta’siri natijasida, shunnngdek, turlituman kimyoviy moddalarni tomir ichiga va mushak orasiga yuborish oqibatida ntakllanadi. Toirsik allergik dermatitlar toksidermiyalar deb ham ataladi. Sababp TAD da organizmga teridap boshka yo‘l Cmlan kiritiladigan modda nafaqatsensibilizatsaya, balki intoksikatsiya (zaharlanish) ham keltirib chiqaradpMa’lumki, sensibilizatsiya paydo qiladigan modda organizmga ikks va undan ortiq marta kiritilishi lozim. Demak, bemor anamnezida yuborilgani taxmin qilingan allergnk moddaniso‘rabsurishtirish kasallik tabiatini aniqlashga yordam beradi. Allergik dermatit tashxpsi allergik sinovlar qo‘yish yo‘li bilan taodiqlanishi mumkin.

Oddiy dermatitlarni davolashda dastlab yallig‘lanishga sabab bo‘lgan omilning ta’sirins to‘xtatish lozim. So‘ngra yallig‘lanishga qarshi tashqp mahalliy davo choralari qo‘llaniladi. Bunda yalliglanish belgilari hisobga olinishi darkor: pufaklarni ochpb yallig‘lanish suyuqligini chiqarib yuborish; bakteritsid eritmalar (kaliy permanganat, rivanol) bilan yuvish; rux, ixtiol va shunga o‘xshash boshqa antiseptik malhamlar surtish; terining suvchiragan sohalarini kumush nitrat ski tanin eritmasi bilan namlash; steroid malhamlar qo‘llash; Kastellani suyuqligini surtish va hokazo.

Allergpk dermatitlarnp davolagada ham sensibilizatsiyaga sabab bo‘lgan allergenni aniqlab, uni bekor qilish davolashdagi birinchi talab xisoblanadi. Chuqur intoksikatsiya bilan kechayotgan toksidermiyalarda oshqozon va ichaklarni yuvish, siydpk haydovchi moddalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega Shundan so‘ng, sezuvchanlikni susaytpradigan va yallig‘lanishga qarshi doridarmonlar qo‘llaniladi:

a) aptigpstamin moddalar (dimedrol, tavegil, zaditen);

b) kalsgsh preparatlari (kalsiy xlorid, kalsiy

glyukonat);

v) vitaminlar (askorbin kislota, rutin). Mahalliy davolashda qo‘yalaniladigan dorilar ichida kortikosteroid malhamlar (prednizolon, ftorokort, lorinden va hokazo) yaxshi naf beradi. Allergik dermatitlarning ogir formalarida natriy pgaosulfit yoki Ringer eritmasini tomir ichiga yuborish, glyukokortikoidlarni qo‘llash bemorlarni ko‘ngilsiz okibatlardan saqlab qoladi.
GUSH (EKZEMA)
Ekzema so‘zi grekcha «eczeo» so‘zidan olingan bo‘lib, «qaynash» degan ma’nonn anglatadi. Kasallikningo‘tkir va qo‘zigan davrlarida zararlangan teri sohasida to‘plangan manda pufakchalar qaynab turgan suv pufaklarini eslatadi.

Gush turlituman etiologik va patogenetik omillarning murakkab majmuasi oqibatida shakllanadi. Kasallikning rivojlanishida antigenantitana reaksiyasi hal qiluvchi rol o‘ynashi sababli gush allergik dermatozlar katoriga kiritilgan. Ko‘pincha pediatrlar go‘daklarda kuzatiladigan ekzemani «ekssudativ diatev» deyishadi Bu noto‘gri, zero M. S. Maslovning «ekssudativ diatez kasallik emas, balki organizmning o‘ziga xos anomal holati» deb ta’kidlashini unutmasligimiz lozim. Yosh bolalarda gush irsiy moyillik tufayli, ya’ni anomal xolat zamirida shakllanadi.

Gushning quyidagi klinik turlari tafovut etiladi: asl (idiopatik) gush, seboreyali gush, mikrobli gush. Katta yoshdagi kishilarda esa kasbga aloqador gush ham farq qilinadi.

Asl gush. Odatda go‘daklarning 3—6 oyligidayoq boshlanib, bunda ko‘shshcha terining yuz qismi (yonoq sohasi) zararlanadi. Shishib qizargan teri sohasida paydo bo‘lgan tugunchalar, pufakchalar va chaqalar teri ostida madda to‘planishiga olib keladi. Terining ustki yuzasi esa suvlashib turadi Boshning soch qismida paydo bo‘lgan pufakchalar tezda yiringchaga aylanadi. Gush jarayoni vaqt o‘tishi bilan tanaga tarqaladi, ayniqsa so‘ya va oyoqlarni zararlaydi. Shu tufayli katta yoshdagi kishilarda. asl gush ikki qo‘l va ikki oyoqda simmetrik joylashgan bo‘lib, yuz terisida deyarli kuzatilmaydi.

Seboreyali gush. Ekzemaning mazkur turi tananing yuqori qismida, ko‘nincha boshning sochli qismi, quloq terisi va uning atrofida, yuz terisi, ko‘krak va yelka sohasida joylashadi. Zararlangan terining tashqi ko‘rinishi seboreya kasalligini eslatadi. Shu sababli ko‘pgina olimlar seboreyali gush deganda seboreya bilan gushning birga uchrashini tup!unishadi. Biros gushning bu turida bemor bolalarning aksariyatida terining suvlanib turishi va mikrovezikulalar kuzatilmaydi va shu bilan asl gushdan farv; qiladi.

Mikrobli gush. Gushning bu turida kasallikning rivojlanishida stafilokokklar va streptokokklar patogenetik rol o‘ynaydi. Bunday bemorlar organizmida sensibilizatsiya mikroorganizmlar tomonidan yuzaga keladi, ya’ni bemor organizmida kuzatiladigan mikrobli sensibilizatsiya nmmunologik tanqislik zamirida, jumladan fagotsitoz jarayonining yetarli emasligi oqibatida rivojlanadi.' Kasallik belgilari dastlab yiringli toshmalar atrofida paydo bo‘lib, so‘ngra boshqa soxalarga tarshshadi. Biroq ular ma’lum chegaraga ega bo‘lib, LOkal joylashadi, ba’zan tangasimon bo‘ladi, ularga asimmetriya holatida joylashish xos.

Gushning barcha turlarida quyidagi bosqichlar kuzatiladya: eritemali — tugunchali — pufakchali — yiringchali — suvchirash — qatqaloqli — qipitslp — tiklanish bosknchlarp. Yutsornda sanalgal booqichlarning navbatmanavbat o‘tishi shart emas. Kasallikning turiga va davo chorglariga bog‘liq holda u yoki bu bosqichlar kuzatilmasligi mumknni’yni rivojlanyupi jarayonida surunkali tus oladi. Yil fasllariga bogliq holda teztez qo‘zib turadi. Masalan. asl gush ko‘pincha baxor faslida qo‘zisa, mikrobli gush kuzda ko‘p so‘ziydi. Gush jarayonini chuqurlashtiradigan va ko‘eishiga olib keladigan omillar (jumladan, allergenlar) turlitumandir. Ko‘shshcha gush jarayonining shakllanishiga oziqovqat moddalari va dorilar sabab bo‘ladi. Kasallikning avj olishiga esa maishiy va kasbga aloqador omillar sabab bo‘ladi. Demak, gushda kuzatiladigan sensibilizatsiya turlitumandir. Bu hol kasalliknd davolashni murakkablashtiradi, amalda sensibnlizatsiya paydo qilgan barcha allergenlarni yo‘qotib bo‘lmaydi va shu sababli gushning kechishi surunkali tus oladi va teztez qaytalanib turadi.

I ushni davolash kompleks holda olib borilishi lozim: gistaminga qarshipreparatlar, kalsiy tuzlari, vitaminlar, tinchlantiruvchi moddalar, siydik haydovchilar va oromgohlarda davolash usullari.

Gistaminga qarshi dorilar (dimedrol, fenkarol, bikarfen, tavegil, sandostep va hokazolar) gistamin, bradikipin va serotoniya kabi mediatorlarning biologik ta’sirini susaytiradi va shu yo‘l bilan ularning naf berish darajasini oshiradi. Mazkur dorilarning miqdori va ishlatish muddati bemorning yoshiga k.arab anvqlanadi va muitazam ravishda qo‘llaniladi. Ammo bunday dorilarni ishlatish 10 kundan oshib ketmasligi kerak.

Go‘daklar va yosh bolalarni davolashda kalsiy tuzlari (xlorid, glyukonat, glitserofosfat, pantotenat, laktat) ko‘p qo‘llaniladi. Ular tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish suyuqligi to‘planishining oldini oladi. Ayniqsa gushning suvchiragan bosqichida ko‘p foyda beradi. Kalsiy tuzlarini simpatikotopiyatsa, ok dermografizmda, qabziyatga moyillik bo‘lgapda berib bo‘lmaydi.

Tinchlantiruvchi moddalar — brom preparatlari, barbituratlar, shuningdek, trioksazin, zlenium, seduksen kabi uxlatuvchi dorilar gushda kuzatiladigan noxush belgilarni (qichish, achish) pasaytirish bilan birga bemorlarning kayfiyatini yaxshilaydi. Mazkur dorilar?10 kun beriladi. Ularning uzoq muddat qo‘llanilishi go‘daklarni aqliy qobiliyatini susaytiradi va kaltafahmlikka olib keladi.

Vitaminlardan piridoksii, askorbin kislota ko‘p ishlatiladi. Siydik haydovchilar (furosemid, laziks) kasallikning o‘tkir bosqichlarida yalliglanish suyuqligini kamaytirish maqsadida beriladi. Yiringli kokklar bilan og‘irlashadigan paytlarda antibiotiklar (penitsillin, tetrasiklin, eritromitsin) qo‘llaniladi.

Gushni mahalliy davolash bosqichmabosqich olib borilishi lozim. Dastlab namlash usullarp (rivanol, kumush nitrat eritmasi, tanin bilan), so‘ngra o‘tkir yalliglanish belgilarini yo‘qotadigan yuzaki ta’sir etuvchi malhamlar (steroidlar, rux pastasi) ko‘llaniladi. Nihoyat, zararlangan teri sohasidagi maddaning so‘rilishini tezlashtiruvchi dorilarni (ixtiol, naftalan, oltingugurt malhamlari) ishlatish lozim. Gush kasalligi surunkali kechadigan va qaytalanib turadigan bemorlar «romgoxlarda (Pyatigorsk, Issiqko‘l, Chortoq, Toshkent mineral suvi) davolanishlari lozim. Bunda ultrabinaf;ia nurlar, fonoforez, iarafin va ozokerpt ko‘ypsh iaf beradi.

Neyrodermit tushunchasi fanga 1891 yilda fransuz olimlari Brok va Jake tomonidan kiritilgan Ular ushbu dermatozni kuchli qichishish bilan o‘tadigan teri nevrozi deb tushunganlar. Xorijiy adabiyotlarda neyrodermit termini atopik dermatit so‘zi bilan almashtirildi. Ular bu bilan mazkur allergik dermatozning ’tug‘lm ekanligini ta’kidladilar. Rus tibbiy adabiyotdarida esa olimlar neyrodermatozlar so‘zini allergik dermatozlar termini bilan almashtirib, bu guruhga kiradigan kasalliklar negizida allergiya holati yotganligini tushuntirmokchi bo‘ladilar. Haqiqatan ham neyroDermit, qichima (strofulyus va kattalar qichimasi), eshakem kabi neyrodermatozlarning patogenezida allergenantitana reaksiyasi muxim rol o‘ypaydi.

Bolalarda kuzatiladigan neyrodermit asosan chilla (ekssudativ dpatez) zamirida rivojlanadi. Shuniigdek gush jarayoni ham neyrodermitga aylanishi mumkin. Ma’lumki, chidla irsiy anomaliya holati hisoblanib, buning zamirida bir necha turdagi kasalliklar shakllanishp mumkin. Neyrodermit ham otaonalarida allergik kasalliklar kuzatilgan bolalarda ko‘proq uchraydi. Neyrodermit rivojlanishida noto‘rri ovqatlanish (bolani bir tomonlama yoki sifatsiz boqish, sun’iy ovqatlantirish), modda almashinuvining buzilish kasalliklari, pchki a’zolar va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining izdan chiqishi kabi omillar muhim ahamiyatga ega. Bu o‘zgarishlar kasallikning shakllanishigagina emas, balki uning uzoq muddat kechishiga, onirlashishiga olib keladi. Atrofmuxit ta’siri, undagi noqulay omillar, zaharlanishlar, suv va havo tarkibidagi salbiy o‘zgarishlar, .shuningdek boshqa ekologik omillar ham kasallikns kuchaytiradi. Yil fasllariga qarab uning teztez qo‘zib turishiga sabab bo‘ladi.

Oliy nerv faoliyatining buzilishi ham etiologik va patogenetik ahamiyatga ega. Neyrodermitga duchor bo‘lgan bolalarning otaonalarida, ularning ma’lum qismida turli neyrogen o‘zgarishlar, asab sistemasi kasalliklari, loaqal qo‘zg‘alish va susayish jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi aniqlangan. Kasallikning surunkali kechishi, kuchli qichishish xurujlari bilan o‘tishi, uyqusizlik kabi noxush holatlar o‘z navbatida bemor bolaning asab sistemasini ishdan chiqaradi Bu neyrogen o‘zgarishlar neyrodfmit jarayonini chuqurlashtirib, kasallikning kechishini ogirlashtiradi. Dymak, hosil bo‘lgan uzluksiz halqa, ham irsiy, ham orttirilgan omillar yigindisidan tashkil topgan. Neyrodermit nomi (teri nevrozi) mana shu boisdan kelib chivdan.

Neyrodermitning allergik tabiatga ega ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar suyidagilardan iborat:

1. Kasallik ko‘pincha chilla zamirida shakllanib, bolalarda gush kasalligidan keyin rivojlanadi.

2. Neyrodermitning chegaralangan turlarida allergik toshmalar va qichishish asosiy o‘choqdan boshqa sohalum qismida turli dorilar va antibiotiklarga, shuninglarda ham kuzatilishi mumkin.

3. Mazkur dermatozga chalingan bemorlarning ma’dek oziqovkat mahsulotlariga nisbatan seisibilizadiya holati kuzatiladi.

4. Neyrodermit ko‘pincha boshqa allergik kasalliklar: allergik diqqinafas (astma), rinit, eshakem bilav birga kechadi.

5. Turli immunologik va allergik ko‘rsatkichlar. (Kumbs, Kuns reaksiyalari, PGAR, allergik sinovlar) neyrodermitga duchor bo‘lgan bemorlarda o‘ta musbat natijalar beradi.

Xulosa qilib aytganda, neyrodermit markaziy nerv sistemasining funksional o‘zgarishlari, endokrin bezlar faoliyatidagi buzilishlar va allergiya holati bilan o‘tadigan kasallik bo‘lib, bu o‘zgarishlarga irsii va orttirilgan omillar sabab bo‘ladi.

Neyrodermitning asosiy belgisi yagirlanishdir (lichenificatio). Yag‘irlanish o‘tkir yalliglanish belgilarisiz o‘tadigan oritematoz doglar sathida shakllanadi. Birlamchi toshma elementlaridan epidermal tugunchalar kuzatiladi. Bu palulalar tashqi ko‘rinishi jihatidan sog‘.dom teridan unchalik fark; qilmaydi. Ular birbirp bilan qo‘shilishi natrgjasida teri bir oz maddalaydi, zararlangan sohalarda pigmentatsiya kuzatiladi. Sattiq ,dichi01ish esa ko‘plab tirnalishlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Zararlangan sohalardagi teri quruq, uning yuza sathi astasekin ko‘chib tusha boshlaydi. Tabiiy burmalar sohasida rivojlangan madda hosil bo‘lish jarayoni terida yo‘lyo‘l yoriqlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Yagirlanish 5’choqlari ko‘pincha tirsak burmasida, tizzayaing orqasida (taqimda), yuz terisi, bo‘yin, ko‘l va oyoqlarning bukiluvchi yuzasida joylashadi. Zararlangan sohalarda qichishish paydo bo‘lib, vaqtivaqti bilan zo‘rayib turadi, terp dermografizmi ok, sochmushak refleksi rivojlangan. Iyeyrodermitga chalingan bemorlarda gipo.kortitsizm belgilari ham sezilarli darajada aniqlaladi. Bu belgilardan quyidagilar: giperpigmentatsiya, xipotoniya, adinamiya, allergik reaksiyalar, oshkozon shirasining sust ajralishi, gipoglikemiya, diurezning kamayshpi, oriqlash, darmonsizlik ko‘p uchraydi.

Klinik nuqtai nazardan neyrodermitning tarqalgan va chegaralangan turlari tafovut etiladi. Tarqalgan neyrodermitda toshma olementlari terining bir necha sohalarida (yuz, boshning sochli qismi, tana, qo‘l va oyoqlar) kuzatiladi. Bunday bolalarning terisi juda quruq, lixenizatsiya o‘choqlari bir necha, oq dermografizm juda rivojlangan va gipokortitsizm belgilari yavdol kuzatiladya Tarqalgan neyrodermit belgilari ko‘pincha yozda susayib, kish faslida kuchayadi. Turli allergik kasallik•lar bilan birga kechadi. Terining zararlangan sohalarida piodermiya toshmalari, hatto gush (ekzema) elementlari teztez uchrab turadi. Ba’zan bir oz rivojlangan •suvchirash va kizarish kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.

Chegaralangan neyrodermitda lixenizatsiya o‘chogi ko‘pincha bitta va ma’lum sohalarda joylashadi. Ayniksa bo‘yivning orqa yuzasi, ensa sohasi, sonning ichki yuzalarida, dumba oraligi burmasida, shuningdek jinsiy a’zolar terisida, katta bo‘gamlarning bukiluvchi sohalarida ko‘proq kuzatiladi. Kasallik ko‘pincha qattiq kichishish bilan o‘tadi. Kichishish lokal xarakterga ega bo‘lib. kechki paytlari va tunda zo‘rayadi Dastlab terining qichiydigan soxalarida toshma elementlari kuzatilmaydi. Sashinish natijasida qichishadigan sohalarda astasekin tugunchalar xosil bo‘ladi. Tugunchalar deyarlv barcha hollarda qattiq, ba’zan qattiqroq bo‘lishi mumkin. Papulalarning usti kepaksimon qipiqlar bilav kopdangan. Kasallikning rivojlanish jarayonida papulalar birbiri bilan qo‘shilib, turli shakl va hajmdagi pilakchalar hospl qiladi. Neyrodermit pilakchalari och pushti rangdan to qoramtir qizgish ranggacha bo‘lib, yuzasi yassi va ko‘pincha aylana va oval shaklni oladi. Pilakchalar hosil bo‘lish jarayoni zo‘rayishi natijasida terv manzarasi kuchayadi, ya’ni kasallik o‘chogining sathi notekis va g‘adirbudur bo‘lib, teri pushtalari yavdol ko‘zga tashlana boshlaydi, teri sargish tus oladi. Yagirlanish (lixenizatsiya) mana shu yo‘sinda shakllanadi Chegaralangan neyrodermit odatdagicha kechayotgan terining zararlangan sohasida uch zonani ko‘rish mumkin:

1) markaziy zona— yallirlanish shakllangan joy;

2) o‘rta zona— tugunchalar to‘plana boshlagan joy;

3) tashqi zona — teri giperpigmentatsiyaga uchragak joy.

Mazkur klinik belgilarning kuzatilishi bemorga tashxis qo‘yishni osonlashtiradi. Chegaralangan peyrodermitning so‘zigan davrida o‘tkir yallig‘lanish belgi^ lari rivojlanmagan eritematoz dog‘ kuzatilib, bunda papulyoz toshmalarning guruhlaptishi, terining ko‘chib tushishi, qichishishning zo‘rayishi diagnostikaga yordam beradi.

Neyrodermitnp davolash kompleks holda olib borilishi lozim. Bunda markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiruvchi dorilar: brom preparatlari, tinch^ lantiruvchi vositalar, trankvilizatorlar yaxshi naf beradi. Trioksazin, elenium, seduksen, meprotan, meprobomatlar keng qo‘llaniladi.

Antigistamin dorilarni (dimedrol, pipolfen, diprazin, suprastin, diazolin, zaditen) navbat bilan va tanlab qo‘llash qichishishni kamaytirish bilan birga allergik toshmalarning oldini oladi, shuningdek boshqa qo‘shilib kelgan allergik kasalliklarning kechishini yengillashtiradi Vitaminlarning V guruhi, nikotin kislota, A va YE vitaminlari ko‘proq naf siladi. Ular yag‘irlanish o‘choqlarining so‘rilishini tezlashtirish bilan birga ma’lum darajada sensibilizatsiyani pasaytiradi.

Yuqorida sanab o‘tilgan dorilar kam naf bergan hollarda glyukokortikoidlar qo‘llaniladi. Ko‘pincha prednizolon, uning unumlari ma’lum sxema asosida beriladi. Neyrodermitni davolashda gipnoz, elektr yordamida uxlatish va turli tinchlantiruvchi muoyaajalar o‘tkazish muximdir. Ayniqsa elektr uyquni gipnoz bilan birga so‘llash va shu muolaja jarayonida glyukokortikoid gormonlarni kam mivdorda berish qichishishning sezilarli kamayishiga olib keladi Bemor bolalar tinchlanib, kasallik elementlarining so‘rilishi tezlashadi.

Serovodorodli va kremniyli suvlarda cho‘milish, buyrak usti bezi sohalariga diatermiya qo‘llash, ochiq havoda sayr qilish davolash samaradorligini oshiradi. Turli shifobaxsh o‘simliklar qo‘shilgan suvda cho‘milib, so‘ngra teriga oziqlantiruvchi kremlar surtish terisi quruq bemorlarga juda foydali bo‘ladi.

Mahalliy qo‘llaniladigan dorilardan naftalai, qatron, oltingugurt, ixtiol va ASD suyuqligidan tayyorlangan malhamlar surtiladi. Allergik toshma elementlariga kortikosteroid malxamlardan sinalar, selestoderm, lokakorten, lorinden va prednizolonlar yaxshi naf beradi. Yiringlagan sohalarga anilin bo‘yoqlari. oksikort, gioksizon surtgan ma’qul.

Eshakem (urticaria) terida kuzatiladigan allergik kasalliklarning tipik vakilidir. Ko‘pgina olimlarning fikriga qaraganda eshakem toksikoallergik dermatoz xisoblanadi. Eshakemning rivojlanishida oziqovqat mahsulotlaridan kelib chiqadigan allergiya muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek chegaralangan yiringli infeksiya o‘choklari (tonzillit, otit, gaymorit, piyelonefrit), gijjalarning bir necha turlaridan zararlanish, ovkat hazm qilish a’zolarining kasalliklari (gepatit, gastrit, enterit, kolit) eshakem hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Doridarmonlarni palapartish qo‘llash, ayniqsa ko‘p miqdorda antibiotiklar, isitmani pasaytiradigan preparatlar qabul qilish ham eshakemga olib kelayapti.

Eshakemning patogenezida antigenantitana reaksiyasi muhim rol o‘ynaydi Organizmning sekiyatez tipdagi sezuvchanligining oshishiga turli allergenlar (mikrobli, oziqovqat, dori moddalari, gijjalar va bir hujayralilar) sabab bo‘ladi. Bu ekzogen va endogen allergenlar qon va to‘qimalarda ko‘p miqdorda gistamin hosil bo‘lishiga olib ksladi. Ortikcha mnkdorda hosil bo‘dgan gistammn to‘qimalarga toksik ta’sir etadi, jumladan qong tomirlari va kapillarlarini kengaytiradi, tomirlar o‘tkazuvchanligini oshiradi va nihoyat allergik yalliyelanish keltirib chggqaradi. Eshakemda kuzatiladigan bo‘rtma, ya’np qavarchiq (urtica) ning hosil bo‘lish negizida ana shu gistamin reaksiyasi yotadi. Eshakem jarayoniiing ko‘payishiga va surunkali tus olishiga boshv;a biologik aktiv moddalar (serotonin, atsetilxolin, bradikinin) ham yordam beradi. Bular gistaminning ta’sir kuchini oshiradi, allergiya holatining astasekin rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Eshakemni keltirib chiqaruvchi omillar ichida vegetativ nerv sistemasining ahamiyatini, uning markazi bo‘lmish gipotalamus faoliyatini alohida ta’kidlash zarur. Zshakemshshg xolinergik turi bunga misol bo‘dadi, Xolinergik eshakemda atsetilxolin xuddi gistamindek tomir va kapillarlar reaksiyasini yuzaga chitsarib, allergik yalliglanishni shakllantiradi. Surunkali eshakem rivojlanishiga sababchi bo‘ladigan omillarga homilador ayollarda kuzatiladigan toksikoz holati ham kiradi. Shuningdek turli xil xavfli o‘smalar, qon kasalliklarida ham eshakem kuzatiladi. Surunkali eshakem sovuqqa yoki quyosh nurlariga sezuvchanlikning oshishi natijasida ham rivojlanadi Eshakemni keltirib chiqaradigan sabablariing turidan kdt’i nazar barchasida organizmshshg irsiy xususiyatlarini, atopik holatlarnp, to‘qnmalar mos kelishi bosh sistemasining (HLA sohasi) rolini yodda tutmoq darkor.

Bolalarda kuzatiladigan eshakemning to‘rt turind fark; qilish lozim: o‘tkir, Kvinkening chegaralangan shishi, surunkali qaytalama va chidamli tugunchasimon surunkali eshakemlar.

O‘tkir eshakemda bo‘rtma (qavarchiq)lar bexosdan juda kisqa muddat ichida qavarib, bo‘rtib chiqadi. Toshma toshishi umumiy haroratning ko‘tarilishi, oshqozonichak faoliyatining buzilishi va turli nevrotik belgilar bilan kechadi. Savarchiq terini har qanday sohasida paydo bo‘lib, tez muddat ichida izsiz yo‘qolib ketadi. Davarchiqning yo‘qolishi boshqa noxush belgilarning susayishi bilan kechadi. Qavarchiqning bu turida doridarmonlar yaxshi naf beradi.

Kvinke shishi chegaralangan, ammo hajm jihatidan katta bo‘rtmalar paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Shu sababli bahaybat eshakem nomini olgan. Bahaybat eshakemda ham turli boshsa belgilar kuzatilib, o‘tkir eshakem belgilari bilan ham kechishi mumkin. Kvinke shishi yuz terisi, buruntomoq sohasi va jinsiy a’zolarda ko‘p uchraydi. Bunda teri taranglashgan, bosib ko‘rilganda qattiq, ogriydi, bir oz qichishi va achishishi mumkin. Baxaybat eshakemning kekirdak yoki tomoq sohasida joylangishi juda xavflidir, bu tezda asfiksiya, ya’ni bo‘g‘ilishga olib keladi.

Surunkali qaytalama eshakem bir necha yillar davom etadi. Toshmalar goh qo‘zib, goho yo‘qolib, bemorni holdan toydiradi. Kasallik qo‘ziganda subfebril harorat, oshqozonichak faoliyatida buzilishlar, artralgiya, bosh ogrig‘i, darmonsizlik kabi noxush belgilar kuzatiladi.

Chidag1li tugunchasimon eshakem odatda surunkali dichimadan so‘ng paydo bo‘ladi, aniqrogi savarchiqli eshakem tugunchali eshakemga o‘tadi. Bunda paydo bo‘lgan tugunchalar yallig‘lanish belgilari bilan kechadi. Ular ko‘pincha qattiq, ba’zan yumshoqroq bo‘ladi. Tugunchalar qavarchiqning o‘rnida paydo bo‘lib, bo‘rtmaning shakli va hajmini takrorlaydi.

Bolalar qichimasi (strofulyus). Sichimalar guruhiga kiruvchi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan ulardan ajralib turuvchi dermatoz. Kasallik chillaga duchor bo‘lgan bolalarda kuzatiladi. Ko‘pincha ular hayotining birinchi yillaridayoq namoyon bo‘ladi. Sichima rivojlanishida oziqovqat mahsulotlaridan kelib chiqqan allergiya asosiy rol o‘ynaydi. Sensibilizatsiya holati ko‘pincha sigir suti, baliqlar, sitrus mevalari, qo‘ziqorin, qulupnay, yertut, turli shirinliklarga nisbatan rivojlanadi. Emlashda qo‘llaniladigan zardoblar, antibiotiklar, sulfanilamidlarni qo‘llash natijasida shakllangan sensibilizatsiya ham qichimaga olib kelishi mumkin. Strofulyus rnvojlanishida x.azm qilish a’zolarining kasalliklari yoki ular faoliyatining buzilishi ham muhim patogenetik ahamiyatga ega. Bu holatlar oqibatida rivojlangan autointoksi^atsiya va autosensibilizatsiyalar strofulyusni shakllantiradi.

Kasallikning dastlabki belgisi qavarchivdir. Bo‘rtmalar tana terisida, dumba sohasida, qo‘loyoqlarning tashqi yuzalarida joylashadi. Bo‘rtmaning o‘rtasida tuguncha paydo bo‘ladi. Tuguncha tariq kattaligida, qattiq, kuchli qichishish bilan kechadi (papulyoz strofulyus deyiladi). Strofulyusning boshqa klinik turi borki, bunda tugunchalar uchida pufakcha hosil bo‘ladi (tugunchali pufakchali qichima dejiladi). Tugunchalarning uchida pufak paydo bo‘lishi mumkin (pufakli sichima). Sichishish oqibatida qashlangan qichishish izlari ko‘pincha gemorragik qatqaloqlar bilan qoplanadi. Sichima surunkali kechadi. Ovqatlanishning buzilipsh, turli kasalliklarda antibiotiklar va boshqa preparatlarni uzos muddat qo‘llanish bu kasallikning teztez qaytalanib turishiga sabab bo‘ladi. Keyjnchalik strofulyus neyrodermitga o‘tadi, o‘smir yoshdagi bolalarda esa kattalar qichimasiga aylanadi. Strofulyusni eshakemdan farqlashda dermografizm usuli yordam beradi. Sichimaga chalingan bemor terisida qattshq tayoqchaning yurgizilishi oqimtir chiziq paydo bo‘lishiga olib keladi (os dermografnzm). Eshakemda esa to‘mtoq tayokcha yurgizilgan joylarda tori kazarib, bo‘rtib chikadi, qichishish paydo bo‘ladi (eshakem dermografizmi deb ataladi). Shuningdek yetrofulyusga chalingan bemorlarda tovon va qorin refleksi kamaygan, terisi quruq. Limfoadenopatiya kuzatiladi. Qonda zozinofiliya, limfotsitoz va ECHT oshadi.

Eshakem va qichimani davolashda parhezning muhim ahamiyati bor. Bunda gipoallergen parhez buyuriladi. Antigistamin dorilardan tavegil, zaditen, fenkorollar yaxshi foyda kiladi. Ovqat xazm qilish a’zolarining ishini yaxshilash maksadida riboflavin, kalsiy pantotenat, vitaminlardan askorbin va nikotin kislotalari, shuningdek piridoksinlar qo‘llanyaladi. Tomirlar o‘tkazuvchanligini susaytirish va kapillarlar ishini normallashtirish uchun zshakemda kalsiy preparatlari (kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, kalsiy glitserofosfat) va askorutinlar beriladi. Strofulyusda terining suruqligi va os dermografizm tufayli kalsiy preparatlari tavsiya etilmaydi. Qichimada tinchlantiruvchi dori" lar va trankvilizatorlarning nafi ko‘proq tegadi.

Surunkali zshakemda va ogir kechadigan strofulyusda kortikosteroidlar bilan anabolik sterondlarni birga ko‘llash yaxshi samaralar beradi.

Mahalliy qo‘llaniladigan dorilarning nafi kamroq bo‘ladi. Ko‘pincha eshakemda mentol suvi surtish bilan kifoya kilinadi, xolos. Kichimada esa naftalan va rux malx.amlari (2—3%), steroid malhamlar (prednizolon, flutsyanar, ftorokort) surtiladi. Fizioterapevtik usullar (diatermiya, fonoforez, ultrabinafsha nurlar) qichimada kutilgan yaxshi natijalar beradi. 3. Mashgulotning maqsadi.

Talabalar teri allergik kasalliklari (allergik dermatitlar, gush, neyrodermit, eshakem, kichima) to‘rrispda umumiy tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Ayniqsa dermatitlar va gushning sabablari, rivojlanish jarayoni, endogen omillarning ahamiyati, kasallikning klinik turlarini so‘zlab berishlari talab qilinadi. Shuningdek ular mazkur kasalliklarda kuzatiladigan toshmalarni bosqichmabosqich sanab berishlari, o‘xshash kasalliklardan ajrata bilishlari lozim. Talabalar quyidagilarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim:

a) allergik dermatozlarda uchraydigan elementlar va ularni farqlash;

b) kasallik davrini aniqlash;

v) mahalliy davo usullaridan namlash va suyuq upa surtishni bilib olish.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin